Mavzu : Oilamiz
Darsning ta`limiy maqsadi : O`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, lug`at
boyligini oshirish . Mustaqil fikrlashga o`rgatish,
hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish .
Darsning tarbiyaviy maqsadi : O`quvchilarga oila haqida tushuncha berish va o`zidan
kattalarga , kichiklarga qanday munosabatda bo`lishni
o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi : Vatanga ,xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalash,
o`zaro hurmat, oilani qadrlash tushunchalarini
shakllantirish.
Darsning turi : Mustahkamlovchi .
Darsning usuli : Suhbat , turli o`yinlar .
Darsning jihozi : Slaydlar, rasmlar , tarqatmalar.
Darsda foydalanilgan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (kichik
guruhlarda o`qitish metodi).
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish ,davomatni aniqlash.(2 daqiqa)
Uyga vazifani so`rash : ,,Oila “ mavzusida 3-4 ta gapdan iborat matn tuzish.
(5 daqiqa)
Yangi mavzu bayoni :
O`quvchilar bilan salomlashib ,xonaning darsga tayyorligini tekshirib, davomatni aniqlayman. Sinfni uch guruhga bo`lib olaman, guruhlar o`zlariga sardor, nom tanlaydilar. Har bir guruh oq qog`ozga chiroyli guldon rasmini chizib kelishgan. Musobaqa davomida to`g`ri javoblar gullar bilan rag`batlantiriladi.Buning uchun gul shaklidagi stikerlar tayyorlab qo`yaman. So`ngra topshiriqlar asosida musobaqa darsimizni boshlaymiz.
1-topshiriq. ,,Muzyorar “ usuli orqali savol-javob o`tkazaman.Savol- javob mobaynida kuz fasli haqidagi rasmlar slayd orqali aks etib turadi.
Hozir qaysi fasl ?
Kuz fasliga qaysi oylar kiradi ?
Kuzda havo qanday bo`ladi ?
Kuzda tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi ?
Fuzda qanday bayramlar nishonlanadi ?
O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berildi ?
To`g`ri javoblar gul bilan taqdirlanadi.
Uyga vazifani so`rash uchun ,,Intervyu” mashg`ulotidan foydalanaman.
Buning uchun sinf uquvchilaridan birini televideniye muxbiri sifatida tanlanadi.
Har bir guruhdan o`quvchilar o`z oilalari haqida tuzgan matnlarini og`zaki aytib beradilar .
Muxbir savol –javob qilayotganida oldindan tayyorlab qo`ygan o`quvchilarning oilalari bilan tushgan rasmlari slayd orqali aks etib turadi.
So`ngra doskaga yangi mavzuni yozaman.
Mavzu: Oilamiz
Darslik asosida ishlaymiz. ,,Suhbat “matnini har bir guruhdan ikkitadan o`quvchi o`qiydi.
Suhbat
-Go`zal, sening amaking bormi ?
-Ha, amakim bor.
-Ular qayerda ishlaydilar ?
-Ular –shifokor. Kasalxonada ishlaydilar.
-Sening amaking bormi ?
-Mening amakim ham, tog`am ham bor .
-Ular qayerda yashaydilar ?
-Amakim Toshkentda , tog`am Sirdaryoda yashaydilar .
Ifodali va xatosiz o`qigan `oquvchilar rag`bat gullar bilan taqdirlanadilar.
,,Bilib oling !”ruknida berilgan qoidani monitor orqali ko`rsatib o`zbek va rus tillarida tushuntiraman.
Bilib oling !
Yoshni ifodalashda sanoq sonlarga ,,yosh” , ,,yoshda” so`zlari qo`shiladi.
Masalan : Ukam ikki yoshda.
Buvimning yoshlari ellikda.
В русском языке когда речь идёт о возросте к числительным добавляются слова “год” или “лет” .
Например :Бабушке сорок лет.
Братишке два года.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida mashq va topshiriqlarni bajaramiz.
Darslik asosida berilgan 1-mashqni doskada va daftarda bajaradilar.
1-mashq.Nuqtalar o`rniga kerakli qo`shimchalarni qo`yib yozing.
1.Mening akam …(-m, -ing) talaba. U yigirma yoshda…(-ga, -da).
2. Buvi..(-ng, -m) biz bilan yashaydilar. Ularning yoshlari 72 ..(-da, -dan).
3. Men 9 yoshdama..(-siz, -man).Uchinchi sinf..(-da, -ga) o`qiyapman.
4.Ukam 5 yosh..(-da, -ga) kirdi. U bog`cha..(-dan, -ga) boradi.
Dars yakunida doskaga quyosh rasmi aks etgan plakatni ilaman.Har bir guruhdan o`quvchilar quyosh nurlari orasiga oila haqidagi tushunchalarini yozadilar va oilaviy tushgan rasmlarini yopishtiradilar.Darsni ,, Tinchlik “ qo`shig`I bilan yakunlaymiz.
So’ngra 2-topshiriq asosida islaymiz.
2-topshiriq.Oila a`zolaringizning soni, kasbi,yoshlarini ko`rsatib ,gaplarni o`qing va matnni davom ettiring.
Bizning oilamizda …. kishi bor.
Biz ….. Xonali uyda yashaymiz.
Otam …. yoshdalar.
Ular …. Bo`lib ishlaydilar.
Onam … yoshdalar.
Ular … .
Ukam …. Yoshda.
3- topshiriqda berilgan she`rni audio yozuv orqali eshittiraman.
So`ngra o`quvchilar ifodali ,,zanjir “ uaulida o`qiydilar.
Guruhlar to`plagan gullarini chizib kelgan guldonlariga yopishtiradilar.Eng ko`p gul yiqqan guruh g`olib bo`ladi.G`olib guruhni aniqlab faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.
So`ngara uyga vazifa beraman.
Mustahkamlash: Mashq va topshiriqlarni basharish.
O`quvchilarni baholash : Darsda qatnashishiga qarab bahoylayman.
Yuga vazifa : 3-topshiriqda berilgan she`rni ifodali o`qish.