Просмотр содержимого документа
«Типичный план урока на один час»
Namangan shahar xalq ta’lim bo’limiga qarashli 12-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Tarix fani o’qituvchisi Tursunova Sevaraning dunyo dinlari tarixi fanidan “Ksenofobiya va Din”mavzusida
bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Sana : 28.02.2020.
Sinfi : 10 - “B”
Mavzu:KSENOFOBIYA VA DIN
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi :
Dars turi: noan’anaviy
Uslub: Hikoya suhbat, Savol-javob
Dars shakli: Jamoa, guruhda ishlash,
Dars jihozi: I.A.Karimov asarlari, darslik, siyosiy xarita, tarqatma, rasmli ko’rgazma, slayd, kompyuter
Nazorat: O’quvchilarning darsga faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi
Baholash: O’quvchilar bilim reytingi mezonlar asosida baholab boriladi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga din va madaniyat to’g’risida ma’lumot berish
Tarbiyaviy: O’quvchilarni diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilani dunyoqarashini, nutqini va fikrlash qobiliyatini shakllantirish
TAYANCH KOMPETENSIYALAR:
Komunikativlik:
o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob bera olish
Milliy va umummadaniy:
umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlarini (urf – odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h. k.) hurmat qilish;
o’zgalarga nisbatan mehr – muruvvat, sahiylik, diniy e’tiqod, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish, jamiyatda o’rnatilgan odob – axloq qoidalariga rioya qilish
O’z – o’zini rivojlantirish:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z – o’zini rivojlantirish, ma’naviy va intelektual kamolotga intilish, o’z hatti – harakatini baholash, o’zini nazorat qila bilish, halollik kabi sifatlarga ega bo’lish
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklardan xabardor bo’lish hamda foydalanish:
tarixda yil hisobini o’qiy olish, tarixiy davrlarga oid chizmalarni o’qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o’qiy olish
miloddan avvalgi era milodiy yillar o’rtasidagi farqlarni matematik amallar bilan yecha olish
FANGA OID KOMPETENSIYALAR
Tarixiy voqelikni tushunuvchanligini mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompitensiyasi. Tarixiy davrlar va yillarni ajrata oldi . tarixiy hisobini tushintira oladi
Mazkur davrni o’rganish orqali o’quvchilar tarix fanini o’rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi: Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi, Tarixiy sanalarda to’y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi.
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi, Tarixiy sanalarda ro’y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va dabiyotlar bilan ishlash kompompitensiyasi
Tarixiy illustirasiyalar asosida kichik hiloyalar tuzaoladi, Tarixiy joylarni xaritadan ko’rsata oladi
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R
Darsning qismlari
Uslub
Belgilangan vaqt
1
Tashkiliy qism
O’quvchilarni darsga tayyorlash
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
Savol – javob
12 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
Hayotiy hikoyalar asosida suhbat
14 daqiqa
4
mustahkamlash
Mavzu tuzasidan xulosalar
12 daqiqa
5
Baholash
Milliy baholash usuli
2 daqiqa
6
Uyga vazifa
Mavu yuzasidan ijodiy ishlash
2 daqiqa
DARSNING BORISHI
I Tashkiliy qism :
3 daqiqa o’quvchilar bilan salomlashish davomatni aniqlash , darsga jalb qilish.
II .Uy vazifasini takrorlash: 12 daqiqa
1 Ommaviy madanyat deganda nimani tushinasiz
2 “Barcha yaltirab ko’ringan narsalar oltin bo’lavermaydi” xalq maqolini “ommaviy madanyat ” bilan bog’lab tushintiring o’quvchilarga shu kabi savollar berilib javobi o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi. Faol o’quvchilar baholanadi.
III YANGI MAVZU BAYONI.
REJA:
1 Ksenofobiya
2 Islamofobiya
K senofobiya- (Yunon. Ksenos- begona; fobos- qo’rquv) yunon tilida birorta “begona,” “notanish” bo’lgan narsa yoki tushunchadan qo’rqish ma’nosini anglatadi.
Tibbiyotda bu so’z insondagi “notanish shaxs narsa hodisa va boshqalardan qo’rqish” yoki ulardan “nafratlanish ”tuyg’ularini bildiradi o’zi uchun begona bo’lgan narsalardan yotsirab qo’rqish , ayniqsa yosh go’daklarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Notanish narsa va Hodisalardan ehtiyotkorlik yuzasidan begonasirab ulardan yetishi mumkin bo’lgan xavf - hatardan qo’rqish insondagi o’z o’zini himoya qilish hususiyati bilan bog’liq bo’lib odatda sog’lom insonda kuzatiladigan holatdir.
Bu kabi o’z hayoti ,nasli, turini begona va nomalum xavf xatardan himoyalash, biolgik qo’rquv hissiyoti bu hayvonlarda ham mavjud .
K senafobiya bu tabiiy bo’magan ,insondagi biror notanish narsaga nisbatan haddan tashqari nafrat hissining yuzaga kelishi ,asb tizimi izdan chiqish holatidir. Insondagi ushbu pisixologik xususiyat har qanday yangilikni , u yaxshi yoki yomon bo’ishidan qattiy nazar ,undan hadiksiragan holda qabul qilinishdan iborat, Masalan , yangilk kashfiyotchilaridan Galileo Galile ( 1564-1642), Nikolay kopernik (1473-1543) kabi olimlarlarning olamshumul ixtirolariga munosabatni olishimiz mumkin . XIX-asrda mahalliy xalqlar orasida “tunika tom yopilga uyga farishta kirmaydi” “kartoshka musulmonning taomi emas” “” kabi muttasibona fikrlar tarqalgan . Bu masala haqida gapirganda kulib qo’yasiz .Ammo hozirgi XXI-asrdagi sivilizatsiya jarayonlarining jadallashuvi davrida insonlar orasida ijobiy yangilikka nisbatan qo’rquv hissi yo’qolmaydi . Qo’rquvning obekti o’zgaradi xolos.
Diniy ksenofobiyadan tashqari etnik , milliy, irqiy, kisenofobiya turlari mavjud,Biror xalqqa ( etnosga) nisbatan hadiksirash , qo’rquv bilan qarash va shu qarashlar bilan bog’liq xatti -harakatlar etnik ksenofobiyaning bir ko’rinishidir. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida “terrorizim” va “islom ” so’zlari juda ko’p holatlarda birgalikda ishlatilmoqdaki, oqibatda islomdan qo’rqish – islomofobiya tushunchasi yuzaga keldi . Islomofobiya atamasi XX-asr oxrilaridan muomilaga kirib kelgan.Islomofobiyaning mafkuraviy jihati shundan iboratki, unda bir tomondan dunyoviylik, ikkinchi tomondan vijdon erkinligi tamoyillarining bazi g’arb davlatlarida to’liq tartibga solimaganligida ko’rinadi.
Islomofobiya bazan “diniy kamsitish” ( diniy diskiriminatsiya) ko’rinishida nomoyon bo’lishi mumkin. “Diniy kamsitish ” kishilarni diniy mansubligiga ko’ra ularn haq- huquqlarini cheklashdan iborat. Diniy ksenofobiyaning ko’rinishlari boshqa jahon dinlariga ham nisbatan ishlatiladi . Masalan Xiristianlik diniga nisbatan salbiy munosabat “ Xiristianofobiya” so’zi shaklida , yaxudiylik diniga nisbatan “yudofobiya” iborasi ishlatiladi.
MUSTAHKAMLASH
1.Din nima va din haqidagi ikki xil qarhni bir biri bilan taqqoslang ?
2 dinning jamiyatdagi vazifasini tushintirib bering ?
3. Din insonyat tarixida qanday ro’l o’ynagan ? kabi savollar beriladi va o’quvchilar baholanadi ?
D ARSLIK BILAN ISHLASH;
TARIXGA NAZAR
AQSHda XIX- asrda yuzaga “ ku-kluks-kilan” guruxi qora tanlilarga qarshi oq tanlilar millatchiligi sifatida yuzaga kelgan edi . Bu gurux tomonidan qora tanlilarga nisbatan o’tkazilgan taziq va terrorchilk harkatlari natijasida jamiyatda anchagina notinchliklar kelib chiqdi. “ oq irqchilik” nomi bilan mashhur bo’lgan bu yashirin jamoa AQSHda 1861-1865- yillaridagi fuqarolar urushidan keyin janublik askarlar tomonidan tashkil etildan edi .Ular tomonidan nishonga olingan qora tanli “qurbon” ga dub daraxti butog’i yoki apelsin urug’lari tashlab ketilar edi. Bu belgini olgan qora tanli kishi aytilgan ishni qilishi yoki mamlakatni tashlab chiqib ketishi kerak edi. Aks holda uni muqarrar o’im kutar edi.
Ku Kulks Klan.Beloe Dvijeniye V S SH A.-Moskiva, 2001 ; MsVeigh,Ror
Darsni yakuni : Baholarni e’lon qilish.
Uyga vazifa: Mavu yuzasidan ijodiy ishlash
O’I B D O’ : __________________________ F. Sultanova
Fan o’qituvchisi: _______________________ S Tursunova.