kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Youths organizations

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu qo'llanma hamma fandan qiynalayotgan bo'lsang kerak

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Youths organizations»

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA NUTQ O’STIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Zuxriddinova Feruza Kayumjanovna

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 1-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Abdullayeva Feruza Gapirovna

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani 1-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir. Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilar tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo'llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so'z, gap, bog'lanishli nutq kabi qismlarni o'z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo'limlari ,,Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", ,,O'qish va nutq o'stirish", „ Grammatika, imlo va nutq o'stirish" deb nomlangan. Nutq faoliyati uchun, shuningdek o'quvchilar nutqini o'stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon qilish xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq, boy, qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi. Shunday ekan, o'quvchilar nutqini o'stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida bo'lib, o'quvchi nutqi mazmunli bo'lishi uchun g'amxo'rlik qilish hisoblanadi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z, so'z birikmalari, gap, nutq birliklari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. O'quvchilarga til namunalarini berish, ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o'z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda ,,tilni sezish" shakllanadi.

Nutq o'stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya'ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o'rgangan til vositalaridan foydalanib, o'z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.

Bola tilni nutqiy faoliyat jarayonida o'zlashtiradi. Buning o'zi yetarli emas, chunki u nutqni yuzaki o'zlashtiradi. Nutqni egallashning qator yo`nalishlari mavjud. Bular:

1. Adabiy til me'yorlarini o'zlashtirish. Maktab o'quvchilarini adabiy tilni sodda so'zlashuv tilidan, sheva va jargondan farqlashga o'rgatadi, adabiy tilning badiiy, ilmiy, so'zlashuv variantlari bilan tanishtiradi.

2. Jamiyatimizning har bir a'zosi uchun zarur bo'lgan muhim nutq malakalarini, ya'ni o'qish va yozish malakalarini o'zlashtirish. Bu bilan o'quvchilar yozma nutqning xususiyatlarini, uning og'zaki so'zlashuv nutqidan farqini bilib oladi.

3. O'quvchilarning nutq madaniyatini takomillashtirish. Til jamiyatdagi eng muhim aloqa vositasidir. Tilning mana shu ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, maktabda o'quvchilarning nutq madaniyatiga alohida e'tibor beriladi.

Bu vazifalarni bajarish uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan rejali ish olib borishi lozim. Buning uchun esa o'quvchilar nutqini o'stirish ustida ishlash tushunchasiga nimalar kirishini bilib olish muhimdir.

Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi: 1) so'z ustida ishlash; 2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog'lanishli nutq ustida ishlash.

So'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo'lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.

Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida, bog'lanishli hikoya va insho lug'atni boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

O'quvchilar nutqini o'stirish o'z metodik vositalariga ega, o'zining mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog'lanishli nutq mashqlari hisoblanadi. Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya'ni mashqlarning izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta'minlanadi. Har bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir yangilik qo'shadi.

Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslarininggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san'at, musiqa darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, ,,o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi - tashqi nutqda nutq a'zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a'zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o'stirishda birdan-bir zarariy vosita hisoblanadi. O'ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo'ladi. Ichki nutq o'quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o'rgatadi. Ichki nutq jarayonida o'ylash o'quvchining nutqi va tafakkurining o'sishida muhim vositadir. Maktabda o'quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o'stiriladi. Bolalar ichda o'qishga o'rganadilar va ichki nutqda materialni o'zlashtiradilar, turii vazifalarni o'zlari hal qiladilar, asosiysi - o'zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.

Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og'zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko'rish va harakat (qo'l harakati) sezgisi asosiy o'rin tutadi. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o'zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og'zaki nutq aniq hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og'zaki nutq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay, ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon qilishni taiab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Английский язык

Категория: Прочее

Целевая аудитория: 11 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Youths organizations

Автор: USMONOVA GULNORA ANVAROVNA

Дата: 21.04.2020

Номер свидетельства: 547400

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(50) "Конспект урока  "Youth Organizations""
    ["seo_title"] => string(32) "konspiekturokayouthorganizations"
    ["file_id"] => string(6) "319398"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1460819053"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(51) "Level: 8th grade Theme: Step 2. Youth organizations"
    ["seo_title"] => string(48) "level_8th_grade_theme_step_2_youth_organizations"
    ["file_id"] => string(6) "352941"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1477649595"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(28) "Youth organizations 11 grade"
    ["seo_title"] => string(28) "youth_organizations_11_grade"
    ["file_id"] => string(6) "502524"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "planirovanie"
    ["date"] => string(10) "1552282913"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(26) "Youth in today’s world. "
    ["seo_title"] => string(22) "youth-in-today-s-world"
    ["file_id"] => string(6) "188468"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1426682307"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(7) "Egology"
    ["seo_title"] => string(7) "egology"
    ["file_id"] => string(6) "383659"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1485343259"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства