.
Namangan viloyati
Norin tumani 44-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Ergashova
Dilnavozning oʻqish fanidan
"Yoz"mavzusida
tayyorlagan taqdimoti
Oʻqish
4-sinf
Yoz
Shukur Saʼdulla
Shukur Saʼdulla
Shukur Saʼdulla 1912-yil 15-yanvarda
Jizzax shahrida tugʻilgan.Shoir,nosir va
tarjimon ijod faoliyatini 1930-yillarda boshlagan.Uning "Hayqiriq", "Uch ayiq",
"Ayyor chumchuq", Dumsiz tulkilar",
"Shohista" va boshqa koʻplab turli
toʻplamlari bor.
Yoz
Keldi koʻklam kabi yoz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin oʻsdi yerlarda,
Bugʻdoy pishdi qirlarda.
Qip-qizardi olchalar,
Uzar yosh bolachalar.
Poliz toʻla bodring,
-Dehqon tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andak,
Soʻyib beray handalak.
Quyosh koʻkda nur sochar,
Yangi dunyolar ochar.
Oʻrik yetilib pishar,
Yerlarga toʻp-toʻp tushar.
Olma,anor,nok,bodom,
Toʻymaydi yeb hech odam.
Yoz boʻyi bizda har xil,
Meva pishar toʻqson xil.
LUG‘AT ISHI
Koʻklam-bahor
Andak-ozgina
Koʻkda-osmonda
Savollar
1.She'rda nimalar haqida gap boradi?
2.She'r sizda qanday taassurot qoldirdi?
3.She'rda qanday badiiy vositalar qoʻllanilgan?
4.She'r misralari oxiridagi ohangdosh-qofiyadosh soʻzlarni toping.
"Zanjir"oʻyini
Mevalar
.
Uyga vazifa
1.She'rni yod olish.
2.Yozda pishadigan mevalar rasmini chizish va ularning ta'rifini yozish.
3.Mevalar ishtirokida krossvord tuzish.
.
E'tiboringiz
uchun
rahmat!