Просмотр содержимого документа
«Техническая диагностика и ее виды»
TEXNIK DIAGNOSTIKA VA UNING TURLARI
Xakimov Mirislom Erkinjonovich
Buxoro shahar kasb-hunar
maktabi o`qituvchisi
ANNOTATSIYA Ushbu maqolamizda O‘zbekiston Respublikamiz miqiyosida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish turlari va vazifalari bo‘yicha erishilgan yutuqlari va tahlillar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: diagnostika yuqori, o‘lchov, anjom, vosita, qurilma, saqlash, texnika, majmua, texnik xizmat ko‘rsatish, nimcha, servis, uskuna, garaj jihozlari.
Ob’ekt texnik holatini aniqlash masalalari Ob’ektning texnik holatini aniqlashdagi masalalar quyidagilardan iborat (36 rasm):
1) texnik diagnostika masalalari;
2) texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari;
3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari.
Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob’ekt texnik holatini aniqlash, texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob’ekt texnik holatini va o‘tkaziladigan texnik ta’sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo‘lsa, texnik genetikaning vazifasi ob’ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini aniqlashdir (masalan, ob’ektning avariya oldi holati
TEXNIK DIAGNOSTIKA VA TRANSPORT VOSITALARI ISHINI OLDINDAN AYTIB BERISH
1) texnik diagnostika masalalari;
2) texnik bashorat (prognoz) - oldindan aytib berish masalalari;
3) texnik genetika – kelib chiqish masalalari
Diagnoz qo‘yish natijasida transport vositasining navbatdagi texnik xizmat
ko‘rsatishgacha bo‘lgan ishlash qobiliyati aniqlanadi, yani amalda prognoz qilish diagnostika davriyligini belgilash va yo‘l qo‘yilgan diagnostik me’yorlarni aniqlashdan iborat. Bunda bashorat qilishning asosiy vazifasi – avvaldan tanlangan mezon bo‘yicha eng yuqori samaradorlikka erishishdir.
Diagnoz qo‘yishning maqbul davriyligini bilgan holda (har bir mexanizm, agregat uchun) ayrim diagnostik operatsiyalarni texnologik guruhlash va kerakli texnik xizmat ko‘rsatish turi bilan birga olib borish mumkin. Bunda texnik xizmat ko‘rsatish hajmlari o‘zgaradi va uning samaradorligi oshadi. Diagnoz qo‘yish davriyligi (ld)ni aniqlash asosida, xuddi texnik xizmat ko‘rsatishning davriyligi aniqlanishidek, texnik holat o‘zgarishining qonuniyatlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yotadi. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasida ld ni topishning quyidagi
usullari mavjud:
1. Buzilmasdan ishlash ehtimolligining yo‘l qo‘yilgan miqdori bo‘yicha statistik usul;
2. Diagnostik parametr (S) ning yurilgan yo‘l (L) ga bog`liqligi bo‘yicha ekstrapolyasiya
usuli (konkret ob’ekt uchun);
3. Diagnostik parametrning majmuiy miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy -ehtimollik usuli
(ob’ektlar guruhi uchun);
4. Diagnostik parametrning uzlukli (diskret) miqdorlari bo‘yicha iqtisodiy – ehtimollik
usuli
Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g`risida xulosa chiqarish - uning xozirgi vaqtda va navbatdagi texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz, transport vositasining soz ishlashi resursini prognozlash elementlarini ham o‘z ichiga oladi. Diagnoz qo‘yish texnik prognoz va texnik genetika uchun asos bo‘lib xizmat qiladi Ob’ektning texnik holati diagnostikalash asboblari yordamida aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda tashqi (qo‘zg`almas, ko‘chma), transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan va unga vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan diagnostika tizimlari mavjud. Qo‘zg`almas diagnostik jihozlarda asosan harakat xavfsizligini ta’minlovchi agregat va tizimlarning texnik holati, yonilg`i sarfi, g`ildiraklardagi kuchlar va h.k. aniqlanadi.
Avtokorxonalarda diagnostikalash-ning umumiy D-1 va chuqurlashtirilgan D-2 usullari qo‘llanadi.
Umumiy diagnostikalash (D-1) 1- nchi texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi bilan o‘tkaziladi. Uning vazifasi- ikki, ketma-ket keladigan 1- TXK oralig`ida harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlarni dastlabki va yakuniy diagnostikalashdir.
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning diagnostik matritsalariOb’ektning murakkabligi va diagnoz qo‘yishning vazifalariga bog`liq holda diagnostikalashning «chuqurligi» har xil bo‘lishi mumkin. Transport vositasi, agregat yoki mexanizmning ish qobiliyatini baholash uchun "yaroqli" va "yaroqsiz" darajasida umumiy diagnoz qo‘yiladi. Ta’mirlash – sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun esa aniq, konkret nosozlik topilishi kerak. Agar bitta diagnostik parametr bilan ishlansa, buning yo‘li oson: diagnostik parametrning o‘lchangan miqdori me’yoriy miqdor bilan taqqoslanadi. Murakkab mexanizmdagi nosozliklarni qidirishda bir necha diagnostik parametrlardan foydalaniladi va ish ancha murakkab kechadi. Bu holda diagnoz qo‘yish uchun ob’ektning ishonchliligi bo‘yicha to‘plangan axborot asosida uning eng ehtimoliy nosozliklari va diagnostik parametrlari o‘rtasidagi bog`liqliklarni aniqlash lozim. Ana shu maqsadda transport vositasi diagnostikasi amaliyotida diagnostik jadvallar (matritsalar) qo‘llaniladi. Bunday matritsa diagnostikalanayotgan mexanizm nosozligini me’yor miqdoriga etgan tegishli diagnostik parametrlar yordamida ajratib olish imkonini beradi. Masalaning fizik mohiyati – diagnostik parametrlarga to‘g`ri kelmaydigan nosozliklarni chiqarib tashlashdir. Amaliy diagnoz qo‘yishda matritsa elektron asbob tarzida bajariladi, unga diagnostik parametrlarga tegishli elektr signallari yuboriladi.
1-nosozlikning mavjudligi va uning kutilishi;
0-nosozlikning yo‘qligi.
Diagnostik matritsa diagnostik parametrning o‘zgarishi asosida tuziladi va uning yordamida kutilgan beshta nosozlikdan birining to‘rtta diagnostik parametr yordamida ajratib olish masalasi hal etiladi. Buning fizik ma’nosi – me’yor tashqarisiga chiqib ketgan diagnostik parametrlar guruhining nosozliklardan
bittasiga to‘g`ri kelishidan iborat.
Shuni xilosa qilib aytish mumkunki diagnostikani qo‘llash natijasida transport vositalarining ta’mirlashlarda turib qolishlari kamayadi va natijada avtosaroy bo‘yicha texnik tayyTransport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash davrida ishonchlilik statistikasi va yakka diagnostik axborot ishlatiladi. Statistik axborot transport vositalarining buzilishi bo‘yicha yig`ilgan axborotga ishlov berish natijasida olinadi, yakka diagnostik axborot esa transport vositasining texnik holat ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan topiladiorgarlik koeffitsienti o‘sadi.
ADABIYOTLAR
Маматов, Ф. М., Файзуллаев, Х., Эргашев, И. Т., & Мирзаев, Б. С. (2012). Определение тягового сопротивления почвоуглубителя с наклонной стойкой. Международная агроинженерия,
Рузибаев, А. Н., Обидов, Н. Г., Отабоев, Н. И., & Тожибаев, Ф. О. (2020). ОБЪЕМНОЕ УПРОЧНЕНИЕ ЗУБЬЕВ КОВШЕЙ ЭКСКАВАТОРОВ. Universum: технические науки, (7-1 (76)).
Xusanjonov A., Qobulov M., Abdubannopov A. AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAGI SHOVQIN SO'NDIRUVCHI MOSLAMALARDA ISHLATILGAN KONSTRUKSIYALAR TAHLILI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 3
Файзиев, П. Р., Исмадиёров, А., Жалолдинов, Г., & Ганиев, Л. (2021). Солнечный инновационный бытовой водонагреватель. Science and Education, 2(6), 320-324.
Обидов, Н. Г. (2019). ФРЕЗЕРНЫЕ ДОРОЖНЫЕ МАШИНЫ В УСЛОВИЯХ ЭКСПЛУАТАЦИИ В ЖАРКОМ КЛИМАТЕ УЗБЕКИСТАНА. In Подъемно-транспортные, строительные, дорожные, путевые машины.