Просмотр содержимого документа
«План урока по математики»
Mavzu: Q q tovushi va harfi.
Maqsadlar:
Ta’limiy: Qq undosh tovushi va uning so‘zlarda qo‘llanilishini o‘rgatish.
Tarbiyaviy: Qq tovushining “Qush” so‘zida ishlatilishi va tabiatga g’amxo’rlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad:Harflarning aytilishi va o’qilishi ,talafuzi kabi ko’nikmalarni rivojlantirish
Darsning turi: Topishmoqli musobaqa.
Guruhlarni rag`batlantirish: ball, ball, ball
Darsning tashkiliy qismi: I Bosqich:
a)Davomatni aniqlash.
O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammaga yaxshidir.
Qani ayting, bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin,
Menga aytib beradi.
1-bola: Bugun haftaning _____ kuni bo’ladi.
Hamma: Bizlar yaxshi bo’lamiz,
O’chilgan gul –bo’lamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so’zidan,
Bizlar also chiqmaymiz.
Sinfdagi bolalar,
Darsga shay barchamiz.
b) Guruhlarni nomlash. Guruhlar o‘zlariga “Sirli xaltacha”dan varaqchalarda yozib qo‘yilgan quyidagi 1-guruh “Bilimdonlar”, 2-guruh “Topqirlar” va 3-guruh “Zukkolar” deb yozilgan nomlarni oladi. Shartlarning bajarilishni o’qituvchi baholab boradi.
Darsning borishi:
II Bosqich: 1-shart. Uyga berilgan topshiriq bo‘yicha mavzuni o’qib berish.
2-shart: “Zanjir” o‘yini. Bunda har bir guruh a’zolari xattaxta oldiga chiqib, “Parranda va yovvoyi hayvonlar” mavzusida ketma –ket parranda nomi yoki yovvoyi hayvon nomlarini aytadilar. So’zlar takrorlanmasligi kerak.
III Bosqich:. Yangi mavzu haqida tushuncha berish.
3-shart: O‘qituvchi “Aqliy hujum “ usulidan foydalanib o‘quvchilarga topishmoqli savollar beradi.
O‘quvchilar quyidagicha javob beradilar.
1.Savol: Ichi bo’yoq , sirti tayoq?
Javob: Qalam .
2.O‘qituvchi: O'zi bitta, qulog'i to'rtta?
Javob: Qozon .
3.O‘qituvchi: Uzun terak, ichi kavak.?
Javob: Qamish.
4.O‘qituvchi : .Joni yo'g'u, uy poylar.
Javob: Qulf.
5.Savol: Uzoq tog’da o’t yonar.
Javob: Quyosh.
6.Savol: Oq tovuq katagi sovuq.
Javob : Qor.
7.Savol:Uy ustida sari yoy.
Javob: Qosh.
8.Savol: Qo’sh g’ildirak , hammaga kerak.
Javob: quloq.
O‘qituvchi: qalam, qozon, qamish, qulf, quyosh,qor, qosh, quloq rasmlarini ham xuddi shunday ko‘rsatib o‘tadi. Shundan so‘ng umumiy savol beradi : Ushbu topishmoq javoblari qaysi harf bilan boshlanadi?
O’quvchilar: Q harfi bilan.
O’qituvchi slaydlar orqali yangi mavzuni tushuntiradi. Qq ni talaffuz qiladilar. Qq harfi ko‘rsatiladi. Darslikning 48-beti ochilib, undagi Qq harfini bosma va yozma shakli o‘rganiladi. 48-betdagi bo‘g‘in va so‘zlar o‘qiladi.
IV Bosqich. Mustahkamlash.
Dam olish daqiqasi:
Bo`yin cho`zib qarag`ay,
Yon atrofga qaragay.
Der u:barcha daraxtdan,
Baland akang qarag’ay.
IV shart Bunda kesma harflardan so‘zlar tuziladi.
O‘quvchilar bilan mustaqil shug‘ullanish.O‘quvchi qish, qor, quyosh, qurbaqa,qush so‘zlarini aytadi. O‘quvchilar parta ustiga o‘zlarining kesma harflar kassalaridan harflarni olib yozadilar.Guruhlardan bittadan o’quvchi so’zlarni xattaxtada yozishi mumkin.
5-shart: “Biz o‘rgangan so‘zlar” mavzusida “Qaysi so’z ortiqcha “ test-o‘yini o‘tkazish.
Slaydda so’zlar ko’rsatiladi:
A. Olma, anor, ona.
B. Qor,qish,qush
C. Qurbaqa, qalpoq
D. Quyosh,qo’lqop
O’quvchilar A javobni ko’rsatadilar. Chunki A javobidagi so’zlar ichida q harfi yo’q.
V Bosqich : Darsning yakuniy qismida ballarni hisoblab, g‘olib guruhni rag‘batlantirish.
VI. Bosqich :Uyga vazifa. Qq harfli so‘zlardan topib aytish. 48-betdagi bo‘g‘in va so‘zlarni o‘qish.
Mavzu: Qq tovushi va harfi.