kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Конспект урока по чтению

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данный конспект урока по чтению предназначена для начальных классов. Конспекте разработана дидактические материалы для развития речи учеников. И ещё в тексте поясняется творчество великого узбекского поэта Алишера Наваи.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Конспект урока по чтению»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Xalq ta’limi markazi

Buxoro viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi







G‘ijduvon tumani xalq ta’limi bo‘limiga

qarashli 39-o‘rta ta’lim maktabi

boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

Ahrorova Iroda Ne’matovnaning

o‘qish fanidan tayyorlagan


DARS ISHLANMASI



Mavzu: DONOLAR DONOSI


BUXORO




Sinf: 3

Fan: O’qish

Darsning mavzu. Donolar donosi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga buyuk bobomiz, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mavzu orqali ajdodlarimizga nisbatan mehr-muhabbat hissini, shuningdek insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini, ajdodlarimiz merosiga sadoqat ruhini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlash,hikoyani o’qib tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasini oshirish.

Dars turi: Yangi tushuncha , umumlashtiruvchi dars.

Dars metodi: savol – javob, tushuntirish,aqliy hujum, mustaqil ish, sahnalashtirilgan .

Dars jihozi: Darslik, ko’rgazma qurollar, tarqatma materiallar, videorolik, test,slayd, TT metodi, ta’limiy o’yin.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar o’zbek, ingliz tilida she’r aytib salomlashadilar.

Good morning,

good morning,

Good morning to you

I an glad to see you.

Salom shirin so`zimiz

Salom deymiz o`zimiz.

Odob bilan aytamiz,

Assalomu alaykum.

O’qituvchi suhbat uchun quyidagi savollarni beradi.

-Hozir qanday dars? (Hozir o’qish darsi.)

-Bugun sinfda kim navbatchi?( Navbatchi axboroti eshitiladi.)

-Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2015-yil qanday nomlandi?

(“Keksalarni e’zozlash” yili deb nomlandi.)

-Keksalarni e’zozlash deganda nimani tushunasiz?

Balli,judayam yaxshi. Keksalarni e’zozlashimiz, ularni hurmat qilishimiz kerak.

-Fevral oyida qanday buyuk allomalarning tavallud topgan kunini bilasiz?(9-fevralda Alisher Navoiy bobomizning, 14-fevralda Z M Boburning tavallud topgan kunlari.)

-Navoiy bobomizning bu yil necha yilligini nishonlaymiz?

(Buyuk shoir va mutafakkir, xalqimizning ulug’ farzandi hazrat Alisher Navoiy tavalludining shonli 574 yilligini nishonlaymiz.)


Bugungi darsimizning shiori :

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.


Islom Karimov.

Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’qituvchi uyga berilgan vazifani aniqlaydi.

O‘quvchilardan kichik suhbat asosida uy vazifasini tekshiradi.

(Tanovar kuyi past ovozda eshittiriladi.) Bir o’quvchi Navoiy timsolida sahnaga chiqib, ikki bayt misrasini o’qib beradi.

Navoiy:Gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik birla ot.

O‘qituvchi:

Har bir xalqning nomini , shuhratini ellarga tanitadigan, ming yillarga olib o’tadigan buyuk insonlar bo’ladi.

Shunday insonlardan biri so’z mulkining sultoni Alisher Navoiydir.

Assalom Navoiy mo’tabar ustoz,

Xalqim e’zozlagan buyuk ajdodim,

Assalom bobojon, buyuk alloma,

Yo’lim yoritguvchi, porloq quyoshim.

Alisher Navoiy… Bu so’zni eshitgan har bir inson xayolida bobomiz yaratgan ulkan she’riy meros shunday gavdalanadiki, uni ta’riflashga til ojiz.

Alisher Navoiy avlodlarga boy xazina – besh dostondan iborat “Xamsa” ni qoldirdi. Bu asar shoir ijodiningyuksak cho’qqisi, sharq xalqlari adabiyotining nodir durdonasidir.



Janonki, muqaddas neni ko’ribdi ,

Bariga onasan, ey, qodir hayot,

Besh yuz yil naridan qarab turibdi,

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.


Shu buyuk o’g’lingni, ardoqlab dildan,

Xalqim ta’zim etsang arziydi tamom,

Uning nomi bilan birga bitilgan,

Dunyo daftariga o’zbek degan nom.


Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun,

Yurt burish shart emas , degan gapki rost.

Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin

Alisher qalamin ko’rsatgan, xolos.


















III.Yangi mavzuning bayoni.

Hozir bolajonlar , sizlar bilan 578 yil orqaga, Navoiy davriga, “ Noyob durdonalar xazina”siga sayohat qilamiz.

Sahna: “Munojat” kuyi eshittiriladi.

Muallif: Bu voqea 1441 yil 9- fevralda Hirot shahrida G’iyosiddin Kichkina oilasida sodir bo’ldi.

Ali pochchasi G’iyosiddin huzuriga yugurib keladi.

Ali:Assalomu aleykum G’iyosiddin pochcha!Sizga xushxabar olib keldim!Suyunchi beringiz!Sizga xudoyim farzand ato qildi,o’g’il muborak!

G’iyosiddin:Rahmat!Bag’oyat shodmen!G’oyat minnatdormen,inim!Yaxshi soatda xushxabar keltirdingiz!Jiyangizni shu boyis sizning nomingiz bilan atymiz.Sizdek shoir,fozil odam bo’lsin.Yana(sher) so’zini qo’shamiz.Sherdek jasur, qudratli bo’lib o’ssin.Farzandimizning nomi Alisher bo’ladi.

Ali:Minnattormen,mening ko’nglimni kutilmagan shodlik bilan to’ldirdingiz.Bu men uchun eng ulug’ suyunchidir.

G’iyosiddin:Qani,marhabo,koshonamizga boraylik.

Muallif:Bu paytda qo’shni xonada chaqaloq yig’isi eshitiladi.Alisherning onasi alla aytadi.“Alisherning onasi” she’ri magnit tasmasida qo‘yib eshittiriladi. Alisher Navoiy 1441 yil 9- fevralda Hirot shahrida dunyoga keladi.Slayd orqali kartadan Hirot shahri o’quvchilarga ko’rsatiladi.

Videorolik orqali Alisher Navoiyning bolaligi ko’rsatiladi.

Darslik bilan ishlash.

Matnni o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi.

Matnni o’quvchilar ichda o’qishadi, so’ng matn ovoz chiqarib o’qitiladi.

Lug‘at ustida ishlash.

O‘qituvchi lug‘at ustida ishlashda TT metodidan foydalanib , suhbat uyushtiradi.



Tushunchalar

Tahlili

Avliyo

­e’tiqodli,ilmli,aziz odam

Mutafakkir

chuqur bilimga ega bo’lgan, iste’dodli, tafakkur egasi.

“Xamsa”asari

Alisher Navoiy avlodlarga boy xazina-besh dostondan iborat xamsani qoldirdi.Xamsa asari 1443-1445-yillarda yaratilgan.”Xayrat ul-Abror”,”Layli va Majnun”,”Farhod va Shirin”,”Sabbai Sayyor”,”Saddi Iskandari”nomli dostonlardn tashkil topgan.Bu asar shoir ijodining yuksak cho’qqisi,shar xalqlari adabiyotining nodir durdonasidir.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Dars davomida o’quvchilarga tarqatma materiallar beriladi.

(Alisher Navoiy ruboiylaridan namunalar aytib bering.)

Ruboyilardan namunalar:

G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish.


Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kuningga aylagali nur fosh,

Birisin oy ayla , birisin quyosh.

Davom ettir” ta’limiy o’yini: Bu o‘yinda o‘qituvchi Alisher Navoiyning hikmatli so’zlarining birinchi misrasi beradi, o’quvchilar uni davom ettiradi.

1.Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, …..

2.Til bilgan- …..

3.Oz-oz o’rganib dono bo’lur, …..

4.Yigitlik chog’i yig’gil ilm mahzani , …… (qariylik chog’i sarf qilg’il ani)

5.Aytar so’zni ayt, …… (aytmas so’zdan qayt)

O’qituvchi:Bolalar,siz nomu dunyoga mashhur ajdodlarning avlodlarisiz. Ularning xotirasini yod etib, ularga munosib, Vatan ravnaqiga hissa qo’shadian insonlar bo’lib yetishishingiz kerak.Buning uchun ko’p o’qib ,bobomizning hayot yo’llarini o’rganishingiz va ulardan o’rnak olishingiz darkor.

Tarmoqlash metodi orqali o’quvchilari Alisher Navoiyga ta’rif beradilar.

1441-yil

Hirot shahrida





Olim, davlat arbobi

9-yoshida she’r yozgan





shoir

9-fevral





V. Darsni yakunlash va baholash.

O‘qituvchi mavzuning tarbiyaviy tomonini yoritib beradi.


O’quvchilar bilimini izohlab baholash, o‘qituvchi darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiradi.

VI.Uyga vazifa.“Donolar donosi” matnini o’qib , mazmunini so’zlab kelish.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Конспект урока по чтению

Автор: Ахрарова Ирода Неъматовна

Дата: 27.04.2019

Номер свидетельства: 508522

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(114) "Конспект урока чтения по теме "Для чего нужен снег" Ю. Дмитриев "
    ["seo_title"] => string(76) "konspiekt-uroka-chtieniia-po-tiemie-dlia-chiegho-nuzhien-sniegh-iu-dmitriiev"
    ["file_id"] => string(6) "130948"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1416045119"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(112) "Конспект урока чтения на тему: «Л. Н. Толстой «Прыжок» (быль)». "
    ["seo_title"] => string(58) "konspiekt-uroka-chtieniia-na-tiemu-l-n-tolstoi-pryzhok-byl"
    ["file_id"] => string(6) "120421"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1413717811"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(71) "Конспект урока чтение «Звук и буква Ш»."
    ["seo_title"] => string(41) "konspiekt-uroka-chtieniie-zvuk-i-bukva-sh"
    ["file_id"] => string(6) "269682"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1450885847"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(108) "Конспект урока чтения на тему " Ф. И. Тютчев. Весенняя гроза" "
    ["seo_title"] => string(68) "konspiekt-uroka-chtieniia-na-tiemu-f-i-tiutchiev-viesienniaia-ghroza"
    ["file_id"] => string(6) "152682"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1420894673"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(112) "Конспект урока чтения во 2 классе на тему: А.Аксёнова "В парке"."
    ["seo_title"] => string(68) "konspiekt-uroka-chtieniia-vo-2-klassie-na-tiemu-a-aksionova-v-parkie"
    ["file_id"] => string(6) "274186"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1452344496"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства