kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Faoliyat-jarayon otlari mavzusida 6 sinflar uchun dars ishlanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ona tili fanidan 6 sinflar uchun dars ishlama

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Faoliyat-jarayon otlari mavzusida 6 sinflar uchun dars ishlanma»



Mavzu: Faoliyat-jarayon otlari

Talimiy maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida bilim berish, mavzuni keng yoritib tushuntirish;

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ularni bilimdon, zukko hamda hozir javob qilib tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularning dunyo qarashlarini kengaytirish;

Tayanch va fanga oid kompetensiyalardan:

Milliy va umummadaniy kompetensiya: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibaqtli hamda umuminsoniy va milliy qadryatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, madaniy qoidalarga amal qilish layoqatini shakllantirish;

Dars turi: yangi bilim beruvchi;

Dars usuli va foydalaniladigan metodlar: aralash, “Muzyorar”, Aqliy hujum, savol-javob,ko’rgazmali;

Dars jixozi: ko’rgazma,tarqatmalar, buklet, rasmlar, kompyuter, darslik

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism: a) salomlashish

b) axborot

c) siyosiy daqiqa

( O’qituvchi salomlashib, davomatni aniqlab, o’quvchilarni darsga tayyorlaydi).

(“Muzyorar” metodi qo’llanadi).

Dunyodagi eng mitti qushning nomini toping?

Siyosiy daqiqa: O’quvchilar mana biz yaqinda so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomini nishonladik. Alisher Navoiy o’zbek tilining boy ekanligini, uning jozibasi va ohangini butun dunyoga tarannum etgan. Shuningdek, ”Mahbub ul-qulub” (Ko’ngillarni sevgani), ”Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) nomli asarlari odob-axloq masalalariga bag’ishlangan. Bu asarlarida eng ezgu fazilatlar: iymon, insof, diyonat, yaxshilik, saxovat, millat g’ururi, bilim olishga bo’lgan intilish hamda yomon illatlardan: yolg’onchilik, aldov, o’g’rilik, birovning mulkini o’zlashtirish kabilar haqida bayon etiladi.

(Kompyuter orqali allomalar rasmlari ko’rsatiladi)





Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida quyidagi hikmatli so’zlarni keltirgan:

“ Vafo sizda hayo yo’q, hayo sizda vafo yo’q”.

“ Chin so’z mo’tabar. Yaxshi so’z muxtasar”.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

(O’tilgan darsda “ O’rin-joy otlari” mavzularini o’tilgan bo’lib, tarqatmali savollar asosida takrorlanadi).

1.O’rin-joy otlari deb nimaga aytiladi?

2.O’rin-joy otlarini qanday ma’no turlariga ajratish mumkin?

3.Qaysi qo’shimchalar yordamida o’rin-joy otlari hosil qilinadi?

4.O’rin-joy otlariga misollar keltiring.

5.Qishloqqa yangi maishiy hizmat ko’rsatish shahobchasi qurildi. Ushbu gapdagi o’rin-joy otini toping.

6.Narsa otlariga misol keltiring.

7.Atoqli otlar qatnashgan gaptuzing.

III.Yangi mavzu bayoni.

O’qituvchi ma’ruzasi:

-Shaxs narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.

-Faoliyat-jarayon otlari –lik, -chilik, (-i)m, garchilik,- (i)k, -q qo’shimchalari yordamida yasaladi: ezmachilik,g’allachilik, serobgarchilik, terim, ustachilik va hokazo.

Topshiriq. Berilgan otlarni shaxs, narsa va o’rinn-joy otlariga qiyoslang, ular o’rtasidagi farqlarni aniqlang.

Chorvachilik, chopiq, loygarchilik, terim, ko’rik.

( Undan so’ng sxema asosida mavzu yana tushuntiriladi).

321-mashq

1.O’rindiqning bir chekkasida o’tirgan ayol unga mehribonlik bilan tikilib turardi. 2. Dadam kunduzi g’o’zani chopiq qilib juda charchagan ekan, sira uyg’onmadi. 3. Ta’tilda o’qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo’ldi. 4. Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. 5.Yoshlikdagi gunohlari uchun yangamdan kechirim so’ramoqchilar. 6. Otaqo’zi bo’lajak kuyovining bachkana qiliqlariga bir g’ijinib qo’ydi.

( Ushbu gaplardagi faoliyat jarayon nomini bildirgan otlarni topib tagiga chiziladi, yozuv taxtasidan foydalaniladi).

( Dam olish daqiqasi o’tkaziladi, sinfdagi she’r yoki hikoya yozuvchi o’quvchilarning ijodlaridan namuna eshitiladi, undan keyin 322-mashqni bajariladi).

Gapni o’qing. Faoliyat-jarayonni bildiruvchi otlarni toping, ma’nosini izohlang.

1.Bilim kishilarning ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi. 2. Yoshlik qaytib kelmaydi. 3.Bu dunyoda uning qo’lidan kelmaydigan ish yo’q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik- hammasini eplaydi. 4. Ancha ovvoragarchilik bilan bir mashina paxta olib qaytdik. 5. Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig’I bo’lgan ekan. 6. Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni xushlamaydi. 7. Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun sinfni 2 guruhga bo’linadi. 1- guruh “ Navro’z”, 2- guruh esa “ Bahor” guruhi deb nomlanadi. O’quvchilarga “Faoliyat- jarayon otlari” qatnashgan gaplar tuzish topshiriladi. Gaplarni oq qog’ozga yozish davomida husnixat asosida, imlo qoidalariga amal qilgan holda mazmuniga e’tibor berish qat’iy talab qilinadi.

“Navro’z” guruhi:

  1. Ob-havo yaxshi bo’lganligi sababli bu yil serobgarchilik bo’ldi.

  2. Dehqonlar bu yil chopiqni juda erta boshlab yubordilar.

  3. Bayramda insonlar bir-birlariga sovg’a-salomlar beradilar.

  4. Agar ertaga yomg’ir yog’sa, anchagacha loygarchilikka olib keladi… va hokazo

“Bahor” guruhi:

  1. Kuz faslida paxta terimi jarayoni alohida ahamiyatga ega.

  2. Yurtimizda ipakchilik kundan kunga rivojlanib bormoqda.

  3. O’zbek xalqi qadim-qadim zamonlardan dehqonchilik bilan shug’ullanadi.

  4. O’zbekistonda naqqoshlik, kulolchilik, ustachilik, duradgorlik, suvoqchilik, chilangarlik kabi xalq hunarmandligi qadimdan taraqqiy topgan … va hokazo

( O’quvchilar yozgan gaplar berilgan shartga asosan tekshiriladi).

V. O’quvchilarni bilimini baholash. (Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Sinf jurnali va kundalik daftarlariga baholar qo’yiladi).

VI.Uyga vazifa berish.

( 323-mashq uyga vazifa qilib beriladi. “Erta turish fazilati” mavzusida matn tuzish. Unda faoliyat-jarayon otlaridan foydalanish lozim).




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Faoliyat-jarayon otlari mavzusida 6 sinflar uchun dars ishlanma

Автор: Toshmatova Qunduzxon Boydadayevna

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545681


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства