kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq urug'lilar.Archa. mavzusida 6- sinflar uchun biologiya fanidan dars ishlanmasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ochiq urug'lilar bo'limi.Archa.   mavzusidagi  6-  sinflar uchun  dars  ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq urug'lilar.Archa. mavzusida 6- sinflar uchun biologiya fanidan dars ishlanmasi»

14.03.2020 yil 6- “A” sinf

Mavzu : Ochiq urug’lilar bo’limi . Archa

Dars maqsadi : Ochiq urug’li o’simliklarning o’ziga xos tuzilishi va xilma – xilligini o’rganish

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga ochiq urug’li o’simliklar tuzilishi haqida , ularning yuksak sporali o’simliklardan farqi va tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati haqida ilmiy ma’lumotlarni berish

Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda ekologik , estetik va gigiyenik madaniyatni shakllantirish.Tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishga yo’naltirish

Rivojlantiruvchi maqsad : Diqqatni jamlash , yangi ma’lumotlatni qabul qilish , xulosalashga , qo’’lanilayotgan metodlarga tez adaptasiyalanishga va faol ishtirok etishga o’rgatish

Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar :

Changchi va urug’chi qubbalar, tuxum hujayra ,arxegoniy , anteridiy,ochiq urug’lilarning vakillari

Dars tipi : kombinasiyalashgan

Dars usullari :

Dars jihojlari : sinf doskasi , proeksion ekran, noutbuk, didaktik topshiriqli instruktiv tarqatmalar , archa va qarag’ayning bargli novdasini tabiiy namunalari,gerbariy

Darsning texnologik taqsimlanishi

Tashkiliy qism

3

Uyga vazifani so’rash

12

Yangi dars bayoni

15

Mustahkamlash

12

Darsni yakunlash

3



Darsning borishi

1.Tashkiliy qism.O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi hisobotini tinglash va davomadni aniqlash

Ma’naviyat daqiqasi - Kitob o’qish, ilm olish haqida gapirish. Yurtboshimiz fikrlarini keltirish.

Kitobsiz taraqqiyotga , yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.”

SH. Mirziyoyev

! Fanlararo intergrasiyaga asoslangan (matematika, ona tili ) polga geometric shakl chiziladi , misol ishlanib – javobga mos biologic ma’lumot .biologik rasm chizilgan shaklda ona tilidan fanga oid maqol yoki ibora aytish sharti

Kitobsiz taraqqiyotga , yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi.”

SH. Mirziyoyev

2.Uyga vazifani so’rash :

a) Refleksiya “Men bilganni takrorlama ! “ Bunda o’quvchilar yo’sinlar , qirqbo’g’imlar va qirqquloqlar mavzusida o’rgangan ma’lumotlarni bir-birini takrorlamagan holda aytishlari lozim

в) Perfokartali test o’tilgan mavzu o’quvchilarni bilimlarini tekshirish va tezkor usulda tekshirish

1. Yer yuzida qirqquloqlarning qancha turi bor ?

A) 5000 B) 7000 S) 9000 D) 10000 E) 12000

2.Qirqquloqlarning sporalari yetiladigan qo’ng’ir rangli bo’rtmalari qanday ataladi ?

A) zigota B) arxegoniy S) anterediy D) sorus E) sporangiy

3.Qirqquloqlarning qaysi organlari orqali vegetativ ko’payadi ?

A) ildizpoyalar B) piyozboshdan S) tugunakdan D) ildizdan E) bargdan

4. Zuxrasoch barglari turini belgilang

A) oddiy barg B) murakkab barg S) juft patsimon barg

D) 2-3 karra patsimon barg E) toq patsimon barg

5. Qirqquloqlarning yashil, yuoqa va yuraksimon o’simtasining kattaligi qancha?

A) 0.5 sm B) 1 sm S) 1.5 sm D) 2 sm E) 3 sm

6.O’zbekistonda qirqquloqlarga mansub bir yillik ildizsiz o’simlikni aniqlang

A) zuxrasoch B) kakku zig’iri S) qirqquloq D) suv qirqqulog’I E) barchasi

7.Qirqquyloqlarning urug’langan tuxum hujayrasidan nima hosil bo’ladi ?

A) endosperm B) murtak S) zigota D) sporofit E) sporofill

s)”To’xtab qolma !“ tezkor savol-javoblar

1- o’quvchiga savollar

  1. Suvo’tlar tanasi qanday ataladi ? - tallom

  2. Tanasi ipsimon , zanjirsimon hujayralardan iborat tallomdan iborat yashil suvo’ti - ulotriks

  3. Yo’sinlarni o’rganadigan bo’lim – briologiya

  4. Xara tallomining uzunligi - 30-60 sm

  5. Qizil suvo’tining nomi ? – fillofora

  6. Funariyani bo’yi qancha ? – 1-3 sm

  7. O’zbekistonda qirqbo’g’imlsrni qancha turi bor ? – 2 turi

  8. Zuxrasochni hayotiy shakli ? – ko’p yillik o’t

2- o’quvchiga savollar

  1. Iflos va azotli birikmalarga boy suvlarda o’suvchi bir hujayrali suvo’ti ? - xlamidomonada

  2. Xromatofori belbog’simon bo’lgan suvo’ti - ulotriks

  3. Suvo’tlarni o’rganadigan bo’lim – allogiya

  4. Kladofora tallomining uzunligi - 1 m

  5. Qizil suvo’tining qanday modda olinadi ? – agar-agar

  6. Yapon laminariyasini bo’yi qancha ? – 6-12 m

  7. O’zbekistonda yo’sinlarni qancha turi bor ? – 20 000

  8. Suv qiqqulog’ini hayotiy shakli ? – bir yillik o’t

3- o’quvchiga savollar

  1. Suvo’tlarning qancha turi bor ? - 30 000

  2. Zoosporalar hosil qiluvchi suvo’ti - ulotriks

  3. Lishayniklarni o’rganadigan bo’lim – lixenologiya

  4. Yirik silindrsimon hujayrali suvo’ti - spirogira

  5. Yosinlarni urg’ochilik a’zosi qanday ataladi ? – arxegoniy

  6. Yapon laminariyasi tallomini pastki qismi qanday shaklda ? – novsimon

  7. Funariya barglari poyada qanday joylashgan? – ketma-ket

  8. Dala qirqbo’g’imi sporangiylari soni ? – 6-8 ta



3.Yangi dars bayoni

Yer yuzida ochiq urug’li o’simliklarning 700 ga turi borligi aniqlangan.

Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug’laridan ko’payadi. Ochiq urug’li o’simliklarning urug’lari gulli o’simliklarnikiga o’xshash meva ichida yoipiq holda emas , balki qubbalarining tangachalarida ochiq holda yetishadi . Ochiq urug’li o’simliklarga misol qilib archa, saur,qarag’ay,qoraqarag’ay ,sekvoyadendron kabi o’simliklarni keltirish mumkin.

Archalar bo’yi 20 m gacha yetadigan , doimo yashil daraxtlardir. Tog’larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi.

Archalarning barglari juda mayda , yashil rangli , tangachasimon yoki ignasimon.

Zarafshon archasi ikki uyli o’simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo’lib , ularda juda ko’p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0.5 -1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo’ladi.Bu qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbaning tangachalarida urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi.

Urug’kurtakka tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o’sib chang nayini hosil qiladi. Generativ hujayradan hosil bo’ladigan hosil bo’ladigan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayradan murtak , urug’kurtakdan urug’ rivojlanadi.

Urug’lanishdan so’ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar texda o’sadi , yo’g’onlashadi va o’zlartidan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan qo’shiliob, qubbani o’rab turuvchi etdor , yumshoq po’stga aylanadi.

Archaning urug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.

O’rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi O’zbekiston tog’larida o’sadi (Zarafshon archasi ,Turkiston archasi va Saur archa ) . Bundan tashqari, shahar ko’chalarida , manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika.

Manzarali o’simlik sifatida yana Sharq sauri ham ekiladi. U tana va bargaining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi, lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis ochilishi bilan archalardan farq qiladi.

Qarag’ay turkumi qarag’aydoshlar oilasiga mansub bo’lib,yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o’sadi. Ular , asosan Shimoliy Yarimsharlarda tarqalgan. Yevropa, Osiyo va Amerikada katta- katta maydonlarda qarag’ay o’rmonlari mavjud.

O’zbekistonda qarag’aylar tabiiy holda o’smaydi. Ularning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog’ochbop o’simlik sifatida ekib o’stiriladi. Oddiy qarag’ay bir uyli yorug’sevar , doimo yashil daraxt. Ochiq joylarda o’sgan tuplari juda ham sershox va salobatli bo’ladi. Barglari novdalarda 2 tadan bo’lib o’rnashgan , uzunligi 5-7 sm , och yashil rangli. Oddiy qarag’ay urug’idan yaxshi o’sadi.

Changchili qubbalar bahor oylarida yosh novdalarning pastki qismida hosil bo’ladi. Qubbalarning o’rtasidan o’tadigan o’qdabn

4. Mavzuni mustahkamlovchi topshiriqlar

1. Jadvallar bilan ishlash archa, qarag’ay va qoraqarag’ayni qiyosiy taqqoslash

O’simlikka xos belgilar

Qarag’ay

Archa

Qoraqarag’ay

Yorug’likka talabi

Yorug’sevar

Soyaga chidamli

Yorug’sevar

Novdada barglarni

joylashuvi

Bo’g’imlarda 2 tadan,qattiq,o’tkir ninabarglar


1 tadan yakka ,kalta , o’tkir,tangachasimon yoki ninasimon

Bo’g’imlarda to’p-to’p bo’lib,yumshoq ninachabarglar

Ninabarglarining uzunligi

4-7 sm


2-5 sm

1.5-3 sm

Qubbalarining shakli va uzunligi

4-8 sm , kalta , enli

0.5-1 sm tangasimon

4-5 sm,yumaloq

2. Pisa topshirig’I : muammoli mantiqiy fikrlovchi topshiriq

Nima uchun baland tog’ni ustidagi archa va tog’ yonbag;ridagi archalar bir turga mansub bo’lsada turlicha shaklda o’sadi ?



JAVOB : Tog’larning 3500-4500 m balandlikda sovuq va doimiy shamollar tufayli archalar past bo’yli va yer bag’irlab o’sadi . Ularning bo’yi 0.5-1 m



Tog’ yonbag’irlardagi archa sovuq va shamollardan himoyalangani uchun baland bo’yli va ko’rkam o’sadi

3.”QULF – KALIT “ didaktik o’yini

Mavzular bo’yicha qulflardagi savollarga javob topganlarga kalitlar topshiriladi

  1. O’rta Osiyoda archaning nechta turi o’sadi ? - 7 ta yovvoyi turi

  2. Virgin archasining Vatani ? – Shimoliy Amerika

  3. Yer yuzida qarag’aylarni qancha turi bor ? – 100 ga yaqin

  4. Archa qubbalari urug’langandan so’ng qancha muddatda yetiladi ?-2-3

  5. Qarag’aydan qanday maqsadlarda foydalaniladi ?

  6. 5 yoshli archaning bo’yi qancha bo’ladi ?

  7. Archalar necha yil yashaydi ? – 1000 yil, undan ham ko’p

  8. Qarag’ay qancha umr ko’radi ? – 200-400 yil

  9. Yurtimizdagi archazorlar muhofaza qilinadigan qo’riqxonalar nomi ?- Chotqol-Ugom, Zomin

4. Guruhlarning rag’batlari va o’quvchilarning individual bahosi jamlanadi.faol ishtirok etgan o’quvchi aniqlanadi.Baholar e’lon qilinadi.

5.Uyga vazifa : 45-& ni o’qib kelish,92- rasmni chizish


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq urug'lilar.Archa. mavzusida 6- sinflar uchun biologiya fanidan dars ishlanmasi

Автор: Otamurodova Dilbar Eshkulovna.

Дата: 05.04.2020

Номер свидетельства: 545507


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства