Просмотр содержимого документа
«Открытый план урока по предмету родной язык для 1 классов»
Mavzu: So’roq gap.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: Gapningmaqsadga ko’ra turlari haqida tushuncha berish.So’roq gaplar bilan o’quvchilarni tanishtirish,so’roq gapning tallafuz qilinishi,so’roq belgisining qo’yilishini amalliy tushuntirish.Tilning o’zaro aloqa vosita ekani haqida umumiy tasavvurni shakllantirish;
TK 1: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi.Manbalarda ma’lumotlarni izlab topa olish,media vositalardan foydalanib didaktik topshiriqlarni bajarish;
FK 1: So’zlrdan gap tuza oladi,gapning bosh bo’laklarini o’z o’rnida qo’llay olish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarni shirinso’zlikka o’rgatish,muomalamadaniyatini shakllantirish,”Tilga e’tibor-elga e’tibor”maqolining ma’nosini tahlil qilish asosida milliy qadriyatlarimizni targ’ib etish;
TK 3: Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Maktabda,oilada va turar joylarida bo’layotgan jarayonlarda ishtirok etish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirish;og’zaki va yozma nutq savodxonligini shakllantirish.
TK 2: Rasmli kitoblar,jurnallarni mustaqil o’qib-o’rganish orqali bilimini oshirib boorish.
Dars turi:Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: “Eng chiroyli hsnixat”,tezkor savollar,davra suhbati,izohli diktant,”Rahglar ustaxonasi”, Grammatik she’rlar,tushunchalar tahlili,demolish(harakatli mashqlar),”Besh barmoq”,”Klaster”.
Dars jihozlari: darslik,mavzu asosidagitaqdimotlar,proyektor,kompyuter,A3 formatidagi plakatlar,faslga oid rasmlar,tarqatma materiallar,testlar,rag’bat uchun kartochkalar.
Darsning texnologik xaritasi
№
Dars bosqichlari
Vaqt taqsimoti
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
2
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
10daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
10daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
15 daqiqa
5
Dars yakuni: baholash
2 daqiqa
6
Uyga vazifa
daqiqa
Darsning borishi I. Tashkiliy qism. Salomlashish,aylanma daftarlar harakatini tashkil etish, ma’naviyat daqiqasi o’tkazish,o’quvchilarni darsga tayyorlash, navbatchi axborotini tinglash.
O’qituvchi: Darsimiz ona tili.U fanlar ichida eng ulug’I va eng murakkabidir.Ona tili fanini chuqur o’rganishimiz kerak. Bugungi mavzuni o’qish,tabiat,matematika, musiqa va boshqa fanlar bilan bog’lab o’tamiz. Til haqida qanday maqol,hikmatli so’zlar bilasiz?
So’z qadrini bilmagan, o’z qadrini bilmaydi.
Tili uzun xashak yer,
Tili kalta yashab yer.
Tilni bilish –dilni bilish.
Til –aql bezagi.
-1989-yil 21-oktabrda O’zbek tiliga –Davlat tili maqomi berilgan kun. Shundan beri bu kunni alohida kutib olamiz.
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
1-guruh: Darak gap
2-guruh:So’roq gap
3-guruh:Undov gap
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzuni mustahkamlashda uslubiy-ta’limiy o’yinidan foydalaniladi.Guruh o’quvchilari 3tadan darak gap tuzib,tahlil qiladilar.O’qituvchi o’quvchilar fikrini to’ldirib umumlashtiradi.
Husnixat mashqi.Rasmli diktant.Ekrandagi rasmlarga qarab so’zlar, so’lardan esa gap tuzish.2 ta gapni husnixat bilan yozish.
Daraxt barglari sarg’aydi.
Quyosh issiq nurini sochdi.
III.Yangi mavzu bayoni.So’roq gap. Mavzu haqida suhbat.
O’qituvchi:-So’rash so’rash mazmunini bildirgan gaplar so’roq gap deyiladi.
So’roq gapning oxiriga so’roq belgisi (?) quyiladi.So’roq so’zlar ,-mi,-chi, qo’shimchalari va ohang orqali yasaladi.
-Bugun sinfimizga mehmonlar keldi.
-Bugun sinfimizga mehmonlar keldimi?
83-mashq
Bir-biringizdan biror narsa so’rang.(Bunda o’quvchilar suhbat uyushtiradilar)
O’qituvchi –suhbatda qanday gaplar ishtirok etdi?Javobingizda qanday gaplardan foydalandingiz?
O’quvchilar:-Darak gaplardan foydalandik.
84-mashq
O’qing. Matn nima haqida ekanini ayting.
Laylo buvising yoniga homush kirib keldi.
-Buvijon,gulim kasal bo’lib qoldi.
-Qayerdan bilding?
-Ana,bargi so’ligan.Endi nima qilamiz?
-O’zing tuzata qol,
-Dori qutti qayerda,buvijon?
-Dori quttini nima qilasan? Tagini yumshat, suv quy.Guling tuzalib ketadi.
Dam olish daqiqasi.
Tabiat hodisalari.Kunlar issiq.Kunlar soviy boshladi.Sekin shamol esa boshladi. Shamol kuchaydi.Yomg’ir tomchilay boshladi. Yomg’ir jalaga aylandi. Yomg’ir tindi.Charaqlab quyosh chiqdi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Quddus Muhammadiyning”Kimning akasi katta?” she’ridagi har bir gapni ohang orqali ifodalash.
-Bizning aka traktorchi,
-Hammadan ortiq kuchi.
-Sening akang-chi, To’ychi?
-Komandir,mergan ovchi.
-Sening akang-chi, Yo’lchi?
-Maktabda o’qituvchi.
-Kimning akasi katta ?
-Hammasi teng,albatta
-Bir nom bilan ayting-chi?
-Ishchi,dehqon,xizmatchi.
O’qituvchi: -Rahmat,bolalar.She’rni diqqat bilan tinglagan bo’lsangiz,ayting-chi,she’rda nechta darak va so’roq gaplar bor ekan?
O’quvchi: Sakkizta darak, sakkizta so’roq gap.
V.Darsni xulosalash va yakunlash.
Darsda faol qatnashgan,uyga berilgan topshiriqni bajargan savolarga to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiradi va baholarie’lon qilinadi.
object(ArrayObject)#851 (1) {
["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
["title"] => string(184) "Рабочая программа по русскому языку для 8 класса по учебнику Тростенцовой Л. А., Ладыженской Т. А. и др."
["seo_title"] => string(80) "rabochaia_proghramma_po_russkomu_iazyku_dlia_8_klassa_po_uchiebniku_trostientsov"
["file_id"] => string(6) "352142"
["category_seo"] => string(12) "russkiyYazik"
["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
["date"] => string(10) "1477404525"
}
}