Научная статья : История одежды и национальные костюмы
Научная статья : История одежды и национальные костюмы
История моды почти так же стара, как и история костюма. С того момента, когда человек открыл значение одежды как средства защиты от неблагоприятных воздействий природы, оставалось немного до тех пор, пока он не начал размышлять о её эстетической и стилизующей функции.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : История одежды и национальные костюмы»
Kiyim tarixi va milliy liboslar
История одежды и национальные костюмы
Бухарский колледж легкой промышленности и педагогики, Узбекистан
Raxmatova Dilfuza Kayumovna
Kiyim insonni ilk yaratilgan davri iptidoiy davrdan boshlab u bilan birga rivojlanib boradi. Kiyim tarixi qadimgi (Rimdagi) Misr kiyimlarining tavsifidan boshlanadi. Bu kiyimlarning dastlabki ko’rinishi insonlarning yashash tarixi va o`rniga qarab barglar, hayvonlar, terisi va boshqa ko’rinishiga ega bo’lgan.
Insoniyat jamiyati rivojlanib davlatlar tuzilib tarixiy formatsiyalar almashib borgan sayin kastyum murakkablashib bordi. Inson ehtiyojini to’laroq qondirish uchun turli izlanishlarda mahsulotlarda hayvon junlari va tolalaridan odiiy to’qilishdagi gazlamarlar hosil qilib tanalarga o’rab yuradilar.Lekin kiyimda boyligi tabaqasi xar hibo’lgan .Kishilarning ijtimoiy mavqeyi yildan –yilga nixoyatda ochiq ravshan aks etib boradi. Kiyim hamma davlatlarda odamning ijtimoiy mavqeyidan dalolat beradigan martabasini bildiradigan belgi bo’lib kelgan. Insoniyat tarixida fan texnika paydo bo’lishi turli ijtimoiy fanlarni rivojlantirilishi: Masalan tabiatshunoslik, matematika va boshqalar kiyimga o`z ta`sirini o’tkazdi.
XIII-asrga kelib igna paydo bo`lishi kiyimlarni tashqi ko’rinishiga tasir etdi. Kiyimlar ayrim qismlardan iborat bo`lib qoldi. .Igna qo`llanilishi natijasida kiyim qismlari bir-biriga ulab tikilibgina qolmay avval taqilmalar so`ng yoqa manjet paydo bo`ldi. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko`rinishida, gazlamasida,bichilishida o`zgarishlar tez rivojlandi.
Uyg`onish davrida XVI-XVIIasrlarda estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz beradi.Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay –qattiq harakatga halaqit beradigan holatda bo`lgan.Ikki qavatli kiyim bir vaqtda kiyilib, beldan pastki qismi karkas yordamida konussimon ko`rinishida bo`lgan.Bu davrda ayollar belni xipcha qilib ko`rsatish maqsadida korsetlar kiyishgan.
XVIII asrlarda(Barakko) kelib kiyimda xashamadorlik juda avj oldi. Bu davrda yuqori badiiy did bilan tayyorlashni yani kastyum ,komplekt, ansabl asosida kiyinish vujudga keldi.Kostyumda gavdaning bel qismi,ko`krak,bo`ksa kozga tashlanib turgan.Ayollar kiyimi ikki kamiza va kotta qismlaridan iborat bo`lgan.
XIX asr boshlanishda kiyimda ampir uslubi rivojlandi.Ayollar kiyimi oddiy va sipo ko`rinishga ega edi. Erkaklar tik yoqali oq ko`ylak,galstuk yoki sharf kiya boshlaganlar.
XX asrda uslub degan tushuncha paydo bo’ldi. Klassik,erkin, sport, romantik uslublar vujudga keldi. Hozirgi vaqtda asosiy rolni klastik uslubi egalladi shundan tashqari vaqtda erkin va sport uslubi kiyimlaridan o’rin oldi.
Klassik uslubda-rasmiy ko`rinishda ko`chalik kiyimlar tushuniladi.
Sport uslibida-faqar sport mashg`ulotlari uchungina emas balki harakat qilish uchun,turli ishlar uchun,dam olish uchun qulay kiyimlar.
Fantaziya-uslubida esa bayram,tantanali kiyimlar ko`zda tutilgan
Oʻzbek milliy kiyimi — Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kiyimlar. Har bir mintaqa uchun oʻziga xos farq va xususiyatlar mavjud.
O’zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar chopon, doppi va atlas erkaklar uchun-do’ppi, chopon, belbog’ va yaxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo’lsada mustaqillikdan so’ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O’zbekistonga maxmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, chopon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.
Do’ppi
Do’ppi-O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi asosan baxmal,ipak,zar bilan tikiladi. O’zbekiston Chust, Toshkent ,Samarqad,Buxoro,Boysun,Shahrisabz do’ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do’ppilari keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.
Chust do’ppisining tepasi kvadrat shakilda bo’rtib chiqadi,boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo’ladi.do’pi tikuvchi chevar «do’ppido’z», do’ppi tikish kasbi esa «doppido’zlik»deb ataladi.
Atlas
Atlas O’zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir.bu libos ipakdan tayyorlanadi. O’zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Atlas qadimiy va milliy liboslardan biridir. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o’zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O’zbekistonda eng mashxur atlas Marg’ilon shaxrida to’qiladi.
Zar chopon
Zar chopon o’zbek ayollarini qishda sovuqdan saqlovchi, yozda issiqdan saqlovchi kiyimdir. Bu chopon asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. Chopon o’zbek xalqini qadimiy liboslaridan biridir. Bu o’zbek ayollari uchun go’zallik ifodasidir. Bu chopon O’zbekistonning deyarli barcha joylarida kiyiladi.