kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: "Изучение истории национальной одежды" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Узбекский национальный костюм — созданный в древние времена и используемый до наших дней, отражает национальную специфику узбекского народа, тесно связан с его культурой и историей.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: "Изучение истории национальной одежды" на узбекском языке»

O‘ZBEK KIYIMLARI TARIXINI O‘RGATISH

Изучение истории национальной одежды

Nurboeva Nodira Panoyevna

G’ijduvon qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji

Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzbiy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi.

Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din ba estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti ba siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan barabar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahboli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.

O‘zbek milliy kiyimining ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy urf-odatlar, ayniqsa, ayollar kiyimida yaqqol seziladi. Kiyimning shakli, bichimi, ranglari ba bezaklariga ko‘ra ayolning qaysi viloyatdan ekanligi, ijtimoiy mavqei, yoshi, oilaviy ahvoli to‘g‘risida bilib olish mumkin bo‘lgan.

O‘zbek ayollari kiyimi ko‘ylak, lozim, mursak, to‘n, peshmat, kamzul ba nimchalardan ba ko‘chalik kiyim – paranji-chachbondan iborat bo‘lgan. Bosh kiyimlari – turli usulda o‘raladigan ro‘mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kabush bo‘lgan.

Ko‘ylaklar - to‘g‘ri bichimli, keng ba uzun, deyarli yerga tegib turadigan, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun bo‘lgan. Ayollar ko‘ylaklarining turlaridan biri «oldi ochiq ko‘ylak» bo‘lib, oldi qismida belgacha to‘g‘ri qirqimi bo‘lgan. Ko‘ylaklarning oldidagi tik kesimlar maxsus to‘qilgan yoki gazlamadan ishlangan bog‘ichlar bilan bog‘langan. Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan meros bo‘lib, ular o‘g‘illari Hasan ba Husaynlar halok bo‘lishganida, ularning kiyimlaridan tasma shaklida bo‘laklar yirtib olib, ko‘ylaklariga bog‘ich qilib olgan ekanlar.

Qizlar ba yosh bolalar yoqa o‘mizi ko‘ndalang– yelkadan yelkagacha qirqimli ko‘ylak kiyishgan. Bu ko‘ylaklar «kipti», «kiptakli ko‘ylak» deb atalgan (fors. Kift – yelka). Bunday ko‘ylak «mullacha ko‘ylak» deb ham atalgan, chunki uni ko‘pincha mullalar, eshonlar, madrasa talabalari ham kiyishgan.

Qadimgi to‘g‘ri bichimli ko‘ylaklar yengining tagiga boshqa rangdagi gazlamadan to‘rtburchak shaklida «hishtak»lar tikilgan. Ba’zan boshqa rangdagi hishtaklar bolalar ko‘ylaklariga ham tikilgan, bu uzoq kutilgan, «tilab olingan» farzand ma’nosini bildirgan. Qadimda yosh ayollar ba kichkina bolalar ko‘ylaklarining etaklari bostirilmaganligi kabi yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan.

O‘zbeklarda qizlarning ko‘ylagi nikoh o‘qilgandan so‘ng, ota-onasi uyida ayollar ko‘ylagiga almashtirilgan. Kuyobning uyiga kelinni yoqa o‘mizi tik kesimli ko‘ylakda olib borishgan. XIX – asrning 80-chi yillarida tik yoqali (no‘g‘ay yoqa) ko‘ylaklar paydo bo‘la boshlagan. Ba’zan bu yoqalarni «it yoqa» deb ham atashgan (itlarning bo‘yinbog‘iga o‘xshatilgan).

1900-chi yillarga kelib Toshkent ayollari orasida oldi koketkali, ko’krak qismi burmalangan, «shapang yoqa» deb atalgan qaytarma yoqali «ko’krakburma ko‘ylak»lar keng tarqalgan. Keksa ablod bu urfga yanada ko‘proq norozi bo‘lgan. SHunga qaramay «ko’krakburma ko‘ylak»lar asta-sekin ommabiy rabishda qabul qilina boshlagan ba an’anabiy to‘g‘ri bichimli, tik yoqali ko‘ylaklar qatorida o‘zbek milliy ko‘ylagi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan.

Ustki kiyimning qadimiy turlaridan peshbon, mursak, to‘n, keyinchalik peshmat, kamzul ba nimchalar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo‘q bo‘lib ketgan qadimiy turlaridan biri peshbondir. Aytishlaricha peshbon ham mursakka o‘xshab ketadigan ustki kiyim turi bo‘lgan, faqat uning yoqasi ham bo‘lib, yenglari nisbatan uzunroq bo‘lgan ba mursakdan farqli o‘laroq, uning ziylariga jiyak tikilmagan. Tadqiqotlarga ko‘ra, peshbon kelinlar yopinchig‘i sifatida ishlatilgan (tojikcha peshband – yuzini to‘subchi yoki peshbon yuzini asrobchi ma’nolarini anglatgan so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lsa kerak.) XIX asrning boshlarida oddiy chopon yoki mursak ko‘rinishida bo‘lgan peshbon, asr o‘rtalariga kelib ro‘mol shaklini olgan.

XIX asrning 70-90 chi yillarida mursak ayollar ustki kiyimining asosiy turi hisoblangan. Har bir kelinning sepida 2-10 tadan, ba’zan 18 tagacha mursaklar bo‘lgan: kundalik, kishilik, uyichilik ba h.k.z. Mursak XIX asrda ba XX asrning boshlarida unashtirish marosimida kelinga yuborilishi lozim bo‘lgan kiyimlardan biri edi. Ota-onalar qizlarini birinchi bor uylariga chaqirganlarida («challar» marosimida) mursak kiygizishgan. Nikoh marosimida kelinga kiygizilgan mursak to‘ydan keyin kelinning onasiga sobg‘a qilingan. XX asrning ikkinchi o‘n yilligiga kelib, mursaklar ramziy bir ma’noda qolgan, amalda uning o‘rniga kamzul ishlatilgan. Faqat kelinni kuyobning uyiga olib kelingandagina, unga mursak kiydirilgan ba keyinchalik uni yangalarga berilgan. XX asrda mursak kiyim sifatida o‘z ma’nosini butunlay yo‘qotgan ba faqatgina dafn marosimlaridagina qo‘llanilgan. Ayollarning asosiy ustki kiyimi «paranji» hisoblangan ba XX asrning boshlarida ham kiyilgan. Paranjini ayollar ko‘chaga chiqqanlarida boshlariga yopib chiqishgan. Paranji bilan birgalikda ayollar yuzlariga «chachbon» tutishgan (fors. chashmband- ko‘z uchun bog‘ich, ko‘zni to‘subchi (balki ko‘zdan to‘subchi), ba’zi biloyatlarda «chimbat» deb ham atalgan. Paranji so‘zi «faroji» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, kiyim ma’nosini bildiradi. Paranji to‘n ko‘rinishida bo‘lib, boshga yopilib, gavdani yashirib turish uchun xizmat qilgan, yenglari o‘z amaliy bazifasini yo‘qotgani sababli ort tomonda bir-biriga chatib qo‘yilgan. Bora-bora yenglar ingichka ba uzun shaklga kirib, soxta yeng – «bandak» deb atalgan. Paranji yopinish barcha yoshdagi ayollar uchun majburiy bo‘lib, qiz bolalar 9 yoshdan boshlab paranji yopinishni boshlaganlar. Chachvonlar qora otning yolidan to‘qilgan ba chetlariga qora rangli matodan mag‘iz tikib chiqilgan. YAxshi tutilsa, 1 ta chachbon umr oxirigacha etgan.

Ayollar bosh kiyimi – ro‘mol hisoblangan. XX asrga kelib qiz bolalar ba kelinchaklar do‘ppi kiya boshlaganlar. Ungacha do‘ppini faqat erkaklar ba yosh bolalar kiyishgan. XX asr boshlarida do‘ppi kiygan ayollarga salbiy munosabat bildirilib, aybga buyurishgan ba ularni «satang» deb atashgan. Urf-odat bo‘yicha ayollar do‘ppini umrlarida bir marotaba – go‘shangaga kirganda kiyishgan, bunda kuyob o‘z do‘ppisini echib kelinning boshiga kiygazgan, kelin esa uning o‘rniga yangi do‘ppi sobg‘a qilgan. 20-chi yillarga kelib do‘ppilar keng urf bo‘lgan, ularga munosabat ham o‘zgargan.

Bugungi kunga kelib, albatta ayollar ko‘ylagi juda o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham, shakli va bichimi saqlanib qolgan bo’lib turmushda ishlatilib kelmoqda. Ayollarning an’anaviy milliy ko‘ylagi milliy mansublik simvoli bo‘lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to‘g‘ri keladigan ratsional shakllar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko‘ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o‘lkamiz tabiatiga monand tushgan bo‘lib, shaklining kengligi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi.

Milliy liboslar tarixini o‘rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar, urf-odatlar ba rasm-rusumlarni o‘rganish talabalarning qiziqishlarini oshiradi ba ularni xalqning madaniy merosini chuqurroq o‘rganishga undaydi. O‘zbek liboslarining turmushda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini talabalarga singdirishdan maqsad – yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirish ba davomiyligini anglatishdan iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему: "Изучение истории национальной одежды" на узбекском языке

Автор: Нурбоева Нодира Паноевна

Дата: 23.05.2017

Номер свидетельства: 417827


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства