Разработка урока «Умножение и деление чисел на 10, 100»
Разработка урока «Умножение и деление чисел на 10, 100»
Этот урок обсуждался на собрании методической ассоциации младших классов. Курс основан на этапах «Священный урок» и предназначен для электронного укрепления знаний учащихся с помощью методов «Черный ящик», «Меню», «Тест знаний», «Тайный ящик», мультимедийных приложений. Соответствующий возрасту, основанный на требованиях ГОС. Этот курс разработки рекомендуется для использования в 3-м классе.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Разработка урока «Умножение и деление чисел на 10, 100»»
Kattaqo`rg`on shahar XTBga qarashli
18-umumta`lim maktabi
boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi
Adilova Gulnoza Tursunovnaning
matematika fanidan 3-sinflar uchun
tayyorlagan bir soatlik ochiq
Mavzu: “Sonni 10 ga , 100 ga ko’paytirish va bo’lish” mavzusida tayyorlagan 1 soatlik
Ushbu dars ishlanma boshlang’ich sinflar metod birlashmasining yig’ilishida ko’rib chiqildi. Dars ishlanma “Dars muqaddas” bosqichlari asosida bo’lib “Qora quti”, “Menyu” metodlari, “Bilimdonlar sinovi”, “Sirli sandiq” o’yinlari, multimedia ilovalaridan foydalangan holda elektron usulda o’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tayyorlangan. DTS talablari asosida, o’quvchilar yoshiga mos.
Ushbu dars ishlanma 3-sinflarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Metod birlashma rahbari:____
Dars muqaddas
Matematika fani juda qiziq ekan , Ancha muncha aqlni devona qilar ekan . Undagi qo’shuv , oluv kishini o’ylatarkan , Ko’paytiruv va bo’luv yurakni o’ynatarkan .
Mavzu: “Sonni 10 ga , 100 ga ko’paytirish va bo’lish”.
Maqsad:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni o’quv materialining mazmunini bilishga, sonni 10,100 ga ko’paytirish va bo’lish yuzasidan bilimlarini o’zlashtirish va amalga tadbiq qila olishga o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilishga o’rgatish. Fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, e’tiqodlarini shakllantirish. Sinfda do’stona munosabatni, o’zaro hamjihatlikni kuchaytirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dars jarayonida shaxsning aqliy kamolotini, qobiliyatini o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirish. Mantiqiy fikrlash, analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarish qobiliyatlarini o’stirish.
Dars turi: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi. Multimediali dars.
Dars usuli: Zamonaviy, kichik guruhlarda ishlash, “Qora quti”, “Menyu” metodlari, “Bilimdonlar sinovi”, “Sirli sandiq” o’yinlari, multimedia ilovalari.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasmli ko’rgazma, tarqatmalar, elektron dars namunasi, AKT.
Dars davomida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak bo’ladi:
-Bolajonlar, biz uchun eng muqaddas nimalar bor?
-Vatan.
-Oila -Ota-ona –Ustoz -Do’stlar
-Dars muqaddasdir.
O’tgan mavzuni mustahkamlash. Uy vazifasini tahlil qilish. 661-misol va 662-masala.
O’tgan darslar takrori,
Bilimlar poydevori.
Qatorlarga masalalar orqali topshiriq berish. (Multimedia orqali)
1-qator:
Yechish: 1) 50 ∙2 = 100 km
2) 35∙ 2 =70 km
3) 100+70 =170 km
Javob : 170 km masofani bosib o’tgan.
2-qator: (multimediali )
Yechish: 110: 10= 11 kmdan
Javob: 1 minutda 11 km masofani bosib o’tgan
3-qator: (multimediali )
O’tilgan mavzular yuzasidab berilgan qoidalar yoddan misollar orqali tushuntirilib aytib beriladi
Dam olish daqiqasi:
Dam olishni bilamiz,
Doim sog’lom bo’lamiz.
O’rnimizdan turamiz,
Asta joyda yuramiz.
Qo’llarni ko’taramiz,
So’ngra chapak chalamiz.
Qo’llarni tushuramiz.
Boshni o’ngga va chapga ,
Aylantirib olamiz.
Chiniqtirib tanani,
Yana kuchga to’lamiz
III. Yangi mavzu:
Yangi mavzu-yangi dunyo,
Unda bordir mimg-ming ma’no.
Daftar bilan ishlanadi. Raqamlar namunasi o’tkaziladi. Matematik diktant.
25 bilan 4 ning ko’paytmasini toping.
45 bilan 2 ning ko’paytmasini toping.
28 bilan 7 ning bo’linmasini toping.
54 bilan 6 ning bo’linmasini toping.
668-masalani darslikdan o’qitish. Qisqa shartini tuzdirish.
Berilgan:
Bir to’pi-28 m gazlama
10 to’pi — ? m gazlama
Yechish: 1) 28∙10= 280 (m)
Javob: 280 m gazlama
Masalaning berilishi va yechimini daftarga yozish.
Dam olish daqiqasi. . Nafas olish mashqi. (Multimediali)
712- masala. (mantiqiy)
Matematika aqlni tarbiyalaydi ,
Mantiqiy fikrlashga o’rgatadi.
4 ta 5 raqamidan 3 hosil qila olasizmi?
(5+5+5):5=3
Savol: Agar bu ifodaga qavs qo’ymasa nima bo’ladi? Qo’ymaslik mumkinmi?
Mustahkamlash:
Mustahkamlab mavzuni, Boyitamiz bilimni.
“QORA QUTI” METODI
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
o‘quvchilar juftlikka biriktiriladi;
juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . . ) ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;
topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhning bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
sinf o‘quvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydilar (tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . .qanday ma’noni anglatishini aytadilar);
to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.
Masalan: 50,60,20,30,80,40 sonlarini 10 ga ko’paytiring va bo’ling
200, 300 500, 700,900,1000 sonlarini 100 ga bo’ling.
Natijalar topilgach, doskada bajariladi va qoidalar asosida tushuntirib tahlil qilib beriladi
— Multimedia orqali “Sirli sandiq” o’yinini o’tkazish.
-“Menyu” metodi orqali uzunlik, vaqt va og’irlik o’lchovlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
V.Darsni yakunlash. Rag’batlantirish, baholash
Uyga topshiriq. 670-671 misol va masalaning sharti tushuntirib beriladi