kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Сценарии "Книга мой друг"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Читайте публикации на тему книга.У нас дома очень много детские кинжек.Я часто покупаю

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Сценарии "Книга мой друг"»

1-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan

“Kitob mening do’stimsan” tadbiri senariysi


.(1-sinf o’quvchilarini maktabga, kitoblarga mehrini kuchaytirish maqsadida o’tkazilgan tadbir)

Zal bayramona bezatilgan .O’quvchilarga mos bo’lgan darsliklar va badiiy kitoblar terib qo’yilgan.Kitob haqida maqollar va hikmatli so’zlar yozib qo’yilgan. Kichik sahna teatri uchun qog’irchoqlar.Ota-onalar ham taklif qilingan.

1-boshlovchi;

Assalom mehmonlar, mo’tabar suyuk.

Assalom ustozlar, nomlari buyuk.

Assalom otalar, baxtim posboni.

Assalom onalar, fidoyi joni!

2 – boshlovchi:

Salomdan boshlamoq, xalqim odati.

Salomli bolaning bor saodati.

Salomlashmoq insonga go’zal bir odat,

Nasib bo’lsin barchamizga baxt-u saodat.

1 – boshlovchi:

Assalomu – alaykum aziz mehmonlar, qadrli ustozlar. Mana to’rt oygina muqaddam biz o’quvchilar yurakda hayajon bilan maktab ostonasiga qadam qo’ygan edik.

2 – boshlovchi:

Bugungi kunga kelib, mustaqil o’qib, yoza olamiz. Keling, hozir sizlarga o’z bilimlarimizni namoyish etamiz.

1 – boshlovchi:

“O’qishni bilib olsang” qo’shig’i. Jamoa ijrosida

2 – boshlovchi:

Bugungi tadbirimizda o’quvchilar 3 ta shart asosida bellashadilar.

1-shart: Kitobga ta’rif ,darsliklar tilidan monolog.

2-shart:”Mening sevimli ertagim”mavzusida sahna ko’rinishi.

3-shart:”Bilimdonlar bahsi”deb nomlanadi.Bu shartda o’quvchilar qiziqarli topishmoqlarga javob beradilar.

1- boshlovchi:

Tadbirimizda sinfimizning barcha o’quvchilari ishtirok etadilar, ya’ni 30 nafar o’quvchi 15tadan 2 ta kichik guruhlarga ajralib tayyorgarlik ko’rib kelganlar.

1-guruh “Dono kitobxonlar”

2-guruh “Kelajak yulduzlari”

2-boshlovchi:

Navbat 1- shartga marhamat “Dono kitobxonlar”guruhi boshlab beradi.




1-o’quvchi:

Kitob bilimning boshi,

Aql-u,idrok quyoshi.

Kitobda nurli iqbol,

O’qib topaman kamol.

2- o’quvchi:Kitob insonning do’sti, u bizga beminnat bilim beradi.

Marhamat kitob haqidagi maqollardan tinglang.( o’quvchilar ifodali va ravon qilib maqollar aytadilar)

3-o’quvchi:Biz quyidagi darsliklar haqida monologlar tayyorlab keldik

Alifbe:

Bolajonlar men sizga,

Birinchi kitobdurman.

Dilingizni yoritgan,

Go’yoki oftobdurman.

Ko’rdim bugun donosiz,

Hammadan ham a’losiz.

O’qish, yozishni bilgan,

Aqlingiz ham rasosiz.

Xayr endi bolalar,

Meni sira unutmang.

G’ayrat bilan o’qingiz,

Nasihatim unutmang.

O’qish:

Salom yangi do’stlarim,

Erka qora ko’zlarim.

Bugun sizga yurakdan,

Atalgaydir so’zlarim.

Meni “O’qish” deydilar,

O’qib, uqish deydilar.

Mendagi har mavzuni,

Mag’zin chaqish deydilar.

O’qing meni ardoqlab,

Men do’stingiz bo’laman.

Qo’lim berib sizlarga,

Yoningizda turaman.

Ona tili:

Men “Ona tili”man,

Elim dono tiliman.

Onalar sof vijdoni,

Otajonlar diliman.

O’qing meni ardoqlab,

Yurakdan hurmat saqlab.


Ona tilim sehrini,

Ardoqlab, sevib, yoqlab.

Tilimiz xazinasin,

Sizga asta ochgum bor.

Ona tilim sehrini,

Marjon kabi sochgim bor.

Matematika:

“Matematika” o’zim,

Quyoshday issiq yuzim.

Raqamlardan boshlanar,

Tinglasangiz gar so’zim.

Onta raqam jo menda,

Kerakdirman har yerda.

Aqlingizni charxlayman,

Har misol, har amalda.

Men sizga do’st bo’laman,

Hamdam, chin so’z bo’laman.

Raqamlarni tanitib,

To’rt amalni bilaman.

Odobnoma:

Nomim mening “Odobnoma”,

Beraman sizga saboq.

Salomimni qilmang kanda,

Odobli bo’ling har choq.

“Odob - axloq” qoidasin,

O’rgataman sizlarga.

Kelajakning egasi,

Dono, o’g’il – qizlarga.

Ko’proq o’qingiz kitob,

Yuzingiz bo’lar oftob.

Sizni doim bezasin,

Go’zal xulq, yaxshi odob.

Atrofimizdagi olam:

Atrof olamni, o’rgatay sizga,

Ona tabiatni, asraylik birga.

Ona tabiat, bizni der faqat,

Borini berar, doim beminnat.

Bo’lsin doim osuda,

Ona zamin albatta.

Osmon bo’lsin musaffo,

Biz sevgan ona yurtda.



1-boshlovchi:

Endi navbatni “Kelajak yulduzlari”guruhiga beramiz.Marhamat kutib oling.

1-o’quvchi:Kitob bu-mo’jiza,kitob bu-aql ko’zgusi,bizni bilimlar cho’qqisi sari yetaklovchi do’st.

2- o’quvchi:

Ey kitobim- oftobim ,

Seni toza saqlayman.

A’io o’qib va yozib,

Va’dalarni oqlayman.

3- o’quvchi:

Biz ochamiz kitobni,

Kitob ochar dunyoni.

4- o’quvchi:Hozir sizlarga kitobning qadr-qimmati haqidagi maqol va hikmatli so’zlardan aytamiz.(o’quvchilar navbat bilan ifodali aytadilar.)

5-o’quvchi:Biz quyidagi kitoblar tilidan so’zlaymiz.

Ingliz tili:

Men “Ingliz tili”man,

Chet davlatlar tiliman.

O’rgansangiz qunt bilan,

Dunyoni tanitaman.

Jahonning ko’p xalqlari,

Shu til bilan so’zlashar,

Meni puxta o’rganib,

Kamolotni ko’zlashar.

Ingliz tilin o’rganib,

Aqlingizni boyiting.

Ona O’zbekistonni,

Dunyolarga taniting.

Jismoniy tarbiya:

Xalqimizda bor naql,

Sog’ tanda, sog’lom aql.

Sport sog’lik garovi,

Har bolaning qarori.

Bo’lmang sira dangasa,

Qiling badan tarbiya.

Tanangiz kuchga to’lsin,

Qomat chiroyli bo’lsin.

Jismonan bo’ling sog’lom,

Mayli bo’ling champion.

Musiqa:

Meni barcha bolalar,

Juda yaxshi ko’radi.


San’atni sevgan bola,

Qalbi toza bo’ladi.

Musiqaning sehridan,

Orom olsin ko’nglingiz.

Qo’shiqlar kuylaganda,

Chaqnab tursin ko’zingiz.

Texnologiya:

“Texnologiya” bu mehnat,

Yalqov bo’lmanglar faqat.

O’rgataman tikishni,

Yelimlashni, qirqishni.

Mehnat qilib topganing,

Qand-u asal totganing.

O’rganib ko’p hunarni,

Xushnud qiling dillarni.

Tasviriy san’at:

Men tasviriy san’atman,

Chizishni o’rgataman.

Tabiatning jilosin,

Suratlarda so’zlataman.

Ranglarimdur xilma-xil,

Har birini yaxshi bil.

Chiroyli rasmlar chiz,

Ustozingni xursand qil.

1-boshlovchi:Mana 1- shartimiz nihoyasiga yetdi,hakamlarimiz baholagunlariga qadar do’stlarimiz ijrosida”Kitob mening do’stimsan”qo’shig’ni tinglaymiz

2-Boshlovchi:Endi navbatni 2- shartga beramiz.

1-guruh “Bo’girsoq”ertagini qog’irchoq teatri ko’rinishida ijro etadi.Albatta bolajonlarning aktiyorlik qobiliyatlariga baho beriladi.

2-guruh”Sholg’om”ertagini qo’g’irchoqlar bilan kichik sahnada ijro etadilar.

1-boshlovchi:Keling aziz mehmonlar 3-shartimizga ham navbatni bersak.Topag’on bolajonlar nimalarga qodir ekanlar.

1-guruhga:

1.Cho’pchagim-cho’pchak,

Oltin belanchak.

Yetti qizning onasi,

Haligacha kelinchak.(qo’girchoq)

2.Qat-qat qatlama,

Aqling bo’lsa tashlama.(kitob)

3.Bog’lab qo’yam yuradi,

Yechib qo’ysam turadi.(botinka)



4.Oppoq sochli boshlari,

Daryo bo’lar yoshlari.(tog’ cho’qqisi)

5.O’zi katta, kichiklarga salom berar.(choynak-piyola)

2-guruhga

1.Hilpirab turar mag’rur,

Binolarning qoshida,

12 yulduz ahil,

Saf tortgandir boshida.(O’zbekiston bayrog’i)

2.Qo’l bilan ekiladi,Og’iz bilan o’riladi.(yozuv)

3.Qordek oppoq,pardek yumshoq.(paxta)

4.Ikki aka-uka, bir-birini ko’rmaydi.(ko’z)

5.Onasi tokchadan tushsa,

Bolalari yugurib kelar.(Choynak-piyola)

1-boshlovchi:Hakamlarimiz odilona baholagunlaricha so’z navbatini mehmonlarga beramiz.(Maktab rahbarlari va ota-onalarni tinglaymiz)

2-boshlovchi:Hakamlar ballarni e’lon qiladilar va izohlab beradilar.(g’olib bo’lgan guruh va barcha o’quvchilar rag’batlantiriladi)





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Мероприятия

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Сценарии "Книга мой друг"

Автор: Икромова Жаннатой Нормуродовна

Дата: 21.01.2020

Номер свидетельства: 536760

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(65) "Сценарий к празднику детской книги "
    ["seo_title"] => string(38) "stsienarii-k-prazdniku-dietskoi-knighi"
    ["file_id"] => string(6) "213007"
    ["category_seo"] => string(10) "vneurochka"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1431964364"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(108) "Сценарий праздника "Прощание с букварем в начальной школе" "
    ["seo_title"] => string(66) "stsienarii-prazdnika-proshchaniie-s-bukvariem-v-nachal-noi-shkolie"
    ["file_id"] => string(6) "172897"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1423896862"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(120) "Сценарий сюжетно – игровой программы  «Когда мои друзья со мной» "
    ["seo_title"] => string(68) "stsienarii-siuzhietno-ighrovoi-proghrammy-koghda-moi-druz-ia-so-mnoi"
    ["file_id"] => string(6) "188427"
    ["category_seo"] => string(22) "klassnomuRukovoditeliu"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1426678045"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(108) "Заключительный урок обучения грамоте (сценарий праздника) "
    ["seo_title"] => string(65) "zakliuchitiel-nyi-urok-obuchieniia-ghramotie-stsienarii-prazdnika"
    ["file_id"] => string(6) "124864"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1414826585"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(116) "Сценарий внеклассного мероприятия "Если добрый ты - это хорошо!""
    ["seo_title"] => string(69) "stsienarii_vnieklassnogho_mieropriiatiia_iesli_dobryi_ty_eto_khorosho"
    ["file_id"] => string(6) "361059"
    ["category_seo"] => string(10) "vneurochka"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "meropriyatia"
    ["date"] => string(10) "1479728109"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства