Hamma: | - “Ma-te-ma-ti-ka”. |
O’qituvchi: | - Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar. Muhtarama ayollar, aziz opa – singillar, assalomu alaykum! Maktabimizda ma’lumingizkim, fevral oyi matematika fan oyligi deb belgilandi. Unda deyarli barcha ustozu – o’quvchilar faol qatnashdilar. Oylikda ochiq darslar, noan’anaviy mashg’ulotlar, qiziqarli boshqotirmalar, viktorinalar, nazorat ishlari, tanlov va tadbirlar keng o’rin olgan bo’lib, ular oyning har bir o’qish kuniga rejalashtirilgan. Shuningdek, bugungi tadbirimiz ham barcha fanlarning sardori, hisob – kitob o’chog’i bo’lmish matematika faniga asoslanadi. Tadbirimizning nomi “Raqamlar saltanatiga sayohat” deb nomlangan bo’lib, tadbir 2- “A” sinfining quvnoq o’quvchilari ishtirokida bo’lib o’tadi. Bizning bu kichkinagina tadbirimizga vaqtingizni ayamay kelganingizdan benihoya mamnunmiz. Bugun siz bizning aziz mehmonimiz bo’ling, tomoshalarimizni miriqib ko’ring. |
Sabrina: | - Assalomu alaykum, aziz va mo’tabar mehmonlar, murabbiy va murabbiya ustozlar, ilmu-fan sohiblari. |
Azizbek: | - Salom, sizga tengdoshlarim ham fikrdosh o’rtoqlarim! Kechamizga xush kelibsiz! |
Muhammadmirzo: | - Ruxsat bering boshlamoqqa Matematik kechani, Turli – tuman savol bilan O’ylataylik barchani. |
Faridabonu: | - Al – Xorazmiy bobomizga Bugun ta’zim aylaymiz, Ko’p bebaho asarlarning Ma’nosini tinglaymiz. |
Alimuhammad: | - Qiziq topishmoqlar bilan Sinaymiz kuchimizni, Boshqotima, fokus bilan Qoldiramiz lol sizni. |
Parvina: | - Charchatganda hisob-kitob, O’yin o’ynab olingiz dam, Dilbar qo’shiq, kulgu sizga Zavq beradi bir olam |
RAQS: |
Mironshoh: | - Endi matematikadan Kechamizni boshlaymiz. Barchangizni kuldirib, Ko’zlaringiz yoshlaymiz. | O’ylang, fikrlang, hal Qiling – chi, do’stlarim, Nima bu? – deb sizlarga Savol tashlaymiz. |
Amina: | - Matematika bu – hayot zarurati, matematik hisoblashlarsiz raketalar uchmaydi, mashinalar yurmaydi, kompyuterlar bo’lmaydi. Keling, bugun siz bilan aqlimizni charxlab, fikrimizni peshlab olaylik. |
Timur: | - Suv bu – obihayot, deymiz. Aslida matematika ham hayotimiz manbai. Chunki matematikasiz bir qadam ham qo’yib bo’lmaydi. Voy – bo’y, bo’rttirib yubordi – ku, deyisgingiz mumkin. Hecham – da, mana masalan, egningizdagi kiyimingizni olaylik. Tikuvchi uni tikish uchun santimetrlab o’lchaydi. |
Munisa: | - Yoki bo’lmasa, oyog’ingizdagi poyafzalning tagiga qarang. Uning o’lchami matematik raqamlarda ifodalangan. Bozordan biror narsa xarid qilish uchun esa hisob – kitobni bilish lozim. |
Suxrob: | - Yoki deylik, betob bo’lib qoldingiz, davolanish uchun shifokorga borsangiz, issig’ingizni o’lchash uchun termometr qo’yadi, to’g’rimi? Darajani esa matematik raqamlar ko’rsatadi. |
Faridabonu: | - Xullas, kelgusida olim bo’lish uchun ham, shifokor, uchuvchi, bankir, tadbirkor yoki o’qituvchi bo’lish uchun ham, matematikani bilish juda muhim. |
Azizbek: | - Demak, biz bugungi kechamizda “Raqmlar saltanatiga sayohat” qilib, u yerdagi matematik ajoyibotlarning guvohi bo’lamiz. Biroq bu yo’l biroz mashaqqatli. Oldimizda bir qancha dovonlar bor. Biz bu to’siqlarni birgalikda yengishga harakat qilamiz. |
Sultonali: | - Bolalar yo’l yurishibdi, yo’l yurishsa ham mo’l yurishibdi, yo’lda “urishib – tortishib” turgan raqamlarga duch kelishibdi. |
“1” raqami Muhammadmirzo: | - Men birman, yagonaman. Bitta o’zimman. Bitta to’g’ri yo’lman. 1-o’rin, 1-bo’lib, degan so’zlar mendan yaralgan mukofot, rag’bat. | |
“2” raqami Durdona: | - Sen bir bo’lsang, mana men – ikkiman. Mening chiroyli boshim va gajakkina dumim bor. Sendaylarning ikkitasiga bas kelaman. 2 ta ko’z, 2 ta quloq, 2 ta qirg’oq hammasi mening nomim bilanataladi. | |
“3” raqami Otabek: | - Hay – hay, urushmanglar. Menga qaranglar, ikkovlaringni qo’shsa, qancha bo’ladi? Mana men “akang qarag’ay” – uch hosil bo’laman. | |
“4” raqami Sevarabonu: | - Nima, uchmisan, puchmisan? Mana, menga qara, to’rtman. Bir xonaning nechta tomoni bor – 4 ta, mushukning nechta oyog’i bor, albatta 4 ta. Ana o’sha to’rt men bo’laman! | |
“5” raqami Daler: | - Sen bir oz jim tur. Mana, men maqtansam arziydi. Chunki o’nning naq yarmiman. Birovdan “Ishlar qalay?” deb so’rab ko’ring, “ishlar 5” deb, tirjayib qo’yadi. Bu – a’lo degani. | |
“6” raqami Nozigul: | - Baribir sendan balandman. Bir pog’ona bo’lsayam sendan yuqoriman. “Olti – olti esda qoldi” deyishadi. Uqdingmi? | |
“7” raqami Shaxruz: | - Men sirli raqam – yetti bo’laman. “Yetti iqlim”, “Yetti mo’jiza”, deganlaridek. “Navoiyning yeti go’zali”, “7 og’a – ini botirlar” – hammasi mening nomim bilan mashhur. Shuning uchun men yetti qavat ko’rpachaning ustidaman. Har qancha maqtanish menga yarashadi. | |
“8” raqami Ruxshona: | - Qo’ysangiz – chi maqtanishni, mana meni ko’ringlar. Do’mboqqinaman. U tomonim ham dumaloq, bu tomonim ham dumaloq. Ikki dumaloq bir butun sakkizman. Chiroyliman. | |
“9” raqami Ma’ruf: | - Hoy dumaloq, sen bir oz jim tur. Hammangdan ham kattasi o’zimman. Bu yerda eng kichigi va hech narsaga yaramasi mana bu – nol. U hammamizni puchga chiqarib qo’yishi mumkin. | |
“0” raqami Shabnam: | - Ha, men nolman. Men puchman, bo’m – bo’shman. Hamma raqamlar meni qatoridan chiqarib qo’yishgan. To’g’ri – da, biror songa qo’shilsam ham, ayrilsam ham hech qanday natija yo’q. Lekin raqamlarni ortida tursam,…. e – ha, buni keyinroq aytaman. Hozircha men – jim. | |
O’qituvchi: | - Xo’sh bolalar, nolning o’rnini topishga yordam beramizmi? Siz nol bilan ishlay olasizmi? |
Musabixa: | - Nolga istagan sonni qo’shsak ham, sondan nolni ayirsak ham shu sonning o’zi hosil bo’ladi. |
Aziza: | - Noldan hech bir sonni ayiribb bo’lmaydi. |
Sevinch: | - Nolni biror songa ko’paytirsa, nol bo’ladi. |
Mirshod: | - Hech bir sonni nolga bo’lib bo’lmaydi. |
“0” raqami Shabnam: | - Ana aytdim – ku. |
Dilnoza: | - Topdim, “nol”ning zo’r xususiyati bor. Agar uni sonlar ortiga o’tkazib qo’ysak – chi, o’sha sonning qiymati 10 barobar oshadi – ku. |
“0” raqami Shabnam: | - Juda to’g’ri. Ana, sizlarga aytmoqchi bo’lib, biroq tilimni tishlab, jim bo’lganimning sirini bolalar aytishdi. Birning ortida tursam 10, ikkining ortida tursam 20, uchning ortida tursam 30, to’rtning ortida tursam 40, beshning ortida tursam 50, oltining ortida tursam 60, yettining ortida tursam 70, sakkizning ortida tursam 80, to’qqizning ortida tursam 90 hosil bo’ladi. Juda puch ham emasman O’ylagandek ba’zilar. O’tsam sonlar ortiga Kuchim yaqqol sezilar. |
RAQS: | |
Said: | - Bilasizmi, mana shu o’nlik sanoq sistemasini buyuk bobomiz, vatandoshimiz, beqiyos o’zbek olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al – Xorazmiy matematikaga kiritganlar. Ular 783 - yilda Xorazmda tug’ilganlar. Butun umrlarini ilmu – fanga, matematika yaratishga bag’ishlab, 850 – yilda vafot etganlar. |
Ferede: | - Ta’zim sizga, fanga asos solgan bobolar Ta’zim sizga, nomi mangu qolgan bobolar. Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz, Ixlos bilan o’qib uni ancha bilib olganmiz. |
Sultonali: | - Bilimga chanqoq bolajonlar yana yo’lda davom etishibdi. Yo’lda ham hech tinib – tinchimay, savol –javob o’yinlarini o’ynab boraverishibdi. |
Sahna ko’rinishi: |
“O’qituvchi” Madina: | - Shabnamxon |
“O’quvchi” Shabnam: | - Labbay, ustoz. |
“O’qituvchi” Madina: | - Sizga bitta qiyin savol beraymi, ikkita oson savol beraymi? |
“O’quvchi” Shabnam: | - Bitta oson savol berib qo’yaqoling, domlajon. |
“O’qituvchi” Shaxribonu: | - Oyingiz sizga 100 so’m berdi, siz yarmini ukangizga bersangiz, sizda qancha pul qoladi? |
“O’quvchi” Shabnam: | - Men – da (o’ylanib) . Bermayman – da, domlajon, ukam adamdan olaqolsin. |
“O’qituvchi” Shaxribonu: | - Demak, javobni bilmaysiz, bahoingiz “2 ball”. |
“2 qo’ymang” qo’shig’i Shabnam ijrosida: |
| Qiyin ekan savolingiz, Yo’qmi boshqa misolingiz. Osonidan ozroq so’rang, Jon domlajon “0 ball” qo’ymang, Yetarlidir nol va birim, 2, 3 ga yetmas kuchim. Jon domlajon “0 ball” qo’ymang, Shu safar ham rahm aylang. Dadam dakki berar doim, “0 ball” olsam xafa oyim. Jon domlajon “0 ball” qo’ymang, Oyimlarni xafa qilmang. |
Sultonali: | - Mana biz yana, Etamiz davom. Ko’rinar oldda, Yana bir dovon. |
Munisa: | - Iye, anavini. Birning orqasidagi nollarni qarang. |
Muhammadmirzo: | - Nima bo’libdi, axir bu yuz – ku. |
Azizbek: | - Hecham – da. Yuzda 2 ta nol bo’ladi. Bunda esa 3 ta nol bor. Bu son ming deb o’qiladi. |
“1000” raqami Parvina: | - Yanglishmading, bolajon, mening ismim chindan ham ming erur. Ming marta ayting takror, 1000 ni bilmovchilar bor 10 ga ko’paytirsak 100 ni 1000 bo’ladi tap – tayyor |
Faridabonu: | - 1000 ga yetarkan hisob, Salmog’i ham oshadi. Shuni bilolmay Shaxruz, Har qadamda shoshadi. “Kilometr” – bilmas u, “Tonnani ” ham bilmaydi. “Gramm” bilan “Kilogram”, Uning – chun farq qilmaydi. Sanani – ku bilar – a, Yilni o’qiy olmaydi. Shunaqa gap, bechora Shaxruz 1000 ni bilmaydi. |
Shaxruz: | - Men bilaman. 1000 bu 10 ta yuzlik, 1000 ta birlikdan iborat. Og’irlik, uzunlik o’lchov birliklarida ham 1000 uchrab turadi. |
“1000” raqami Parvina: | - Barakalla, Shaxruzni uyaltirmanglar, u judayam to’g’ri aytdi. Hisobni bilar ekan. |
Muhammadmirzo: | - Mingvoy, bizga “Raqamlar saltanati”ga boradigan yo’lni ko’rsata olmaysizmi? |
“1000” raqami Parvina: | - Albatta ko’rsataman, biroq avval mening savollarimga javob berishingiz kerakda. Men zukko va ziyrak bolalarga to’g’ri yo’lni ko’rsataman. |
Azizbek: | - Kelishdik, unday bo’lsa, savol – sizdan, javob – bizdan. |
“1000” raqami Parvina: | - Xo’sh, 1 kilogrammda qancha gramm bor? |
Azizbek: | - 1000 gramm |
“1000” raqami Parvina: | - 1 tonna necha kilogrammga teng? |
Faridabonu: | - 1000 kilogramm |
“1000” raqami Parvina: | - 1 kilometr necha metr bo’ladi? |
Shaxruz: | - 1000 metr |
“1000” raqami: | - Oldingizda, 2,5 km yo’l bor, u qancha metrni tashkil qiladi? |
Muhammadmirzo: | - 2500 metrni |
“1000” raqami Parvina: | - Juda to’g’ri, bolajonlar ,men bilan bog’liq sanalarni eslay olasizmi? |
Javohir: | - Yaqinda Ma’mun akademiyasining ham 1000 yilligi nishonlandi. Ma’mun akademiyasida bir qancha olimu allomalar va faylasuflar faoliyat ko’rsatganlar, bu yerda ularning nodir asarlari saqlab kelinmoqda. |
Nozigul: | - 1000 yil avval ham mashhur Bo’lgan bizning bobolar Har bir fanda tengi yo’q Nom qozongan daholar. |
Ma’ruf: | - Al – Xorazmiy, al – Buxoriy hazrat bizga Ulug’bek – u, al – Farg’oniy savlat bizga Manguberdi, Temur bobo davlat bizga Ona xalqim, dono xalqim, bizga inon! |
Daler: | - Bugun esa biz mustaqil yurtning erkin farzandlarimiz. Yangi asr avlodlarimiz. Bobolarimiz, momolarimizning davomchilarimiz, ular yaratgan yangiliklarni, kashfiyotlarni, qilgan ishlarini kelajaka biz davom ettiramiz. Vatanni sevishga, a’lochi va jamoatchi o’quvchi bo’lishga astoyidil bel bog’laganmiz. |
Shabnam: | - Quchog’imga sig’sang, qucholsam qani, Boshingda baxt bo’lib ucholsam qani. Har qanday xoru xasdan asraymiz seni, Vatan, bizga ishon, ishongil, Vatan. |
Muhammadmirzo: | - Biz uchinchi ming yillikning bolalari 2018 – yilga qadam qo’ydik. Prezidentimiz 2018 – yilni “2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildilar. Sog’ va salomat bo’lsak, kelajakda Vatanimiz gullab – yashnashiga o’z hissalarimizni qo’shaveramiz. |
RAQS: |
Sultonali: | - Bir paytlar ming deyishsa Cho’chir edik bilmasdan Endi esa, yuzmingni ham Hisoblaymiz bir pasda |
“1000” raqami Parvina: | - Ofarin, bilag’onlar! Yuringlar sizga o’zim to’g’ri va aniq yo’lni ko’rsataman. |
Sultonali: | - Ular yana yo’lga ravona bo’lishibdi. Yo’l - yo’lakay savol – javoblarini davom ettirishibdi. |
Muhammadmirzo: | - Qaranglar, anavu yerda nima deb yozib qo’yilgan? |
Azizbek: | - Iye, bolalar yetib kelibmiz shekilli. Lekin bu otaxon kim bo’ldi ekan – a ? Assalomu alaykum bobojon! |
Otaxon Mironshoh: | - Vaalaykum assalom, bolalarim. |
Durdona: | - Ajoyibotlar mamlakatiga shu yerdan kiriladimi? |
Otaxon Mironshoh: | - Xuddi shunday, bo’talog’im. Lekin bir sharti bor – bu mamlakatga kirish uchun siz avval mening yoshimni topishingiz kerak |
Durdona: | - Xo’p bo’ladi, otaxon. Biroq bunda siz ham bizning ayrim savollarimizga javob berasizda, maylimi? |
Otaxon Mironshoh: | - Mayli xo’p. Men tayyorman. |
Durdona: | - Otaxon, siz yoshingizni bizga aytmasdan 10 ga ko’paytiring. Natijadan 9 ni airing. Endi javobni bizga ayting, qancha bo’ldi? |
Otaxon Mironshoh: | - 691 |
Durdona: | - Demak, siz 70 yoshdasiz. |
Otaxon Mironshoh: | - Barakalla, bolajon to’g’ri topding. Endi esa, mana bu matematik topishmoqlarni topsangiz bu darvozadan o’tasiz. |
O’qituvchi: | O’ynar 45 qiz bola, O’ktam tutdi 13 ta cho’rtan, Go’yo ochilgan lola Adham tutdi 4 dona sazan. Do’stlari keldi 10 ta, Ahmad tutdi 2 ta laqqa, Ayt, ular bo’ldi nechta? Nechta baliq chiqdi qirg’oqqa? (55 ta) (19 ta) Qush qanoti juft bo’lur, Bog’da o’sar 20 ta nok, Qo’nib tursa yig’ilur. 5 ta olma, 5 ta tok. Anov turgan 5 qushda Ekdik 15 olxo’r i Necha qanot kim bilur? Qancha bo’ladi bari? (10 ta) (45 ta) |
Aks – sado eshitiladi Daler: | - “Raqmlar saltanati”ga xush kelibsiz. Endi bu yerdagi ajoyibu g’aroyib misol – masalalar, boshqotirmalaru rebuslar sizning ixtiyoringizda. |
O’qituvchi: | - Bolalar raqamlar bilan bog’liq maqollar bilasizmi? |
1-o’quvchi: | |
2-o’quvchi: | |
3-o’quvchi: | |
4-o’quvchi: | |
5-o’quvchi: | |
6-o’quvchi: | |
O’qituvchi: | - Voy – bo’ – o’, mana bu yerda qiziqarli masala – yu, boshqotirmalar bir talay ekan. Men ularga deyarli javob topdim. Qani endi siz ham javobini topib ko’ring – chi? Joyida jilmay yuraveradigan nima? (Soat) 1 ta quyon kattami yoki 1 ta ayiqmi? (Teng) 1 ta tuxum 5 minutda pishadi, 4 ta tuxum necha minutda pishadi? (4 minutda) Terakning 10 ta shoxi bor. Har bir shoxida 2 tadan olma pishgan. Terakda nechta olma bor? (Terakda olma pishmaydi) 1 kg paxta og’irmi, 1 kg temirmi? (Teng) Bir bola ko’chaga chiqib 1000 so’m pul topib oldi. Ko’chaga 2 ta bola chiqqanda necha so’m topib olar edi? (1000 so’m) |
XOR: | Eshmat o’g’li Mamajon |
O’qituvchi: | - Bolajonlar, ancha yo’l yurdik, bir qancha to’siqlardan o’tdik. Ajoyibotlar mamlakatiga ham yetib keldik. Barchangizni “Raqamlar saltanati”ga adashmay yetib kelganiz bilan tabriklayman. |
Amina: | - Asrlar ortidan kelar asrlar, Unut bo’lar o’tmish, zamon, ko’p sirlar. Ammo yaratlgan fan asoslarin Asrdan – asrga eltar nasllar. |
Dilnoza: | - Eslatay Qomusning durdona so’zin, Hisob – kitob ochmish aqlning ko’zin. Matemarika – fanlar podshosi, Har ish, har sohada ko’rsatar o’zin. |
Ferede: | - Qunt bilan o’rganib, bu buyuk fanni, Shon – shuhratga o’rang ona Vatanni Donolar donosi bo’lgay agar kim, Fanga bag’ishlasa jon birla tanni. |
Sevara: | - Barcha jumboqlarga javob izlaymiz, Olam sirlarini bizlar yechajak! Ilmu – ma’rifat – la bo’lmoq istaymiz, Bizni Vatan kutar, kutar – kelajak! |