Просмотр содержимого документа
«Повествовательное предложение»
Sana: 14. 10. 2019-yil
Fan: Ona tili
Mavzu: So`roq gap haqida ma’lumot.(81-82- mashqlar) Darsning maqsadi: a)o`quvchilarga so`roq gap haqida ma’lumot berish; b)O`quvchilarni kattalarga hurmat , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ekologik tarbiya berish; TK 3 kattalarni hurmat qilish, jamoat joylaridao`zini tuta bilish. v) O’quvchilarning nutq boyligini o’stirish, fikrlash doirasini kengaytirish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. TK2 darsda kitob bilan ishlay olish, o`rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani , mashqni topish, mashq topshirig`ini tartibi bilan bajarish. Dars turi: Yangi bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantiruvchi.. Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, ”Grafik test”, “ T chizmasi” metodi, “Mozaika” metodi, “O`rgimchak to`ri” ta’limiy o`yini, sahna ko`rinishi. Dars jihozi: Rangli rasmlar, ko’rgazma, slayd,tarqatma materiallar, multimediali ilovalar. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini tinglash. Navbatchi axborotini tinglash. O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish. O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadilar. Kuz fasli haqida suhbat o’tkazish. Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Kuz fasli. Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi? O’quvchilar fikri tinglanadi.She’rlar so’raladi. Yaqinda qaysi bayramni nishonlaymiz? 21- oktyabr “O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan “ kunni nishonlaymiz. Bu yil necha yilligini nishonlaymiz? 30 yilligini nishonlaymiz. Biz qaysi tilda so`zlashamiz? O`zbek tilida. Ona tili haqida she`r so`rash. DTS talablarini so`rash. Ona tilim
Madina: Bobolar hikmat bilgan, Ardoqlab lug`at qilgan. Qolishmas hech bir tildan, Chiroyli qizil guldan. Yayraydi har dam dilim, Sen sabab ona tilim. Rayhona: Navoiy ulg`aytirdi, Qodiriy ko`zga surdi. Sayroqi bulbul kuyi, Anvoyi gullar bo`yi . Sendadir ona tilim , Yayraydi hardam dilim. 2.O`tilgan mavzuni so`rash: O’quvchilarga tarqatma materiallar tarqaladi. O`quvchilar savollarga javob beradilar. “Mozaika”metodi orqali o`quvchilar bo`laklarni yig`ib shakl hosil qiladilar. Hosil bo`lgan shakl orqasida gap hosil bo`ladi. Gapning maqsadiga ko`ra turini aytadilar. Bayroqda o`n ikkita yulduz tasvirlangan. Gerbda nechta daryo tasvirlangan? Bog`dagi mevalardan terib kel. Gulla, yashna, hur O`zbekiston! Uy vazifasi tekshiriladi. Daftarlar almashtiriladi. Baholar tahlili o`tkaziladi.
Dam olish daqiqasi: Yer katta bizlar kichik, Ammo bizlar ko`pchilik. Maqsadimiz yagona, Dunyoda bo`lsin tinchlik. Husnixat daqiqasi O`quvchilar bir qator “O`o`” harflaridan yozadilar. O`zbekiston- mening Vatanim. 3.Yangi mavzu bayoni: Biror narsa haqida so`rash maqsadini bildirgan gap so`roq gap deyiladi. So`roq gapning oxirida so`roq (?) belgisi qo`yiladi.
Multimediali ilova namoyish etiladi. 81-mashq. Bir- biringizdan biror narsa haqida so`rang. Bunda siz qanday gaplardan foydalandingiz? Savollarga javob bering. Javobingizda qanday gaplardan foydalandingiz? Savol berish va shu savollarga javob qaytarish maqsadida tuzgan gaplaringizni yozing. Har bir gapning oxiriga kerarli tinish belgisini qo`ying. 1- guruh 2- guruhga, 3- guruh 4- guruhga savol beradi. Guruhlarning bergan savoliga ular javob beradilar. Tuzgan gaplarini doskaga yozadilar. “O`rgimchak to`ri” ta’limiy o`yini. Bunda o`quvchilar guruh bo`lib ishtirok etadilar. Birinchi o`quvchi tovush aytib, ipning uchini ikkinchi o`quvchiga beradi, uesa shu tovushdan boshlanadigan so`z aytadi. Uchinchi o`quvchi shu so`zga asosdosh so`z aytadi, to`rtinchi o`quvchi gap tuzadi- darak gap, beshinchi o`quvchi buyruq gap, oltinchi o`quvchi so`roq gap tuzadi. Shu tariqa o`quvchilar aylana tarzida o`rgimchak to`ri hosil qiladilar. Masalan: birinchi o`quvchi – S tovushi, ikkinchi o`quvchi-soatuchinchi o`quvchi- soatsozto`rtinchi o`quvchi – Soatsoz soat tuzatadi. beshinchi o`quvchi - Soatsozdan soatimni olib kel. oltinchi o`quvchi - Soatsoz soatingni tuzatdimi? Dam olish daqiqasi: Hoy mening barmoqlarim, Men senga jon beraman. Agar chiroyli yozsang, Senga rahmat aytaman. 82- mashq. O`qing. Suhbat mazmunini aytib bering. Laylo buvisining yoniga xomush kirib keldi. –Buvijon, gulim kasal bo`lib qoldi. –Qayerdan bilding? –Ana bargi so`ligan. Endi nima qilamiz? –O`zing tuzata qol, qizim. –Dori quti qayerda, buvijon? –Dori qutini nima qilasan? Bu gulag dori kerak emas. –Unda nima qilay?
– Tagini yumshat, suv quy. Guling tuzalib ketadi. Suhbatda ifoda maqsadiga ko`ra qanday gaplar qo`llanilgan? So`roq gaplarni ko`chirib yozing. O`zingiz bilgan gul nomlaridan beshta yozing. Ularni qatnashtirib , darak va so`roq gaplar tuzing. –Qayerdan bilding? Endi nima qilamiz? –Dori quti qayerda , buvijon? – Dori qutini nima qilasan? –Unda nima qilay? Kaktus, aloe, xitoy atirguli, qora shaxzoda, kiyik shoxi. 82- mashq asosida sahna ko`rinishi qo`yiladi . Mustaqil ish. “T chizmasi” metodidan foydalanib, mustaqil ishni bajaradilar.
Gaplar Ifoda maqsadiga ko`ra turi
Yo`lbars- yirtqich hayvon Darak gap
Oh, asal juda mazali Undov gap
Sen qaysi fanni yoqtirasan So`roq gap
Oz so`zla, ko`p tingla Buyruq gap
4.Darsni mustahkamlash: “Grafik test” orqali. 1.So`roq gap deb nimaga aytiladi? A) Biror narsa haqida so`rash mazmunini bildirgan gap B) Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gap C) Biror narsa- voqea haqida xabar bildirgan gap D) Kuchli his- hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap 2.Xayol nima Kim bilar Xayol yoinki otmi Fikr qushin uchirgan Yo qo`shaloq qanotmi Ushbu she`riy parchada nechta so`roq gap bor? A) 3 B) 4 C) 5 D)2 3. Qaysi gapning oxirida so`roq belgisi qo`yiladi? A) Darak gapning B) Undov gapning C) So`roq gapning D) Buyruq gapning 4. Saida gulzor atrofida o`ynab yurgan edi. Ushbu darak gap uchun Saida so`ziga qaratilgan So`roq gapni toping. A) Saida qayerda o`ynab yurgan edi?
B) Saida gulzor atrofida nima qilayotgan edi? C) Saida nimaning atrofida o`ynab yurgan edi? D) Kim gulzor atrofida o`ynab yurgan edi?
A
B
C
D
1
+
2
+
3
+
4
+
5.O`quvchilarni baholash:O`quvchilarning dars davomida yig`gan ballari bilan baholari e’lon qilinadi. 6.Uyga vazifa: 83-mashq. O`qing.Har bir gap oxiridagi ohangga diqqat qiling. Bular qanday gaplar? So`roq gaplar mazmuniga mos darak gaplar tuzing va yozing. Kuz qaysi oydan boshlanadi? Kuzda qaysi qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadi? Kuzdan keyin qaysi fasl boshlanadi? Qaysi qushlar qishlash uchun biz tomonga uchib keladi? Kuz sentabr oyidan boshlanadi. Kuzda issiqsevar qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadi. Kuzdan keyin qish fasli boshlanadi. Hakka, chumchuq, qarg`a qushlari qishlash uchun biz tomonga uchib keladi.
Gaplar Ifoda maqsadiga ko`ra turi
Yo`lbars- yirtqich hayvon
Oh, asal juda mazali
Sen qaysi fanni yoqtirasan
Oz so`zla, ko`p tingla
Gaplar Ifoda maqsadiga ko`ra turi
Yo`lbars- yirtqich hayvon
Oh, asal juda mazali
Sen qaysi fanni yoqtirasan
Oz so`zla, ko`p tingla
Test
1.So`roq gap deb nimaga aytiladi? A) Biror narsa haqida so`rash mazmunini bildirgan gap B) Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gap C) Biror narsa- voqea haqida xabar bildirgan gap D) Kuchli his- hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap 2.Xayol nima Kim bilar Xayol yoinki otmi Fikr qushin uchirgan Yo qo`shaloq qanotmi Ushbu she`riy parchada nechta so`roq gap bor? A) 3 B) 4 C) 5 D)2 3. Qaysi gapning oxirida so`roq belgisi qo`yiladi? A) Darak gapning B) Undov gapning C) So`roq gapning D) Buyruq gapning 4. Saida gulzor atrofida o`ynab yurgan edi. Ushbu darak gap uchun Saida so`ziga qaratilgan So`roq gapni toping. A) Saida qayerda o`ynab yurgan edi? B) Saida gulzor atrofida nima qilayotgan edi? C) Saida nimaning atrofida o`ynab yurgan edi? D) Kim gulzor atrofida o`ynab yurgan edi?