Просмотр содержимого документа
«Открытый урок для начальных классов»
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGIXorazm viloyati Urganch shahar31 -UMUMTA`LIM MAKTABI BOSHLANG`ICH TA`LIM FANI O’QITUVCHISI Qurbanova Dilrabo Jumaboyevnaning ONA TILI FANIDAN OCHIQ DARS
Ishlanmasi
FAN :Ona tili
Mavzu:Otlarda birlik va ko`plikni farqlash
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Ot so`z turkumi haqidagi bilimlarini mashqlar bajarish orqali mustahkamlash va bilim, ko`nikma, malakalar hosil qilish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarga etik, estetik, ekologik tarbiya berish, kasblar haqidagi tushunchasini musatahkamlash, hayvonlarga g`amxo`rlik qilishga o`rgatish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni chiroyli, xatosiz yozish malaka, ko`nikmalarini rivojlantirish;
Dars turi
Dars usuli
Dars uslubi
Ko`rgazmalilik.
Savol-javob
Yozma va og`zaki
Mustahkamlash
Dars jihozi:
Darslik, mavzuga oid rasmlar (qushlar, hayvonlar), tarqatma materiallar,
multimediyali ilova, slayd, kompyuter
I.TASHKILIY QISM
1.Salomlashish
2.Navbatchi axboroti tinglanadi.
3.Kun yangiliklari
4.Qish faslidagi muhim sanalar.
II. O`tgan mavzuni so`rash.
O`tilgan mavzu savol-javob yordamida mustahkamlanadi.
So`z turkumiga doir 237 – 238- mashqlar.
So'z turkumlarini sanab bering.
1-savol. Ot deb nimaga aytiladi?
2-savol. Ot gapda qanday vazifani bajaradi?
3-savol: Ot deb nimaga aytiladi,u qaysi so'roqlarga javob bo'ladi 4-savol:Ot gapda qanday vazifani bajaradi?
5-savol:Sifat deb nimaga aytiladi,u qaysi so'roqlarga javob bo'ladi 6-savol:Son deb nimaga aytiladi ,uqanday so'roqlarga javob bo'ladi?
YANGI MAVZU BAYONI:
Ko`plikdagi otlarning imlosi.
DARS REJASI:
Bilimlar sinovi
Lug’at ishi
Rasmli diktant
Chaynvord
Q O I D A
Otlar birlik shaklida (o`quvchi, bulbul) va ko`plik shaklida (o`quvchilar,bulbullar) qo`llanadi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so`rog`iga, ko`plikdagi otlar kimlar? yoki nimalar? So`rog`iga javob bo`ladi.
-lar qo`shimchasi birlikdagi otdan ko`plikdagi otni hosil qiladi.
KIM?(Duradgor) NIMA?(Shkaf) KIMLAR?(Duradgorlar)
Prezidentimizning yoshlarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta tashabbus haqidagi qarorlari amalda. Jami bolalar kitobga sportga, musiqaga oshno bo`lishi lozim
235-mashq
Rasmda tasvirlangan narsalar nomini ayting .Ulardan ko`plikdagi otlarni hosil qilib yozing.
Dutor dutorlar
Fil fillar
Piyola piyolalar
Yo`lbars yo`lbarslar
Og`zaki lug`at ishi
Ingliz tili faniga bog`langan lug`at ishi
O‘zbek tilida Ingliz tilida
tikuvchi dress maker
oshpaz cook
o`qituvchi teacher
nonvoy bread maker
RASMLI diktant
O`quvchilar qiyudagi rasmlardagi hayvonlar nomini yozishadi