Og'iz bo'shlig'i (cavitas oris, grekcha—stoma) hazm a’zolari tizimining boshlang'ich qismi. Og'iz bo'shlig'i pastdan og'iz diafragmasi (diaphragma oris), yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old tomondan lablar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi (fauces) vositasida halqum bilan qo'shiladi. Tishlar va jag'laming alveolar o'simtalari og'iz bo'shlig'ini ikki: og'iz dahlizi va xususiy og'iz bo'shlig'iga ajratadi. Og'iz dahlizi (vestibulum oris) tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki tomondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og'iz dahliziga kirish og'iz tirqishi (rima oris) lablar bilan chegaralanadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda tishlar bo'lmagani hamda jag'laming alveolar o'simtasi yaxshi rivojlanmagani uchun og'iz bo'shlig'i kichik bo'lib, og'iz dahlizi lablar, lunjlar va milk qirralari o'rtasida joylashgan tor yorig'dan iborat