kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Alisher Navoiyning Xamsa asari haqida

Нажмите, чтобы узнать подробности

Xamsa asari haqida ma'lumot berilgan 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Alisher Navoiyning Xamsa asari haqida»

SaBb`ayi sayyor dostonidagi 7 raqami bilan bog`liq tushunchalar



Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini o`qimagan kitobxon bo`lmasa kerak, biz ham o`z qarashlarimizni hamda “Sab`ayi sayyor” dostonini o`qib, olgan taassurotlarimizni va bizni hayratlantirgan jihatlarini o`rtoqlashish maqsadida ushbu maqolani yozishga qo`l urdik .

Shoh Bahrom Rum bilan Chinni o`ziga bo`ysindirdi, keyinchalik yetti iqlim unga tobe bo`ldi va yetti iqlim hukmdorlari shoh Bahromga har yili boj to`laydigan bo`ldi. Shoh Bahrom kunlarini ov va aysh-u ishrat, musiqa va ashula tinglash bilan o`tardi.Shoh butun olamga qiblagoh ekanidan shodlanib:”Xudoyim meni ahli olam hukmdori qilgan ekan , buning shukronasi uchun elni adolat bilan boshqarishim, muhtojlarga va beva-bechoralarga mehribonlik ko`rsatishim zarur”,--- deb xayol surib chor-atrofni sayr qilaib yurardi. Shu payt dasht bo`ylab shoshib ketayotgan musofirga achindi va unga yaxshilik qilmoqchi bo`lib, dasturxonga taklif qildi. Musofir bilan suhbatlashgan shoh Bahrom uning aql-u zakovatiga taxsin o`qidi va bu dasht-u biyobonlarda nima qilib yurganini so`radi. Musofir :”Men bu dashtlarda musofirlardek kezib yursam ham, o`z ishimda zamonaning yaginasiman.Bu dashtlarda yurishimning sababi shoh Bahromni topish va unga hammadan yashirgan sirimni aytishdir “,--- debdi.Shoh;”Ey,musofir banda , sen o`z maqsadingga etganingdan bexabarsan . Men yetti iqlim podshohi Bahromman”,--- debdi.Shunda musofir yer o`pib tazim qildi va o`zini olamga dong`i ketgan rassom Moniy deb tanishtirdi. Moniy Chinda tengi yo`q bir go`zal Dilorom haqida xabar berib, uning o`zi chizgan suratini shohga taqdim etadi.Shoh suratni ko`rishi bilan Diloromga oshiq bo`lib qoladi va Chin mamlakatining bil yillik xirojini to`lab, qizni saroyga keltiradi.Shundan keyin Bahrom qizga butunlay mahliyo bo`lib, davlat, mamlakat ishlarini unutadi.Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlangandek, ovda kiyik voqeasi yuz beradi. Dilorom Bahromning merganlik mahoratini “mashqning natijasi”,--- deb aytadi. Shoh mastlikda qizning oyoq-qo`lini o`z sochlari bilan bog`lab, biyobonga tashlab kelishni buyuradi.Ertasi g`azab va mastlik tarqab, afsuslangandan keyin, uni o`zi borib izlaydi, lekin topolmaydi. Hijron azobida o`zini butunlay yo`qotadi:

Joni ikki balo orasinda,

Mo`r ikki ajdaho arosinda

Na o`lik erdi, na tirik soni,

Bo`lmas erdi tirik demak oni.

Shohning ahvoli og`irlasha boradi. Navoiy bu o`rinda shoh Bahromda endi chin ma`noda oshiqlik sifatlari paydo bo`layotganligiga e`tibor qaratadi, zero ruhiy iztiroblar va hijron dardi ishqning ortishiga sabab bo`ladi. Iztirobdan butunlay o`zini yo`qotgan Bahromning avval falakka , so`ng aqli va qo`shiniga murojaat qilib , notavon jonini bu azoblardan qutqarishni so`rab chekkan faryodlari dostondanihoyatda ta`sirli tarzda ifodalanganini ko`ramiz:

Manga ne qildinng, ey sipehr, oxir ,

Yo`q emish senda zarra mehr , oxir!

O`lturub g`avrima yeting oxir!

Ming o`limdin xalos eting oxir!

Saroy ahli tashvishga tushadilar. 400 hakim va tabib to`planib , ikki yil davomida shohni davolaydilar.Shoh bir oz o`ziga kelganday bo`ladi.Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu yetti qasr yetti shohning mamlakatiga olib boradigan yo`l ustida quriladi.Rassom Moniy uning har birini alohida bir rang bilan bezaydi.Bahrom ularni tomosha qilar ekan, kasali tuzala boshlaydi. Yetti rangdagi yetti qasr bitgach, yetti iqlim shohining yetti qizi Bahrom bilan nikohlanadi. Yetti qasrning har biri yetti sayyoradan birining rangiga mos bo`lib, haftaning shu sayyora homiy hisoblangan kuniga xos edi.Yetti qasr tasvirini o`qir ekanmiz , Navoiy har bir qasrdagi shoh , malika va musofir hamda jihozlar tasvirini berishda ranglarning turfa xil nomlanshlaridan ustalik bilan foydalanganlagiga guvoh bo`lamiz.

1. Shanba kuni uchun shu kunning homiysi Zuhal (Saturn) sayyorasining rangiga mos qora qasr --- mushkfom qasrda shoh Bahrom hindistonlik sayyohning Farruh va Axiy haqidagi hikoyati haqidagi hikoyatini tinglaydi. Unga ko`ra ,Hind mamlakati podshosi Jasratxonning aqlu husnda tengsiz shaxzoda Farrux tushida bir parivashni ko`rib , sevib qoladi.O`sha sanamga yetishish ishqida safarga chiqqan shahzoda Halab shahrida tushida ko`rgan mahvashni uchratib , hushidan ayriladi va taqdir taqozosi bilan birgina palosga o`ranib, og`ir ahvolda qolganida unga saxovati bilan nom qozongan Axiy yordam ko`rsatadi. U bilan suhbatda bo`lgan Axiy Farruhning zakvatiga qoyil qoladi va shahzodaning dardiga davo topishni chin dildan xohlaydi. Nihoyat Farruhning ishqi tushgan go`zal o`z ayoli ekanini bilib oladi va jufti halolini taloq qilib, Farruhga nikohlab beradi.Farruh yurtiga va otsi vafot etgani uchun taxtga o`tiradi. Bu orada Axiyning ishlari orqaga ketadi, tuhmatga uchraydi , o`z yurtidan qochib, jon saqlab qoladi.Farruh uylangach , Axiyning martligidan hayratga tushadi, ayolni o`ziga singil kabi tutadi va do`stini izlaydi. Axiy esa hind mulkiga borib qoladi, shu yerda ikki do`st topishadi, Farruh singlim deya Axiyning o`z ayolini katta to`y bilan nikohlab beradi. Shu tariqa ular chin do`st sifatida , bir-biridan yordam va mehrini ayamay uzoq umr kechiradilar.Mazkur hikoyat yakunida sayyoh shoh Bahromga o`zining Axiy avlodidan ekanini ma`lum qiladi. Shoh uni siylab, saroyda olib qoladi.

2 . Yakshanba kuni uning homiysi Quyosh sayyorasining rangiga mos sariq qasrda shoh Bahrom Rumlik sayyohning Zayd Zahhob haqidagi hikoyatini tinglaydi.Unga ko`ra juda o`tkir bilim egasi bo`lgan Zayd Zahhob ismli zargar Rum mamlakati podshosining eng yaqin do`sti edi.U shohning ishonchini qozongan bo`lib , hukmdor u bilan har bir ishda maslahatlashar edi. Bir kuni Zayd Zahhob shohga oltin taxt yasab berishni taklif qiladi. Shoh ko`nadi va xazinadan ikki ming botmon oltinni zargarga olib boradi. Zayd Zahhob sirti oltin bilan qoplangan , lekin ichki tomoni kumush bilan to`ldirilgan taxt yasaydi.Qolgan oltinlarni esa o`zlashtirib yuboradi. Shoh bundan behabar bu hashamatli taxtga chiqib, qoyil qoladi. Zayd Zahhobning dushmanlari shohga uning firibini ma`lum qiladilar. Shoh Zayd Zahhobni zindonga tashlaydi.Zayd Zahhob zindondan qochib, qustantaniyaga borib, butxonada rohiblik qila boshlaydi. U yerda hammani o`ziga muhlis qilib, butxonaning barcha oltindan yasalgan tilla buyumlarini shisha va boshqa metallar bilan almashtirib qo`yadi. Keyin o`z muhlislariga bu yerni tark etishini aytganda, hamma uni yig`lab kuzatadi, Zayd keta turib, ularga bir xat qoldirganligi haqida ma`lum qiladi.”Rahib” ketgach , muhlislari uning xatini topib, ko`zga surib o`qisalar, unda Zaydning hamma kirdikorlari bitilgan bo`ladi. Butparastlar oh- voh qilib qolaveradilar.Zayd esa Rumga qaytib, bemor bo`lib qolgan shohni davolaydi, qayta uning ishonchiga kirib dushmanlarini jazolaydi. Hikoya yakunlangach, sayyoh o`zining Rum mamlakatidan, Zyd Zahhobning avlodlaridan biri ekanligini aytadi. Shoh Bahrom bu sayyohga ham muruvvat ko`rsatib, saroyda olib qoladi.

3. Dushanba kuni shu kun homaysi Oy sayyorasining rangiga mos yashil qasrda shoh Bahrom misrlik sayyohdan Sa`d haqidagi hikayatni tinglaydi . Unga ko`ra, misrlik boy xojaning kamolga yetgan o`g`li Sa`d otasi kabi musofirlarni mehmon qilishni xush ko`rar edi. Bir kuni uning daaaaargohiga shahrisabzlik ikki sayyoh kelib, o`z yurtlaridagi g`aroyib xususiyatli dayr--- butxona haqida aytib beradilar. Mazkur butxonaning o`ziga xos tomoni shu ediki, kimki u yerda bir kun tunasa, tush ko`radi va tushi, albatta, o`ng keladi. Sa`d shu butxonaga borish ishqiga tushadi va otasinning roziligini olib, safarga otlanadi. Unga shahrisabzlik ikki musofir hamrohlik qiladilar. Dayrga yetib borgan Sa`d tush ko`radi.Tush ta`sirida xayolga botib o`tirsa, eshikdan bir mo`ysafid kirib keladi. Mo`ysafid unga o`z taqdirini aytib beradi va Sa`dni ancha vaqtdan buyon kutayotganini ma`lum qiladi. Sa`d bu donishmandning maslahat va ko`esatmalari bilan harakat qiladi.Uzoq sarguzashtlarni, sinovlarni boshdan kechirib, Gulruh ismli go`zal qizning vasliga yetishadi.Sayyoh hikoyatni yakunlagach, o`zining Shahrisabzdan , Sa`d avlodlaridan biri ekanligini ma`lum qiladi. Shoh Bahrom sayyohni Shahrisabzga voliy etib tayinlaydi. Umuman olganda, Hikoyatning bosh qahramoni Sa`dning sarguzashtlari Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod bilan bog`liq voqealarni yodga soladi.

4. Mirrix (Mars) hamiysi bo`lgan seshanba kunida Mirrix rangiga mos qizil qasrda shoh Bahrom navbatdagi sayyohdan shoh Juna va uning do`sti M`sud haqidagi qissani tinglaydi. Roviy shohga Dehliga sultonlik qilgan Junaning saxovati cheksiz ekanligini hikoya qilish bilan o`z qissasini boshlaydi.Sulton Juna shu qadar sahovatli bo`lib, uning saxiyligi chegara bilmasdi. Bir kuni bir musofir uning mehmoni bo`lb, bir ko`zgu sovg`a qildi.Ko`zgu rost gapirgan odamning yuzini oq, yolg`onchining ko`zini qora ko`rsatar edi.Shoh Juna musofirni siylab,undan mendan ham o`tadigan saxiy bormi, deya so`raydi. Yo`q, deb javob bergan sayyohning yuzi ko`zguda qora bo`lib ko`rinadi. Nihoyat uyalib, sizdan ham saxiyroq odam bor, bu go`zal taroz o`lkasida yashovchi Ma`suddir, deydi.Shoh esa hammaga ruhsat berib, payt topib, Tarozga jo`naydi. U yerda Ma`sud bilan uchrashib, do`st tutinadi.Ma`sudning fasohatidan hayratda qoladi. Ma`sud unga o`zi uchun aziz nimaiki bo`lsa, hammasini ikkilanmay hadya qilib yubradi: sevimli kuy va qo`shiqda mohir kanizagini, mayi tugamaydigan jomini, Gulgun laqabli otini. Bundan ta`sirlangan shoh Ma`sudni Tarozga hokim qilib tayinlashga farmon beradi. Taroz hokimi Jaypur esa bundan bezovta bo`libBallu degan qattol vaziri bilan maslahatlashib, Ma`sudni yo`q qilish rejasini tuzadilar.Unga ko`ra, Jaypur Ma`sud bilan do`st tutinadi,bir kuni Ma`sudni mast qilib,br chohga tashlatadi.So`ng qayg`urgan bo`lib, yig`laydi, boshqalarni ham ishontiradiva Ma`sud uchun motam ham ochtiradi.Ballu eas Ma`sudni azoblay boshlaydi/ Jaypurning bir go`zal qizi bo`lib, Ma`sudga oshiq edi.U Ma`sud haqida bilib qoladi va ikki kanizi yordamida uni qutqarib, davolaydi va otasining saroyidan Ma`sud bian qochib ketadi. Jaypur ularga yetolmaydog`da qoladi. Ikki sevishgan yo`lda ko`p qiyinchiliklar bilan Dehhliga borib qoladilar. Ma``sud o`zi mehmon qilgan Junaning shoh ekanini bilmasdi, shuning uhun pul topish ilinjida shoh saroyiga borganda sehrli jomini, kuy chalib qo`shiq aytayotgan kanizini , Gulgun otini ko`rib avval hayron bo`ladi, keyin shohni ham Juna ekanini bilib qoladi. Ma`sud tanigan boshqa mahramlar bu hada junaga aytadilar. Do`stini yo`qotib, hajr azobida qolgan shoh bundan bag`oyat shodlanib, do`stiga mehrbonlik ko`rsatdi, unig yorini ham olib keltiradi, Jaypur va Balluni esa jazolaydi. Hikoyasini shu tariqa yakunlagan sayyoh shoh Bahromga o`zini Tarozdan, Ma`sud avlodlaridan biri ekanligini aytadi. Bahrom uni Tarozga hokim qilib tayinlaydi.

5 . Chorshanba kuniuchun uning homiysi Utorud (Merkuriy) rangiga mos moviy qasrda Bahrom navbatdagi jahongashtadan Mehr va Suhayl haqidagi hikyani tinglardi.Unga ko`ra Adan degan joyda bir orolni o`z makoniga aylantirib, dengizzda qaroqchilik qilishni kasb qilgan Jobir degan yo`lto`sar Behishti saro shahrining go`zal malikasi sayr qilib chiqqan qayiqni qo`lga kiritadi.Lekin Mehr shu qadar go`zal ediki, Jobir uni ko`rib, hushini yo`qotardi.Shuning uchun qizga yaqinlasha olmay,o`zining baland devorlar bilan o`ralgan bog`ida yashashiga ruxsat beradi.Mehrning otasi Navdar shoh Yaman mamlakati shohi No`monning o`g`li Suhaylga qizini bermoqchi edishuning uchun shoh No`mono`g`lini kemaga chaqirib, Navdarning mamlakatiga yuboradi. Suhayl dengizda Jobirga yo`liqadi va jangda yengilib qoladi.Suhaylning jang qilishiga , jasoratiga qoyil qolgan Jobir o`ldirmasdan o`z bog`idagi bir chohga tashlatadi.Shoh Navdar va No`mon o`zaro xat yozishib, birgalikda Jobirga qarshi hujum qilishga kelishadilar.Navdar shoh quruqlikdan,No`mon shon dengizdan hujum qilishga kelishadilar. Afsuski, shoh No`mon va Navdar shoh Jobir qo`liga asir tushadilar.

Mehr visoliga yetisholmagan Jobir esa ichkilikka zo`r beradi.Mehr bo`g`da aylanib yurib,chohda yotgan Suhaylni bilib qolib,qutqaradi, so`ng Suhayl Jobir bilan jang qilib, uni yengadi va tutqunlikdagi hamma ozodlikka erishib, murodu maqsadga erishadilar. Mazkur hikoya poyon topgach, shoh Bahrom roviyni munosib taqdirlaydi va uyquga ketadi.

6 Payshanba kuni shu kun homiysi Mushtariy (Yupiter) rangiga mos sandal qasrda shoh Bahrom Muqbil va Mudbir haqidagi qissani tinglaydi. Unga ko`ra Muqbil va Mudbir Bohtar degan joydan Xovarga yo`l oladilar. Muqbil ibodatli, rostgo`y bo`lib, Mudbir kazzob va pastkash edi.Ular qaynoq vodiyi hamimdan birga o`tadilar.Mudbirning ahmoqona gaplaridan Muqbil ko`p ozor chekib, undan voz kechmoqchi bo`lsa,Mudbir yalinib, tovba qiladi. Ular shu tariqa safarda davom etadilar.Dengiz sohiliga borib, bir kemaga chiqadilar. Muqbil odatdagidek ibodat qilib, tasbeh o`girib o`tirsa, Mudbir Xudoga shirk qiladi, valdiray boshlaydi. Shunda to`fon kelib, ularning kemasini g`arq qiladi.Bu ikkisi taqdir taqozosi bilan qutulib, qirg`oqqa chiqib,o`rmonga duch keladilar.Shu yerdagi bir daraxt kovagida buloq bo`lib,u yerda bu suvni ichgan odam mutlaqo ochiqmaikni, suvsamasligi va yolg`on gapirsa yorilib o`lishi yozilgan bo`ladi.Muqbil va Mudbir bu suvdan to`yib ichib olganlari uchun yozuvni o`qisalar,buloq suvida cho`milgan odam g`aroyib narsalarni ko`rishi yozilgan ekan.Faqat rostgo`y odam cho`milishi mumkin, yolg`onchi esa kuyar ekan.Natijada Mudbir suvga tusholmay,Muqbil buloqqa sho`ng`ib, bir qasrga duch keladi, u yerda bir mahvashga oshiq bo`lib qoladi.O`ziga kelib,suvdan chiqqanida esa oshiq bo`lgan go`zal ishqida ozini yo`qotib behud bo`ladi.Muqbil va Mudbir qirg`oqqa kelsalar, bir kemaga duch keladilar.Bu kema sandal daraxti yog`ochi bilan to`la bo`lib, odamlari o`lib yotardi. Gap shundaki,Xovar mamlakatishohi qizi kasalga chalingan bo`lib, tabiblar unga sandal daraxtidan yasalgan qasrda yashash davo degani uchun ko`plab savdogarlar shu daraxt yog`ochlarini olib kelayotganlarida dengizda po`rtanaga tushib, chiqolmay,ochdan o`lgan edilar.Ular qirg`oqqa borganlarida Xovar shohida duch keladilar.Mudbir o`zini savdogar, kema egasi, Muqbilni qulim, deb tanishtiradi va shu zahoti yorilib o`ladi.Muqbil esa bor gapni yashirmay aytib beradi. Shoh uni o`ziga kuyov qilishni xohlab, to`y beradi.Malikaning qasriga borgan Muqbil xuddi buloqda ko`rgan qsarga duch keladi: sandal qasr,go`zal qizlar va o`sha mahvash. Keyin ma`lum bo`ladiki,bu go`zal Xovar shohining qizi bo`lib, unga jinlar shohi oshiq bo`lgan ekan. Lekin qizga yetisholmagach, o`sha daraxt kovagidagi buloqda qizning suratini, uning qasrini nushasini qilib,o`zini ovitib o`tirarkan. Muqbil shunga duch kelgan ekan.Shu tariqa Xovar shohining go`zal qizi va rostgo`y Muqbil vaslga erishadilar.Hikoya yakunlangach,shoh Bahrom xushnud uyquga ketadi.

7 . Juma uchun uning homiysi Zuhra (Venera) rangiga mos oq qasr barpo qilingan edi.Nihoyat,muborak juma kuni Bahrom oppoq--- kofuriy kiyimda oq qasr ichida fil suyagidan yasalgan taxt ustida o`tirib, oq kiyimli go`zal bilan billur qadahda oq maydan ichadi va Chin go`zali qoshida xorazmlik musofir hikoyasini tinglaydi.Musofir o`zini Xorazmdan ekanligini,soz chalishni dunyodagi barcha ustozlar uning shogirtlari ekanini, uning ishi kasotga uchraganini, kanizak huzuriga borib arz qilganini,uning sozini tinglab, tarixi bilan qiziqqanini va kanizak unga boshidan o`rganlarini so`zlab berganini aytadi.Shoh Bahrom aytganlaridan bu kanizak Dilorom ekanligini bilib,Diloromni olb kelish uchun Xorazmga sipohlarini yuboradi.

Ushbu yetti hikoyatni o`qir ekanmiz, birinchi qasrning qora rangda ekanligi shoh Bahromning ko`nglidagi nechog`li og`ir g`am anduhga botganini , so`ngi qasr esa oq rangda yorug`lik, visol umidini beruvchi ruhiy holatni ifodalaydi.Lekin Bahrom Diloromni topgach , yana ovga beriladi.Bir kuni u saroy ahli, sonsiz qo`shin va Dilorom bilan katta ovga chiqqaida, yomg`ir yog`adi va eski botqoqning og`zi ochilib Bahromni Dilorom va butun arkoni davlati bilan yer yutadi.

A.Navoiy Bahrom timsoli orqali o`z davrining ba`zi masalalariga ham ishora qilgan.Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday illatlardan holi bo`lishi zarurligi,xalq ahvolidan g`ofillikva aysh-ishratga berilish oxir-oqibat shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo`lgan muhim g`oyalardan biridir.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Всем учителям

Категория: Планирование

Целевая аудитория: 10 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Alisher Navoiyning Xamsa asari haqida

Автор: Mirkamolova Maxbuba Raximjon qizi

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545904

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(39) "Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati "
    ["seo_title"] => string(38) "alisher-navoiyning-hayoti-va-faoliyati"
    ["file_id"] => string(6) "109980"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(11) "presentacii"
    ["date"] => string(10) "1405336115"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства