kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida maʼlumot

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Muhammad Yusuf hayoti va ijodi»

Samarqand viloyati  Kattaqo’rg’on shahar  14-umumiy o’rta ta’lim maktabining  ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ganiyeva Dildora Sagdullayevnaning “Muhammad Yusuf she’rlarida Vatan madhi” mavzusidagi darsi

Mavzu: Muhammad Yusuf she’riyatida Vatan madhi  Muhammad Yusuf  o’zbek adabiyotida o’zining yo’nalishi va ohanggiga ega bo’lgan shoir edi.

Mavzu: Muhammad Yusuf she’riyatida Vatan madhi

Muhammad Yusuf

o’zbek

adabiyotida o’zining

yo’nalishi

va ohanggiga ega

bo’lgan shoir

edi.

Muhammad Yusuf  (1954 - 2001)

Muhammad Yusuf (1954 - 2001)

1954 - yil 26 - aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980),

“ Toshkent oqshomi” gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi.  U “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989),

“ Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko’nglimdagi yor” (1991), “Bevafo ko’p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg’onchi yor” (1994), “Osmonimga olib ketaman” (1998)

to’plamlarining muallifi.  1998-yilda unga M. Yusufga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda “Saylanma” asarlari

chop etildi. M. Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati – shoir she’rlari asosini belgilaydi.  M. Yusuf 2001-yil 29-iyulda vafot etdi va tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.

U ishlagan joylar Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980) “ Toshkent oqshomi” gazetasida (1980-1986) Adabiyot va san’at nashriyotida “ O’zbekiston ovozi” gazetasida (1986-1993)

U ishlagan joylar

Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980)

“ Toshkent oqshomi” gazetasida (1980-1986)

Adabiyot va san’at nashriyotida

“ O’zbekiston ovozi” gazetasida (1986-1993)

She’riy to’plamlari «Tanish teraklar» (1985) «Bulbulga bir gapim bor» (1987) «Iltijo» (1988) «Uyqudagi qiz» Halima enam allalari» (1989) «Ishq kemasi» (1990) «Ko‘nglimda bir yor» (1991) «Bevafo ko‘p ekan» «Yolg‘onchi yor» (1993) «Erka kiyik» (1995) «Osmonimga olib ketaman» (1998) «Ulug‘imsan, vatanim» (2004)

She’riy to’plamlari

«Tanish teraklar» (1985)

«Bulbulga bir gapim bor» (1987)

«Iltijo» (1988)

«Uyqudagi qiz»

Halima enam allalari» (1989)

«Ishq kemasi» (1990)

«Ko‘nglimda bir yor» (1991)

«Bevafo ko‘p ekan»

«Yolg‘onchi yor» (1993)

«Erka kiyik» (1995)

«Osmonimga olib ketaman» (1998)

«Ulug‘imsan, vatanim» (2004)

Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor,  Toshlarni yig'latgan dostonlaring bor,  O'tmishingni o'ylab og'riydi jonim,  Ko'ksing to'la shahid o'g'lonlaring bor.   Bag'rim o'rtar bir o'y bahor ayyomlar,  Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.  Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,  Fayzullodek mardi-maydonlaring bor...

Yurtim, ko'nglingdek keng osmonlaring bor,  Yulduzni yig'latgan dostonlaring bor.  Osmonlaringdan ham diydoringga zor,  Jayrondek termulgan Cho'lponlaring bor.   Qo'ling qadog'iga bosay yuzimni,  Onamsan-ku, og'ir olma so'zimni,  Qayinbarglar yopib qaro ko'zini  Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,  Ana, yurishibdi kiyganlari zar,  Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar -  Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...   Qurboning bo'layin, ey onajonim,  Sening faryodlaring, mening fig'onim,  O'tmishingni o'ylab o'rtanar jonim,  Aytsam ado bo'lmas dostonlaring bor.

ONAMGA XAT   Men sizni o'ylayman shomu saharda,  Ona, sog'insam ham bora olmayman,  Tunlari charog'on shunday shaharda,  Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.   Men siz aytgandayin hammani sevdim,  Hammaga ishondim, mana oqibat:  O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,  Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,  Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:  Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,  Uyuridan ajrab qolgan qulunman...   Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,  Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.  Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,  Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,  Ona, sog'insam ham bora olmasdan.  Tunlari charog'on shunday shaharda  Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...   Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,  Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.  Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,  Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.

OTA   Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,  Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.  Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,  Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.   Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,  Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,  Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,  Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,  Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,  Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,  Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.   Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,  Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,  Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,  Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,  Qonimga yot navolarga qayrilmasman,  O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -  O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.   Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,  Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,  Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan  Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

QO'YABERING...   Shamol sabab, ehtimol,  Tunda eshik g'ichirlar.  Boshlanadi, qishloqda  Shunda pichir-pichirlar.  Sizga nima?  Siz uxlang,  Hech ishingiz bo'lmasin.  Kimda kimning ko'ngli bor,  Qo'yavering, o'ynasin...  Oshiqlarim - oshiqdek  Mayli, ko'ngil xushlasin,  Ikki oshiq istasa,  Shamol bilan mushtlashsin.  O'ksimasin qiz qalbi,  Yigit rayi o'lmasin,  Kimda kimning ko'ngli bor,  Qo'yavering, o'ynasin...

G'iybat qilmang yigitni,  Uyaltirmang qizni ham.  Shunday o'tli muhabbat  Siylar bo'lsin sizni ham.  Bir sovuq so'z tufayli,  Sevgi bog'i so'lmasin.  Kimda kimning ko'ngli bor,  Qo'yavering, o'ynasin...   Ilk sevgidan iymanib,  So'ng pushaymon yonsa ham,  Sepli qizga suykanib,  Epli qizdan tonsa ham.  Nasib etmay yor vasli,  Endi hajri qiynasin!..  Kimda kimning ko'ngli bor,  Qo'yavering, o'ynasin...

Ikki yorti bosh uzra  Porlasin ishq quyoshi.  Qizga hayo, yigitning  G'urur bo'lsin yo'ldoshi.  Diydoriga bir-birin  Termulishib to'ymasin.  Kimda kimning ko'ngli bor,  Qo'yavering, o'ynasin...

SIR   Shamoldek beqaror shoir sevgisi,  Uning bor davlati - savlati.  Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi,  Meni tanlaganing g'alati...   Na bir shirin kalom ming zahmatingga,  Na bir salomingga alik oladi.  Muhabbating nima Muhammadingga?..  Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yig'lar yurak,  Ko'ksingda nimadir g'ijjak chaladi.  Unga she'r kerakdir,  Senga er kerak.  Koshki tushunsa u valadi...   U so'z kutar, uni sen kutib oylab,  Bir umr yo'l qarab ko'zing toladi.  Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,  Baxtingni yarmini she'rim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,  Seni tanlaganim g'alati...  Asl shoir asli uylanmay o'tar,  Uylansa ham ko'rmay xotin oladi.

TUSHLARIMGA KIR   Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,  Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi...  Nima ham ko'ribman men yigit bo'lib?  Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.  Peshonam shu ekan, peshonam shudir,  Tushimga kir endi, tushlarimga kir.   Tovoning o'padi ariqdagi suv,  Ko'ylaging etagin o'padi maysa.  Men-chi bir giyohcha bo'lolmadim-ku,  Ey, ko'zlari jayron, kiprigi nayza!  Peshonam shu ekan, peshonam shudir,  Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.

Ko'chib borayotir bu umr - karvon,  Kunlarning bo'ynida yurak qo'ng'iroq.  Men senga armonu sen menga armon,  Ko'nglimning to'rida tutar shamchiroq.  Peshonam shu ekan, peshonang shudir,  Tushimga kir jonim, tushlarimga kir...   Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,  Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi.  Qoldingu bag'rimda jonimdek bo'lib,  Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.  Peshonam shu ekan, peshonang shudir,  Tushimga kir jonim, tushlarimga kir...

MUHABBAT   Muhabbat, ey go'zal iztirob,  Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.  Ko'kragimga qo'lingni tirab,  Yuragimni to'kib qo'yding-ku.   Qancha ko'zlar menga zor edi,  Na g'am, na anduhim bor edi.  Qushday yengil ruhim bor edi,  Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,  Yengilmagan edim - yengib sen,  Boshlarimni yerga egib sen,  Qomatimni bukib qo'yding-ku.   Sen men uchun bir xayol eding,  Yaxshi bor yo yaxshi qol eding.  Jon kerakmi - mana ol endi,  Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading;  Menga bir juft guling asrading,  Birin otin Kumush atading,  Birin ismin Zaynab qo'yding-ku.   Muhabbat, ey go'zal iztirob,  Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,  Yuzlarimga yuzlaring tirab,  Ko'zlarimni bog'lab qo'yding-ku!..

SUVPARI   Seni hech kim sevolmaydi meningdek:  Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,  Poyingga tiz cho'kib yig'lar, ehtimol,  Lekin sodiq bo'lolmaydi meningdek!..   Aldanma yor, aldamchilar makriga,  Malak bo'lma bevafo ishq shahriga,  Ular seni bir bossa bas bag'riga,  Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo'ling kesib o'tsam - o'zim xijolat,  Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat,  Bir nigohing o'zi menga inoyat,  Seni hech kim sevolmaydi meningdek.   Joningga jon bo'lmayman-u, sevaman,  Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,  Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,  Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko'kdagi harir ko'ylak, hur-pari,  Ko'k ko'ldagi tinib qolgan suvpari.  Muhammadning ko'nglidagi dilbari,  Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

UYQUDAGI QIZ   Qaro yerga qo'yib bosh,  Bir qizgina uxlaydi.  Ko'zlariga to'lib yosh,  Hur qizgina uxlaydi.   Yotar qurib darmoni,  Mangu uxlar gul yonoq.  Ko'ngli to'la armoni,  Qo'yni to'la qizg'aldoq...   Bu dunyoda hech sendek  Qiz yo'q edi, tur, singlim,  O'zing orzu qilgandek  To'y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,  Harir ro'mol o'rarsan.  Gul-gul yonib muqaddas,  Chimildiqqa kirarsan...   Qaro yerga qo'yib bosh,  Bir qizgina uxlaydi.  Nurxon otli qalamqosh,  Hur qizgina uxlaydi.

She’rlari SIR ONAMGA XAT QO'YABERING OTA MUHABBAT   SUVPARI MEN BITTADURMAN  YOLG'ONCHILAR   SEVGI SADOSI  UYQUDAGI  QIZ   BIR QIZ YIG'LAR  (2004) HAQIQAT ERKA KIYIK OQIBAT TURKMAN QIZ UZR SODDA MUHAMMADMAN...     PALAXMON

She’rlari

SIR

ONAMGA XAT

QO'YABERING

OTA

MUHABBAT

SUVPARI

MEN BITTADURMAN

YOLG'ONCHILAR

SEVGI SADOSI

UYQUDAGI QIZ

BIR QIZ YIG'LAR (2004)

HAQIQAT

ERKA KIYIK

OQIBAT

TURKMAN QIZ

UZR

SODDA MUHAMMADMAN...

PALAXMON

Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar

ADABIYOTGA E’TIBOR - MA’NAVIYATGA, KELAJAKKA E’TIBOR. I. A. KARIMOV

ADABIYOTGA E’TIBOR - MA’NAVIYATGA, KELAJAKKA E’TIBOR.

I. A. KARIMOV

E’tiboringiz uchun RAHMAT!!!

E’tiboringiz uchun RAHMAT!!!

Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Литература

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 9 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi

Автор: Ганиева Дилдора Сагдуллаевна

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545299

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(30) "Muhammad Yusuf hayoti va ijodi"
    ["seo_title"] => string(32) "muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi_2"
    ["file_id"] => string(6) "546383"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1586750840"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(30) "Muhammad Yusuf hayoti va ijodi"
    ["seo_title"] => string(32) "muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi_1"
    ["file_id"] => string(6) "545494"
    ["category_seo"] => string(7) "prochee"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1586101600"
  }
}
object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(45) "Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bagishlangan"
    ["seo_title"] => string(45) "muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodiga_bagishlangan"
    ["file_id"] => string(6) "545893"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1586422816"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(29) "Dars ishlanma 8 sinflar uchun"
    ["seo_title"] => string(29) "dars_ishlanma_8_sinflar_uchun"
    ["file_id"] => string(6) "545619"
    ["category_seo"] => string(10) "literatura"
    ["subcategory_seo"] => string(12) "planirovanie"
    ["date"] => string(10) "1586185145"
  }
}

Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства