Научная статья : Дидактические игры на уроках родного языка
Научная статья : Дидактические игры на уроках родного языка
Для развития и совершенствования познавательных, умственных и творческих способностей детей очень действенным методом является дидактическая игра, которая может выступать как ведущая деятельность до старшей школы.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Дидактические игры на уроках родного языка»
Ona tili darslarida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar
Дидактические игры на уроках родного языка
Гулямова Хилола Шавкатовна
28-средняя школа города Бухары, Узбекистан
Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o’zgartirish o’qituvchi va sinf o’quvchilarining o’zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo’ladi. Dars davomida didaktik o’yinlardan foydalanilsa, o’quvchilarning ona tili darslariga bo’lgan qiziqishlari ortadi hamda ularning nutqiy ko’nikmalari rivojlantiriladi. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan o’yinlar qisqa vaqtga mo’ljallangan bo’lib, bular orqali o’quvchilar guruh bo’lib mashq qilishga odatlantiriladi. O’yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarning diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) to’liq jalb etiladi.
O’yinlar vositasida o’quvchilarga yangi bilimlar berish. ko’nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlariii rag’batlantirish mumkin. O’yinlarni maqsadiga ko’ra etti to’rga ajratish mumkin.
Guruh bo’lib ishlash uchun soglom muhit tashkil etishga qaratilgan o’yinlar.
Umumiy qiziqishlarni aniqlashga qaratilgan o’yinlar.
Dunyoga boshqacha ko’z bilan qarash ta’limda innovasion
metodlarni ko’llashga yordam beradi.
Katta mavzularni o’rganishni yakunlash, egallagan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ta’lim jarayonida qo’llanilgan har bir o’yin yakunida o’qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o’yin guruh a’zolari tomonidan qanday g’oyalar tug’dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
Quyida ona tili darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim o’yinlar xususida so’z yuritamiz.
«So’zdan-so’z» o’yini.
Bu o’yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo’llanib kelmoqda. Bu o’yinda bir so’zdan bir necha so’zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o’yin turi o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o’yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog’liq holda o’tkazish yo’llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so’z tarkibidagi harflarning turli kombinasiyasidan foydalanib, bir necha so’zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o’yinni ma’lum bir mavzu bilan bog’liq xolda o’tkazsa ham bo’ladi. «So’zdan-so’z» o’yinidan tilning barcha sathlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Leksikologiya bo’limida shakldosh, zid ma’noli so’zlar mavzularini o’rganishda bu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so’zlarni keltirib chiqarish mumkin bo’lgan so’zlarni tanlay bilishi va shunday keyin uii o’quvchilar e’tiboriga xavola qilishi lozim.
Omonim (shakldosh) so’zlar mavzusi o’rganilgach, o’quvchilarga quyidagi so’zlarni berish va ulardan shakldosh so’zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.
Mustaqill, ishtirokida,sayozliklardai.
Mustaqil so’zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so’zidan tor (cholg’u asbobi, sifat turkumiga xos so’z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so’z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so’zlari keltirib chiqariladi.
Zid ma’noli so’zlar mavzusida bu o’yindan qisman foydalanish mumkin.
Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so’ng o’quvchilarga qarag’ayzorlar, ko’z munchoq so’zlarini berib, antonim so’zlari keltirib chiqarish topshiriladi.
Qarag’ayzorlar so’zidan oq-qora, ko’z, munchoq so’zidan och-ko’k so’zlarini hosil qilish mumkin.
Bu o’yindan morfologiya bo’limida ham keng foydalanish mumkin.
Ot so’z turkumida berilgan so’zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig’i beriladi.
Bilimdonlarga so’zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin:
Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola;
b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol;
v) mavhum otlar: darmon, ilm, imon.
Qolgan so’z turkumlarida ham o’yinni shu tarzda o’tkazish mumkin.
Sintaksis bo’limiga xos bilimlarni mustahkamlashda ham o’yindan foydalanish imkoniyati bor. Faqat bu bo’limda «So’zdan-gap» tarzida o’tkaziladi. 5-sinfda «Sodda yig’iq gap», «Sodda yoyiq gap» mavzulari o’rganilganda, shu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’quvchilarga bilimdonlarimizga so’zi beriladi va undan sodda gaplar keltirib chiqarish topshiriladi. O’quvchilar quyidagicha sodda yig’iq gap va sodda yoyik gaplar tuzishp mumkip: Nodir oldi. Ona bo’ldi. Ona Rimga bordi. Bolalar Lolani izladi va hokazo. Umuman olganda. “So’zdan-so’z” o’yini kiziqarli o’yinlardan bo’lib, undan qay darajada foydalanish o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
“OQ TERAKMI, KO’K TERAK” O’YINI.
Bu o’yin bolalar sevib o’ynaydigan o’yinlardan bo’lib, uni ta’lim jarayonida ham qo’llash mumkin. Mazkur o’yin bolalarni tez fikrlashga, topqirlikka o’rgatadi. O’yindan leksikologiya, morfologiya bo’limlariga oid mavzularni o’rgatishda foydalanish mumkin. Omonim so’zlar mavzusi o’rganilgach, mavzuni mustahkamlash uchun shu o’yin o’tkaziladi. O’yin quyidagicha tartibda o’tkaziladi:
Sinf ikki guruhga bo’linadi. O’qituvchi oldindan omonim (shakldosh) so’zlar yozilgan karton qog’ozlarini, ularning ma’nosi yozilgan karton qog’ozlarini, shuningdek, boshqa so’zlar yozilgan qogozlarni ham tayyorlab qo’yadi. O’yin qoidalari tushuntirilgach, o’yin boshlanadi.
1-guruhga omonim so’zlar yozilgan qog’ozlar (o’t, ot) beriladi, 2-guruhga esa shu so’zlarning ma’nosi va ayrim boshqa so’zlar yozilgan qog’ozlar beriladi. 1 guruh 1-raqamdagi o’t so’zi yozilgan karton qog’ozini ko’taradi va 2-guruhga qarab «Oq terakmi ko’k terak?» -deydi. 2-guruh esa o’t so’zining ma’nolari yozilgan va ularga aralash holda berilgan so’zlarni (o’t-olov, o’t-maysa, o’t-harakat, o’t-quyosh, o’t-tong, o’t-gul) ko’tarib «Bizdan sizga kim kerak?» -deb javob berishadi. 1-guruh a’zolari bu so’zlar ichidan o’t-olov, o’t-maysa, o’t-harakat so’zlarini ajrata bilishlari va ularni ushlab to’rgan bolalarning nomlarini aytishlari kerak. Masalan, «Sizdan bizga Alijon, Mastura, G’ulomjonlar kerak», -deydi.
Agar o’t so’zining ma’nolarini to’g’ri topishsa, o’sha so’zni ushlab to’rgan bolalar 1-guruh tomonga o’tadilar. Ular xatolikka yo’l qo’yishsa, so’zlarni tanlagan bolalar 2-guruh tomonga o’tadilar. Agar omonimik so’zning ma’nosini qisman topishsa, ball to’liq berilmaydi. Shu bilan o’yinning 1-bosqichi yakuilanadi. 2-bosqichda 2-guruh o’quvchilariga yoz, tuz omonim so’zlari yozilgan qog’ozlar beriladi. O’yin yuqoridagi tartibda o’tkaziladi. O’yin tugagach, har ikki guruh to’plagan ballar aytilib, g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
«Oq terakmi, ko’k terak?» o’yinidan antonim so’zlar, uyadosh so’zlar, ibora mavzularini o’rgatishda ham foydalanish mumkin. Morfologiya bo’limida fe’l, ot, sifat, son, olmoshlarning ma’noviy guruhlari yuzasidan o’tkaziladigan mustahkamlash dnrslarida ham bu o’yin yaxshi samara beradi.
«O’Z O’RNINGNI TOP» O’YINI
Bu o’yin o’quvchilarni sezgir, zukko va topqir bo’lishga odatlantiradi. O’yinda ishtirok etish uchun o’quvchi mavzuni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi lozim, aks holda, o’yindan chiqib qoladi. Ana shuni o’quvchi his kila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.
Mazkur o’yindan tilning barcha sathlarini o’rganishda foydalanish mumkin. Jumladan, leksikologiya bo’limida ma’nodosh so’zlar mavzusi yuzasidan o’tkaziladigan mustahkamlash daqiqalarida shu o’yinni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yin quyidagi tartibda o’tkaziladi. O’qituvchi bir necha ma’nodosh so’zlar guruhini tanlaydi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra; quyosh, kun, oftob; avval, ilgari, oldin, burun; ataylab, atay, jo’rttaga, maxsus. Bu so’zlar alohida-alohida qog’ozlarga yoziladi va stol ustiga qo’yiladi. Bulardan bosh so’zlar ajratib olinadi va 4 ta o’quvchiga beriladi. Demak, to’rtta o’quvchi bosh so’z yozilgan qog’ozni ushlab to’rt joyga turadi.
Qolgan so’zlar aralashtirilib qo’yiladi. Sinf o’quvchilari ham to’rt guruhga bo’linadi va har bir guruhga bitta bosh so’z biriktiriladi.
Masalan, 1-guruh o’quvchilariga yuz so’zining, 2-guruhga avval so’zining, 3-guruhga quyosh so’zining, 4-guruhga ataylab so’zining ma’nodoshlarini topshp topshiriladi. 1-guruh o’quvchilari navbat bilan chiqib, aralash xoldagi so’zlar ichidan bst, aft, bashara, chehra so’zlarini topib yuz so’zi yozilgan qog’ozni ushlab to’rgan o’quvchi yonidan, ya’ni «Bosh so’z» yonidan o’rin oladilar. Qolgan guruh a’zolari ham o’yinni shu tarzda davom ettiradilar, ya’ii o’z o’riini topadilar. O’qituvchi guruhlarning topqirlikni qanday bajarganliklarini tekshiradi, o’z o’rinlarini to’g’ri topgan guruhlarga to’liq ball, o’rin topishda adashgan guruhlarga esa pastroq ball qo’yiladi. O’yinni biroz murakkablashtirish ham mumkin. Buning uchun ma’nodosh so’zlar ichiga ma’nodoshlik qatoriga mansub bo’lmagan so’zlar ham aralashtirib yuborilsa, o’quvchilarning kerakli so’zni topib olishi qisman murakkablashadi. Bu ish o’quvchilar bilimiga, iqtidoriga qarab belgilanadi.
Uyadosh so’zlar, shakldosh so’zlar, iboralar mavzusi bo’yicha ham bu o’yin shu tartibda o’tkaziladi.
Morfologiya bo’limida fe’lning ma’noviy guruhlari, fe’l nisbatlari, tub va yasama fe’llar, sifatning ma’noviy guruhlari, olmoshning ma’noviy guruhlari mavzularini o’rganishda shu o’yindan foydalanish yaxshi samara beradi.