Просмотр содержимого документа
«Интерактивные методы обучения на уроках физики»
Sana: 23.04. 2018-yil
Sinf: 7-“ ”
Fan: Fizika
Mavzu: Kinetik energiya
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:
o’quvchilarga energiya va uning turlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. O’quvchilarda FK-1 (fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish), FK-3 (fizik tushunchalar, qoidalar, qonunlar va formulalardan foydalanib sodda masalalarni yechish) kompetensiyalar shakllantiriladi
b) tarbiyaviy:
o’quvchilarga ona zamin, ona tabiatni asrashga o’rgatib, ekologik va huquqiy (o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish) tarbiya berish. O’quvchilarda TK-4 (Ijtimoiy faol fuqarolik), TK-5 (Milliy va umummadaniy) kompetensiyalar shakllantiriladi
c) rivojlantiruvchi:
o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, mustaqil ravishda o’qib – o’rganish, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini oshirish. O’quvchilarda TK-3 (O’zini-o’zi rivojlantirish), TK-6 (Matematik savodxonlik, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish) kompetensiyalar shakllantiriladi
Dars turi:
yangi bilim beruvchi
Dars metodi:
interfaol, “T-chizma”, “Charxpalak”, test, masalalar yechish
O’tilgan mavzu o’quvchilardan avval qisqa savol – javob orqali so’ralib, so’ng uchta jamoaga “T-chizma” topshirig’i beriladi. Barcha jamoaga bir xil topshiriq lekin savollar turlicha berilgan. Bunda o’quvchilar nuqtalar o’rniga tegishli formula yoki tushunchani topib o’z o’rniga yozishadi.
Berilgan uyga vazifadagi masala o’quvchilar bilan birgalikda doskada yechiladi va tekshiriladi, xatolar bo’lsa tuzatiladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Stol ustida turgan m massali jism F kuch ta’sirida ishqalanishsiz harakatlanib,
a tezlanish olsin (134-rasm). t vaqt ichida jismning erishgan tezligi:
υ= at.
Shu vaqt ichida jismning bosib o‘tgan yo‘li quyidagicha ifodalanadi:
s =at2 /2
(1) formulani t = υ/a shaklda yozib, uni (2) formuladagi t vaqt o‘rniga
qo‘yamiz va jism bosib o‘tgan yo‘lning quyidagi ifodasini hosil qilamiz:
s = υ2 /2a
Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan jismga ta’sir etgan kuch:
F = ma.
(3) va (4) formulalardan foydalanib, bajarilgan ishni topamiz:
A = Fs = ma υ2 /2a yoki A = mυ2/2
Bu formula m massali tinch turgan jism υtezlikka erishishi uchun bajarilgan ishni ifodalaydi.
Agar m massali jismning boshlang‘ich tezligi υ1 bo‘lsa, uning tezligini
υ2 ga oshirish uchun bajariladigan ish:
A=-
Tezlik bilan harakatlanayotgan m massali jismning kinetik energiyasini ifodalaydi.
=
Jism yoki sistemaning o‘z harakati tufayli ega bo‘ladigan energiyasi kinetik energiya deyiladi. Jismning kinetik energiyasi uning massasi bilan tezligi kvadrati ko‘paytmasining yarmiga teng.
1`= , 2`=
deb olinsa, jismning tezligi υ1 dan υ2 ga o‘zgarganda bajarilgan ishni quyidagicha ifodalash mumkin:
A = Ek2 – Ek1, (8)
bunda Ek1 – boshlang‘ich tezligi υ1 bo‘lganda jismning kinetik energiyasi, Ek2 – tezligi υ2 ga o‘zgarganda jismning kinetik energiyasi. U holda (8) formulani quyidagicha ta’riflash mumkin:
Jism kinetik energiyasining o‘zgarishi bajarilgan ishga teng.
IV. Mustahkamlash: o’quvchilarga mustahkamlash uchun har bir jamoaga o’tilgan mavzu yuzasidan masala beriladi. Jamoadan bir nafardan o’quvchi chiqib doskada bajaradi, qolgan o’quvchilar daftarida masalani yechadi, o’qituvchi tomonidan tekshiriladi.
1-masala:
Muz ustida 40 g massali xokkey shaybasiga zarb bilan urganda, u 25 m/s tezlikka erishdi. Shayba qanday kinetik energiyaga erishgan ?
Berilgan:
Formula:
Yechish:
m=40 gr
v=25 m/s
Ek=?
=
==
=
Javob: 12,5 J
So’ng har bir jamoaga “Charxpalak” metodidan foydalanilgan holda topshiriq beriladi. Topshiriqni barcha jamoa o’quvchilari birgalikda bajarishadi va jamoalar o’zaro bir-birlari bilan topshiriq varaqalari almashtirilib, slayd orqali javoblar tekshiriladi. Javoblar to’g’riligiga qarab jamoa baholanadi.
Darsda kam qatnashgan o’quvchilarga test savollari beriladi.
V. Baholash: o’quvchilar darsda faol qatnashganligi, masalalar yechgani, shartlar to’g’ri bajarilganligi uchun ham baholanadi. Jamoalar yig’ib borgan ballar umumlashtilib, g’olib jamoa e’lon qilinadi
VI. Uyga vazifa: &42, 155-bet mavzuni o’qib-o’rganish, savol va topshiriqlarga javob topish. 28-mashq, 3-masala .
Buxoro shahar
17-umumiy o’rta ta’lim maktabining fizika fani o’qituvchisi
object(ArrayObject)#851 (1) {
["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
["title"] => string(198) "Разработка занятия с использованием интерактивных методов обучения на уроках математики у студентов в СПО "
["seo_title"] => string(117) "razrabotka-zaniatiia-s-ispol-zovaniiem-intieraktivnykh-mietodov-obuchieniia-na-urokakh-matiematiki-u-studientov-v-spo"
["file_id"] => string(6) "221269"
["category_seo"] => string(10) "matematika"
["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
["date"] => string(10) "1435157341"
}
}