kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Узбекский язык 3-класс

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок на тему: "Фел суз туркумини такрорлаш"

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Узбекский язык 3-класс»

.

OZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI






NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


UYCHI TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI




26-O’RTA TA`LIM MAKTABINING

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

Qambarova Saidaning

ONA TILI FANIDAN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK










Ushbu dars ishlanma Namangan viloyati Uychi tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o’qituvchisi Qambarova Saida tomonidan tayyorlangan bo’lib, boshlang`ich sinf o’qituvchilari o`z ish faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.


Tuzuvchi:

Uychi tumani 26-umumiy o’rta ta’lim maktabining

boshlang`ich sinf o’qituvchisi Qambarova Saida


Taqrizchi:

Uychi XTB boshlang`ich sinflar

metodisti D. Ahmedova


Ushbu dars ishlanma maktab, boshlang`ich sinflar uslubiy birlashmasining 2020 yil____ dagi _____ sonli yig`ilishida o`rganib chiqildi va Uychi tuman XTB ga tavsiya etiladi.





(Ona tili 3-sinf)

Mavzu:Fe’l-so’z turkumini mustahkamlash . (365-367-mashqlar asosida mustahkamlash)

Darsning namunaviy texnologik xaritasi

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:so`z turkumlari,birlik,ko`plik,so’z bog’lovchi qo’shimchalar,fe’l .

Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 daqiqa.

Mavzuning qisqacha ta`rifi: ,,Son –so’z turkumi” haqida olgam B.KMlarini mustahkamlash,mashqlar orqali fe’l-so’z turkumi mavzusini mustahkamlash , so’z bog’lovchi qo’shimchalar orqali ot va fe’lning bog’lanishi mashqlar va turli didaktik usullar orqali ochib berish.

O’quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi :mustahkamlovchi,bilim,ko`nikma,malakalarni shakllantiruvchi dars .

Metod:suhbat,tushuntirish,savol-javob,mustaqil ish,ertak, ta`limiy o`yin.

Jihoz:darslik,tarqatmali materiallar,kompyuter,ekran, proyektor,mavzuga oid slayd.

Nazorat:o`quvchilarni xulq-atvori va darsda faolligi kuzatilib hisobga olib boriladi.

Ballash: o`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida ballanadi(,,O`z-o`zini ballash’’ usulidan foydalaniladi).G’olib guruhlar dars yakunida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta`limiy: Son –so’zturkumini mustahkamlash,fe’l-so`z turkumi haqidagi tushunchalarini kengaytirish,so’z bog’lovchi qo’shimchalar orqali gapda so’zlarning bog’lanishini tushuntirish, B.K.M oshirirish.

Tarbiyaviy: guruhlararo do’stona munosabatni shakllahtirish,ona Vatanga, ona tilimizga mehr-muhabbat sadoqat ruhida tarbiyalash,,ona tabiatni asrab-avaylashga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi:husnixat asosida yozuv malakalarini yanada rivojlantirish o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqi orqali mustaqil fikrlashga o`rgatish.

Kutilayotgan natija

O`quvchilar fe’l so`z turkumini boshqa so`z turkumlaridan farqlay olishni,so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar orqali otni fe’lga bo’lanishini o`rganadilar.

Ishning nomi

Bajariladigan ishning nomi

Metod

Vaqt


1-bosqich.

Tashkily qism

Sinfning darsga tayyorligini tekshirish;

Dars qoidalarini eslatib o`tish,diqqati jamlash.Ertak qahramonlarini taklif etish.

Suhbat, savol-javob .


2 daqiqa

2-bosqich.

Uy vazifasini tekshirish.


Ertak qahramonlari bilan savol-javob o`tkazib,guruhlarga bo’linadi.

,,Suhbat’’, ,,So’zlar mehmonxonasi’’, ,,Rasmli klaster’’,,Raqam

lar ma’nosi” ta’limiy metodlari


10 daqiqa

3-bosqich.

Yanga mavzu bayoni.

1.Husnixat daqiqasi o’tkaziladi.

1 Mashqlar orqali fe’l so’z turkumini aniqlash.

2 Nuqtalar o’rniga namunada berilgan fe’llardan mosini topib qo’yish , so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalar orqali so’z birikmalarini hosil qilish.

Husnixat mashqi,

,,Izlab top’’,


,,Kimning xati chiroyli’’,,O’rgimchak’’,,,Daryo” ta’limiy o’yinlari.


25daqiqa

4-bosqich.

Mustahkamlash


O’quvchilarni fe’l so’z turkumi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi,mustaqil topshiriqlar bajariladi.


,,Blits’’ so’rovnomasi,

,,Assesment’’

metodi,

,,Anglab yet’’ o’yini


5 daqiqa

5-bosqich.

Darsni yakunlash va ballash.

O’quvchilarni ballash,g’olib guruhni aniqlash va rag’batlantirish.

Tushuntirish.


2 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa.

Uyga vazifa

367-mashq .

Mashq sharti tushuntiriladi.


Tushuntirish.


1daqiqa



Darsning borishi: Tashkiliy qism.

-Assalomu alaykum!

-Vaalaykum assalom!

-Ey ,mustaqil yurtimizning barkamol avlodlari

Darsga shaymisiz bugun,dono o’gil qizlari?

-Barchamiz sog’-omonmiz,bugun darsga tayyormiz.

O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

-Sabog’imiz nomi nima?

-Ona tilim –jon-u dilim.

-Nega bu fanga ham ,,ona Vatan ’’, ,,ona yer ’’kabi ona so’zini qo’shib aytamiz?





ONA









-Ona – bu hayot demakdir.

-Ona – bizga hayot baxsh etadi.


-Yer – ona kabi barcha jonzotu o’simliklarni unib, o’stiradi.

-Vatan – bu bizning kindik qonimiz tomgan yer.

-Vatan – bu ota-onamiz, avlod-ajdodlarimiz tug’ilib o’sgan yurt.

-Til – insonlar o’rtasidagi aloqa vositasi.

-Bizning ona tilimiz o’zbek tili. Har bir millatning o’z ona tili bo’ladi.

Bizning maqsadimiz :

,,Ona yurtimiz baxt –u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida hizmat qilish eng oliy saodatdir.’’

-Qani ayting bolalar,sinfda kim navbatchi,

-Har narsadan xabarchi?

Navbatchi axboroti tinglanadi. O’quvchilarni kelajakda tanlagan kasblariga qarab ularni guruhlarga ajratiladi:

1-guruh – Ziyo ,

2- guruh –Ijodkorlar ,

3- guruh – Bunyodkorlar nomlarini tanlaydilar. Oltin qoidalarni eslatib, unga amal qilish va o’quvchilarga o’z-o’zini ballash tushuntiriladi.(Har bir guruh o’z-o’zini ballash orqali o’zlarining ,,Yoshlik “ bog’larini barpo etadilar)

Sinf xonasiga ertak qahramonlari kirib keladilar :

Yog’ochning boshini qurt yeydi doim

Tarixda misollar juda ko’p bunga.

Tarix to’g’risida qolaylikda jim,

Ertak soy’laylik quloq ber shunga.

O‘qituvchi ertak aytib, savol-javob asosida nomlari topadilar.




-Assalomu alaykum ,bolajonlar.Biz uzoq soz saltanatidan keldik.

1- Men hozircha ismimni bilmayman.Men ba’zan shaxs,ba’zan narsa nomida qo’llanaman.Meni o’zaklarga –chi,-kor,-dosh qo’shimchalarini qo’shib osongina topasiz .

O’quvchi: -Siz ba’zan shaxs,ba’zan narsa nomini bildirsangiz – ot so’z turkumisiz .Chunki shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar ot deyiladi.

2-Bolajonlar,men esa goho harakatning bajarilganini ,goho bajarilmaganini bildiraman.Mening bo’lishli,bo’lishsiz shakllarim ham bor.

O’quvchi: Siz aniq fe’l –so’z turkumisiz.Chunki fe’llar harakatning bajarilganini va bajarijmaganini bildiradi…

3 – Men ham do’stlarimga o’xshab mustaqil so’z turkumiman. Men orqali doimo shaxs va narsalarning sifati ,belgisi aniqlanadi.

O’quvchi: Siz –sifat –so’z turkumisiz.

3 – Men ham do’stlarimga o’xshab mustaqil so’z turkumiman. Men orqali doimo shaxs va narsalarning sanog’ini , tartibini aniqlanadi.

O’quvchi: Siz –son –so’z turkumisiz.

Ertak qahramonlarining nomi ,,Ot’’, ,,Sifat’’, ,,Son’’ , Fe’l“ ekani topilib , ,,Xazinalar qutisi’’ qo’lga kiritiladi.Qutidagi topshiriqlar asosida dars tashkillanadi.








II. O’tgan dars sabog’i.

O’quvchilar qo’llaridagi tarqatmalar asosida guruhlarga ajralganliklari bois

3 ta guruhga alohida topshiriq beriladi.Guruh sardorlari ballab borishlari tushuntiladi.

1-guruh : 364-mashqdagi topshiriq orqali bilimlari tekshiriladi:

5-qavat ,3 ta avtobus ,6-uy , 43-bekat, 6-qator, 5-sinf , 34 ta o’quvchi,5 kishi (sanoq va tartib sonlar aniqlanadi)

2- guruh: So’zlar mehmonxonasi








Ot

Sifat

Son

Fe’l


Sohibqiron


Xotira


Buyuk


betakror


26

9


861



nishonlanadi



esmoqda

So’zlarga so’roqlar berish orqali ularni mehmonxonaning turli xonalariga joylaydilar..


3 -guruh ,,Sirli qanotlar ” metodidan foydalanib tarqatmadagi sonlardan foydalanib gaplar tuzadilar va gardagi ishtirok etgan sonning shakliga qarab k apalakning qanotlariga yopishtiradilar..







Yetti o’lchab bir kes.( Sanoq son)

Sanamay sakkiz dema . ( Sanoq son)

26- aprel shoir M.Yusufning tavallud topgan kunlari. ( Tartib son )

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar va guruhlar ballanadi.

III. Yangi bilimlar dunyosi: Fe’l –so’z turkumi mavzusini mustahkamlash. (365-367-mashqlar asosida mustahkamlash)

Husnixat daqiqasi o’tkaziladi.

Daftarga bir qator ,, g’’ harfidan va shu harflar bilan bog’liq so’zlar yozdiladi: gul gul gul gul gul gul

O’qituvchi topishmoq aytadi:

165-mashq asosida:

Dasht qo’yniga kirdi-yu

Ilk bora na’ra soldi. Tashna yer bag’ridan u

Siqimlab tuproq oldi.

Oquvchilar topishmoqning javobini topishgach :.



-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar bu topishmog’im kitobimizdagi 165-mashq bo’lib, ( mashq sharti o’qib tushuntiriladi), Erkin Vohidov ekskavatorga ana shunday ta’rif beradi.(O’quvchilar she’r muallifi va ekskavator haqida qisqacha ma’lumot beradilar.)

- ,,Son’’ so’z turkumi :- Bolajonlar, ,, Fe’l’’ –so’z turkumini ko’rmadingizmi?,- deb so’raydi.

-O’quvchilar:-Balki ular 365-mashqdagi topshiriqlar orasiga yashirinib yurgandir?

-,,Sifat’’: -Keling,birgalikda 365-mashqdagi gaplar orasidan qidiramiz.

Mashq shartiga ko’ra fe’llarni aniqlab ,ularni tegishlicha belgilaydilar.

Lug’at ishi o’tkaziladi:

Dasht- inson tomonidan o’zlashtirilgan yer.

Tashna- chanqoq,suvsiz,suvsiragan,qaqroq.

Qo’yin –qo’yni, bag’ir- bag’ri- so’z ma’nolari izohlanadi (unli tovushlar talaffuzida ayrim so’zlarda tovush tushib qolishi yoki tovush almashuvi kuzatilishini tushuntiriladi.)

O’quvchilar husnixat asosida mustaqil ko’chirib yozadilar:

Qo’yniga kirdiyu, na’ra soldi, tuproq oldi.

She’r mazmuni yuzasidan va she’r muallifi haqida ma’lumot beradilar.

366-mashq

Guruhlarga alohida topshiriq beriladi:

1-guruh:mashqni o’qib tushuntiradilar.

Mashq sharti o’qib tushuntiriladi: Nuqtalar o’rniga gapning mazmuniga mos fe’llarni qo’ying.Otlarni aniqlab ,so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalarni belgilang. Siz yozda nima ish qilmoqchisiz?



G’ayrat bahorda qirga ... _____________teradi

Qirda u lola... __________________ortishadi

Yozda polizga ... _________________uzadi

Qovun –tarvuzlarni mashinaga ..._____________chiqadi

Kuzda ishkomdan uzum ...__________________o’tkazadi

G’ayrat yozni foydali ish bilan …­­_______________ boradi

O’quvchilar berilgan gaplarga mos fe’llarni qo’llab bajaradilar,yoz faslida amalga oshirmoqchi bo’lgan rejalari bilan o’rtoqlashadilar.

2-guruh: husnixat asosida gaplarni doskaga yozadilar:

G’ayrat bahorda qirga chiqadi. Qirda u lola teradi . Yozda polizga boradi.

Qovun –tarvuzlarni mashinaga ortishadi. Kuzda ishkomdan uzum uzadi .

G’ayrat yozni foydali ish bilan o’tkazadi. ­­

3-guruh: mashqdagi otlarni fe’llarga bog’lanishini tushuntiradilar.

3-guruh:





O‘quvchilar ana shu so‘zlardan foydalanib yuqorida berilgan mashqlardagi otlarni fe’llarga bog’lab so‘z birikmalarini hosil qiladilar.

bahorda chiqadi , qirga chiqadi

qirda teradi , lola(ni) teradi

yozda boradi , polizga boradi

qovun-tarvuzlarni ortishadi ,

masinaga ortishadi , kuzda uzadi

Ishkomdan uzadi , G’ayrat o’tkazadi , yozni o’tkazadi .



IV.Mustahkam bilim donolikdir.

Yangi mavzu yuzasidan mustahkamlash uchun ham guruhlar o’rtasida musobaqa tashkil qilinadi.

1-guruh: kubikni bir-birlariga otib savol-javob o’tkaziladi : 2-guruh: Tarqatmalar asosida so’z turkumlarini raqamlarda ifodalaydilar.

olma, keldi shamol qizil , ikki, kaklik, daraxt, sakkiz, yaxzhi yozdi,….,

Tarqatma

Ot -

Sifat-

Son-

Fe’l-









3-guruh:,,Assesment’’ metodidan foydalanib bilimlarini mustahkamlaydilar.










Mustahkamlashning 2-bosqichi:

Guruhlarga:

1-guruh: Ot so’z turkumiga oid ,,Blits’’ savollari alfavit tarzida berilib,ballanadi.

1 .Alifbo deb nimaga aytiladi?

2 . Unli tovushlar qanday hosil bo’ladi?

3. Undosh tovushlar qanday hosil bo’ladi?

4. Bosh harflar qachon qo’llaniladi?

5 .Gap nimalardan tuziladi?

6 . Shaxs nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

7 .Narsa nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi?

8 . So’roq gap deb nimaga aytiladi?

9. Nutq nimalardan tuziladi? Matn-chi?... kabi savollarni ,,koptok’’ o’yini orqali o’ynab mavzular mustahkamlanadi.


2-guruh : Ot 2.Sifat. 3. Son 4. Fe’l

1 1 4

  1. Bolalar, Vatanimizni ardoqlaylik.

2 1 4

  1. Qiziqarli dars tugadi.

Guruh o‘quvchilar yuqoridagi gaplarni so‘z turkumlaridagi raqamlar bilan ifoydalab beradilar.

  1. gap: 114, 2-gap: 214 raqamlarini hosil qiladilar.

3-guruh:

O‘quvchilar partada joylashgan o‘rnilariga qarab

1- shaxs, 2- narsa, 3- tabiat hodisalari, 4- kasblar, 5-meva nomlarini bildiruvchi otlarni qog‘ozga yozib orqa o‘rindiqdagi o‘quvchiga navbatma-navbat uzatadilar.

V. Bajarsam amal qilaman.

O’quvchilarning ballari hisoblanadi va uyga topshiriq beriladi.

Ertak qahramonlari darsga yakun yasaydilar.

Ot:- Ona tuproqdek hokisor,

Sifat:- Ona tuproqdek aziz,

Son:-Ona tuproqdek sahovatli bo’laylik

Fe’l:- Zero,Vatan ona tuproqdan boshlanadi.

Darsdagi topshiriqlar natijasida quyidagi shakl hosil bo’ladi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan qanday shakl hosil bo‘lganini so‘rab, gul shaklini izohlaydi.








VI.Uyga vazifa :367-mashq (mashq sharti o’qib tushuntiriladi ).

Dars Vatan haqida qo’shiq va she’r bilan yakunlanadi.

Vatan uchun fido qilib jonimiz,

Nozik yelkalarda bugun ulkan yuk.

Bu yukni mardona yengimoq uchun ,

Ming bitta jonimiz bo’lsin tasadduq.


Barchangizga omad yor bo’lsin !

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


,,Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”

I.A. Karimov

  1. Xalq ta`limi . 2016 yil 1- son

  2. Boshlang`ich ta`lim 2015 yil 4- son

  3. Boshlang`ich ta`lim 2015 4- son

  4. Tarbiya . 2014 yli 3- son

  5. Sog`lom avlod uchun 2013 yil 4- so



14




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Узбекский язык 3-класс

Автор: Камбарова Саида Абдумаликовна

Дата: 05.05.2020

Номер свидетельства: 548749

Похожие файлы

object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(131) "Конспект урока по теме "В школе" для 3 класса с узбекским языком обучения"
    ["seo_title"] => string(76) "konspekt_uroka_po_teme_v_shkole_dlia_3_klassa_s_uzbekskim_iazykom_obucheniia"
    ["file_id"] => string(6) "490673"
    ["category_seo"] => string(12) "russkiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1544725806"
  }
}
object(ArrayObject)#885 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(118) "Урок литературного чтения в 5 классе с узбекским языком обучения"
    ["seo_title"] => string(69) "urok_literaturnogo_chteniia_v_5_klasse_s_uzbekskim_iazykom_obucheniia"
    ["file_id"] => string(6) "549011"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1588924832"
  }
}
object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(115) "Разработка урока по узбекскому языку на тему: Ундов гап, 4-класс"
    ["seo_title"] => string(63) "razrabotka_uroka_po_uzbekskomu_iazyku_na_temu_undov_gap_4_klass"
    ["file_id"] => string(6) "634668"
    ["category_seo"] => string(7) "prochee"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1688280791"
  }
}
object(ArrayObject)#885 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(127) "Урок во 2 кл.на тему:"Буква Чч" по рус.языку с узбекским языком обучения"
    ["seo_title"] => string(76) "urok_vo_2_kl_na_temu_bukva_chch_po_rus_iazyku_s_uzbekskim_iazykom_obucheniia"
    ["file_id"] => string(6) "548339"
    ["category_seo"] => string(12) "russkiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1588153276"
  }
}
object(ArrayObject)#863 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(68) "Тесты по руссому языку для 9-х классов"
    ["seo_title"] => string(41) "testy_po_russomu_iazyku_dlia_9_kh_klassov"
    ["file_id"] => string(6) "546026"
    ["category_seo"] => string(12) "russkiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "testi"
    ["date"] => string(10) "1586508951"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства