План открытого уроко для первого класса с узбекским обучением
Просмотр содержимого документа
«План урока для первого класса»
Sinov onlari
Yer yuziga keldi kulfat-u tashvish, Inson uning tutqunidan ozor chekarmish. Hatto samolarda uchib yurarmish Qaniydi u go’yo bo’lganda mish-mish.
Ofat keltirmoqda butun dunyoga Oddiygina ko’rinmas , kichkina virus. Vaxshiymi,maxluqmi,jallodmi,qotil? Nomi ekan oddiygina karonavirus.
Nahot u dunyoni yenga oladi, Nahot yana olam chekadi ozor, Nahot uning tojiga bo’lamizmi qul Axir bu dunyoda faylasuflar bor.
Yo’q bunday bo’lmaydi hech qachon, Odamlar bo’ladi uyda haloskor Kunlar kelib bo’ladi vayron Dardga davo beruvchi yolg’iz olloh bor.
Shifokor , politsiya ,axborotchilar Ishda o’z jonini qo’ydi xatarga, Biz esa jimgina uyda qolsak ham, Qalban har doim bo’lamiz birga!
Hatto o’qituvchilar uyda bo’lsa ham Ertayu-kech masofadan saboq bermoqda, Ular o’quvchilarin ko’rishmasa ham, Pandu-nasihatlari qanot bo’lmoqda.
Bemaqsad chiqmasak ko’chaga bizlar, Tibbiy niqoblarni bilsak himoya , Agar sovunga bo’lsak biz chin do’stlar Karantinda sabrning o’zi kifoya.
Bilaman go’zal hayot oldinda hali, Yana bog’larimiz gulga to’ladi, Insonlar bir-birini diydor ko’radi, Butun dunyo ofatdan halos bo’ladi.
Yurtboshimiz so’zlarini biz bajo bilsak Barchamiz chin dildan harakat qilsak, Go’zal O’zbekiston baxtga to’ladi, Hali hamma davlat ozod bo’ladi.
Yorug’ olam uzra yolg’iz panohim, Har insonni panohingda asra ollohim!