kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему : "Применение новых педагогических технологий на уроках биологии" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Понятие образовательной технологии включает в себя систему деятельности педагога и учащихся в образовательном процессе, направленную на достижение образовательного результата, в соответствии с педагогическими принципами и взаимосвязью цель – содержание – методы.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему : "Применение новых педагогических технологий на уроках биологии" на узбекском языке»

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AMALIY AHAMIYATI

Применение новых педагогических технологий на уроках биологии

Хожиева Ойдин Курбонбоевна

Караулбазарский академический лицей № 2 при Бухарском инженерно-технологическом институте высшей технологии


Har bir dars o’quvchi uchun yangi axborotdir. Ayniqsa, yangi o’quv materiali orqali o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini shakllantirish asosiy ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O’quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko’nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o’yin mashqlari va rolli o’yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana shularni hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda juda ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. O’quv jarayonining markazida o’quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar ekan, har bir o’qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. Shuni e’tiborda turish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o’quvchining o’quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. O’quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o’quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o’z qiziqishlari orqali qo’shimcha ta’lim olishga yo’llash, o’z-o’zini rivojlantirishni o’z ichiga oladi.

Aynan mana shu jarayonda katta natijalarga erishish maqsadida hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish-innovatsion pedagogikani maydonda olib chiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Yevropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo’ldi. “Innovatsiya” (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Ya’ni ta’lim tizimini tashkil qilishda har ikki tomon ya’ni o’qituvchi va o’quvchi orasida yangi metodla orqali darslarni tashkil qilish, turli interfaol usullar orqali bilimlar berish- bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayonida yangilik yaratishdir.

Interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so’zidan olingan bo’lib, “Interakt”, ya’ni, Inter- bu “o’zaro”, “akt”-harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini bildiradi. Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari-norasmiy bahs-munozalar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratalishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq , vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaollik-o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (sub’ekt-sub’ekt) suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi-o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlari ishga solishga muhit yaratadi.

Mana shularni hisobga olib o’rta maxsus ta’lim bosqichida ham darslarni noan’anaviy tarzda tashkil qilish, hamda innnavatsion metodlar asosida bilimlar berish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida katta yordam va samara bermoqda. Ta’limning bu bosqichida biologiya fani darslarini ham interaktiv usullar asosida olib borish, o’quvchining tushuncha va nazariyalarni to’g’ri anglab, bu bilimlarini amaliy va labaratoriya darslarida mustaqil sinab ko’rish ko’nikmalarini hosil qilmoqda. Jumladan, akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun “Biologiya” darsligida “Evolutsion tushunchalarning paydo bo’lishi” mavzusini turli interaktiv usullardan foydalangan holda tashkil qilish mumkin.


“Keys stadi” usuli-(case inglizcha-to’plam, aniq vazaiyat, study-o’rganish)- bu usul odatiy hayotni tashkillashtiruvchi vaziyatlarni yaratuvchi va ta’lim oluvchilardan maqsadga muvofiqroq yechim izlashni talab qiluvchi, hayotdan olingan odatiy vaziyatlarni tashkillashtirish yok isun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslanadi. Bunga ko’ra o’qituvchi avvaldan mashg’ulotning mavzusi hamda maqsadi topshiriq sifatida beradi. Bundan kutilayotgan natijani o’quvchilarga tushintiradi. Yuqoridagi mavzu asosida guruhda bahs-munozarali muhitni tashkil qilish uchun, dastlab savollar o’rtaga tashlanadi. Guruhdagi o’quvchilar bu savollar asosida o’z fikr mulohazalarini bayon qilishlari so’raladi. Masalan, 1. Ch.Darvinning “Bigl” kemasida qilgan sayohati va uning ahamiyati; 2. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning evolutsion qarashlari; singari fikrlarlar ketma-ketligini talab qiluvchi savollar beriladi. Qarashlar va bahslarni jonlantirish maqsadida turli video-lavhalar, rasmlardan ham foydalanish mumkin.

Ta’lim oluvchilar namoyish qilinayotgan obektni yaxshi ko’rishlari va imkon qadar unda nimalar aks etganligini xotirasida saqlay olishlari lozim bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida o’qituvchining pedagogik mahorati bilan belgilanadi.

Shuningdek, “Evolutsion tushinchalarning paydo bo’lishi”mavzusini “Aqliy hujum”, “Orkestr”, “BAhs”, “Pinbord” texnikalaridan foydalangan holda ham tashkil qilishi mumkin.

Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mustaqillikni mustahkamlashning strategic yo’lida og’ishmay davom etayotgan va iqtisodiyotni rivojlantirish yo’liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu yo’lda har bir pedagogdan talab qilinadigan asosiy vazifa esa sidqidildan mehnat qilish va ta’lim tizimini yaxshilashdir.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” T-“Iqtisodiyot moliya”-2009

2. A.Xoliqov “Pedagogik mahorat” T-2009

3. “Biologiya” (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun) darslik.T-2012



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Хожиева Ойдин Курбонбоевна

Дата: 10.06.2017

Номер свидетельства: 421244


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства