Ta`limiy: o`quvchilarni geometrik shakldagi qog`ozlarni qirqish usullari haqida,geometrik shakllari asosida turli xil shakldagi hayvonlarni yasashni tushuntirish.
TK1: texnologiya faniga oid atamalarni to`g`ri talaffuz qila olish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarni mehnatsevarlikka, yaratuvchanlikka, ularni mehnat qilishga bo`lgan munosabatlarini, sinf jamoasida inoqlik, do`stlik munosabatlarini tarkib toptirish.
TK4: o`zining o`quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil ishlash,fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,o`quvchilar ijodkorliklarini rivojlantirish.
FK1: turli materiallardan yasaladigan shakllarni o`lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: suhbat, musobaqa, savol-javob, test.
Dars jihozi: mehnat qurollari, ko`rgazmalar,turli rangli qog`ozlar,geometric figuralar.
O`quvchilar: 2020-yil-“Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash
Test sinovi o`quvchilarga e`lon qilinadi.Har bir qatorga ikkitadan test tarqatmasi tarqatiladi.
Qaychidan foydalanishning nechta qoidasi bor?
A.1ta B.4 ta C.7ta D.5 ta
2......doimo ipga o`tkazilgan bo`lishi kerak.U nima?
A. ip B. qaychi C. nina D.yelim
O`quvchilarning o`tilgan mavzu bo`yicha savol-javob qilinadi.
O`qituvchi: 1.,Navro`z bayrami haqida nimalarni bilib oldingiz?
2.Applikatsiya nima?
3.Qissh manzarasini qanday tasvirladingiz?
4.Karton turlarini aytib bering
5.Qanday geometrik figuralarni bilasiz?
O`qituvchi: Demak bugungi mavzuyimiz” : Geometrik shakldagi qog`ozlarni qirqish usullari”.
Yangi mavzu bayoni
O`quvchilar diqqati doskaga qaratiladi. Yangi mavzu doskaga yozib tushuntiriladi.Rangli qog`ozlardan yorqin rangini tanlab, avval uni qirqish,yopishtirishni aytib o`rgatiladi.Ish qurollaridan foydalanish, ehtiyotkorlik choralari aytib o`tiladi. Yasashda qiynalgan o`quvchilarga parta oralab tushuntirib boriladi.
Avval qo`limizga rangli qog`ozni shakllarning o`lchamini olib, uchburchak, to`rtburchak, aylana,kvadrat kabi figuralarni qirqib olamiz, so`ngra bu shakllardan har xil hayvonlar yasash mumkin..Mana bu qo`llaringizdagi hayvonlarni yasab ko`rsatamiz.
O`qituvchi: Demak, o`quvchilar har bir yasagan hayvon nomlarini ingliz tilida ham aytib bering.
O`quvchilar ingliz tilida hayvon nomlarini aytadilar,yangi mavzu mustahkamlanadi.
Darsda faol o`quvchilar rag`batlantiriladi, tushunmagan o`quvchilarga tushuntiriladi.
Vazifa: Uyda ham yasab kelish.
Namangan viloyati Uchqo`rg’on tumani 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qtuvchisi Kayumova Shahodatning IV chorak uchun texnologiya fanidan yozgan bir soatlik dars ishlanmasi.