GAP
1- mashq. O‘qing. Matn nima haqida ekanini ayting.
O‘zbekiston taraqqiyot yo‘liga chiqdi. U o‘z bayrog‘
iga ega bo‘ldi. O‘z tug‘rosini tasdiqladi. Birinchi
Bosh qonunini yaratdi. Birlashgan Millatlar
Òashkiloti peshtoqida mustaqil davlatlar qatori
uning bayrog‘i ham hilpiradi. Osmon darvozalaridan,
temiryo‘l qopqalaridan yetti iqlim elchilari yurtimizga
kirib kelmoqda.
O‘zbekiston qadimiy va hamisha navqiron diyordir.
(Oydin Hojiyevadan)
Matnda nechta gap bor? Har bir gap qanday ohang
bilan o‘qiladi?
Gaplar qanday mazmun bildiryapti?
Oxirgi gapni ko‘chiring. Yozganingizni tekshiring.
tug‘ro — gerb
qopqa — darvoza
2- mashq. She’rni ifodali o‘qing. She’rga sarlavha toping
va husnixat bilan ko‘chiring.
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so‘nmasin hech,
Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech.
Mening uchun aziz bo‘ston,
O‘zbekiston, O‘zbekiston! (Mirpo‘lat Mirzo)
Òinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor bering.
She’rda nechta gap borligini ayting.
Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.
4
3- mashq. Matnni o‘qing va gaplarning chegarasini
aniqlang. Tinish belgisini qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Kuz erta tushdi qovun palagi qurimasdan havoda
mezon uchdi kechalari osmonda turnalarning
horg‘in nolasi eshitildi bu yil qish qattiq keladiganga
o‘xshaydi teraklar bargini erta to‘kdi. (O‘tkir
Hoshimov)
Gaplar qanday mazmun bildiryapti?
Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.
Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘-
yiladi? Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?
mezon—kuz faslida havoda uchib yuradigan
to‘rsimon ip
4- mashq. Gaplarni tinish belgilariga mos ohangda
o‘qing. Nechta gap borligini ayting.
ÒINCHLIK
Òinchlik bo‘lsin doimo.
Osmon bo‘lsin musaffo.
Quyoshdek kulsin dunyo.
Urush bo‘lmasin aslo.
Ko‘chiring. Ajratilgan gapning ma’nosini izohlang.
Kulsin so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan?
Gaplar nimalardan tuzilgan?
5- mashq. She’rni ifodali o‘qing, hus