Просмотр содержимого документа
«Открытый урок на тему: Двух потоков»
O`quvchi: Yangi mavzuni o`zlashtiradi. Nutqi rivojlanadi, o`z-o`zini nazorat qiladi, mavzular ustida ishlaydi. Mavzuni o`zlashtirish orqali bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladi.
Kelgusi reja
O`qituvchi: Yangi metod va usullarni tadbiq etadi. O`z mahoratini oshiradi.
O`quvchi: Shu ma’lumotlar yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi.Xulosa chiqarib, malakasini oshiradi.
Darsning texnologik xarita
№
Dars bosqichlari
Vaqt taqsimoti
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
10daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
10daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5
Dars yakuni: baholash
2 daqiqa
6
Uyga vazifa
3 daqiqa
Mavzu: “Ikki irmoq”Xabib Po’latov.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarni “Ikki irmoq”masalining mazmuni bilan tanishtirish,ifodali o’qish malakasini shakllantirish.
FK 1: O’qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so’zlarni topa oladi.
TK 2:mavjud axborot manbalaridan foydalana olish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish;yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish,xolis va jiddiy fikr yurita olish ko’nikmalarini tarbiyalash.
TK4: asardagi qahramonning insoniylik xususiyatlarini aniqlash.
Rivojlantirish: O’quvchilarda masal mazmuni ustida ishlash,turli yo’nalishdagi kitoblarni muntazam o’qish va o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirish.
FK 2:Asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars tiri: Noan’anaviy.
Darsning uslubi:
Suhbat, savol –javob ”Kim bilag’on”,”Topqirlar”,”Davom ettir”, “Jonli ijro”o’yini, aqliy hujum,”Zanjir”usuli.
Darsningjihozi:
Mavzuga oid ko’rgazma, tezkor savollar,shiorlar, AKTda video roliklar namoyishi, mavzuga oid slayd. Darslik, rasmlar, o`quv qurollari rag`batlantiruvchi kartochkalar, darsga oid ko`rgazmalar
Darsning fanlaroro uzviyligi:
Ona tili, matematika, rasm, atrofimizdagi olam, odobnoma,musiqa.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`qituvchi: Assalomu- alaykum
O`quvchilar:Va alaykum assalom
Aziz ustoz muallim
Shay turibmiz biz hozir
Sizdan olishga ta’lim.
O`qituvchi: O’quvchilar hamma sog’- salomat keldimi? Bugungi navbatchi kim?
Uyga vazifa va o’tilgan mavzu so’rab olinadi. O’tilgan mavzu”Yomg’ir” matni “Zanjir usulida ”so’raladi.
“Yomg`ir tomchilarini soyabonga joylashtir”o`yini orqalisavol javob o’tkaziladi.Savollar yomg`ir tomchilariga yoziladi.To`g`ri javob berilgan tomchi soyabonga qadaladi. Bu o`yin musabaqa tarzida o`tkaziladi.
Masalning muallifi Xabib Po’latov haqida ma’lumot berib o’tadi.
Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat 1941-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Boiajak shoirning ilk asarlari „G‘uncha“, „Gulxan“, „Tong yulduzi“ kabi vaqtli matbuot nashrlarida bosilib chiqqan. Qudrat Hikmatning ijodiy maktabida mahoratini oshirgan Habib Rahmat maktabgacha yoshdagi kichkintoylarning sevimli shoirlaridan biriga aylandi. Habib Rahmat ko‘p yillar davomida bosmaxonalarda xizmat qildi. Hayot maktabida chiniqqan, turmushning past-u baland sinovlaridan dadil oiganligi uchun ham uning she’rlari tashbihlarga, kutilmagan qiyoslarga boy. Habib Rahmatning „Sizni Vatan erkalar“, „Bizning zveno“, „Quloqsiz uloq“, „Ari va Ali“, „Qushlar bozori“, „Qiziq sovg‘alar“, „Botir askarcha“ deb nomlangan qator kitoblari bosilib chiqqan.
Masal mazmuniga mos lavha namoyish etilib,kadr ortidan masal o’qiladi.
Darslik bilan ishlash.O’quvchilarga “Davom ettir”usulida o’qitiladi. Masalda uchragan notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi.
Lug’at ishi. Noumid-umidsiz
Behuda- bekorga
Dam olish daqiqasi.
“Yomg`ir” qo’shig’iga harakatli o’yinlar bilan raqsga tushish.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash “Jonli ijro”o’yini
“Jonli ijro”o’yini orqali masal jonlantiriladi.
O’quvchilar masalni sahna ko’rinishi orqali mustahkamlash.
V.Darsga yakun yasash va baholash.
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyadan siz o’zingizga qanday xulosa chiqardingiz?
Shunday holatlar sizning hayotingizda uchrashi mumkinmi?
Dars xulosalanib, dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar soyabonlar bilan rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa.”Ikki irmoq”masalini qayta hikoya qilish.
object(ArrayObject)#851 (1) {
["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
["title"] => string(163) "Открытый урок по природоведению в 5 классе по теме "Роль воды в жизни растений и животных" "
["seo_title"] => string(97) "otkrytyi-urok-po-prirodoviedieniiu-v-5-klassie-po-tiemie-rol-vody-v-zhizni-rastienii-i-zhivotnykh"
["file_id"] => string(6) "122107"
["category_seo"] => string(9) "biologiya"
["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
["date"] => string(10) "1414154641"
}
}