Просмотр содержимого документа
«Dars ishlanma 8 sinflar uchun»
Uchqo’rg’on tumani
43- sonli DIUMning Ona tili va adabiyot fani
o'qituvchisi JAMBULOVA NAIMAXONning
Adabiyot fanidan 8-sinflar uchun
"Muhammad Yusuf hayoti va ijodi"
mavzusidagi 25 o'quvchiga
mo'ljallangan 1 soatlik dars ishlanmasi
ANNOTATSIYA.
Mazkur “Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” dars ishlanma 8-sinf uchun mo’jallangan bo’lib,ushbu dars ishlanma orqali ta’limiy o’yinlar va AKTdan foydalanib ,o’quvchilar ongida shoir hayotini gavdalantirib,ijodi namunalarini og’zaki aytilishini o’rgatish shoirning siyrati-yu,suratini o’quvchi ongida jonli shakllantirishda yordam beradi.
Mavzu:MuhammadYusufhayotivaijodi
Darsmaqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yangi mavzu haqida DTS talablariga ko’ra ma'lumot berish, shoir ijodiga qiziqish uyg‘otish. TK-1 kompetensiyasini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Vatanga sodiqfarzand bo’lib o’sishi u.n insonparlik tuyg’ularini muhammad Yusuf she’rlari orqali singdirish. TK-4 kompetensiyasini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar og’zaki va yozma nutqini,o’ylash va yod olish qobiliyatini shakllantirish . FK-1 kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilimlar beruvchi va mustahkamlovchi
Dars jihozi: mavzuga doir slaydlar, 8-sinf “Adabiyot” darsligi, qog’oz, test materiallari,doska, ovoz kuchaytirgich.
Texnik vositalar: slaydlar, kompyuter, videoproyektor, ekran
Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar: she‘r, badiiy obraz,lirik qahramon,timsol,peyzaj,
Darsning bosqichlari, foydalaniladigan usul va vaqt taqsimoti:
№
Darsning bosqichlari
Vaqt
Metodlar
1
Darsni tashkil qilish
5
2
Faollashtiruvchi savollar yordamida o'tilganlarni takrorlash
10
Aqliy hujum,blits savollar
3
Yangi mavzu bayoni
10
Og’zaki bayon qilish,
4
Mustahkamlash
15
Kichik guruhlarda ishlash
5
Uyga vazifa va baholarni e'lon qilish
5
Darsning borishi
Tashkiliy qismda 1.Salomlashib,sinf ozodaligi tekshiriladi
2.Navbatchi axboroti
3.O’tgan mavzuni takrorlash.
O’tgan mavzuni takrorlashda o’quvchilar bilan savol javob metodi orqali blits savollar beriladi.savollarga to’liq javob olinib o’quvchilarning darsni qanday o’zlashtirganligi aniqlanadi.O’quvchilarning fikrlash doirasi va bilim darajasi va yangi mavzuga tayyorgarligi aniqlanadi.
Yangi mavzu bayoni
Muhammad Yusuf 1954 yil andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogida tugilgan.1971 yilda orta maktabni tugatgach,Respublika rus tili va adabiyoti institutiga oqishga kiradi.Adibda adabiyotga qiziqish kuchli boladi.Ilk ijodiy faoliyati 1980 yildan boshlangan, turli nashryotlarda ishlaydi.Ilk sheriy toplami “tanish teraklar” nomi biulan chiqadi .bu kitob 1985-yilda chop etiladi.1989-yilda “uyqudagi qiz”kitobi uchun Respublika Yoshlar mukofoti beriladi.1997-yildan umrining so’nggi kunlariga qadar Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritadi.Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga fidoyi xizmatlari uchun “Do’stlik”,”O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga sazovar bo’ladi.
RAQAMLAR GAPLAGANDA
YILLAR
SHERIY TO’PLAMLARI NOMLARI
1987—YIL
Bulbulga bir gapim bor
1988-YIL
Iltijo
1989-YIL
Uyqudagi qiz
1989-YIL
Halima enam allalari
1990-YIL
Ishq kemasi
Dostonlari “qora quyosh”,”osmonning oxiri”kabi dostonlar yozadi.Adibning yana “vatan”,”xalq bo’l elim”,”Iqror”,”tilak”,”mehr qolur”,”biz baxtli bo’lamiz”,”surat “kabi bir qancha she’rlari dilga yaqin,juda sodda yozilgan.Xalqning ko’nglini topa bilgan shoirning haysiki qo’shig’I kuyga solinib aytilsa o’sha kuy xalqning ko’nglida mangu muhrlanadi.Jumladan:
SHoir mana shunday bir buyuk ijod qoldirdi.Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etdi.Shoir ruhi va yodi yuraklarda mangu barhayot qoladi.
Mustahkamlash
B.B.B metodidan foydalanib o’quvchi darsni qanday o’zlashtirdi va yana qanday ma’lumotlarga qiziqishi aniqlab olinadi.Muhammad Yusuf she’rlari va video rolklari AKTdan foydalanib qo’yib beriladi.
Uyga vazifa
Adibning she’rlaridan yod olish va hayoti haqida internet ma’lumotlar topib kelish.
Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga a’lo baho qo’yiladi