Научная статья: СПОРТ – ОСНОВА ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ
Научная статья: СПОРТ – ОСНОВА ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ
в статье в сознании молодого поколения, занимающегося спортом, ведущего здоровый образ жизни, стремящегося к духовной и физической зрелости, защиты от негативных влияний и избавления от вредных привычек, свободного времени молодежи подчеркивается, что защита их от вредных занятий, а также привлечение к занятиям спортом – путь к победе.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: СПОРТ – ОСНОВА ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ»
SPORT – SOG'LOM TURMUSH TARZINING ASOSIDIR
СПОРТ – ОСНОВА ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ
Чориева Фарида Ибодовна
Жисмоний тарбия ва спорт фани укитувчиси
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Аннотация: в статье в сознании молодого поколения, занимающегося спортом, ведущего здоровый образ жизни, стремящегося к духовной и физической зрелости, защиты от негативных влияний и избавления от вредных привычек, свободного времени молодежи подчеркивается, что защита их от вредных занятий, а также привлечение к занятиям спортом – путь к победе.
Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir” degan so‘zlari mohiyati bugun yanada kengroq mazmun kasb etmoqda. Chunki ma’naviy asoslarsiz, ma’naviy negizlarsiz, ma’naviy qadriyatlarsiz, milliy ruhsiz hech bir davlat o‘zining yuksak maqsadlariga erisha olmaydi. Agar biz bobolarimiz yaratgan ikkita Renessans asosiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkalasida ham iqtisodiy, jismoniy va ruhiy rivojlanishning uyg‘unligini ko‘ramiz. Shunday ekan, har bir sohaga ruhiy-ma’rifiy, jismoniy rivojlanishning mustahkam poydevori sifatida ma’naviyatni olib kirishimiz lozim.
Bugun zamon oldimizga qo‘yayotgan talablar oldida ma’naviyat deb atalmish yangi kuch va harakatning bir bo‘lagi, deb bilguvchi vatandoshlarmiizning qadami shahdam bo‘lishi, ular hammadan ildam yurishi zarur va shartdir. Zero, davlatimiz rahbari “Ma’naviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi kerak, bugun ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak!” deb bejiz aytmadi.
Ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni hamisha uyg‘onishga, ezgulikka, taraqqiyotga, bu olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan. Kimki, ezgu maqsad yo‘lida insonni bu olamni gulga burkaydigan, ya’ni uni farovon qiladigan bunyodkor, yaratuvchi kuch deb qadrlar ekan, shaksiz o‘sha yerda obodlik bo‘ladi. Xalq qudratini jamlab umumxalq murodu maqsadiga eltuvchi yo‘lga boshlay oladigan, xalq, millat qudratini to‘g‘ri yo‘naltira oladigan milliy yo‘lboshchi rahnamoligida xalq tengsiz bunyodkor to‘lqinga aylanadi. Yosh avlodni sportga keng jalb qilish orqali ularni ham jismonan ham ma’nan tarbiyalash, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan. Zero, mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sport siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida bolalarda sportga mehr uyg‘otish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy ta’sirdan himoya qilish hamda zararli odatdlardan xalos etish, bolalarni barqaror fe’l-atvorli, Vataniga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisoblanadi.
Sportning yoshlarni har tomonlama tarbiyalash xususiyati to‘g‘risida gap ketar ekan, u ijtimoiy hodisa sifatida ham fan sifatida ham jamiyatda, insonlar hayotida katta ahamiyatga egaligini aytib o‘tish lozim. Sport nazariyasidan ma’lum bo‘lishicha sportning musobaqa vazifasi, sog‘lomlashtirish vazifasi, g‘oyaviylik vazifasi, estetik vazifasi, axloqiy-tarbiyaviy vazifasi, ijtimoiy-siyosiy vazifasi, baynalminalchilik vazifalari borki, ular bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi va natijada sport tushunchasining naqadar keng ma’noli ekanligini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, sport vositasida vatanparvarlik, insonparvarlik tarbiyasini yosh avlodga singdirish yo‘llari va imkoniyatlari mavjud.
Sport bilan shug‘ullangan, muntazam mashg‘ulotlar bilan band bo‘lgan yoshlarning turli salbiy illatlar ta’siriga tushib qolish hollari kam kuzatiladi. Chunki sport mashg‘ulotlari ma’lum tartib-qoidalar va me’zonlar asosida tashkil qilinadiki, natijada shug‘ullanuvchilar tabiiy ravishda ratsional kun tartibi doirasida bo‘ladilar. Yuqoridagi fikrlar turli darajadagi 20 nafar sportchilar kun tartibini o‘rganish natijasida olingan xulosalar bilan aynan mos keladi. Biz sportchilarning kun tartibini o‘rganish natijasida ularning bo‘sh vaqtlari kam bo‘lishi, bo‘sh vaqtlarida asosan ma’daniy hordiq chiqarishlarini (dam olish, kitob o‘qish va h.k) aniqladik. Vaholanki, so‘rovnoma natijalari tahlili va kuzatishlar salbiy illatlarning bosh sababi yoshlarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanmasligi natijasida yuzaga kelishini ko‘rsatgan.
Umuminsoniy qadriyatlar – jahondagi barcha odamlar, xalqlar, davlatlar uchun umumiy qadrlash mezoni hisoblangan umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar tizimi. Umuminsoniy qadriyat nihoyatda keng ko‘lamli va serqirra tushunchadir. Bugunga kelib umuminsoniy qadriyat tushunchasi insonlar hayotida, ularni tarbiyalashda va ma’naviy dunyosini boyitib borishda o‘zining yuksak darajadagi ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning namoyon bo‘lishi nisbiy bo‘lib jamiyat rivojlanishi, taraqqiyotning xusiyatlariga ko‘ra umuminsoniy qadriyatlarning u yoki bu shakli hayotning oldingi pog‘onasiga ko‘tariladi. Masalan, urush davrida tinchlik, ozodlik, yurtda dushmanlar bo‘lganda vatanparvarlik, mustaqillik davrida milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniyatni o‘rganishga ehtiyoj ortib boradi. Tarixan ma’lum bo‘ladiki zamonlar va davrlar o‘zgarishi sport tushunchasining ahamiyatini hech qachon pasaytirgan emas. Sport har doim insonlar ma’naviy va moddiy ehtiyojining ajralmas qismi sifatida, umuminsoniy qadriyatlar tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
Sport bir so‘z bilan aytganda bahslashish, bellashish ma’nolarini anglatadi. Maxsus jismoniy mashqlardan tashkil topgan harakatlar majmui sport tushunchasining asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga sportning ijtimoiy xarakteri, insonni shaxs sifatida tarbiyalashdagi o‘rni beqiyosdir. Jamiyat rivojlanishi bevosita jismoniy madaniyat tushunchasining ham rivojlanishiga olib keldi. Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan sport bugungi kunga kelib o‘zining yuksak ijtimoiy ahamiyatini namoyon qilmoqda. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida sportning ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar, uning insonlar turmush-tarzidagi roli yuksak darajada ekanligini isbotladi.
Xalq orasida musobaqalarda tanilgan va g‘olib bo‘lgan sportchilarga nisbatan “sportchi”, “g‘olib”, “chempion” kabi tushunchalar keng ishlatiladi. Insonlar bu kabi sportchilarga havas bilan qaraydi, natijada, ulardek bo‘lish istagi shakllanib boradi. Sportchilar har yerda e’zozlanadi va qadrlanadi. Aslini olganda, insonlar g‘oliblar, chempionlar timsolida sportni qadrlaydilar. Sport vositasida insonlarni qadrlash va ulug‘lash tom ma’nodagi mazmun kasb etadi. Mamlakat bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuqori ko‘targan sportchilar jamiyatda qadr topadi.
Sport turlarining tarixiy shakllanishi, rivojlanishi zamirida aslida tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi xislatlarni tarbiyalash g‘oyalari mujassamlashgan. Zero, tinchlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik umuminsoniy qadriyat sifatida necha yillardan buyon e’zozlanib, qadrlanib kelinmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida yer yuzi aholisini alkogolizm, narkomaniya, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi turli salbiy illatlar tashvishga qo‘yayotgani barchamizga ma’lum. Xalq va davlatning ezgu maqsadlariga yot va begona bo‘lgan g‘oyalar jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilishi muqarrar. Bunday salbiy illatlar va g‘oyalarga qarshi kurashmoq, yoshlarda vayronkor g‘oyalarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish, ularni salbiy illatlar ta’siridan asrash chora-tadbirlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu vazifa o‘z navbatida jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro, har bir kasb egasiga alohida talablar qo‘yadi. Zamonaviy sport mashg‘ulotlari o‘z oldiga faqatgina sport natijalarini yuksaltirishni emas, balki, shug‘ullanuvchini har tomonlama tarbiyalashni ham maqsad qilib qo‘ygan.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. G‘ofur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2013. 54-55 betlar.
2. Masharipov.Y.M. Sport psixologiyasi. Samarqand – 2010. 41-bet.