kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Bir soatlik dars ishlanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bir soatlik dars ishlanma. Boshlang`ich sinflar uchun.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Bir soatlik dars ishlanma»






Ozbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi vazirligi


Namangan viloyat

xalq ta'limi boshqarmasi

Namangan tuman xalq ta'limi

bolimiga qarashli

3-sonli umumiy orta ta'lim maktabi boshlangich sinf oqituvchisi

kuchkarоva sоkinaning

matematika fanidan bir sоatlik






















Namangan tumani

Ushbu dars ishlanmasi Namangan tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 3-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Kuchkarоva Sоkina tomonidan tayyorlangan.





Muallif: Kuchkarоva Sоkina – Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.







Muharrir: M.Nasriddinоva - Namangan tuman xalq ta'limi bo'limi boshlang'ich ta'lim uslubchisi



Taqrizchi: M.Davlatоva - Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta'lim maktabining bоshlang’ich sinf o’qituvchisi







Mazkur dars ishlanmasi Namangan tuman 3-umumiy o’rta ta`lim maktabi bоshlang’ich sinflar uslubiy birlashmasining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan vilоyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin.


Fan: Matematika

4- Sinf

Mavzu: Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish.

(o’zaro teskari masala) 439-441- misol va masala.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga koordinata burchagi haqida ma’lumot berish. Geometrik shakllarni yuzini topish haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Harakatga doir masalalar yechish. Murakkab tenglamalar yechish malakalarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni kasbga yo’naltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zukkolik va topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini didaktik, mantiqiy o’yinlar orqali mustahkamlash, matematika faniga qiziqishlarini orttirish. Mustaqil firklash, jamoa bo’lib, do’stona ishlash, boshqalar fikrini hurmat qilishga o’rgatish.

TK1: Fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish.

TK2: Axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarning bir tiridan boshqa ko’rinishga o’tkaza olish.

TK4: Atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

FK1: O’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlarni hosil qila olish.

FK2: O’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga oid misol, masalalarni keltira olish, bajara olish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: Tushuntirish, aqliy hujum, musobaqa, mustaqil ish.

Dars jihoji: Darslik, tarqatmalar, didaktik materiallar, AKT, slayd.

1-bosqich

Tashkiliy qism

1.Salomlashish.

2.Davomatni aniqlash.

3.Darsga tayyorlanish.

4.Siyosiy daqiqa o’tkazish.

5.Guruhlarga bo’lish, nomlash.

7 daqiqa

2-bosqich

O’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash

1.O’tgan mavzuni takrorlash.

2.Savol-javob o’tkazish.

3.Uy vazifasini tekshirish.

437-masala, 438-misol.

10 daqiqa


3-bosqich

Yangi mavzu bayoni

1.Yangi mavzuni tushuntirish.

2.”O’ylab top” o’yini orqali 439-masalani og’zaki bajarish.

3. 440- masalani bajarish.

4. 441-masalani bajarish.

15 daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash

1.”Archani bezat” o’yinini o’tkazish.

2.Qorbobo yasash.

3. Mantiqiy boshqotirmani yechish.

8 daqiqa

5-bosqich

O’quvchilarni baholash

1.Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

2.G’olib guruhni aniqlash

3 daqiqa

6-bosqich

Uyga vazifa berish

Uyga vazifa berish.

1.Mavzuni o’rganish.

2. 442-misolni bajarish

2 daqiqa


Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashiladi.

O’qituvchi: Salom, aziz bolalarim,

Gul-u rayhon, lolalarim.

Qani tinglang so’zlarim,

Dono o’g’il- qizlarim.

Ona yurt egasi- siz,

Istiqlol ertasi – siz.

Bo’ling aqlu rasolar,

Ham bilimdon donolar.

O’quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz,

Ochilgan gul- lolamiz.

Ota – ona izmidan,

Ustozlarning so’zidan,

Bizlar aslo chiqmaymiz,

Darsga shay o’g’il – qizmiz.

O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir.

O’tib olsak sinovdan,

Bu hammaga yaxshidir.

Qani, ayting, bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Bugungi kun hisobin

Menga aytib beradi?

1-o’quvchi: Biz o’qiymiz hozirda

4-G sinfida.

A’lo o’qib, albatta,

Olim bo’lish niyatda.

2-o’quvchi: Biz 30 ta o’quvchimiz

13 tamiz gul- g’uncha.

17 ta pahlavon,

O’qiymiz kuch yetguncha.

1-o’quvchi: 2019-yilning oxiri bo’lgan – Dekabr oyining 19- kuniga ham yetib keldik.

2- o’quvchi: Biz o’rgangan bilimlarni o’zimizga shior bildik.

1-guruh: A’lochilar sinfi bu

Chakki emas ishimiz.

Biz sinfda to’planganmiz,

A’lodir o’qishimiz.

2-guruh: Biz sinfda anchamiz,

Lekin zo’r sinfchamiz.

Bo’sh kelmaymiz darslarda,

Biz “5” chimiz, “4” chimiz.

3-guruh: Qanot bog’lab parvozga,

Ergashamiz ustozga.

Sinfimiz gul bog’imiz,

Ko’p do’st-u o’rtog’imiz.

4-guruh: Maktabda doim

O’qiymiz a’lo.

Qiyin ishlardan

Qochmaymiz also.

5-guruh: Sport mashqlarin

qilmaymiz kanda.

Kuch bilan aql

Bo’lar sog’ tanda.

O’qituvchi:Bo’linibsiz guruhlarga

Asoslanib nimalarga?

Tanishtiring o’zingizni

Tinglayin bir so’zingizni.

Barcha: Dunyolarni egallab

Cho’qqilarga chiqdik biz.

Yurtboshimiz madadkor,

Qo’llar beshta tashabbus.

1-guruh: Musiqa chal, she’rlar yoz.

Sen hoxlasang rasm chiz.

Aktyor bo’lmoqchimisan,

Qo’llar beshta tashabbus.

-Ijodkorlar guruhimiz.

2-guruh: Sport bilan shug’ullan,

Boks, tennis, suvda suz.

Jismonan chiniqasan,

Qo’llar beshta tashabbus.

-Sportchilar guruhimiz.

3-guruh: Kompyuter asri bu,

Kerakli dasturlar tuz.

Xalqqa tegsin zo’r foydang,

Qo’llar beshta tashabbus.

-Dasturchilar guruhimiz.

4-guruh: Kitob nurdir, limning

Dengizida sho’ng’i, suz.

Boshqarasan dunyoni,

Qo’llar beshta tashabbus.

-Kitobxonlar guruhimiz.

5- guruh: Bizda hamma teng erur,

Teng huquqli o’g’il – qiz.

Bo’sh o’tirma, tik, pishir,

Qo’llar beshta tashabbus.

-Tadbirkorlar guruhimiz.

O’qituvchi: Barakalla, o’quvchilar.

Iqtidoringizga tasanno.

Sizlar hozirgi kunda yurtimizda bo’layotgan siyosiy voqealardan ham habardormisiz?

O’quvchilar siyosiy jarayonlar, yangiliklar haqida gapirib beradilar.

O’qituvchi: O’quvchilar, bugungi darsimiz davomida “O’z o’zini baholash” metodidan foydalanamiz. Dars davomida har bir bergan to’g’ri javoblaringiz uchun, mehnat darsida yasagan archa daraxtlaringizga rag’batlarni to’plab borasiz. Dars yakunida archa bezatishda foydalangan rag’batlaringizni jamlab, baholanasiz. Shunday ekan, ko’proq rag’bat olishga harakat qiling.

Qo’limda bor shunday kitob,

Ichin ochsang g’ij-g’ij hisob,

O’qisang gar, qilar hitob;

“Misolim ko’p, javobin top”.

Bilsangiz siz, ayting shut ob,

Ne atalur, ushbu kitob?

Barcha: Matemetika kitobi.

O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga?

Qani ayting-chi, menga?

1-guruh: Sizga, bizga, hammaga

Yoqar ushbu darsimiz.

Hisoblashni o’rgatgan,

Bizning zo’r ustozimiz.

2-guruh: Darsimiz riyoziyot

Hisob – kitob qilamiz.

Raqamlarning sirlarin

Puxta bilib olamiz.

3-guruh: Matematika kerak bizga,

A’lo o’qish va ishga.

Qo’shishni va ayirishni,

O’rgatadi u bizga.

4-guruh:Matematika fanini

O’rganmasak bo’lmaydi.

Hisob – kitobsiz turmush

Aniq – ravshan bo’lmaydi.

5- guruh: Qo’shamiz va olamiz,

Ko’paytirib, bo’lamiz.

Tez va to’g’ri hisoblab,

Ham chiroyli yozamiz.

O’qituvchi: Barakalla , o’qivchilar. Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqqsh kabidir. O’qib – o’rganishdan, izlanishdan hech qachon to’xtab qolmang. Sizlar matematika faniga hissa qo’shgan buyuk allomalarimizdan kimlarni bilasizlar?

O’quvchilar: Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Al - Farg’oniy

-Barakalla, o’quvchilar. Sizlarning orangizda ham buyuk matematiklar, astronomlar, hisobchilar o’tirgandir. Bilim olib, doimo o’z ustingizda ishlang.

O’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash.

Biz o’tgan darsimizda qaysi mavzuni o’tgan edik. Uyga qanday vazifa berilgan edi?

O’quvchi: Biz o’tgan darsimizda “Harakatga doir masalalar. Yuz o’lchov birliklarini takrorlash” mavzusini o’tganmiz. Uyga vazifa 437-masala, 438-misolni bajarib kelish.

Agar jismlar bir vaqtda bir-biriga qarab yura boshlasa, ular uchrashguncha bir xil vaqt harakatda bo’ladilar.

Masofani topish uchun harakat tezligini vaqtga ko’paytirish kerak bo’ladi.

Harakat tezligini topish uchun masofani vaqtga bo’lish kerak bo’ladi.

Harakat vaqtini topish uchun masofani tezlikka bo’lish kerak bo’ladi.

437-masala.

Agar samolyot 540 km/soat tezlik bilan uchsa, u 3 soatda qancha masofani bosib o’tadi?

Yechish: 540*3= 1620 km.

Samolyot 3 soatda 1620 km masofani bosib o’tadi.

438- misol.

39072:4:3=9768:3=3256

30960:9-2891=3440-2891=549

350647-36008*5=350647-180040=170607

120094*7-609304:4=840658-152326=688332

O’quvchilar navbat bilan doskaga chiqib masala va misollarni yechadilar. Qolgan o’quvchilar daftarlarini tekshirib oladilar.

O’quvchilarga o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun tarqatmali materiallar tarqatiladi. Testni javobini topib, aytadilar.

  1. 2 kv sm necha kv mm ga teng bo’ladi?

  1. 200 kv mm

  2. 10 kv mm

  3. 2000 kv mm

  1. 7 kv dm necha kv sm ga teng bo’ladi?

  1. 100 kv sm

  2. 700 kv sm

  3. 70 kv sm

  1. 11 kv m necha kv dm ga teng bo’ladi?

  1. 100 kv dm

  2. 110 kv dm

  3. 1100 kv dm

  1. 4 kv km necha kv m ga teng bo’ladi?

  1. 4 000 000 kv m

  2. 4 000 kv m

  3. 40 000 kv m

  1. 24 kv sm necha kv mm ga teng bo’ladi?

  1. 240 kv mm

  2. 24 000 kv mm

  3. 2400 kv mm

Yangi mavzu bayoni.

Mavzu: Koordinata burchagi. Uchrashma harakatga doir masalalarning yechilishi bilan tanishtirish (o’zaro teskari masala)

Biror narsaning joylashgan o’rnini aniq aytish uchun uning koordinata to’ridagi koordinatalari ko’rsatiladi. Koordinatalar to’ri quyidagicha chiziladi. 0 nuqta (koordinata boshi) tanlanadi va undan o’zaro perpendikular ikki OX hamda OY sonli nurlar o’tkaziladi. Bu nurlar “koordinata o’qlari” deb ataladi. Har qanday nuqtaning joylashish o’rni ikki koordinata bilan aniqlanadi: birinchi koordinata OX gorizontal o’q bo’yicha , ikkinchisi OY vertikal o’q bo’yicha.

Masalan, A nuqtaning birinchi koordinatasi 2, ikkinchi koordinatasi 4. Bu quyidagicha yoziladi: A(2;4)

K nuqta (3;0), M nuqta (0;6) , koordinatalar boshi 0 nuqta esa (0;0) koordinatalarga ega.

439-masalani ko’rgazma asosida og’zaki bajaradilar.

440-masala

  1. Bir qishloqdan bir vaqtda bir biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha ?

Yechish: (3 + 4) * 3 = 7 * 3=21

Javob : 21 km

  1. Oralaridagi masofa 21 km bo’lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir- biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Ular necha soatdan keyin uchrashdilar?

Yechish: 21 : (3+4) = 21 : 7 = 3

Javob : 3 soatdan so’ng uchrashadilar.

  1. Oralaridagi masofa 21 km bo’lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir- biriga qarab ikki piyoda yo’lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar. Piyodalardan birining tezligi 3 km/soat. Ikkinchisining tezligini aniqlang.

Yechish: 21 : 3 – 3 = 7 – 3 = 4

Javob : ikkinchi piyoda 4 km/soat tezlik bilan yurgan.

O’quvchilar qorbola shaklini hosil qiladilar. Qorbola qismlarga ajratilgan. Har bir qismida savollar yozilgan. O’quvchilar savollarga to’g’ri javob bersalar, qorbola shakli hosil bo’ladi.

1 .Nur nima?

2.Kesma nima?

3.Arifmetik amallarni sanang.

4. Tenglama deb nimaga aytiladi?

5.Noma’lum masofani qanday topiladi?

6.Harakat tezligini qanday topiladi?

7. Uchburchak turlarini sanang.

8. Kvadrat deb nimaga aytiladi?

441- masala

Tomonlari 6 dm va 4 dm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak hamda tomoni 5 dm bo’lgan kvadratning perimetri va yuzini hisoblang. Bu shakllarning perimetrlarini, so’ngra yuzlarini taqqoslang.

Yechish:1) P = ( 6 + 4 ) * 2 = 10 * 2 = 20 dm

S = 6 * 4 = 24 kv dm

2) P = 5 * 4 = 20 dm

S = 5 * 5 = 25 kv sm

  1. 20 dm = 20 dm

  2. 24 kv dm

Y angi mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilar bilan archa o’yinchog’ini bezatish.

Archa o’yinchoqlarida misollar yozilgan. O’quvchilar doskaga chiqib, misollarni yechadilar. To’g’ri ishlagan o’quvchi o’yinchoqni archaga ilishi mumkin bo’ladi.

  1. 50 – 4 * x = 14

  2. 700 kv sm = … kv dm

  3. 31205 * 3 =

  4. 74196 : 4 =

  5. 36 kg 257 gr * 6 =

Har bir guruhdan bittadan o’quvchi doskada misollarni ishlagunga qadar, qolgan o’quvchilarga mantiqiy boshqotirmalar beriladi, guruhlarda ishlaydilar.

Guruhlarda ishlangan boshqotirmalar tekshiriladi.

Doskada bajarilgan misollar tekshiriladi.

O’quvchilarni baholash.

Dars davomida o’quvchilarni to’plagan rag’batlari sanab, faol qatnashganlar baholanadi. Hamma o’quvchilarni jamlab, guruhlarning to’plagan rag’batlari hisoblanib, g’olib bo’lgan guruh aniqlanadi.

Uyga vazifa berish.

O’quvchilarga 442- misolni uyda bajarib kelish vazifa qilib beriladi.

Mavzuni takrorlab, mustahkamlash topshiriladi.

Darsni yakunlash.


E’tiboringiz uchun katta RAHMAT !!!


















Fоydalanilgan adabiyotlar:

1. «Bоshlang’ich ta`lim» o’quv qo’llanmasi

2. «Bоshlang’ich ta`lim» jurnali

3. 4-sinf matematika fani metоdik qo’llanma

4. 4-sinf matematika fani darsligi

5. Ish tajribasidan





























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Bir soatlik dars ishlanma

Автор: Kuchkarova Sokina

Дата: 14.04.2020

Номер свидетельства: 546590

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(36) ",,Ayamajiz"mavzusidagi dars ishlanma"
    ["seo_title"] => string(34) "ayamajiz_mavzusidagi_dars_ishlanma"
    ["file_id"] => string(6) "545992"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1586488438"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(35) "Namunaviy bir soatlik dars ishlanma"
    ["seo_title"] => string(35) "namunaviy_bir_soatlik_dars_ishlanma"
    ["file_id"] => string(6) "553738"
    ["category_seo"] => string(15) "angliiskiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1592668706"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(60) ""Boburning fazilatlari" mavzusida bir soatlik dars tavsiyasi"
    ["seo_title"] => string(58) "boburning_fazilatlari_mavzusida_bir_soatlik_dars_tavsiyasi"
    ["file_id"] => string(6) "584177"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1624846310"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(128) "Yuz ichida sonlarni xonadan õtib qõshish mavzusida bir soatlik ochiq dars ishlanmasiUmumta'lim maktablarining 2-sinflari uchun"
    ["seo_title"] => string(80) "yuz_ichida_sonlarni_xonadan_otib_qoshish_mavzusida_bir_soatlik_ochiq_dars_ishlan"
    ["file_id"] => string(6) "597688"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "testi"
    ["date"] => string(10) "1642139234"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(50) "9- sinf Genetika fanidan bir soatlik dars ishlanma"
    ["seo_title"] => string(49) "9_sinf_genetika_fanidan_bir_soatlik_dars_ishlanma"
    ["file_id"] => string(6) "546009"
    ["category_seo"] => string(9) "biologiya"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1586503242"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства