kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок на тему "Ona tili konspekt"

Нажмите, чтобы узнать подробности

ONA TILI      4 sinf

               ONA TILIDAN   DARS ISHLANMALARI

1-dars

Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap. (1-4 mashqlar)

   Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarning gap haqidagi tushunchalarini aniqlash, matndagi gaplarni tinish belgilariga rioya qilgan holda tugallangan ohang bilan o‘qish, matndagi gaplarning chegarasini aniqlash ko‘nikmalarini takomillashtirish;

FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlash, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanga muhabbat hissida tarbiyalash;

TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3:o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4:davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.

Darsning metodi: “Muzyorar”, “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yinlari, suhbat.

Darsning jihozi: mavzuga oid  rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy  qism.

  • salomlashish
  • davomatni  aniqlash
  • navbatchining  axboroti
  • sinf  tozaligini va  o‘quvchilarni  darsga  tayyorgarligini  nazorat  qilish

II. O‘tilganlarni takrorlash.

Husnixat daqiqasi:

Ona yurting – oltin beshiging.

O‘quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do‘stlikni mustahkamlab olish maqsadida  “Muzyorar” mashqi o‘tkaziladi.

Mashq quyidagi tartibda olib boriladi. Kortokcha o‘qituvchi tomonidan biror o‘quvchiga, ismini aytgan holda (,,Farhod” deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o‘rtog‘ining ismini va ismining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo‘shib aytib, koptokchani uloqtiradi. Masalan,Gulnora — go‘zal, Fazilat—farosatli, Jasur — jasoratli.

III. Mustahkamlash.

Vatanimiz haqida suhbat o‘tkaziladi. O‘qituvchi,,O‘zbekiston deganda ko‘z o‘ngingizda nimalar jonlanadi?" degan savol beradi. O‘quvchilar O‘zbekiston haqida bilgan tushunchalarini aytadilar.

So‘ngra savollar orqali o‘quvchilarning O‘zbekiston haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.

‒ O‘zbekiston qanday davlat?

‒ O‘zbekiston — mustaqil davlat.  

‒ Vatanimizni qanday so‘zlar bilan madh etsak bo‘ladi?

‒ Serquyosh, chamanzor, go‘zal, keng, bepoyon, oltinga kon.

‒ Vatanimizni ulug‘lash uchun nimalar topdik? So‘zlar.

‒ Topgan so‘zlaringizdan gaplar tuzing-chi.

‒ Paxta milliy boyligimiz. Xalqlar tinch-totuv yashaydilar. Navoiy — g‘azal mulkining sultoni.O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i, tamg‘asi, madhiyasi bor. Shahar va qishloqlari go‘zal va h. k. O‘quvchilar tuzgan gaplardan matn tuzish ham mumkin.

Darslikdagi 1-mashq asosida yangi mavzu quyidagicha tashkil etiladi.

Matn ifodali o‘qitiladi.

Matn o‘qib bo‘lingach quyidagi savol-javob o‘tkaziladi

1.  Matn nima haqida ekan?

2. Matnda nechta gap bor?

3. Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?

Matndagi oxirgi gapni daftarlariga ko‘chirib olish topshirig‘i beriladi.

Lug‘at ishi:

tug‘ro — gerb 

qopqa — darvoza

fozil — bilimlarni yaxshi egallab olgan kishi

1-topshiriq.

1-mashq asosidagi multimedia ilovasida tartibsiz berilgan so‘zlardan gap tuzish topshirig‘i  berilgan. O‘quvchilar tartibsiz berilgan so‘zlardan gaplarni tuzib bo‘lishgach, ekranda matn hosil bo‘ladi.

2-mashq. She’rni ifodali o‘qitiladi va she’rga sarlavha topib, husnixat bilan ko‘chirish topshirigi beriladi.

O‘zbekiston

Sahrolar gul ochar senda,

Samolar nur sochar senda.

Yulduzlaring so‘nmasin hech,

Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech.

Mening uchun aziz bo‘ston,

O‘zbekiston, O‘zbekiston!                         

She’rdagi tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor beriladi va   nechta gap borligi so‘raladi.

Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toptiriladi.

Samo- osmon, fazo

2-topshiriq.

2-mashqdagi she’r tinish belgilarsiz beriladi. O‘quvchi tegishli tinish belgini to‘g‘ri tanlasa,  katakchada shu belgi yoziladi.

She’rni ifodali o‘qib, unga sarlavha toping. She’rda nechta gap borligini ayting. Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping kabi topshiriqlar beriladi.

3-mashq asosida dars mustahkamlanadi. Matnda berilgan gaplarni o‘qib gaplarning chegarasi aniqlanadi va sarlavha qo‘yiladi.

Kuz erta tushdi.Qovun palagi qurimasdan havoda mezon uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horg‘in nolasi eshitildi. Bu yil qish qattiq keladiganga o‘xshaydi. Teraklar bargini erta to‘kdi. ( O‘tkir Hoshimov)

Mashq matni yuzasidan suhbat:

  • Matn mazmuniga mos sarlavha toping.
  • Matn nechta gapdan iborat?
  • Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?
  • Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

Lug‘at ishi: Horg‘in – charchagan, toliqqan.

“Savolning  javobini top”  ta’limiy o‘yini. O‘quvchilar bilimini mudtahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.  Buning uchun o‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib to‘g‘ri javoblarni strelka yordamida belgilab chiqadilar.

1. Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilar  qo‘yiladi?

Tugallangan fikrni bildiradi

2. Gap qanday harf bilan boshlanadi?

Ohang yordamida aniqlanadi

3. Gap qanday fikrni bildiradi?

Charchadi

4. Gap nimalardan tuziladi?

Gaplar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi

5. Gapning chegarasi qanday aniqlanadi?

Nuqta, so‘roq va undov belgisi tinish belgilari  qo‘yiladi?

6. Odam o‘zaro nimalar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi?

So‘zlardan tuziladi

7. Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

Bosh harf bilan boshlanadi

IV. Darsga yakun yasash va baholash

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga  ko‘ra   o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

4-mashq. She’rni ifodali o‘qib, husnixat asosida ko‘chirib kelish, ajratilgan gapning ma’nosini tushunib kelish aytiladi.

 

 

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Урок на тему "Ona tili konspekt"

Автор: Мамажанова Шаходат Хакимжановна

Дата: 11.04.2020

Номер свидетельства: 546095


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства