kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

,,Ayamajiz"mavzusidagi dars ishlanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

,,Ayamajiz"mavzusidagi bir soatlik dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«,,Ayamajiz"mavzusidagi dars ishlanma»


MAVZU: AYAMAJIZ. (QUDRAT HIKMAT)


Maqsad:

Darsning maqsadi: ta`limiy: D TS talablari asosida dars o`tish. Qudrat Hikmatning “Qor” sheri orqali qishning o`ziga xos tomonlatini ochib berish, asarining mazmun mohiyatini yoritib berish. O`quvchilarni do`stlik inoqlikda gap ko`pligi haqidagi tushunchalarini boyitish.Ifodali , ravon , tushunib o`qish sifatlarini shakllantirish. F.k.1 rivoyat, hikoya, ertak, latifalar, maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni,

ixcham audio va video materiallarini tinglab tushuna oladi; ularni tushunib ongli, to‘g‘ri (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi;

Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, birdamlik. Jamoada o`zaro do`stona munosabat kabi sifatlarni tarbiyalash. T.k.3. o‘z xatti-harakatini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera olish.

Rivojlantiruvchi: Bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish. F.k.2. matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini hamda gaplarni tushuna oladi


Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.


Darsning metodi : Aralash, ko'rgazmali.

Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, klaster usulidagi topshiriqlar AKT jihozlari, tarqatmali savollar.



DARSNING TEXNALOGIK XARITASI

1.Tashkiliy qism: 7 daqiqa

2.O’tilgan mavzuni takrorlash: 7 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa

4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 6 daqiqa

5.Baholash: 3 daqiqa

6.Uyga vazifa: 1 daqiqa











Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism :

A)Salomlashish ,

B)davomatni aniqlash,

-Qani ayting o’quvchilar

Kim navbatchi bo’ladi

Bugungi kun hisobi

Menga aytib beradi

-Menman darsda navbatchi

Ustozimga yordamchi

Barcha ishda ildamman

Hamisha sog’ bardamman


-Bugun 2019-yil 18-dekabr. Haftaning 3-o’qish kuni Chorshanba. 3-B sinfimizda 26 nafar o’quvchilarning barchasi darsda qatnashyapti.


D)o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.


E)ma’naviyat daqiqasi

-Salom o’g’il, qizlari

Ko’kdagi yulduzlarim

-Salom ustoz muallim

Berguvchi bizga ta’lim

-Yashang aziz bolalar

Bo’g’dagi gul lolalar

Qalay sog’-omonmisiz

Saboqqa tayyormisiz?

-Bizlar darsga tayyormiz

Ustoz sizga dastyormiz

Bilim olish burchimiz

Bunga yetar kuchimiz

-Hozirgi savollarim

Vatan haqida bo’lar

Kim faol qatnashsa gar

Bahoning zo’rini olar

-So’rang Vatan haqida

Dildan jo’shib so’zlaylik

Ilm tog’ining eng baland

Cho’qqilarin ko’zlaylik

-Demak birinchi savol

Diqqat bilan quloq sol

Vatan o’zi ayt nima?

Buni bilarmi hamma

-Vatan onajon diyor

Biz tug’ilgan chamanzor

Nomi dunyoga doston

Betakror O’zbekiston

-Yashang aziz bolalar

Bilimdon gul lolalar

Javobingiz ho’p a’lo

Dildan deyman tasanno

Lekin bor bir muammo

Yechay uni qay dono?

Mustaqillik ne demak?

Ne demakdir Istiqlol

Buni bilmog’ing kerak

Ma’nosini dilga sol

-O’z yurtim yer samosi

Shaxri gulshan ma’vosi

Tongda esgan sabosi

Tog’i-bog’i daryosi

Endi o’z mol-u mulkim

O’z qo’limda o’z erkim

-Rahmat ta’rif zo’r bo’ldi

Sizlardan ko’nglim to’ldi

Bor yana bitta savol

Javob beringiz darhol

«Vatandosh» kimdir bizga

Siz kabi o’g’il qizga

-Kindik qoni to’kilib

Yurtimda kim tug’ilsa

Vatanni sevib yasha

Halol pok mehnat qilsa

U Vatandoshdir menga

Qavmu- qarindoshdir menga

-Yashang bolalar rahmat

Sizdan hursandman albat

Seving yurtni yurtdoshni

Aziz bilib qandoshni

Madh eting hur vatanni

Tengi yo’q bu chamanni

Bugungi darsimizga Yangi yilning asosiy qahramonlari bo’lgan Qorbobo, Qorqiz va Qorparcha o’zlarining savollarini yo’llaganlar.












Dars jarayonida mazkur savollarga to’g’ri javob bersak, ularni yangi yil sovg’alariga ega bo’lamiz. Dars davomida ikkala guruh rag’bat kartochkasini yig’adilar va mana shu rag’bat kartochkasi orqali o’z archalarini bezatadilar. Dars yakunida qaysi guruhning archasiga ko’p o’yinchoq(rag’bat kartochkalari) ilingan bo’lsa shu guruh g’olib hisoblanadi.

1-Guruh: Quyoshcha 2-Guruh Yulduzcha










Qorboboning savoli:

5 tashabbus haqida ma’lumot bering?






























Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus!

1-Yoshlarning musiqa,rassomchilik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

2-Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.

3-Axoli va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari tashkil etishga qaratilgan.

4- Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarini tashkil etish.

5-Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Barakalla bolajonlar.

Mana ma’naviyat daqiqasini ham o’tkazib oldik. Endi darsimizning asosiy qismiga o’tamiz

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash:

O’tgan darsda «Qorparcha» mavzusi bilan tanishganmiz. Qorparcha o’zi haqidagi savollarni bizga yo’llabdi.

1.Qorparcha matnining muallifi kim?

2.Qorparcha nega yoz faslini ko’rishni orzu qildi?

3.Qorparchaning orzusi qanday amalga oshdi?

O’quvchilar savollarga javob berib rag’bat kartochkalarini qo’lga kiritadilar.

III. Yangi mavzuning bayoni:

Qorboboning savollariga javob bersak, savolning javoblarini bosh harflaridan yangi mavzuyimizning nomi kelib chiqadi.

  1. Eng yoqimli kuy

  2. Butun dunyo xalqlari nishonlaydigan bayram

  3. Yigit so’zidan, nima izidan qaytmaydi

  4. Davlat ramzlaridan biri

  5. Mashina ishlab chiqariladigan viloyat

  6. Qushning nomi

  7. Eng yomon baho

  8. Oq qora yo’li bor hayvon



A Y A M A J I Z




















Muallif hayot va ijodi haqida qisqacha

ma`lumot

XX asr o‘zbek bolalar adabiyotiyushg taraqqiy Munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri shoir Qudrat Hikmatdir. U 1925 yili Toshkentning qadimgi mahallalaridan biri Sebzorda tavallud topadi Onasi Muborak aya erta qazo etadi

(1934). Uning otasi oddiy

dehqonchilik, hunarmandchilik bilan

shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib,uni 1944 yilda tugatadi.

Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy, Opbek kabi ustozlar  mehribonlik  ko‘rsatishadi.  U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik, Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.

Ayamajiz. (Qudrat Hikmat)

Biyday cho’l – u dalalar,

Bo’ralar qor kapalak.

Bog’lar sokin, mizg’ishar

Misoli oq kapalak,

Muz oynalar sovuq yeb,

Anhorchada qirsillar.

Tarnovlarda sumalak

Shodalarichirssillar.

Saxiy ona tabiat

Quchog’ida havo sol

Onda – sonda ko’rinar

Nursiz, qizg’ish oftob,

Ayamajiz izg’iydi

Ko’chalarda tutaqib.

Shox – shabbani tortqilar

Yalmog’izdek yutoqib…

Ko’k maysalar nish urib,

Yerning baland – pastida,

Go’zalbahor serkillab

Yetilar yer ostida.

She’rni o’qib mazmunini tushuintirib beraman

Darslik bilan ishlash: She’rni ifodali o‘qish musobaqasi o‘tkaziladi. Darslikda berilgan savollarga javob beriladi. – Siz yana qanday qish haqidagi qo‘shiqlarini bilasiz? O‘quvchilar javobi tinglanib, to‘ldiriladi va tarbiyaviy xulosa chiqariladi.

Lug’at ishi:

Ayamajiz-izg’irin sovuq;

Biyday-kimsasiz

Mizg’ib-uyqusirab








Dam olish daqiqasi:

Qatorlar qish haqida qo’shiq eshitib, koptokni bir-biriga uzatadilar. Qo’shiq tugatilganda koptok qaysi qatorda qolsa, shu guruh g’olib hisoblanadi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Uchinchi to’rtlikda nima deyilgan?

2.Ayamajizda tabiatda qanday hodisalar ro’y beradi?

V. Baholash. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa.“Misoli oq kapalak”misralarining ma’nosini tushuntirib berish va she’rni yod olish.







Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
,,Ayamajiz"mavzusidagi dars ishlanma

Автор: Parpiboyeva Zulayho Raximjon qizi

Дата: 10.04.2020

Номер свидетельства: 545992


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства