Научная статья : Общественное здоровье и способы его изучения
Научная статья : Общественное здоровье и способы его изучения
Общественное здоровье и здравоохранение имеют свою методологию и методы исследования. Такими методами являются: статистический, исторический, экономический, экспериментальный, хронометражных исследований, социологические методы и другие
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Общественное здоровье и способы его изучения»
Axoli salomatligi va uni o’rganish usullari
Общественное здоровье и способы его изучения
Кадирова Гулбахор Халимовна
Общественное здоровье и здравоохранение имеют свою методологию и методы исследования. Такими методами являются: статистический, исторический, экономический, экспериментальный, хронометражных исследований, социологические методы и другие.
Бухарский медицинский колледж, Узбекистан
Mamlakatimiz mustaqillikka e’rishgandan so’ng axoli salomatligini mustaxkamlash borasida ko’p xayrli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Respublikamizda sog’lom avlodni shakllantirish borasida “Sog’lom avlod” ordenining ta’sis e’tilishi, Sog’lom avlod nodavlat jamg’armasining tashkil e’tilishi,2000 yilni Sog’lom avlod yili deb atalishi, Respublikamizda fizkultura va sportga e’’tiborning keskin kuchaytirilishi, sog’liqni saqlash tizimida isloxatlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi va boshqa ko’plab shunga o’xshash tadbirlar fikrimizning dalili bo’la oladi.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi oliy kengashining o’n ikkinchi chaqiriq, o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining konstituttsiyasi 40-moddasi, “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga e’ga” deb yozilgan.SHunday ekan Respublikamizda yashayotgan har bir fuqaroning salomatligi e’ng muqaddas ne’matlardan biri sanaladi.
Inson salomatligini yaxshilash va uni mustaxkamlash 1996 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqaroning” qonun bilan ta’minlangan. Bo’lim va 47 moddadan iborat bu qonun Respublikamiz axolisining salomatligini saqlash va uni mustaxkamlashda e’ng asosiy komus sanaladi.
Ma’lumki inson hayvonlar kabi tabiatning bir qismi va maxsuli hisoblanadi, ammo inson o’z irodasi va ongi bilan hayvondan farq qiladi. Inson hayvonot olamining, hayvonot organizmning taraqqiyotning e’ng yuqori bosqichi hisoblanadi va ijtimoiy moxiyatga e’ga bo’lib ishlab chiqarishga, atrof muxitni o’zgartira olishga, so’zlashga va boshqa xususiyatlarga qodir. Inson va uning salomatligi, kasalligi ijtimoiy kategoriya hisoblanib keladi. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha salomatlik-bu kasallik va jismoniy etishmovchilikning bo’lmasligidan tashqari, to’liq, sifatli jismoniy, ruxiy va ijtimoiy tomondan qoniqarli xolatga e’ga bo’lishini tushuniladi. E’ng so’nggi ilmiy tushunchalardan biri inson salomatligi sotsial va biologik sifatlarning garmonik uyg’unligi bo’lib, tug’ma va hayotda orttirilgan biologik va sotsial ta’sirlar natijasida vujudga keladi, kasallik e’sa ana shu uyg’unlik, ana shu birlikning buzilishidir.
Salomatlik va kasallik o’rtasida dialektik bog’lanish mavjuddir. Ular o’rtasida farq salomatlik va kasallikning ta’minlovchi sharoitlariga, omillariga bog’liq bo’lib, agar shu omillar, sharoitlar optimal bo’lsa, muvozanatda bo’lsa salomatlikni ta’minlaydi. Agar muvozanat buzilsa kasallikka olib keladi. Axoli salomatligi bevosita sotsial faktorlar bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy sharoitlar e’sa jamiyat tuzumi, sotsial iqtisodiy va siyosiy strukturaga bog’liqdir. Jamiyat tuzumining asosida e’sa ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari yotadi. Ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy faktorlar vujudga keladi. Ularga mexnat, dam olish, ovqatlanish, uy-joy, ma’lumot, o’qish, tarbiyalash, madaniy e’xtiyojlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va jamiyatning yoki jamoatning konkret yashash sharoitlari misol bo’ladi.
Salomatlik tushunchasini yanada aniqroq tushunib olish uchun, birinchi navbatda insonlarda va boshqa tabiatdagi tirik mavjudotlarda salomatlikni ta’minlovchi sharoitlar va kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ham bir xil narsa e’kanligini tushunib etmoq lozim. Demak inson farovonligi uchun mavjud zarur barcha mu’tadil sharoitlar asosida kasallik keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo’lishi va inson salomatligiga zarar etkazish mumkin. Ms: axolini ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqilona ovqatlanish, uy joy bilan ta’minlash va boshqa ko’plab misollarda bu xolatni ko’rishimiz mumkin. Aytaylik ichimlik suvining sifati uning organoleptik xususiyatlari, tarkibiy qismlari GOST talablariga javob bersa-bu sharoit, agar teskarisi bo’lsa kasallik keltirib chiqaruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. SHunday qilib ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy omillar paydo bo’ladi.
Axoli salomatligini o’rganishda e’ng muxim manbalardan biri bu- tibbiy ko’rikdan olingan ma’lumot, sababi tibbiy ko’rikda xali bemorni bezovta qilmaydigan kasalliklar oldindan aniqlanadi. Xali kasalliklarning belgilari sezilmasdan burun, aniqrog’i xali salomatlik bilan kasallik oralig’idagi insonlar demakdir. Ular odatda vrachlar tomonidan kasalliklarini faol aniqlashga va davolashga muxtoj kishilar. Gallen va boshqalar bularni uchinchi xolatdagilar ya’ni sog’lom xolat bilan kasallik o’rtasidagi xolat deb ataganlar. Bu xolat juda ko’p vaqtga cho’zilishi, ba’zida umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin. Bunday xolat odatda insonga tabiat tomonidan berilgan ruxiy fiziologik imkoniyatining yarmini, e’xtiyojdagi sog’liqni va to’laqonli xayot imkoniyatlarini yo’qotish bilan kechadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugun biz sog’lom kishilarning sog’ligini saqlash ya’ni kasalliklarning oldini olish “Sanalogiya ” bilan shug’ullanish kerakligini anglatadi. Bu tadbirni faqatgina axoli o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ibot” qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.