kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему:Новые педагогические технологии на уроках истории на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Мы все понимаем, что приобщение современного обучающегося к вопросам исторического образования происходит в условиях чрезвычайно насыщенного информационного поля, изменения всего "фона" системы образования. Меняется восприятие обучающегося, он живет в мире технологичных символов и знаков, в мире электронной культуры.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему:Новые педагогические технологии на уроках истории на узбекском языке»

Tarix fani o`qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Новые педагогические технологии на уроках истории

Рузиева Назира Эргашевна

38-средняя школа города Бухары, Узбекистан

     Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo`lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lida borayotgan respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy  etish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.

     Kelajak taraqqiyoti bugungi yosh avlodning aqliy tafakkuri, bilimi,tajribasi kasbiy tayyorgarligiga bog`liqdir. Yoshlarni hayotda o`z o`rinlarini topishlari, o`z salohiyatlarini erkin namoyon eta olishlari va ularni ish bilan taminlash doimo davlatimiz va jamiyatimiz diqqat e’tiborida bo`lib kelmoqda.

     Uzluksiz ta’lim tizimida davom etayotgan islohatlarning eng muhum bosqichi tarix fani o`qituvchisi oldiga shunday ma’suliyat qo`ydiki, bu o`qituvchi faoliyatining o`quv-biluv tuzilmasini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdan iborat.

     Tarix darslari samaradorligini oshiruvchi usullardan biri ko`rgazmali vositalar yordamida darsda muammoli vaziyatni vujudga keltirish bo`lib bu usul mashg`ulot boshlanishida o`quvchilarga taklif etiladi. Masalan :«Blits»-o`yini, «Keys texnolgiyasi, FSMU texnoliyasi orqali o`tilayotgan mavzuni  ifoda etadigan maxsus muammoli topshiriqlar beriladi. Muammoli vaziyat o`quvchilarga yangi bilimlar, yangi usul va xarakterni izlab topish imkonini beradi. Bunda o`qitish jarayonida samarali foydalanish ta’lim sifatini yaxshilishga, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

     Ta’limning eng asosiy bo`g`ini  hisoblangan umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim tizimida tarix darslarini fanlar aro aloqadorlik va ko`rsatmalilik asosida tashkil etishdan maqsad bizning milliy-ma’naviy merosimiz, qadr-qimmatimiz  har bir  so`zda, har bir harakatda namoyon bo`lib  tursin, rivojlangan davlatlar yoshlari bilan nafaqat bir safda, kerak bo`lsa yuqori o`rinlarda bo`lishlari kerak.                

       Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan muhum talablardan biri-ortiqcha  ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt ichida nazariy bilimlarini o`quvchilarga yatkazib berish, ulardan malum bir ko`nikma va malakalarni hosil qilish, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilishdir. Buning uchun pedagokdan yuksak mahorat     va ta’lim jarayonida yangicha yondoshuvni talab etadi.

     Bugungi davr jarayonini talimning intrfaol metodlari asosida olib borishni talab etmoqda.

Xususan jaxon tarixi fanini o`qitishda olib boriladigan mashg`ulotlarda ham interfaol metodlardan foydalanish mumkin.Misol: «Aqliy hujum » «Klaster» «Bingo» «BBB» «Marra tomon olg`a» «Jadvalli test» «Hayot chizig`i» «Og`zaki diafilm» «Toza do`ska» «Xatolarni top» «Tarjimon» «Tarixiy quvlashmachoq» kabi metodlardan  foydalanish mumkin.
«Tarixiy quvlashmachoq».

     Do`skada 10 ta kvadrat katakchalr chizilib 10 ta sana tartibsiz ravishda joylashtiriladi.

     Berilgan vaqt davomida tarixiy sanalar ketma-katligini tog`ri hal qilgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.

 Bu vazifa guruhlarga berilsa yanada samaraliroq bo`ladi.Chunki, guruhlar o`rtasida raqobat hissi yanada kuchayadi.Vaziyatni to`g`ri va to`liq topgan guruh g`olib sanaladi.

 

6x6x6

   Bu metodni qo`llashda o`quvchilar 6 guruhga bo`linadi bunda.Bundagi 6 xil rangdagi kartochkalardan foydalaniladi.Bir xil rangdagi kartochka egalari o`quvchilar bir guruhga birlashadilar.Har bir kartochkada 6 tadan topshiriq yozilgan bo`ladi.O`quvchilar savollarga guruh bo`lib javob beradilar.Agar kartochka egasining javobi to`liq bo`lmasa, guruhdoshlari uni qo`shimcha ma`lumotlar bilan to`ldirishlari mumkin.

     Bu metodning ahamiyati shundaki, o`quvchilar bir jamoa bo`lib, ham jihatlikda ishlashni o`rganishadi va guruhining g`olib bo`lishga harakat qiladi.

«Blef-klub».

3 bosqichli  o`yin. 1- bosqichda  siz shunda bo`lganiga ishonasizmi degan manoda savol beriladi.Savollarning qiziqarli bo`lishi o`yinni jonliroq chiqishiga yordam beradi.Javoblar ha yoki  yo`q deb beriladi.To`g`ri javobni o`qituvchi o`qiydi. 

     2-bosqichda o`quvchilar 2 tadan qiziqarli savol topib keladilar.O`qituvchi qiziqarli savollar uchun baho qo`yadi.Do`skaga chiqqan o`quvchilar savollarga yuqoridagidek ha yoki yo`q deb javob berishadi.

     3-bosqichda  o`quvchilar bir biri bilan savol javob qilishadi.Bahs g`olib aniqlanguncha,yoki 5 ta savol o`ynalguncha davom ettishi maqsadga muvofiq.

     Bu o`yin o`quvchilarni savollar tuzish mahoratini shakllantiradi. Shu bilan birgalikda diqqatni to`plash,tezkor fikrlash ko`nikmasini oshiradi.



     «Toza doska » o`quituvchi   doskaga  savollarni tartibsiz yozib chiqadi.Savollar diagramma,kartadan,rasm holida ham bo`lishi mumkin.O`qituvchi sinfni kichik guruhlarga bo`ladi.

     O`qituvchi hozir o`qiydigan ma’ruzasida doskadagi barcha savollarga javoblar aytishini malum qiladi.Guruhlarning vazifasi imkon qadar ko`proq savolning javobini topishdan iborat bo`ladi.Yangi mavzuni tushuntirib, bolalar birorta savolning javobini topdinglarmi deb so`raydi .Javobi topilgan savollar o`chiriladi.Qolib  ketgan savol uyga vazifa qilib belgilanadi.

     «Xatolarni top» Bu o`yin  mavzuni mustahkamlash va takrorlash vaqtida qo`llanishi maqsadga muvofiq. Ammo,yangi mavzuni o`zlashtirishda ham qo`llanishi mumkin.Buning uchun o`quvchilar to`g`ri matn bilan tanishgan bo`lishlari kerak.To`g`ri matn berilib 10 minut tayyorlanishiga vaqt beriladi.Keyin buzulgan matn  beriladi. O`quvchilar 1 kishi,2 kishi,4 kishi bo`lib matn ustida ishlashlari mumkin.Kim belgilangan vaqtda ko`proq xatoni aniqlay olsa, o`sha o`quvchi yoki guruh g`olib hisoblanadi.     

            O`rgatish texnologiyasini o`zida mujassamlashtirgan differensiyal (tabaqalashtirilgan) talimdan foydalanish maqsadga muvofiq, yani fanga qiziquvchilar soni kamayib ketishini bartaraf etishga omil bo`ladi.

      Tabaqalashtirish tushunchasi lotincha «differensiyal»-«farqli» so`zidan olingan bo`lib, bir toifadagilarni bir-biridan shakli,qismi, darajalari,sinfi jihatdan farq qiluvchi bo`laklarga bo`lishga ma`nosini bildiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`quvchilarga tarix darslarida ularning tarixiy bilimlariga bo`lgan tafakkur tushunchalarini o`stirishda yakka tushunchalarni umumlashtirib xulosalar chiqarishda mazkur ta’lim usullaridan keng va o`rinli foydalanish ularning tafakkurini shakllantirishda juda yaxshi samara beradi. Chunki tarixiy ma’lumotlarni taqqoslab o`rganish ularni mantiqiy fikrlash, tarixiy voqealarning mohiyatini tushunish, o`sha davr ijtimoiy-siyosiy hayotining obektiv-subektiv sabablarini aniqlash ko`nikma va malakalarini takomillashtirish hamda ularning tarixiy tafakkurlarini shakllantirishda muhim o`rin tutadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

 L.V Golish, D.M Fayzullayeva “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” Toshkent – 2011

  1. Saidahmedov H.S “Pedagog amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llash namunalari” Toshkent – 2000

  2. Yo`ldoshev J, Usmonov S “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent “o`qituvchi” – 2004

  3. “Uzluksiz ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnal Toshkent – 2014




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: История

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Рузиева Назира Эргашевна

Дата: 14.02.2020

Номер свидетельства: 539694


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства