Просмотр содержимого документа
«Структура автомобиля»
AVTOMOBILNING UMUMIY
TUZILISHI
Ro`ziyev Baxtiyor Razzoqovich
Buxoro shahar kasb-hunar
maktabi o`qituvchisi
ANNOTATSIYA Ushbu maqolamizda avtomobilsozlikning tarixi, rivojlanish bosqichlari, tuzilishi, texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, tizim va mexanizmlarning tuzilishi,
ishlashi hamda ularda uchraydigan ayrim nosozliklar bayon etilgan. Shuningdek, Respublikamizda va chet davlatlarda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar to‘g‘risida ham ma’lumotlar mavjud.
Kalit so‘zlar: yuqori, o‘lchov, anjom, vosita, qurilma, saqlash, texnika, majmua, texnik xizmat ko‘rsatish, nimcha, servis, uskuna, garaj jihozlari. Loyihalash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya davri.
Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‘lishimiz mumkin:
loyihalash;
ishlab chiqarish;
ekspluatatsiya davri.
Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab
chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan. Hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan «EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ», «SPARK», «MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va
hozirda Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, mexanizm va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan nosozliklar batafsil bayon etilgan. Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, ularning saqlash joylari, ehtiyot qism va materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga
oshirish lozim.
AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI
Hozirgi vaqtda hech bir soha yo‘q-ki, unda avtomobil transportidan foydalanmasa. Xususan, yo‘lovchilar va yuklarni tashish hamda maxsus ishlarni bajarishda avtomobillardan foydalaniladi.
Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir. Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash. U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:
Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan
qurilma.
Tizim–bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi
(masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
Mexanizm–harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi
tuzilma.
Uzel–mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha
detallar birikmasi.
Detal–mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz
tayyorlangan ayrim qismi.
Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
¾ dvigatel
¾ transmissiya
¾ yurish qismi
¾ boshqaruv mexanizmi
¾ elektr jihozlari
¾ qo‘shimcha jihozlar.
Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi
ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar).
Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.
Dvigatel – bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida
hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).
Transmissiya – burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
¾ ilashish muftasi
¾ uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)
¾ kardanli uzatma
¾ asosiy uzatma
¾ differensial
¾ yarim o‘qlar
Yurish qismi transport vositasini harakatini, yo‘llarda silkinish va tebranishlarni bir me’yorda ta’minlaydigan qism hisoblanadi.
¾ oldingi va orqa osmalar
¾ g‘ildirak
Boshqaruv mexanizmi harakatlanish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish, bekat va to‘xtash joylarida harakatsiz holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
¾ rul boshqarmasi
¾ tormoz tizimi
Elektr jihozlari elektr ta’minot tizimi, avtomobildagi barcha tok iste’mol qiladigan elektr uskunalarini o‘z ichiga oladi, ular:
¾ tok ishlab chiqaruvchi
¾ tok iste’molchilari
Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar.
Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga
dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi.
Dunyo bo‘ylab avtomobillar eng ko‘p yo‘lovchilar va yuk hajmi sonini olib yuradi turli ishlab chiqarishni amalga oshiradi ularga mahsus jihozlarni o‘rnatish bilan funksiyalar, turmush tarzimizga, madaniyatimizga, dam olishimizga xizmat qiladi, bir so‘z bilan aytganda, ajralmas bo‘lagiga aylandi zamonaviy sivilizatsiyaning bir qismi desak adashmaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Akilov A.A. Avtomobilning umumiy tuzilishi: Darslik /
va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
2012. – 142 b.
2. Батешев С.Я. Научная организация учебно-вос питательного процесса. М.: «Высшая школа», 1985.
3. Галкин Е.В., Ясаков Н.А. И нструкционно-техноло- гические карты по тракторам и автомобилям. М инск. «Высшая школа», 1981.
4. Гелман Б.М., Опарин И.М. Автомобильные электронные системы. - М.: 1987.
5. Глезер Г.Н., Опарин И. М. Автомобильные электронны е системы зажигания. - М.: «М ашиностроение». 1978.
6. Илин Н.М. и др. Электроборудование автомобилей. —М .: «Транспорт» 1979.
7. Melibayev М., Rustamov R.M. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish. 0 ‘quv qo'llanm a. «Sharq» 2005-y