kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

На уроке математике инновационные технологии

Нажмите, чтобы узнать подробности

Matematika darslarida innovatsion texnologiyalar

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«На уроке математике инновационные технологии»

Matematika darslarida innovatsion texnologiyalar



Husenov Sharif Abduraxmonovich Buxoro shahar kasb-hunar maktabi matematika fani o`qituvchisi



Annotatsiya: O‘z o‘rnida matematika fanini o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Matematik o‘yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag‘ishlaydi. Didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin orqali o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanadilar.

Kalit so‘zlar: Innovatsion texnologiya, Xususiy texnologiya, “Klassik juftliklar” usuli, “Juft-juft muloqot” usuli, Pazl metodi, “Matematik bozor” o‘yini.



Hozirgi paytda an’anaviy ta’lim bo‘yicha katta tajriba to‘plangan va an‘anaviy ta’lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda, lekin uning obyektiv imkoniyatlari cheklangan. Amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur’atda rivojlanayotgan fan-texnika talablari ta’lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga, barkamol " avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji tafovudni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Innovatsion texnologiyalarni amaliy mashg‘ulot darslarida qo‘llash ham o‘qituvchidan katta mahorat va bilim talab qiladi. Innovatsion texnologiya o‘z o‘rnida qo‘llansa qo‘yilgan maqsadiga erishiladi. O‘qituvchi dars davomida darsning mavzusiga qarab xususiy texnologiyalarni qo‘llab ham yuqori natijalarga erishsa bo‘ladi. ASOSIY QISM Xususiy texnologiya bu - ta’lim-tarbiya mazmunining ayrim yo‘nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuini o‘z ichiga oluvchi innovatsion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o‘qitish texnologiyalari va o‘qituvchining o‘quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi. “Klassik juftliklar” (“Klassik uchliklar”) - bunda ishtirokchilarga ustiga o‘zaro klassik yoki barchaga ma’lum bog‘liqlikka ega bo‘lgan tushunchalar, odamlar familiyalari, ertak va folklor qahramonlarining nomlari yozilgan (bosib chiqarilgan) kichik kartochkalar tarqatiladi. Masalan: Klassik juftliklar: Klassik uchliklar: Funksiya - jadval Quyosh - havo - suv Parabola - giperbola Minus - plyus - modul Elektron - proton Mediana - balandlik - bissektrisa Kenglik - uzunlik ……… Bissektrisa - burchak Nyuton - olma So‘zlar tartibsiz ahvolda bir varaq qog‘ozga yozilgan, masalan, plyus, parabola, uzunlik, burchak, mediana, minus, funksiya, giperbola, jadval va hokazo. O‘quvchilar "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 884 shu so‘zlar orasida klassik juftlik yoki uchlikni topib, tuzishlari va ana shu bog‘liqlikni asoslab berishlari kerak. Mashq ham individual tartibda, ham kichik guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. “Juft-juft muloqot” usuli - Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarga biror topshiriq (yoki alohida-alohida topshiriqlar) berish va ularni birgalikda topshiriqda keltirilgan muammo (masala) yechimini topishga chorlash, yechimlarni eshitish va baholash. Ba’zi hollarda o‘quvchilar bir-birlariga navbatma-navbat savol (masala) bilan yuzlanishlari ham mumkin. Bunday holda savol javobi (masala yechimi) savol (masala) bergan o‘quvchi tomonidan tinglanishi (tekshirilishi) va baholanishi lozim bo‘ladi. Juftlikda ishlash mavzusini tanlayotganda alohida ehtiyot bo‘lish zarur. Bu mavzu ko‘pchilik tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘lishi lozim, aks holda juftlarda ish ketmasligi mumkin. Topshiriqlardan namunalar: a) Har bir o‘quvchi 1 minut davomida “O‘nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga bo‘lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o‘z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin. b) Har bir o‘quvchi 1 minut davomida “O‘nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga ko‘paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o‘z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin. c) Har bir o‘quvchi 1 minut davomida “O‘nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo sonlarga ko‘paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o‘z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin. d) Har bir o‘quvchi 1 minut davomida “O‘nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo sonlarga bo‘lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o‘z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin. Matematika darslarida Pazl (“Bo‘laklardan butunni tuz”) metodi. Pazl (inglizcha puzzle - topishmoq, boshqotirma) - rasmni uning bo‘laklari yordamida tiklashdan iborat bolalar o‘yinining nomi. Shuning uchun bu metod nomini o‘zbek tilida “Bo‘laklardan butunni tuz” deb ham atash mumkin. O‘tilgan mavzuga oid asosiy jumla, formula, teorema, tenglama, chizma va boshqa ko‘rinishidagi asosiy ma’lumotlar qog‘ozga yozilib, so‘ng bir nechta bo‘laklarga bo‘linib aralashtirib yuboriladi. O‘quvchilar bu bo‘laklar ichidan faqat bitta ma’lumotga moslarini topib, uni tiklaydilar.

Bu metod o‘quvchilarda ziyraklik, topqirlik, diqqatni to‘plash, tahlil va sintez qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Uni yakka tartibda ham, sinfni guruhlarga bo‘lib ham o‘tkazish mumkin. Masalan: Parallel to‘g‘ri chiziqlar, “To‘g‘ri chiziqlarning parallellik alomatlari” va “Ikki to‘g‘ri chiziqni uchinchi to‘g‘ri chiziq kesib o‘tganda hosil bo‘ladigan burchaklar haqidagi teoraemalar” mavzulari o‘tib bo‘linganidan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi 24 ta varaqchalar (kartochkalar)dan iborat to‘plam taqdim qilinadi. Bu to‘plamda 6 ta teorema keltirilgan bo‘lib, ularning har bir haqida 4 ta varaqchada ma’lumot berilgan bo‘ladi. 1-kartochkada: teoremaning yozma bayoni, 2-kartochkada: teoremaga mos chizma, 3-kartochkada: teorema sharti va xulosasining qisqacha matematik bayoni, 4-kartochkada: teoremaning matematik isboti yozuvi. Topshiriq: 6 ta o‘quvchiga (yoki guruhga) 6 ta teorema beriladi va taqdim qilingan to‘plam ichidan faqat o‘z teoremasi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘la yig‘ish vazifasi topshiriladi. “Matematik bozor” o‘yini - Bu mashg‘ulotni odatda biror katta bo‘lim yoki bobning oxiridagi takrorlash darslarida o‘tkazish mumkin. Biror bob yakunlangandan keyin o‘qituvchi shu bobda o‘rganilgan materiallarga taalluqli misollarni kartochkalarga yozib tayyorlaydi. Har bir kartochkada 2-3 tadan turli qiyinlikdagi misollar yoziladi va har bir misolga qiyinlik darajasiga qarab “narx” belgilanadi (masalan 50so‘m, 100so‘m, 200so‘m,...). Kartochkalar soni sinfdagi o‘quvchilar soniga qarab tuziladi. O‘quvchilar 4 tadan qilib guruhlarga bo‘linadi, bunda sinfda o‘rtacha 8-10 ta guruh tashkil qilish mumkin. Demak, har bir kartochkadan guruhlar soniga mos ravishda 8-10 tadan tayyorlash kerak bo‘ladi. Kartochkalarning turi esa 4- 5 xil bo‘lsa yetarli bo‘ladi (jami 32-40 ta kartochka). Har bir guruh kartochkalardan bittadan oladi, ya’ni har bir guruhda 4 yoki 5 xil kartochka bo‘ladi, “narxlar” kartochkalarda har bir misol (savol) to‘g‘risida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 1-variant 1. Topshiriq 100s. 2. Topshiriq 150s. 3. Topshiriq 200s. Biror guruh 1-variantdagi topshiriqlarni birichi bo‘lib bajarsa, o‘qituvchiga ko‘rsatadi va o‘qituvchi yechimni tekshirib shu guruh ishlagan pulni doskada tayyorlab qo‘yilgan jadvalga yozib qo‘yadi. Shu 1-variantni keyingi bo‘lib ishlagan guruhga har bir topshiriqdan 25 so‘mdan chiqarib tashlanadi. Shu tariqa guruhlar har bir variantdagi topshiriqlardan iloji boricha ko‘proq va tezroq yechishga va ko‘proq pul to‘plashga harakat qiladilar. Variantlardagi topshiriqlar xilma-xil va har xil narxli bo‘lishi mashg‘ulotlarni qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.

Ma’lum vaqtdan so‘ng (masalan 30 minutdan keyin) “bozor” to‘xtatiladi va o‘qituvchi guruhlar to‘plagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni nomerlash yoki ularning o‘zlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh ko‘proq pul to‘plagan bo‘lsa, shu guruh g‘olib topiladi, qolgan guruhlarga ham o‘rinlar beriladi. O‘qituvchi guruhlarning bajargan ishlarini kuzatib, qaysi guruh biror topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan bo‘lsa, shu topshiriqni bajargan guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni har bir guruh bajara olmagan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi shu topshiriqni yechish yo‘llarini ko‘rsatib berishi mumkin va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini bilib olishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi guruhlarning to‘plagan pullariga qarab o‘quvchilarni baholaydi. Besh balli tizimda eng ko‘p pul to‘plagan guruh o‘quvchilariga 5 ball, keyingi 2 ta guruhga 4 balldan, keyingi 3ta guruhga 3 balldan va hokazo, qo‘yish mumkin.

XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kun o‘quvchisini bugungi zamonning talablari asosida o‘qitish lozim. Zero, yangi texnologiyalar zamonida dunyoga kelayotgan o‘g‘il-qizlar o‘zining bir qator umumiy sifatlari bilan ajralib turadi. Turmush tarzimiz, qiziqish va xohish-istaklarimiz global makonda qariyb o‘xshash tus olayotgan bir vaqtda kechagi o‘qitish usullari bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Zamon bilan hamqadam rivojlanib borgandagina yuksak intellektual avlodni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish va ta’lim jarayoniga texnologik yondashish mumkin. Hamda bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchitalabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadidagi ilmiy natijalarni o‘rganish va nazariy ma’lumotlarni tayyorlash, o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda yoshlarni olimpiadalarga tayyorlash mashg‘ulotlarida interfaol metodlardan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, mashg‘ulotlar davomida matematikaning amaliyotga tadbiqlariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar bo‘yicha qisqacha ma'lumotlar berilishi, ularda fanga bo‘lgan qiziqishni ortishi va dunyoqarashlarini kengayishiga hamda ilmiy ishlar chop qilishlariga sabab bo‘lmoqda.





Foydalanilgan adabiyotlar 1. Умарова У.У. “Муносабатлар. Бинар муносабатлар” мавзуси бўйича маъруза ва амалий машғулотлари учун “Ажурли арра” ва “Домино” методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), р. 982-988. 2. Умарова У.У. Мулоҳазалар устида мантиқий амаллар мавзусини ўқитишда «Кичик гуруҳларда ишлаш» мeтoди // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 803-809. 3. Умарова У.У. “Формулалар ва уларнинг нормал шакллари” мавзусини ўқитишда ўйинли методлар (pp. 810-817). 4. Умарова У.У. “Мулоҳазалар алгебраси асосий тенг кучли формулалари” мавзусини ўқитишда “Ақлий хужум” ва “Сase Study” методлари // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 818-824. 5. Умарова У.У. Мулоҳазалар алгебраси бўлимини такрорлашда график органайзер методлари // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 825-831. 6. Умарова У.У. Чинлик жадвали ёрдамида формулани топишда муаммоли ўқитиш технологияси // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 832-838. 7. Умарова У.У. “Формулаларнинг эквивалентлиги. Дуаллик принципи” мавзусини ўқитишда “Чархпалак” технологияси // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 839-846. 8. Умарова У.У. “Мулоҳазалар хисоби” мавзусини ўқитишда интерфаол методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 867-875 9. Умарова У.У. “Примитив рекурсив функциялар” мавзусини ўқитишда “Бумеранг” технологияси // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 890-897. 10. Умарова У.У. “Функциялар системасининг тўлиқлиги ва ёпиқлиги” мавзусини ўқитишда «Қандай?» иерархик диаграммаси интерфаол методи // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 855-860. 11. Умарова У.У. «Пост теоремаси ва унинг натижалари» мавзуси бўйича амалий машғулотда “Блиц-сўров” ва “ФСМУ” технологияси // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 861-866. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 888 12. Умарова У.У. “Келтириб чиқариш қоидаси” мавзусини ўқитишда график органайзер методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 876-882. 13. Умарова У.У. “Алгоритмлар назарияси”


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Математика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
На уроке математике инновационные технологии

Автор: Хусенов Шариф Абдурахмонович

Дата: 28.09.2022

Номер свидетельства: 613992

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(166) "Доклад на тему " Информационно-коммуникационные технологий обучения на уроках математики""
    ["seo_title"] => string(89) "dokladnatiemuinformatsionnokommunikatsionnyietiekhnologhiiobuchieniianaurokakhmatiematiki"
    ["file_id"] => string(6) "282105"
    ["category_seo"] => string(10) "matematika"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1453646358"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(161) "Роль современных технологий в повышении познавательного интереса на уроках математики"
    ["seo_title"] => string(88) "rolsovriemiennykhtiekhnologhiivpovyshieniipoznavatielnoghointieriesanaurokakhmatiematiki"
    ["file_id"] => string(6) "270197"
    ["category_seo"] => string(10) "matematika"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1451036733"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(107) "Инновационные технологии в образовательной деятельности "
    ["seo_title"] => string(64) "innovatsionnyie-tiekhnologhii-v-obrazovatiel-noi-dieiatiel-nosti"
    ["file_id"] => string(6) "200215"
    ["category_seo"] => string(10) "matematika"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1428751676"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(54) "Мой опыт на уроке математики! "
    ["seo_title"] => string(30) "moi-opyt-na-urokie-matiematiki"
    ["file_id"] => string(6) "244351"
    ["category_seo"] => string(10) "matematika"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1445927333"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(165) "Презентация для урока математики по теме "Инновационные технологии на уроках математики" "
    ["seo_title"] => string(101) "priezientatsiia-dlia-uroka-matiematiki-po-tiemie-innovatsionnyie-tiekhnologhii-na-urokakh-matiematiki"
    ["file_id"] => string(6) "144376"
    ["category_seo"] => string(10) "matematika"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1418714254"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства