Просмотр содержимого документа
«Разработка урока на тему база данных для 11 классов»
II BOB.MA’LUMOTLAR OMBORI
SIZ USHBU BOBNI MUTOLAA QILIB QUYIDAGI BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA EGA BO‘LASIZ:
Ma’lumotlar ombori haqida tushunchalar va ularni boshqarish tizimlari;
MS Access 2010 ning asosiy elementlari va maydonlar xususiyati;
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish;
MS Access 2010 da jadvallarni o‘zaro bog‘lash;
Izlash MS Access 2010 da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha va qayta ishlash;
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish;
MS Access 2010 da matematik amallarni bajarish.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
Ierarxiv (shajara) model – bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ierarxiv (shajara) modeli
KOMPYUTER
MONITOR
KLAVYATURA
SITEMALI BLOK
Elektron nurli
Ona plata
Tezkor xotira
Doimiy xotira
Protsessor
Kontroller
va hokazo…
Standart
LCD
Nostandart
Plazmali
TARMOQ MODELI
TARIX
FIZIKA
ADABIYOT
Abdulayeva A
Sobirova G
Beknazarov B
G`aniyeva T
Axmedova N
Alisherov A
Boburov Sh
Majidov O
Bekmurodov J
Mavlonov F
Sanatov D
REALYATSION (O‘ZARO BOG‘LANGAN) MODEL
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan– bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan– bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
TUZILMALASHTIRILMAGAN
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin:
Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir , Otasining ismi – Axmedovich , Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon raqami +998947777777 .
TUZILMALASHTIRILGAN
YODDA SAQLANG !
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
UYGA VAZIFA
1. 10-sinf darsliklarining mualliflari va chiqgan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarni shakllantiring.
2. Sinfingizdagi o‘quvchilarning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili bo‘yicha tuzilmalashtirilgan ma’lumotlarni shakllantiring.