kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья : Новые педагогические технологии на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Современный учитель должен изучить разнообразные педагогические технологии, применять на практике их элементы

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Новые педагогические технологии на узбекском языке»

YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Новые педагогические технологии

Навоийский академический лицей Министерства внутренних дел Узбекистана

Ахмадова Ойша Хамидовна, психолог


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta'lim-tarbiya sohasida ulkan odimlarni boshlab berdi. Bu esa har bir pedagog zimmasiga quyidagi asosiy talablarni – ta'lim berish, tarbiyalay olish va ta'lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish, qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirish vazifasini yuklaydi.

Yangi asr o‘qituvchisi yuqoridagilarni bajarishi hamda ta‘lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarni shakllantirish xislatlariga ega bo‘lishi kerak. U o‘z faoliyatida qobiliyatli, zamonaviy, ilmiy va madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi, dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini keng nuqtai-nazardan anglash, qolaversa, komp’yuter va boshqa o‘qitish texnik vositalaridan ta‘lim jarayonida foydalana olishi lozim. Shuningdek, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal egallashi, ma‘naviy barkamol, diniy ilmlardan ham xabardor, e‘tiqodli, fuqarolik va vatanparvarlik burchini his qilishi, asosiysi, milliy mafkura hamda bugungi iqtisodiy islohotlar mohiyatini to‘la tushunib yetgan bo‘lishi lozim.

Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘ekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish talaba zimmasiga o‘tishi lozim. O‘qituvchi esa, bilim berishdan o‘quvchilarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o‘quv maqsadiga, xususiyatiga, ta‘lim usullariga va o‘qitish imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladi. Asosiysi, pedagogik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘qitishga interfaol dars usullarini, «Kichik guruhlarda ishlash», «Breyn-ring» usullari qo‘llanganda o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga teng faoliyat ko‘rsatadilar. Agar o‘quvchi o‘z-o‘zini o‘qitsa, o‘qituvchi o‘quvchini yakka tartibda o‘rgatsa, o‘qituv materialining 90 foizini o‘zlashtiradi. Darsda ta‘limning interfaol usullaridan biri «Kichik guruhlarda ishlash» texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Mazkur texnologiyani qo‘llash usuli quyidagilardan iborat:

– faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi;

– kerakli asos yaratiladi. O‘quvchilar mazkur mavzu haqida ko‘proq tushunchaga ega bo‘lishlari kerak;

– guruhlar belgilanadi. O‘quvchilar 7-8 kishidan iborat bo‘lib guruhga bo‘linadi;

– aniq ko‘rsatma beriladi. Mustaqil ish, krossvord, test tuzish;

– boshlovchi o‘quvchi oldindan tayinlanadi. O‘tilgan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha mustaqil, o‘z ustida ishlab, savollar tuzib keladi, krossvord, test javoblarini baholaydi;

– ekspert yoki yordamchi (assistent) o‘quvchi tayinlanadi, ular o‘yinni olib borishda yordam beradilar, javoblarni baholab, tahlil qilib beradilar;

– guruhlardan sardorlar saylanadi. Sardor – xushyor shaxs, o‘z guruhi uchun o‘yin qoidalarini buzmagan holda jon kuydiradi;

– o‘qituvchi tomonidan esa jarayon qo‘llab-quvvatlanib va yo‘naltirilib turiladi. U o‘yinni nazorat qilib turadi, o‘yin yakunlangach, o‘quvchilarning umumiy balini e‘lon qiladi.

O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro ta‘siri natijasida o‘quvchi ma‘lum bilimlarni shunchaki o‘zlashtirib, ya‘ni o‘rganib olishidan tashqari bir vaqtning o‘zida bilim olish va xatti-harakatlar qilishning yangi tamoyili va metodini o‘zlashtirib oladi va rivojlantirib boradi.

Agar vazifa biror dalil haqida berish bo‘lsa, taqdimot yoki interfaol ma‘ruza kabi usullar eng samarali usullar hisoblanadi. Muammolarni muhokama qilishda eng ma‘qul usul o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, jamoaviy bahs-munozara o‘tkazishdir. Bunda Bahs-munozara-Discussion, Brain-storming usulidan foydalanish mumkin.

Ma‘lumki, o‘quvchilarning mustaqil keng va puxta bilim olishlarida syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiya, o‘yin mashqlari kabi didaktik o‘yinlar o‘zining ta‘lim-tarbiya beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, o‘quv materiallarini takrorlovchi, bilimlarni nazorat qiluvchi o‘yinlar sifatida ifoda etilishi bilan ahamiyatlidir. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko‘nikmalarini rivojalantirishda ularning o‘zlarida bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarini yangi vaziyatda qo‘llash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishida didaktik o‘yinlarning o‘rni alohida ajralib turadi. Bunda ularning bir-biridan farqlanishi va o‘ziga xos tavsifga ega ekanligiga e‘tibor beriladi.

Ijodiy o‘yinlar-talabalarning ijodiy izlanish, mantiqiy fikr yuritishini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘yinlardir. Bu o‘yinlar ta‘sirida o‘quvchi ijodiy izlanib, yangiliklarni kashf etadi va uni hayotida qo‘llaydi.

Shuni alohida ta‘kidlash joizki, o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida mustaqil ish, dars jarayonida mustaqil o‘qish va o‘rganish, yangi materialni tushuntirish va mustahkamlash, turli ijtimoiy foydali faoliyatlar, topshiriq va mashqlarni bajarish, fan bo‘yicha o‘tilgan materiallarni takrorlash, test-sinov topshiriqlarini bajarishi muhim. Shuningdek, savol-javob, bahs-munozara yuritish, sayr-sayohatlar uyushtirish, shaxsiy taassurotlarni himoya qilish, mustaqil o‘qishning sahna va kino ko‘rinishini tashkil etish, kitob bilan mustaqil ishlash, soha bo‘yicha amaliy ishlarni mustaqil bajarish, dastur yo‘nalishida badiiy adabiyotlarni tahlil etish asosida mustaqil ishlashning ahamiyati kattadir. Bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish har qanday soha faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi. Eng muhimi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda texnologik yondoshuv o‘quv jarayonini yanada faollashtiradi, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishida yuqori darajaga erishiladi.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Психологу

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья : Новые педагогические технологии на узбекском языке

Автор: Ахмадова Ойша Хамидовна

Дата: 19.01.2019

Номер свидетельства: 496071

Похожие файлы

object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(210) "Научная статья :"Развивающие образовательные технологии на уроках изобразительного искусства" на узбекском языке"
    ["seo_title"] => string(80) "nauchnaia_statia_razvivaiushchie_obrazovatelnye_tekhnologii_na_urokakh_izobrazit"
    ["file_id"] => string(6) "546780"
    ["category_seo"] => string(3) "izo"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1586957454"
  }
}
object(ArrayObject)#885 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(197) "Научная статья на тему : "Применение новых педагогических технологий на уроках биологии" на узбекском языке"
    ["seo_title"] => string(80) "nauchnaia_stat_ia_na_tiemu_primienieniie_novykh_piedaghoghichieskikh_tiekhnologh"
    ["file_id"] => string(6) "421244"
    ["category_seo"] => string(7) "prochee"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1497054514"
  }
}
object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(170) "Научная статья на тему:Новые педагогические технологии на уроках истории на узбекском языке"
    ["seo_title"] => string(80) "nauchnaia_statia_na_temu_novye_pedagogicheskie_tekhnologii_na_urokakh_istorii_na"
    ["file_id"] => string(6) "539694"
    ["category_seo"] => string(8) "istoriya"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1581703840"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства