Ta'limiy: o'quvchilarga mavzu yuzasidan mustaqil vatanimizning ozodligi yo’lidagi harakatlar haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:o'quvchilarni ijodiy flkrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya:
FK-1:tarixiy obidalar haqida bilimlarini boyitadi.
FK-2: tarixiy obidalarning ahamiyatini tushuna oladi. .
TK-3:ko’hna obidalarni asrab-avaylash uchun o’z hissasini qo’shadi.
TK-4: Bularning barchasi uchun ta’lim muassasasida hamda jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. Darsga tayyorgarlik ko’rish va motiv hosil qilish.
O’quvchilar bilan salomlashiladi. Guruhlarga bo’linadi.
1-guruh Yaxshilik
2-guruh Ezgulik
3-guruh Halollik
“Raqmlar tilsimi” metodidan foydalanib, qish faslida bo’ladigan bayramlar aytib o’tiladi.
IIO’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’tilganlar yuzasidan savol-javob olib borish.
“Savol-javob” metodi.
1.Mehnat orqali inson nimalarga erishadi?
2.Mehnat haqida maqollar keltiring?
Quyidagi jadvaldan mehnatsevar insonga xos
boʻlgan xususiyatlarni aniqlang va daftaringizga
yozing.
III Yangi mavzu bayoni
O’quvchilar bilan kelajakda qaysi kasb egasi bo’lishlari haqida suhbat olib boriladi.
O’quvchilar kasb haqidagi she’rkarni aytadilar.
Hunar haqida maqollar
Aql ko‘kka yetkazar,
Hunar ko‘pga.
* * *
Ilmsizga ishonch yo‘q,
Hunarsizga quvonch yo‘q.
* * *
Hunar bo‘lsa qo‘lingda,
Non topilar yo‘lingda.
HUNARSIZLIK OQIBATI
Oʻtgan zamonda bir xasis boy bor edi. Uningboyligi shu darajada koʻp ediki, hisobini oʻzi ham bilmasdi. Lekin bu boylikdan oʻziga ham, oʻzgalarga ham foyda yoʻq edi. U shunchalik ziqna ediki, boyligini yeyish-ichishga ham, ilm-u hunarga ham sarflamasdiBoyning Ahmad ismli birgina oʻgʻli bor edi. Bir kuni u oʻgʻlini hunar oʻrgatish maqsadida hunarmandga olib bordi. Usta tartib-qoidalarni tushuntirib, oʻrgatgan hunari uchun har oyda bir tilla toʻlash kerakligini aytdi. Buni eshitgan boyning avzoyi buzilib, oʻgʻlini qaytarib olib ketdi. Ahmad yoshlikda hunar oʻrganmadi, bilim olmadi. Otasi vafot etgach, tezda boyliklarni sarflab, qashshoq kimsaga aylandi. U bilim yoki hunar egallamaganidan juda afsuslandi.Xasisning moli, isrofgarning holi, ilm-hunarsizning ahvoli shunday boʻladi.
IV Mustahkamlash.
Ahmad nima uchun otasidan qolgan boylikning qadriga yetmadi?
Boy oʻgʻliga hunar oʻrgatganida u qanday inson boʻlib ulgʻayardi?
Siz qaysi hunarni oʻrganishga qiziqasiz? Bu haqda ota-onangizga aytganmisiz?
Ota-onangizga oʻzingiz qiziqqan hunar haqida soʻzlab bering va ularning fikrini biling.
Siz yashayotgan hududda qaysi hunar turlari rivojlangan?
V Baholash
Dars davomida guruhlar yig’ib borgan ballari hisoblanib g’olib guruh aniqlanadi.
VI Uyga vazifa
O’quvchilarga “Men sevgan kasb” mavzusiga bayon yozish topshirig’I beriladi.