Просмотр содержимого документа
«План урока по информатики»
TIMSS xalqaro tadqiqoti bo’yicha matematik va tabiiy fanlar ta’lim sifatini baholashga metodologik yondashuvlar.
Методологические подходы к оценке качества образования по математическим и естественным наукам в международном исследовании TIMSS
Methodological approaches to assessing the quality of education in mathematical and natural sciences in the international study TIMSS
Ergasheva Gulruxsor SurxonidinovnaNizomiy nomidagi TDPUBiologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.d. (DSc)
Эргашева Гулрухсор Сурхонидиновна д.п.н., доцент кафедры «Биология и методика её преподавания» ТГПУ им. Низами
Ergasheva Gulrukhsor Surkhonidinovna Doctor of Pedagogical Sciences, Associate Professor of the Department of Biology and Methods of Teaching at TSPU named after Nizami
Annotatsiya. Maqolada TIMSS xalqaro tadqiqoti mazmuni, ishlab chiqish va rvojlanish tarixi, to’plangan tajribalar tahlili yoritiladi.TIMSS xalqaro tadqiqoti bo’yicha matematik va tabiiy fanlar ta’lim sifatini baholashga metodologik yondashuvlar asosida ta’lim tizimi modullari mohiyati ochib beriladi. Maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to'g'risida ma'lumotlar tahlili keltiriladi. TIMSSning ta’limiy imkoniyatlari modeli mazmuni izohlanadi.
Резюме. В статье рассматривается содержание, история развития, а также анализируются собранный опыт международных исследований TIMSS. Суть модулей системы образования основана на методологических подходах к оценке качества образования по математическим и естественным наукам по данным международного исследования TIMSS. Проведен анализ данных об уровне естественной и математической грамотности выпускников школ. Объясняется содержание модели образовательных возможностей TIMSS.
Summary. The article discusses the content, development history, and analyzes the collected experience of international research TIMSS. The essence of the modules of the education system is based on methodological approaches to assessing the quality of education in mathematical and natural sciences according to the international study TIMSS. The analysis of data on the level of natural and mathematical literacy of school graduates is carried out. The content of the TIMSS educational opportunities model is explained.
Kalit so‘zlar: TIMSS, xalqaro tadqiqot, matematika, tabiiy fan, baholash, ta’lim sifati, metodologik yondashuv, model.
Ключевые слова: TIMSS, международные исследования, математика, естествознание, оценка, качество образования, методологический подход, модель.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"1 doirasida O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 997-sonli qarori2 bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida "Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi.
Sjuningdek, respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida qator xalqaro baholash dasturlari, jumladan, TIMSS xalqaro tadqiqot bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholashda ishtirok etish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
TIMSS (inglizcha Trends in Mathematics and Science Study) — maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. U birinchi marotaba 1995 yilda Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan. Uning matematik va tabiatshunoslik ta'limi sohasidagi oldingi qiyosiy tadqiqotlardan asosiy farqi bitta mashg'ulotda (matematika va tabiiy fanlar) ikkita fanning birlashishi edi. 1995 yilgacha matematik va tabiiy fanlar ta'limi sohasidagi qiyosiy tadqiqotlar alohida-alohida olib borilgan3.
1999 yilda TIMSS tadqiqotida asosan 1995 yildagi tadqiqotlar usullari va vositalari ishlatilgan va shuning uchun TIMSS-R - TIMSS-Repeat deb nomlangan. U faqat 8 ta sinfda o’tkazilgan4.
2003 yildan beri TIMSS monitoring tadqiqotiga aylandi va yangi nomi "Trends in Mathematics and Science Study " (Matematik va tabiiy fanlarni o'qitish tendentsiyalari) deb nomlandi. Uning asosiy maqsadi – umumiy o’rta ta’lim tizimining 4 va 8-sinf o'quvchilarida matematik va tabiiy fanlarning ta'lim sifatini qiyosiy baholash. Har to'rt yilda 4 va 8-sinf o'quvchilarining o'quv yutuqlari baholanadi, ular nafaqat bilim va ko'nikmalarni, balki fanlarga bo'lgan munosabati, qiziqishlari va motivatsiyasini ham o'z ichiga oladi. Tadqiqot shu tarzda rejalashtirilganki, uning natijalari har 4 yilda 4-sinf o'quvchilari 8-sinf o'quvchilari bo'lganda ishtirok etuvchi mamlakatlarning matematik va tabiiy fan tendentsiyalarni kuzatish imkonini beradi. Shunday qilib, boshlang'ich va o’rta maktablarda o'quvchilarning o'quv yutuqlari monitoringi amalga oshiriladi, shuningdek, boshlang'ich maktabdan asosiy maktabga o'tish davrida matematik va tabiiy fandagi o'zgarishlar kuzatiladi.
IEA tomonidan 1995 yilgacha o'tkazilgan matematik va tabiatshunoslik ta'limi sohasidagi barcha tadqiqotlar bir xil kesimda o’tkazilgan. 1995 TIMSS tadqiqoti bitta kesimda emas, balki ketma-ketikdagi ikkita 3-4 va 7-8-sinflar kesimida o’tkazilgan. Ushbu yondashuv muhim afzalliklarga ega edi. U ma'lum bir yosh guruhidagi o'quvchilarni qamrab olish va o'quv yutuqlarini baholashga imkon berdi. Masalan, 1995 yilda TIMSS tadqiqotida o'rganilgan ettinchi va sakkizinchi sinf o'quvchilari soni o'n uch yoshdagi o'quvchilarning deyarli ko'p qismini qamrab olgan. Shu bilan birga, alohida yoshdagi o’quvchilarni o'quv yutuqlaridagi o'zgarishlarni taqqoslash, kuzatish va tahlil qilish imkoniyati tug’ildi. Masalan, sakkizinchi sinf o'quvchilarining 13,5 yoshdagi o'quv yutuqlari va 12,5 yoshdagi ettinchi sinf o'quvchilarining o'quv yutuqlari bilan taqqoslash amalga oshirildi va shu tariqa bir yillik o'qishning o'quv samaradorligi aniqlandi5.
1995 yil TIMSS tadqiqot kontseptsiyasini ishlagan mutaxassislar D. Uayli va R. Wolfning qarashlariga ko'ra, birinchi bosqichda TIMSS ishida qo'llaniladigan yondashuv an'anaviy tasavvurlar va tadqiqotlar o'rtasidagi kelishuv bo'lgan va o’quvchilarning ilmiy yutuqlari to'g'risida ko'proq ma'lumot bergan. Faqat o’quvchilarning ma'lum bir yoshi yoki yiliga qaratilgan odatiy amaliy tadqiqotdagiga qaraganda o'quv natijalariga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganishga ko’proq e’tibor berilgan6.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, 1995 TIMSS tadqiqotida vazifa maktabdagi turli bosqichdagi o'quvchilarning o'quv yutuqlarini taqqoslash edi, shuning uchun uchta guruh o’quvchilari tanlangan. Tanlashda bittasi boshlang’ich sinflardan (3-4) iborat bo'lib, unda to'qqiz yoshli o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etgan. Ikkinchi guruhda o'n uch yoshdagi asosiy maktabning ikkita sinfini (7–8) o'quvchilari qatnashgan. Uchinchi guruhga o'rta maktablarning bitiruvchi o’quvchilari kiritilgan. TIMSSni o'rganishda ishtirok etadigan mamlakatlarning barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarini qamrab olgan birinchi va ikkinchi tanlanmalardan farqli o'laroq, 3-guruh shunchalik shakllantirilganki, unga umumta’lim dasturlari asosida o’qigan oquvchilar bilan birga matematika va fizika chuqurlashtirib o’rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilari ham kiritilgan. Bu o'rta maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to'g'risida ma'lumot olish va maktabda olingan matematika va tabiiy fan bo'yicha asosiy bilim va ko'nikmalarni turli vaziyatlarda qo'llash malakasi haqida ma’lumot olishga imkon berdi. Bundan tashqari, maktabni tamomlash davrida bitiruvchilarning matematika va fizika bilan bog'liq tayyorgarligini taqqoslash, bitirish arafasida kelajakdagi kasbini tanlash imkoninin berdi.
TIMSS-1995 tadqiqoti misolida, xalqaro tadqiqotlarni taqqoslashda qo’llaniladigan metodologik yondashuvlarni ko'rib chiqamiz. Ko'rib chiqilayotgan TIMSS tadqiqotining asosiy sikllari C. Travers va A. Uestberi tomonidan yaratilgan matematika ta’limi bo’yicha ikkinchi SIMS xalqaro tadqiqotining konseptual modeli hisoblanadi (1-rasm).
Ta’limning rejalashtirilgan darajasi
Tizim
Institutsion tarkib
Тizimlar tavsifi
Maktab muhiti, maktablar, o’qituvchilar tavsifi
Maktab yoki sinf
Ta’limni amalga oshirish darajasi
Maktab va sinfda o’quv jarayoni va o’qitish sharoitlari
O’quvchi faoliyati
O’quvchi tavsifi
O’quvchilar
Ta’lim yutuqlari darajasi
1-rasm.Xalqaro ta’lim assosatsiyasi (IEA) tadqiqotining konseptual modeli [7, c.35]7
Bu model Xalqaro ta’lim assosatsiyasi (IEA) tadqiqotining konseptual modeli sifatida mashhur bo’lib, unda o’tkazilgan tadqiqot davomida yig’ilgan tajribalar umumlashtiriladi. Taqdim etilgan model bo'yicha ta'lim uch bosqichda ko'rib chiqiladi: rejalashtirilgan ta'lim darajasi - maktabning ijtimoiy buyurtmasi, ta'limni amalga oshirish darajasi – aniq o’quv jarayonida ta'lim erishilgan darajasi - o'qitish natijalari.
1-rasmda ko'rsatilgan model ta'lim tizimining turli elementlarining murakkab o'zaro bog'liqligini tushunishga yordam beradi, bu uch daraja: ta'lim tizimi, maktab-sinf va o'quvchi. Ta'lim tizimining makro darajasida (maktab joylashgan mamlakat, viloyat, tuman) ta'limning rasmiy maqsadlari shakllantiriladi. Jamiyatda to'plangan pedagogik va metodik g'oyalarning dasturlarda, darsliklar va o'quv qo'llanmalarda yoritiladi. Bularning barchasi rejalashtirilgan ta'lim darajasi sifatida qabul qilinadi. Maktab va sinf darajalarida rejalashtirilgan ta'lim mazmunini o'qituvchi haqiqiy o'quv jarayonida amalga oshiradi. Va nihoyat, ta'lim natijasi - bu talabaning bilim, ko'nikma va munosabatlar shaklida taqdim etilgan bilim darajasi.
TIMSS-1995 kontseptual tadqiqot modeliga va yuqorida keltirilgan modelga qo’shimcha ravishda R.Shavelson tomonidan shakllantirilgan ta'lim tizimlariga tahliliy yondashishni 2- rasmda taqdim etiladi (2- rasmga qarang).
O’quvchilarning o’quv yutuqlari
Moddiy moliyaviy ta’minot
O’quv rejalari va dasturlari sifati
Maktablar sifati
Bitiruvchilarning OTMga kirish va isha joylashtirish haqida ma’lumot
O’qitruvchilarning kasbiy tayyorgarligu
O’qitish sifati
Ta’lim berish sifati
O’quvchilarning munosabatlari va ularning rejalari
O’quvchi tavsifi
2-rasm. Sheyvelsonning ta’lim tizimlari modeli [7, c.36]
R.Shavelsonning ta'lim tizimini tahlil qilish usuliga muvofiq, uchta blok ko'rib chiqiladi: tizimlarga kirish (ta'limga qo’shimchalar va ta'lim tizimini tavsiflash manbalari tavsifi), jarayon (o'quv jarayoni va qo'llaniladigan dasturlar va darsliklar, ta'limni tabaqalashtirish va boshqalar) va tizimdan chiqish (o’qitish natijalar).
Ushbu tizimli yondashuvdan foydalanib, Shavellson modelida ajratilgan bloklar ta'lim tizimlari, maktablar, sinflar va o’quvchilar tavsifi nuqtai nazaridan TIMSS tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi. O'qish natijalari rejalashtirilgan, amalga oshirilgan va erishilgan ta'lim darajasi doirasida tahlil qilinadi. TIMSSning manaviy kontseptual modeli 3-rasmda taqdim etilgan (3-rasm).
Ta’lim tizimi va
mamlakatni
maqsadli tavsiflovchi
ko’rsatkichlar
O’quvchini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Maktab va muhiti, o’quv
jarayonini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar
Ta’limning erishilgan
darajasi
Ta’limning rejalshtirish darajasi
Ta’limni amalga oshirish darajasi
3-rasm. TIMSS tadqiqotining konseptual modeli [7, c. 37]8
Ta'kidlash joizki, TIMSS o'quv modeli ilgari o'tkazilgan xalqaro tadqiqotlar tanqidini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo'lib, ularning o'quvchilarining o'quv yutuqlariga muvofiq ravishda etakchi mamlakatlarga yo'naltirilgan. Shu sababli TIMSS modelida talabalarning o'quv yutuqlarini baholashda yangi yondashuvlarni aks ettirishga harakat qilindi, ya'ni, ma'lumotlarni tushuntirishga ko'proq e'tibor bering. Ko'p sonli omillarni o'rganish zarurati tahlil qilingan tizim elementlarining sezilarli darajada o'sishiga va ta'lim tizimidagi omillarning o'zaro ta'sirining ancha murakkab modelini yaratishga olib keldi. Shu ma'noda TIMSS modeli o'quvchilarning o'quv yutuqlarini baholashda mavjud yondashuvlarni isloh qilishning asosiy talablariga javob beradi.
Ma'lumki, mamlakatlardagi matematik va tabiiy fan ta'limining rejalashtirilgan maqsadlari va mazmuni o'quv rejalari, dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarda aks ettirilgan. Ular, shuningdek, darsliklar va uslubiy qo'llanmalar, imtihonlar mazmuni va o'qituvchilar tayyorlash kurslarida amalga oshiriladi.
Ajratilgan ko'rsatkichlarning ko'pligi bilan TIMSSning "TIMSSning ta'limiy imkoniyatlari modeli" yakuniy kontseptual modeli (qarang: shakl. 4) juda ixcham va ta'lim tizimining turli darajalarini (mamlakat, maktab, sinf,o’quvchi) va quyidagi savollarga javob beradigan to'rtta ustunni tavsiflovchi to'rt qator ko'rsatkichlar bilan shakllantiriladi: "maktab o'quvchilari nimani o'rganishlari mumkin?", "o’qitishni kim amalga oshiradi?", "Ta'lim qanday tashkil etilgan?- Har bir inson uchun foydali ma'lumotlar". Shubhasiz, hech qanday tadqiqotda ta'lim tizimida mavjud bo'lgan barcha omillarni ajratib ko'rsatish va ularning o'zaro ta'sirini o'lchash, shuningdek, ta'lim yutuqlariga ta'sir ko'rsatish mumkin emas. TIMSS ta'lim tizimining kontseptual modeli va bunga da'vo qilmaydi. Ushbu model asosiy omillarni ta'kidlab, ularning o'zaro bog'liqligini tizimli yondashuvga asoslangan holda aniqlashga harakat qiladi.
TIMSS tadqiqoti natijasida rejalashtirilgan, amalga oshiriladigan va erishilgan ta'lim darajalari bilan bog'liq to'rtta guruh savollariga javob berish, shuningdek, ushbu ta'lim darajalari o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish edi. Ushbu savol guruhlari tadqiqotni rejalashtirish va uning vositalarini ishlab chiqish uchun asos bo'ldi.
Ta'lim rejalashtirish darajasiga oid birinchi guruh quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
- matematik va tabiiy fanlarning maqsad va mazmunini aniqlashda mamlakatlar o'rtasidagi farq nimada?
- matematik va tabiiy fanlar ta'limining maqsadlarini aniqlash va mazmunini ishlab chiqishda nima hisobga olinadi?
- mamlakatlarda matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo'yicha ta'lim dasturlarini yaratish jarayonida yaxlit ta'lim tizimining qanday tavsifi, ayrim maktablar va o’quvchilarning qanday xususiyatlari ko'rib chiqiladi va hisobga olinadi?
Ta'limning rejalashtirilgan darajasi ijtimoiy konteksti jamiyatning ta'lim bilan bog'laydigan maqsadlari, kutiladigan natijalari va qadriyatlari, y’ni maktabning ijtimoiy buyurtmasini shakllantiradi. Muayyan fanga nisbatan rejalashtirilayotgan ta'lim darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: "Mazkur fan doirasida o’quvchilar nimani o'rganishi mumkin?"
Ma'lumki, mamlakatlarda matematik va tabiiy-ilmiy ta'limning rejalashtirilgan maqsadlari va mazmuni o'quv rejalari, dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarda o'z aksini topgan. Ular shuningdek, darsliklar va o'quv qo'llanmalarida, imtihonlar va o'qituvchilar malakasini oshirish kurslarida amalga oshiriladi.
TIMSS tadqiqotida ta'limni rejalashtirish darajasi o'qitish mazmuni, faoliyati va o’quvchilar o'rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan tavsiflangan. Xuddi shu yondashuv matematik va fan ta'limi maqsadlari va mazmunini aniqlashda TIMSSda ishtirok etgan ko'plab mamlakatlarda qo'llanilgan. Shuning uchun, bu mamlakatlarni taqqoslashda ishonchli natijalarga erishish uchun yaxshi asos edi.
TIMSS tadqiqotida qo'llaniladigan yondashuvning tavsifi har bir o'quv tsikli uchun ishlab chiqilgan bir qator hujjatlarda keltirilgan "Curriculum Frameworks for Mathematics and Science" (Robitaille et al., 1993 − Matematika va fan uchun o'quv dasturlari" (Robitaille va boshqalar, 1993) ushbu seriyadagi birinchi hujjat edi.
Ta'lim amalga oshirish darajasi bilan bog'liq ikkinchi guruh masalalariga quyidagi jihatlar kiritilgan:
- O'quvchilar matematika va tabiiy fanlarni o'qitishda qanday imkoniyatlarga ega bo’ladi?
- Dunyoning turli mamlakatlarida matematika va tabiiy fanlarni o'qitish amaliyotida qanday asosiy farqlar mavjud?
- Ushbu farqlarni qanday omillar aniqlaydi?
Ta'limni amalga oshirish darajasi bevosita o'qituvchi tomonidan sinfda olib boriladigan o'quv jarayonida rasmiy yo’naltirilgan hujjatlar: dastur va darsliklar bilan tavsiflanadi, ya'ni ta'limning rejalashtirilgan darajasi belgilanadi. Biroq, bu hatto markazlashtirilgan ta'limni boshqarish sharoitida ham mos kelmaydi. Buning sababi, ta'lim mazmuni o’quvchi oldida jamiyat va ta'lim tizimi tomonidan belgilanadigan shaklda emas, balki o'qituvchini talqinida paydo bo'ladi, bu erda uning bilimlari, tajribasi, qiziqishlari va boshqalar katta rol o'ynaydi.
Ta'limni amalga oshirish darajasini o'rganish quyidagi savollar doirasiga qaratilgan: "O'qitishni kim amalga oshiradi?" va "O'quv jarayoni qanday tashkil etilgan?". Ta'kidlash joizki, lokal darajada o’qitishning tashkiliy tizimiga ko'plab omillar: maktab va uning atrofi, o'quvchilar oilasi va boshqalar katta ta'sir ko'rsatadi. TIMSS tadqiqotidagi ushbu ta'sir o'quvchilar, o'qituvchilar va maktab ma'muriyati uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida aniqlandi.
Ta'limni rejalashtirish va amalga oshirish darajasini taqqoslash yakunida, shuningdek, ta'lim mazmuni, o’quvchilar faoliyati va ularning o'zaro munosabatlari atamalarida tavsiflangan.
Ta’limning erishilgan darajasini aks ettiruvchi uchinchi guruh savollar quyidagi ko’rinishda taqdim etiladi:
- Matematika va tabiiy fanlarni o'qitish jarayonida o’quvchilarda qanday bilim, ko'nikma va munosabatlar shakllantiriladi?
- O’quvchilarning o'quv muvaffaqiyatlari bilan o'quv jarayonida bilimlarni egallash imkoniyatlari o’rtasida qanday bog'liqlik bor?
Yuqorida tavsiflangan fikr-mulohazalar asnosida quyida TIMSSning ta’limiy imkoniyatlar modeli tavsiya etiladi (4-rasm)
Ta’lim tizimi
Ta’limning davlat va mahalliy maqsadi (ta’limning rejalashtirilgan darajasi)
Maktab qo’ygan ta’lim maqsadlari
Ta’lim maqsadlari,
o’qituvchi qo’ygan maqsad (mazmun bilan bog’liq)
O’quvchiga nimani o’qitish mumkin?
O’qituvchi malakasi
Ta’lim tizimi tavsifi:
1.O’quvchilarni tabaqalashtirish;
2. O’qitish bosqichi;
3. Ta’lim mazmuni haqida qabul qilingan qaror darajasi;
4. Ta’lim va sog’liqni saqlash, madaniyat va boshq.
4. O’qitishning ijtimoiy statusi va motivlari
O’qitish amaliyoti-ta’limni amalga oshirish darajasi
O’quvchi tavsifi
1.Umumiy ma’lumotlar
2. Oilaning iqtisodiy darajasi
3.Oilaning madaniy darajasi
4. Munosabat
5. Faoliyat turlari
6. Rejalar va kutiladigan natijalar
Maktab
O’qituvchining kasbiy muhiti
Ta’lim (ta’limni amalga oshirish darajasi)
O’qituvchi tavsifi
Maktabga taqdim etilgan o’quv kurslarini tanlash;
maktabning boshqa vazifalari (shu jumladan, ijtimoiy)
1. Umumiy ma’lumotlar
2. O’quv fanidagi yo’naltirish
3. Pedagogik sharoitlar
O’qitish qanday tashkil etilgan?
Sinf
TIMSS testlarini bajarish natijalari – ta’limning erishilgan darajasi
O’quvchi
O’qitishni kim amalga oshiradi?
Maktab o'quvchilari nimani bilib oldi
4-rasm. TIMSSning ta’limiy imkoniyatlar modeli [30, c. 56]9
Ta'limning erishilgan darajasi (o’quvchilar nimalarni bilib oldilar?) o’quvchilarning shaxsiy yutuqlari kontekstida: ularning bilimlari, egallash uchun bo’lgan harakatlari, darsda va uyda o’z o'quv faoliyatini tashkil etish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan. Erishilgan bilim darajasining asosiy xususiyatlari nafaqat olingan bilimlarning hajmi, balki o’quvchilarning ushbu o’quv faniga bo’lgan munosabati, ushbu fan bilan shug'ullanish istagi, ushbu fan bo'yicha taraqqiyotni baholash, kutilganlik darajasi (ushbu o’quv fanini o'rganish bilan bog'liq istiqbollar) bilan belgilanadi. Ta'limni rejalashtirish va amalga oshirish darajalari singari, erishilgan darajasi o’quvchilar tomonidan qabul qilingan o'quv mazmuni, faoliyati va munosabatlari bo'yicha belgilandi.
To'rtinchi guruhga ta'limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishga qaratilgan savollar kiritilgan:
- Ta'limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajasi ta'limning ijtimoiy kontekstiga, o'quv jarayonini tashkil etish va o'qitish natijalari qay darajada bir-biriga bog’liq bo’ladi? kabi savollarga javob beradi.
Ta'lim rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o'rtasidagi farqlarni tushuntirish uchun tadqiq qilinayotgan ob'ekt haqida turli manbalardan ma'lumot olish zarur. Shu sababli, TIMSS tadqiqotida turli xil manbalardan ta'lim tizimining turli darajalari uchun ma'lumotlar to'plangan. Xuddi shu o’quvchilar matematika va tabiiy fanlar bo'yicha test topshiradi, shuningdek, savolnomadagi savollarga javob beradi, ularning munosabatlari, rejalari, qiziqishlari va hokazolarni aniqlanadi. Anketada ushbu bolalarga dars bergan o'qituvchilar ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’rganilayotgan maktab ma'muriyati bilan ham so’rovnomalar o’tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda, TIMSS tadqiqotiga oid metodologik yondashuvlar asosida yaratilgan uning ta’limiy imkoniyatlar modeli mazkur tadqiqot doirasida ta’lim sifatini baholash samaradorligini ifodalaydi va ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” // (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda) //https://mfa.uz/
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 997-son 08.12.2018.// http://lex.uz/docs/4097073
TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille.
Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” // (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda) //https://mfa.uz/
2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 997-son 08.12.2018.// http://lex.uz/docs/4097073
3 Первое международное исследование по математическому образованию - FIMS (First International Mathematics Study, 1959-1967), Первое международное исследование по естественнонаучному образованию - FISS (First International Science Study, 1966-1973), Второе международное исследование по математическому образованию - SIMS (Second International Mathematics Study, 1976-1987), Второе международное исследование по естественнонаучному образованию - SISS (Second International Science Study, 1980-1989.
4 Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с
5 TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille.
6 Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с
7 TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille.