Научная статья : Инновационные игры на уроках истории
Научная статья : Инновационные игры на уроках истории
На уроках с применением интерактивных методов обучающимися двигают такие мотивы, как эмоции, идеалы, интересы, потребности, поэтому мотивация на подобных уроках возрастает, а, значит, повышается и качество урока, что является первостепенным.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Инновационные игры на уроках истории»
Tarix darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish.
Игры на уроке истории Хакимова Мукаддас Муродуллаевна Бухарский колледж легкой промышленности и педагогики, Узбекистан
Важной задачей учителя становится развитие умений самостоятельной оценки и отбора получаемой информации. Развить такие умения поможет дидактическая игра, которая служит своеобразной практикой для использования полученных знаний. Игра позволяет расширить границы собственной жизни ребенка, исчезает робость, ребенок осуществляет самостоятельный поиск знаний, эмоциональность игрового действия активизирует все психологические процессы и функции ребенка.
Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosini jahon ta’limi standartlariga javob bera oladigan ilg’or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida kam jismoniy kuch sarflab, yuqori samaradorlikka erishish yo’lida amaliy faoliyat olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa o’quvchilarning ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,ularning tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.Ana shu ishni amalga oshirish uchun bugungi kungacha bir qator tadbirlar bajarildiki, natijada ta’lim samaradorligining muvaffaqiyatiga zamin yaratildi. Dars samaradorligining muhim shartlaridan biri bu - o’qituvchi va o’quvchilarning haqiqatni birgalikda izlashi va o’quvchilarning butun dars jarayonida faol ishtirok etishidir. Albatta, bu o’rinda o’qituvchiga yangi pedagogik texnologiyalar qo’l kelishi amaliyot ko’rsatib turibdi.
Hozirgi zamon har bir fan o’qituvchisi zimmasiga inson, uning jamiyatdagi o’rni va roliga har tamonlama qarash vazifasini yuklaydi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga o’zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga, shaxsni tarbiyalashning yangi a’nanaviy, samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo’lmog’i lozim.
Tarix fani o’zida oliyjanob fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda benihoya ahamiyat kasb etadi. O’quvchi kishilik jamiyati bosib o’tgan yo’lni, ularning chet el bosqinchilariga qarshi, o’z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi. Shu bilan birga tarix darslari o’quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to’g’ri anglashga yordamlashadi.
Bizga ma’lumki tarix-juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi.Tarix fanini kelajakni ko’rsatuvchi „Ko’zgu” desak bo’ladi va bu ko’zguga qarab har qanday inson,jamiyat, xalq o’z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi oson kechgani yo’q. Shuning uchun tarixni o’qitish jarayonida o’quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o’tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib olishini o’rgatish lozimdir . Qolaversa kollejda tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarda o’zlari mustaqil va ijodiy fiklashini rivojlantirishga , milliy ong va tafakkurni o’stirishga , eng asosiysi ma’naviy barkamol shaxsni , haqiqiy vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim .
Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kunning pedagog xodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish kerak.
Bizga ma’lumki, tarix fanining asosini ma’lumotlar tashkil etadi.Ularni to’liq eslab qolishi o’quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug’dirishi mumkin (ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ).Bu kabi ma’lumotlarni o’quvchilar xotirasida bir umrga esda qolishi, turli xil sahnali ko’rinishlar, qiziqarli o’yinli usullar, krossvordlar, guruhlar bilan ishlash, baxs-munozaralar olib borishiga bog’liq.
Men o’z darslarimda o’quvchining alohida xususiyatlariga e’tibor berishga,ko’proq o’zim yaratgan turli usullardan foydalanilgan holda yoritishga harakat qilaman. Sizga taklif etilayotgan “Mavzuga zamin” o’yinli usuli tarix darslarni qiziqarli va samarali o’tishiga yordam beradi degan umiddaman.
“Mavzuga zamin” usuli
Maqsad: O’quvchilarni o’tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin, shu mavzu bo’yicha o’quvchilarni darsga tayyorlash ya’ni zamin hozirlash.
Bizga ma’lumki o’quvchilar mavzuni o’qituvchi tushuntirib berishi chog’ida va o’zi darslikdan o’qib o’zlashtirishi mumkin. Lekin bu hamma o’quvchilar o’zlashtira oladi degani emas. Chunki hamma o’quvchilarning xotirasi, fikrlash doirasi bir xil bo’lmaydi. Shuning uchun ularga turli xil o’yinlar, sahnali ko’rinishlar, baxs-munozaralar orqali darslar tashkil qilinsa, guruhdagi uncha yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilar ham mavzu haqida tushuncha hosil qilibgina qolmasdan, mustahkamlab oladi. Dars jarayonida o’tilgan mavzuni mustahkamlash chog’ida, avvalombor, o’quvchilarni darsga tayyorlab olishi kerak.Yaxshi dars o’tilishi, o’quvchilarning yaxshi o’zlashtira olishi eng birinchi navbatda o’qituvchi o’quvchilarni o’ziga jalb qilishi, o’tilgan mavzuni dab-durustdan boshlab, ularga o’tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar berishdan emas, aksincha o’quvchilarni o’tilgan mavzu haqida qisqacha tasavvur hosil qilib olishiga bog’liq.
QO’LLASH BOSQICHLARI BO’YICHA TAVSIYALAR:
Bu usul ko’proq o’quvchilarni darsga tayyorlab olishi, o’tilgan mavzuni takrorlab,mustahkamlashga zamin hozirlash uchun ishlatiladi.
Guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 5-7 kishidan bo’linishlari kerak. Guruhlarga bo’lish chog’ida guruhlarning kuchlari teng bo’lishiga ahamiyat berish lozim. Har bir guruhga 2-3 ta yaxshi o’zlashtira oladigan o’quvchilarni va unga yaxshi o’zlashtira olmaydigan o’quvchilarni joylashtirib bo’lish kerak.
Har bir guruh o’ziga nom qo’yish kerak. Buning uchun o’qituvchi guruhlarga quyidagicha murojaat qiladi: „Siz guruhga nom qo’yayotganda quyidagilarga e’tibor bering?”
Siz guruhingizga o’tilgan mavzuning ichidan biror-bir voqeani keltirib chiqaruvchi so’zlar yoki o’tilgan mavzuning asosiy mazmunlaridan birini tashkil etuvchi so’zlar orqali nom qoying;
Guruhingiz bilan bu nomni nima uchun qo’yganligingizni aytib berish uchun tayyorlaning (1-minut vaqt beriladi).
Har bir guruh nom qo’yib bo’lgandan so’ng,u guruhlardan bu nomni nima uchun qo’yganligi so’ralishi kerak.
Yuqoridagilarni o’tkazib bo’lgandan so’ng, o’quvchilar o’tilgan mavzu haqida qisqacha tushuncha hosil qilib, o’quvchilar mavzuni mustahkamlash uchun zamin hozirlanadi. Keyin o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun shu guruhlarga savollar, topshiriqlar berish mumkin.