kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

6-sinflarda "Fe'l nisbatlari"mavzusida dars ishlanmasiga taqdimoti

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ona tili fanidan "Fe'l nisbatlari" mavzusida dars ishlanma taqdimoti

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«6-sinflarda "Fe'l nisbatlari"mavzusida dars ishlanmasiga taqdimoti»

Mavzu: Fe’l nisbatlari Bajardi: Andijon viloyati Asaka tumani 37-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyaot fani o’qituvchisi Xoliqova Mashhuraxon

Mavzu: Fe’l nisbatlari

Bajardi: Andijon viloyati Asaka tumani 37-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyaot fani o’qituvchisi Xoliqova Mashhuraxon

Fe`l nisbatlari: 5ta Bajaruvchining fe`lda ifodalangan harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini ko`rsatuvchi shakllar fe`lning nisbat shakllari deyiladi. Ular 5xil. Kiy - 0 shakl. Bajaruvchi aniq. (sen). Kiy in di - o`z ustida bajardi. Kiy il di - bajaruvchi noma`lum. Kiy giz di – bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ya`ni bajaruvchi harakat-holatni boshqa bir bajaruvchiga o`tkazadi. Kiy ish di – bajaruvchi boshqalar bilan birgalikda bajardi.

Fe`l nisbatlari: 5ta

  • Bajaruvchining fe`lda ifodalangan harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini ko`rsatuvchi shakllar fe`lning nisbat shakllari deyiladi. Ular 5xil.
  • Kiy - 0 shakl. Bajaruvchi aniq. (sen).
  • Kiy in di - o`z ustida bajardi.
  • Kiy il di - bajaruvchi noma`lum.
  • Kiy giz di – bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ya`ni bajaruvchi harakat-holatni boshqa bir bajaruvchiga o`tkazadi.
  • Kiy ish di – bajaruvchi boshqalar bilan birgalikda bajardi.

Fe`l nisbatlari: 5ta Aniq O`zlik Nisbat Majhul Orttirma Birgalik

Fe`l nisbatlari: 5ta

Aniq

O`zlik

Nisbat

Majhul

Orttirma

Birgalik

1.Aniq nisbat. Aniq nisbat – bajaruvchi aniq ko`rinib turgan harakat-holatni ifodalab, tarkibida hech qanday nisbat qo`shimchasi bo`lmaydi. Ya`ni 0 shaklda bo`ladi.    Masalan: yozdim, ko`rgan, bilgan, zavqlandi, birlashdi, yordamlashdi, ko`maklashdi

1.Aniq nisbat.

  • Aniq nisbat – bajaruvchi aniq ko`rinib turgan harakat-holatni ifodalab, tarkibida hech qanday nisbat qo`shimchasi bo`lmaydi. Ya`ni 0 shaklda bo`ladi.

Masalan: yozdim, ko`rgan, bilgan, zavqlandi, birlashdi, yordamlashdi, ko`maklashdi

2.O`zlik nisbat O`zlik nisbat – fe`lga – (i)n, -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining o`zi ustida amalga oshirilayotgan harakat-holatni ifodalaydi.  Masalan: ko`r- in -di, beza- n -di, tug`- il -moq, qiyna- l -di.   O`zlik nisbatda emas  zavq-lan-moq, faxr-lan-moq.

2.O`zlik nisbat

  • O`zlik nisbat – fe`lga – (i)n, -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining o`zi ustida amalga oshirilayotgan harakat-holatni ifodalaydi.

Masalan: ko`r- in -di, beza- n -di, tug`- il -moq, qiyna- l -di.

O`zlik nisbatda emas zavq-lan-moq, faxr-lan-moq.

3.Majhul nisbat Majhul nisbat – bu nisbat ham fe`l asoslariga – (i)n,   -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi. Ammo bunda harakat bajaruvchisi noma`lum bo`ladi.  Masalan: kiy- il -di, yum- il -di, qil- in -di, beza- l -di.   O`zlik va majhul nisbatlar bir xil fe`l asoslariga – (i)n,   -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi.  Lekin ular bajaruvchining ifodalinishi nuqtayi nazaridan farqlanadi. O`zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o`zi ustida amalga oshadi. Majhul nisbatda esa bajaruvchi noma`lum bo`ladi.  Qiyoslang: Tarandi ( o`zlik ) – taraldi ( majhul )    Kiyindi ( o`zlik ) – kiyildi ( majhul )

3.Majhul nisbat

  • Majhul nisbat – bu nisbat ham fe`l asoslariga – (i)n,

-(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi. Ammo bunda harakat bajaruvchisi noma`lum bo`ladi.

Masalan: kiy- il -di, yum- il -di, qil- in -di, beza- l -di.

O`zlik va majhul nisbatlar bir xil fe`l asoslariga – (i)n,

-(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi.

Lekin ular bajaruvchining ifodalinishi nuqtayi nazaridan farqlanadi. O`zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o`zi ustida amalga oshadi. Majhul nisbatda esa bajaruvchi noma`lum bo`ladi.

Qiyoslang: Tarandi ( o`zlik ) – taraldi ( majhul )

Kiyindi ( o`zlik ) – kiyildi ( majhul )

Eslatma!!!   Ayrim fe`llar ham o`zlik, ham majhul nisbatda bo`la oladi. Buni gap mazmunida farqlaymiz.  Qiyoslang:   Lag`mon cho`zildi.  (majhul)  Karimjon ko`rpachaga cho`zildi . (o`zlik)   Sovg`a berildi.  (majhul)  Orzularga berildi . (o`zlik)   Mix qoqildi. (majhul)  Karimjon qoqildi . (o`zlik)

Eslatma!!!

Ayrim fe`llar ham o`zlik, ham majhul nisbatda bo`la oladi. Buni gap mazmunida farqlaymiz.

Qiyoslang:

Lag`mon cho`zildi. (majhul)

Karimjon ko`rpachaga cho`zildi . (o`zlik)

Sovg`a berildi. (majhul)

Orzularga berildi . (o`zlik)

Mix qoqildi. (majhul)

Karimjon qoqildi . (o`zlik)

4.Orttirma nisbat Orttirma nisbat - fe`lga maxsus qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshirlgan harakat-holatni ifodalaydi.  Maxsus qo`shimchalar:  -t – unli bilan tugagan ko`p bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: sana- t , gulla- t , o`qi- t , ishla- t , to`qi- t .  -sat – faqat “ko`rmoq” fe`liga qo`shiladi.: ko`r- sat.  -ir, -ar, -iz, -az, -it – undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: bit- ir , chiq- ar , oq- iz , chiq- az , kir- it .  -dir, -giz, -gaz, -g`iz, -g`az – jarangli undosh  bilan tugagn fe`llarga qo`shiladi: yoz- dir , yur- giz , tur- gaz , tur- g`iz , tur- g`az .  -tir, -kiz, -kaz, -qiz, -qaz – jarangsiz undosh bilan tugagan fe`llarga qo`shiladi: kel- tir , ket- kiz , yet- kaz , yut- qiz , o`t- qaz .   O`tkaz – Bolani ariqdan o`tkaz.  O`tqaz – Ko`chatlarni o`tqaz.

4.Orttirma nisbat

  • Orttirma nisbat - fe`lga maxsus qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshirlgan harakat-holatni ifodalaydi.

Maxsus qo`shimchalar:

-t – unli bilan tugagan ko`p bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: sana- t , gulla- t , o`qi- t , ishla- t , to`qi- t .

-sat – faqat “ko`rmoq” fe`liga qo`shiladi.: ko`r- sat.

-ir, -ar, -iz, -az, -it – undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: bit- ir , chiq- ar , oq- iz , chiq- az , kir- it .

-dir, -giz, -gaz, -g`iz, -g`az – jarangli undosh bilan tugagn fe`llarga qo`shiladi: yoz- dir , yur- giz , tur- gaz , tur- g`iz , tur- g`az .

-tir, -kiz, -kaz, -qiz, -qaz – jarangsiz undosh bilan tugagan fe`llarga qo`shiladi: kel- tir , ket- kiz , yet- kaz , yut- qiz , o`t- qaz .

O`tkaz – Bolani ariqdan o`tkaz.

O`tqaz – Ko`chatlarni o`tqaz.

Eslatma!!!  Ba`zan fe`l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo`shimchalar qo`shilishi mumkin.  Masalan:  o`qi- t o`qi- t-tir ,  to`l- dir to`l- dir-giz,  yoz- dir yoz- dir-tir.  Bunday holatda orttirma nisbat ma`nosi kuchayadi!

Eslatma!!!

Ba`zan fe`l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo`shimchalar qo`shilishi mumkin.

Masalan:

o`qi- t o`qi- t-tir ,

to`l- dir to`l- dir-giz,

yoz- dir yoz- dir-tir.

Bunday holatda orttirma nisbat ma`nosi kuchayadi!

5.Birgalik nisbat Birgalik nisbat – fe`lga -sh, -ish, qo`shimchasini qo`shish orqali hosil qilinadi va bir necha bajaruvchilar tomonidan birgalikda amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalaydi.  Masalan: kel- ish -di, yoz- ish -di, bor- ish -ma-di,  o`yla- sh -di.   Birgalik nisbatda emas yordam- lash -di,   ko`mak- lash -di, bir- lash -di.   Bolalar onasiga yordam lash di (aniq nisbat)  Bolalar onasiga yordam lash ish d (birgalik)

5.Birgalik nisbat

  • Birgalik nisbat – fe`lga -sh, -ish, qo`shimchasini qo`shish orqali hosil qilinadi va bir necha bajaruvchilar tomonidan birgalikda amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalaydi.

Masalan: kel- ish -di, yoz- ish -di, bor- ish -ma-di,

o`yla- sh -di.

Birgalik nisbatda emas yordam- lash -di,

ko`mak- lash -di, bir- lash -di.

Bolalar onasiga yordam lash di (aniq nisbat)

Bolalar onasiga yordam lash ish d (birgalik)

Eslatma!!!   Fe`l asosiga bir necha nisbat qo`shimchalari ketma-ket qo`shilishi mumkin. Bunday holda bu fe`lning qaysi nisbatda ekanligini eng oxirgi nisbat qo`shimchasiga qarab aniqlaymiz.  Masalan:   ort  ort mjh  yoz-dir-tir- il -di (majhul)  ort ort brg  tozala-t-tir- ish -di (birgalik)  Xoliqova Mashhuraxon

Eslatma!!!

Fe`l asosiga bir necha nisbat qo`shimchalari ketma-ket qo`shilishi mumkin. Bunday holda bu fe`lning qaysi nisbatda ekanligini eng oxirgi nisbat qo`shimchasiga qarab aniqlaymiz.

Masalan:

ort ort mjh

yoz-dir-tir- il -di (majhul)

ort ort brg

tozala-t-tir- ish -di (birgalik)

Xoliqova Mashhuraxon


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Презентации

Целевая аудитория: 6 класс

Скачать
6-sinflarda "Fe'l nisbatlari"mavzusida dars ishlanmasiga taqdimoti

Автор: Xoliqova Mashxuraxon To'ychiboyevna

Дата: 15.05.2020

Номер свидетельства: 549832


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства