kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : СТРАТЕГИЯ ДЕЙСТВИЙ – НОВЫЙ ЭТАП БУДУЩЕГО

Нажмите, чтобы узнать подробности

В статье рассматриваются содержание, сущность стратегии действий и проблемы реформирования системы образования.

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : СТРАТЕГИЯ ДЕЙСТВИЙ – НОВЫЙ ЭТАП БУДУЩЕГО»

 СТРАТЕГИЯ ДЕЙСТВИЙ – НОВЫЙ ЭТАП БУДУЩЕГО

HARAKATLAR STRATEGIYASI – BUYUK KELAJAGIMIZNING YANGI BOSQICHI

Акрамова Озода

Бухарский инженерно-технологический институт, Узбекистан


Maqolada harakatlar strategiyasining mazmuni, mohiyati va ta’lim tizimini isloh qilish muammolari to’g’risida fikrlar yuritilgan.

Tayanch tushunchalar: mustaqillik, harakatlar strategiyasi,globallashuv.

В статье рассматриваются содержание, сущность стратегии действий и проблемы реформирования системы образования.
         Опорные слова: независимость, стратегия действий, глобализация.

The article discusses the content, the essence of the strategy of action and the problems of reforming the education system.

Supporting concepts: independence, strategy of action, globalization.


Istiqlol yillarida bosib o’tilgan taraqqiyot yo’li va orttirilgan davlatchilik tajribasini хolisona baholashdan, erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatimiz taraqqiyotini jadallashtirish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa'y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta'minlashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi.

Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.

Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shart-sharoitlarini tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malakasini yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Xalq ta'limi vazirligi jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, teran fikr va qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda.

Birinchidan, mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda "Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmalari hamda ta'lim muassasalariga metodik xizmat ko'rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatiga oid amaldagi me'yoriy hujjatlar ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqilib, mazmunan boyitiladi.

Ikkinchidan, o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida o'stirish, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi ma'naviy immunitetini mustahkamlash, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.

Shu maqsadda o‘qituvchilar, hayotiy tajribaga ega keksalar, mahalla faollari ko'magida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida taniqli yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari keng miqyosda portallarga joylashtirib boriladi. Umumta'lim maktablaridagi kutubxonalar va axborot-resurs markazlarining kitob fondi yangi badiiy va ensiklopedik adabiyotlar bilan boyitiladi.

Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish, turli nufuzli musobaqa va bellashuvlar, xususan, "Umid nihollari"da qatnashuvchi sportchi-o‘quvchilarning safini kengaytirish, ularning xalqaro tanlovlarda samarali ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi.

Uchinchidan, umumta'lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta'lim-tarbiya sifati tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uzviylik, uzluksizlik hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy etiladi.

Aytish joizki, ayni paytda uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o'rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumta'lim fanlarining o'qitilishini takomillashtirish, darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish maqsadida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlarining takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlari tayyorlandi. Mazkur muassasalarda uzviy o'qitiladigan 18 ta fan bo'yicha darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda.

Tavsiya etilayotgan yangi mazmundagi DTSga asosan ta'lim umumta'lim fanlarini o'rganishning boshlang‘ich darajasi – A1 dan to umumta'lim fanlarini o'rganishning ixtisoslashtirilgan darajasi – B1+ gacha bo'lgan bosqichlarda amalga oshiriladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy hamda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan foydalanish kompetensiyalari shakllantirib boriladi.

O'qitish jarayoniga xalqaro ta'lim talablariga mos bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim metodologiyasi joriy etilib, fanlar yo'nalishida o'qitish muammolariga bag'ishlangan forumlar muntazam tashkil etib boriladi.

Yuqori sinflar uchun chet tili darslik-majmualari takomillashtiriladi, pedagoglarning dars jarayonida elektron qo'llanma va darsliklar, virtual laboratoriya ishlari, ta'limga oid o'yinlar hamda boshqa qo‘shimcha elektron ta'lim resurslaridan samarali foydalanishi yo'lga qo'yiladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun umumta'lim maktablari o‘qituvchilari, xususan, aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilarining uzluksiz ravishda kasbiy mahoratini oshirib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.

To‘rtinchidan, yetuk, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish choralari ko'riladi.

Buning uchun xalq ta'limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo'yiladigan davlat talablari takomillashtiriladi. O'quv reja va dasturlar mazmuni qayta ko'rib chiqilib, zamon talabiga moslashtiriladi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimidagi professor-o'qituvchilar sifat tarkibi yosh, ilmiy salohiyatga ega kadrlar bilan to'ldiriladi. Pedagogika institutlarida ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ixtisoslik fanlarini o'qitish metodikasining yangi o'quv dasturlari yaratiladi.Beshinchidan, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish muhim strategik vazifalardandir.

Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 ming 100 qisqa muddatli guruh tashkil etiladi. Ularni, birinchi navbatda, qishloq joylarda tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolani maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyati yaratiladi.Bundan tashqari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash va ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish orqali maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil tizimi ham joriy etiladi. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 1,5 barobarga oshadi. 2021-yilga kelib mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari 1 million 109 mingdan ortiq bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.2017-yilda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinadi. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli ravishda yozish va o‘qishni yanada yaxshiroq o‘rganishiga xizmat qiladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturining ishlab chiqilishi mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda akademik sohada, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, o‘quv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Natijada bosqichma-bosqich ularning mustaqilligi ta’minlanadi. Yana bir masala – oliy ma’lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish.

Bugun dunyoning rivojlangan davlatlari kadrlar tanlashda 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga tayanmoqda. Shu bois mamlakatimizning mazkur xalqaro hujjatga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu bilan milliy oliy ta’lim tizimi jahon amaliyoti bilan uyg‘un rivojlanadi, kadrlar tayyorlash sifati keskin oshadi. Harakatlar strategiyasida yuridik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Bunda universitetimizning o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish, universitetning jamoatchilik boshqaruv organi – Homiylik kengashini tuzish rejalashtirilmoqda. Harakatlar strategiyasi bilan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi. Xalqimiz shu yagona maqsad yo‘lida yanada qat’iy ishonch va katta g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qiladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak, degan fikrlari faoliyatimizda muhim mezonga aylandi. Zero, sohamiz xodimlarining zimmasidagi vazifalarni bajarishga katta mas'uliyat bilan yondashishi, ishlarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqib, adolatli va asosli qarorlar qabul qilishi bugungi kun talabidir. 

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta'minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi. 

Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo‘l ochadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasiga mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgan. 

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi. Natijada ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Yurtdoshlarimiz yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon qildi. Natijada har jihatdan pishiq va puxta ishlangan hujjat qabul qilindi. Bu mamlakatimizni yanada rivojlantirishda va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Harakatlar strategiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning kasb malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratayotgani o‘z ifodasini topgan.Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan. Tibbiyot maskanlari, xususan, birlamchi tibbiyot muassasalari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida aniq tadbirlar olib boriladi. Prezidentimiz rahnamoligida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama sog‘lom oilalarni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va mas'uliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturilamaldir. 

Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalarni quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz.  


Adabiyotlar


1.”2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi.// “Xalq so’zi” gazetasi, 2017 yil 8-fevral.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.// “Xalq so’zi” gazetasi , 2017 yil 21-aprel.









Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : СТРАТЕГИЯ ДЕЙСТВИЙ – НОВЫЙ ЭТАП БУДУЩЕГО

Автор: Акрамова Озода

Дата: 23.06.2019

Номер свидетельства: 515796

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(128) ""Казахстанский путь - 2050: Единая цель, единые интересы, единое будущее" "
    ["seo_title"] => string(82) "kazakhstanskii-put-2050-iedinaia-tsiel-iedinyie-intieriesy-iedinoie-budushchieie-1"
    ["file_id"] => string(6) "150639"
    ["category_seo"] => string(10) "vneurochka"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "planirovanie"
    ["date"] => string(10) "1420539002"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(199) "Статья «Формирование ключевых  компетенций учащихся посредством интеграции естественнонаучных дисциплин»"
    ["seo_title"] => string(117) "statiaformirovaniiekliuchievykhkompietientsiiuchashchikhsiaposriedstvomintieghratsiiiestiestviennonauchnykhdistsiplin"
    ["file_id"] => string(6) "293350"
    ["category_seo"] => string(10) "geografiya"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1455462001"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(214) "Развитие лингвистической одаренности детей через сотрудничество в научно-практичкской и исследовательской работе "
    ["seo_title"] => string(129) "razvitiie-linghvistichieskoi-odariennosti-dietiei-chieriez-sotrudnichiestvo-v-nauchno-praktichkskoi-i-issliedovatiel-skoi-rabotie"
    ["file_id"] => string(6) "223124"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1437300631"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(209) "Рефлексивный отчет о проведении коучинг занятия  по теме «Новые приемы использования ИКТ в  обучения школьников» "
    ["seo_title"] => string(127) "rieflieksivnyi-otchiet-o-proviedienii-kouchingh-zaniatiia-po-tiemie-novyie-priiemy-ispol-zovaniia-ikt-v-obuchieniia-shkol-nikov"
    ["file_id"] => string(6) "101276"
    ["category_seo"] => string(13) "vsemUchitelam"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1402412410"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(95) "статья "Учитель и ученик - сотрудничество на равных" "
    ["seo_title"] => string(55) "stat-ia-uchitiel-i-uchienik-sotrudnichiestvo-na-ravnykh"
    ["file_id"] => string(6) "123164"
    ["category_seo"] => string(10) "geografiya"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "planirovanie"
    ["date"] => string(10) "1414425235"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства