Просмотр содержимого документа
«Информатика 7-класса»
Sana: 26.02.2020-yil.
Mavzu: Axborotli olam muammolari va internet.
Darsning shiori:
“Axborot bu – bilim, bilim kuch, kuch esa g’alaba demakdir.”
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga internetning yaratilish tarixi, internetning afzalliklari, internetning ishlash prinsipi va vazifalari haqida ma’lumotlar berish, yangi mavzuga doir ba’zi tushuncha va tamalarni izohlab berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni o’zaro hurmat, sadoqat, oila va ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni yuksak salohiyatli, keng dunyoqarashli qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar olgan bilimlarini hayotda qo’llay olishga o’rgatish, Muammoli vaziyatlarda va real hayotda topqirlik, izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Nazariy bilim beruvchi.
Darsning usuli: Aralash, savol-javob, ma’ruza, mustaqil o’rganib kelish, o’z-o’zini baholash.
O’tilganlarni takrorlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish
10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni
20 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash
7 daqiqa
Baholash va uyga vazifa berish
5 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Darsning shiori:
“Zamonaviy fanni o’rganmoqqa
Biz tayyormiz saboqqa”
Bugungi darsimiz uchun shior tanlaymiz:
“Axborot bu – bilim, bilim kuch, kuch esa g’alaba demakdir.”
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Fevral oyidagi muhim sanalar doskadagi o’quvchilar qo’l mehnati bilan chizilgan gul g’unchalariga qarab aytiladi. Doskada 5 xil rangdagi gullar hosil bo’ladi.
5 xil rangning ramziy ma’nosi so’raladi. Harakatlar strategiyasi, 5 muhim tashabbus, …
5 ta tashabbus besh xil tilda o’quvchilar tomonidan aytib o’tiladi, ya’ni o’zbek, ingliz, rus, arab va koreys tillarida.
O’tilganlarni mustahkamlash yuzasidan savollar:
1-savol
Axborot o’zi nima?
2-savol
“Texnologiya” so’zining ma’nosi nima?
3-savol
Axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Uyga berilgan vazifalarni tekshirish:
2. Nuqtalar o’rniga o’ng ustundagi kerakli so’zlarni joylashtirib ko’chiring.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari … deb yuritiladi
Modulyator
Signalni raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishga o’tkazib beruvchi qurilma … deb ataladi.
Axborot texnologiyasi
Signalni analog ko’rinishdan raqamli ko’rinishga o’tkazib beruvchi qurilma … deb ataladi.
Demodulyator
3. Jadvaldan axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillarini guruhlarga ajratib yozing.
Doskada plakatga ichki va tashqi omillar yozib qo’yilgan. O’quvchilar jadvalda yozilgan so’zlarni stikerchalar orqali guruhlarga ajratib yozadilar.
Axborotlarni yetkazish vositalari o’quvchilar qo’liga beriladi. Ular yaratilish ketma-ketligi bo’yicha joylashadilar. Natija to’g’ri bajarilsa, “INTERNET” so’zi hosil bo’lishi kerak.
Internet so’zi hosil bo’lishi ham bejiz emas, sababi yangi mavzuning nomi internet so’zi bilan bog’liq.
Yangi mavzu bayoni:
Internet haqida videorolik namoyish etiladi.
Shundan so’ng o’quvchilar uyda yangi mavzuni mustaqil o’rganib kelgan ma’lumotlari orqali namoyish qiladilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash qismida o’quvchilar plickers kartochkalaridan foydalangan holda test topshiriqlarini online bajaradilar. Test natijalari ekranda paydo bo’ladi.