kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья :"Развивающие образовательные технологии на уроках изобразительного искусства" на узбекском языке

Нажмите, чтобы узнать подробности

Современная система образования предоставляет учителю возможность выбрать среди множества инновационных методик «свою», по-новому взглянуть на собственный опыт работы. Внедрение современных образовательных и информационных технологий не означает, что они полностью заменят традиционную методику преподавания, а будут являться её составной частью. Ведь педагогическая технология – это совокупность методов, методических приемов, форм организации учебной деятельности, основывающихся на теории обучения и обеспечивающих планируемые результаты.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья :"Развивающие образовательные технологии на уроках изобразительного искусства" на узбекском языке»

Tasviriy san’at darslarida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari

Развивающие образовательные технологии на уроках изобразительного искусства

Орипжонова Элмира Пардабоевна

Преподователь изобразительного искуства

12-средняя школа Ш.Рашидовского района Джизакской области, Узбекистан



  Современная система образования предоставляет учителю возможность выбрать среди множества инновационных методик «свою», по-новому взглянуть на собственный опыт работы. Внедрение современных образовательных и информационных технологий не означает, что они полностью заменят традиционную методику преподавания, а будут являться её составной частью. Ведь педагогическая технология – это совокупность методов, методических приемов, форм организации учебной деятельности, основывающихся на теории обучения и обеспечивающих планируемые результаты.

Tasviriy san’at darslarida pedagogik texnologiyani qo‘llash jarayonida quyidagi masalalar muhim hisoblanadi: Ular ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va bunda tashxisli ta’limga asoslanish, mazkur jarayonni doimo boyitish va yangilab turish, shuningdek, bu masalada turli-tumanlikka erishish, ta’lim jarayonini to‘xtovsiz tahlil qilib turish hamda uni mavjud pedagogik jarayonlar bilan solishtirish, ta’lim oluvchilarning faoliyatlarini doimiy nazorat qilish va baholash hisoblanadi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyani muhim xususiyatlaridan biri bu ta’lim oluvchilarni o‘qitish emas, balki ularni mustaqil bilim va malakalarini egallashlariga yo‘naltirishdan iborat. Bunda biz pedagoglarning asosiy vazifamiz o‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilishdan iborat. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi esa ko‘proq o‘quvchilarni tegishli o‘quv-metodik majmualar bilan ta`minlanganligiga ham bog‘liqdir. Tasviriy san’at darslarida men ko‘proq “Aqliy hujum”, ”Tanqidiy tafakkur”, “Sinkveyn”, “Sud”, ”Taqdimot”, “Kungaboqar”, “Tarmoqlar”, ”Har kim har kimga o‘rgatadi”, ”Blits-so‘rov” kabi interfaol metodlardan unumli foydalanaman.

Naturadan rasm ishlash mashg‘ulotlarida “Har kim har kimga o‘rgatadi” texnologiyasi samarali natija beradi. Bunda sinf o‘quvchilari 5 tadan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh hamkorlikda o‘zaro maslahatlashib natura rasmini ishlaydilar. O‘quvchilar ishga kirishishlaridan avval ularga 100 balli tizim asosida ko‘p ball to‘plash topshirig‘i beriladi va qaysi guruh ko‘p ball to‘plasa , o‘sha guruh g‘olib topilib, ularga yuqori baholar qo‘yiladi.

Ma`lumki, tasviriy san’atdan o‘tkaziladigan har bir amaliy mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlardan ko‘rgazma tashkil etilib, ular tahlil etiladi. Mashg‘ulotning bu qismida “Sud” juda qo‘l keladi. Bunda o‘quvchilar tomonidan ishlangan bironta rasm olinib, sud jarayoni olib boriladi. Bu jarayon uchun “Oqlovchi va “Qoralovchi” tayinlanadi. O‘qituvchi yordamida oqlovchi ishni yutug‘ini gapiradi, qoralovchi esa kamchiligini so‘zlaydi. Ish o‘quvchilar rasmlarini baholash bilan yakunlanadi.

“Venn diagrammasi” metodi yangi mavzuni mustahkamlashda juda qo‘l keladi. Masalan, 7-sinfda “Sharq me`morligi” mavzusida kompozitsiya ishlash mavzusining mustahkamlash blokida “Venn diagrammasi”ning o‘ng tomoniga Mustaqillikdan so‘ng barpo etilgan, sharq uslubidagi qurilgan binolar yosiladi, chap tarafiga tarixiy sharq me`morligi yoziladi, o‘rta qismiga ularning o‘xshash xislatlari yoziladi. Bizga ma`lumki “Sharq me`morligi” mavzusi juda keng va qiziqarli, chiroyli mavzudir. ”Venn diagrammasi” o‘quvchilarga sharq me`morligining o‘ziga xos jihatlarini qisqa vaqt ichida chuqurroq tushuntirishga yordam beradi. Bunda o‘quvchilar sharq me`morligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini mukammal o‘rganib oladilar.

“Kungaboqar” metodini ham avvalgi mavzuni mustahkamlashda, yangi mavzu bayonida, yangi mavzuni mustahkamlash qismida ham. Masalan, tasviriy san’at janrlarini tushuntirishda: kungaboqarning markaziga tasviriy san’at janrlari deb yoziladi. Kungaboqarning yaproqlariga esa tasviriy san’at janrlarining nomlari yoziladi, masalan, manzara janri, animal janri, botal janri, natyurmort janri, morinist janri va h.k. Bundan tashqari,”Sinf emblemasini yaratish” mavzusida, “Amaliy bezak san’ati” mavzusida, “Kitobat san’ati” mavzularida qo‘llash samarali natija beradi. Ayniqsa, amaliy bezak san’atini o‘rganishda naqsh elementlari va ularning ma`nolarini o‘rganishda qo‘l keladi. Kungaboqar markaziga “Naqsh elementlari” deb yoziladi. Yaproqlariga esa elementlar nomi va ma`nosi yoziladi. Masalan, anor- to‘qchilik va to‘kin- soshinlik ramzi, bodom- baxt- iqbol ramzi, zirk guli- osoyishtalik va umrboqiylik ramzi, oygul- baxt ramzi, to‘lqinlar- shiddatli hayot ramzi, to‘lqinli o‘simlik poyasi- tabiat tarovati ma`nosini anglatadi. Kitobat san’ati mavzusida esa kungaboqar markaziga quyidagi savol yoziladi:

-Kitob yaratilishida kimlar ishtirok etadilar?

( yaproqlariga: Sahhof- muqovachi, muzahhib- muqovaga naqsh beruvchi, rassom, muallif, nashr xodimlari, muharrir)

-Kitob elementlari

( Supermuqova, muqova, farzats, titul varag‘i, bosh bezak, zarhal harf, illustratsiya, yakuniy bezak)

Tasviriy san’at darslarida AKT dan to‘g‘ri va unumli foydalanish kutilgan natijani beradi.Tasviriy san’at fani- go‘zallik,nafosat fanidir.Shuning uchun har bir yangi mavzuni tushuntirish jarayonida iloji boricha slaydlar yordamida o‘tilsa dars natijali bo‘ladi.Chunki, rassom biron-bir predmetni, obyektni chizishdan avval uni sinchiklab ko‘radi, o‘rganadi, tahlil qiladi.

Tasviriy san’atni o‘qitishda tabiat qo‘yniga sayohat, tabiat qo‘ynida qoralama va ranglama chizdirish, viktorina va boshqotirmalar yechtirish, eng yaxshi rassom tanlovini o‘tkazish, bolalar rasm ko‘rgazmasini tashkil etish ham an`anaviy texnologiyalar jumlasidandir.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: ИЗО

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Автор: Орипжонова Элмира Пардабоевна

Дата: 15.04.2020

Номер свидетельства: 546780


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства