kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Научная статья на тему: Гармонично развитое поколение - будущее страны

Нажмите, чтобы узнать подробности

Чем больше упора делается на полную поддержку молодого поколения, воспитание духовно зрелых, физически здоровых, патриотичных и самоотверженных, защищающих свои права и интересы, тем выше его эффективность. С этой точки зрения сегодня молодые люди с высокообразованными, современными, решительными позициями играют решающую роль в развитии нашей страны.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Научная статья на тему: Гармонично развитое поколение - будущее страны»

Barkamol avlod – mamlakat kelajagi

Гармонично развитое поколение - будущее страны

Ашуров Эркин Гафурович

Бухарский медицинский колледж, Узбекистан

Чем больше упора делается на полную поддержку молодого поколения, воспитание духовно зрелых, физически здоровых, патриотичных и самоотверженных, защищающих свои права и интересы, тем выше его эффективность. С этой точки зрения сегодня молодые люди с высокообразованными, современными, решительными позициями играют решающую роль в развитии нашей страны.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, «ommaviy madaniyat» va yod g‘oyalar ta’siridan asrash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Mamlakatimiz aholisining uchdan ikki qismi yoki aholinig qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bolalar,60 foizidan ziyodini esa 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati qanchalik muhim ekanligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘ladi.

Respublikamizda avvalo jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’nan boy, umummilliy va umumbashariy g‘oyalarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash ishlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotganligi bugun o‘z samarasini berib kelmoqda.

Bu borada, avvalo yoshlarni intilishi va maqsadlarini huquqiy jihatdan ta’minlashni taqozo etadi. Respublikamizda yoshlarning munosib turmush kechirishlari, hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berish maqsadida keyingi yillarda ularning manfaatlarini ko‘zlovchi 150 dan ortiq qonun hujjatlari ishlab chiqildi. «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida», «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida», «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari shular jumlasidandir.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, «Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intelletual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo‘la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlash mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni isbotlab berishning hojati yo‘q».

Shu o‘rinda yana bir narsani alohida e’tirof etish lozim. U ham bo‘lsa, yosh avlodni har qanday umummilliy va umumbashariy g‘oyalarimizga yod bo‘lgan ta’sirlar va mafkuralardan asrash va himoya qilishda ta’lim bilan bir qatorda tarbiyaning o‘rni ham biqyosdir. Chunki, ta’lim insonda yuksak komillikni shakllantirsa, tarbiya esa insoniy fazilatlarni namoyon etishga yordam beradi.

Bu borada davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, «...Ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi».

Bugun yashab turgan davr o‘zining shiddati, munosabatlarning bir qolip doirasiga sig‘masligi, amalga oshirilayotgan har qanday xatti-harakat va tadbirlarning keskinligi va shijoatga egaligi kabi xususiyatlari bilan boshqa davrlardan ajralib turadi. Uning bunday xususiyatga egaligi, avvalo, bugun dunyoda kechayotgan globallashuv va informatsion jarayonlar bilan bog‘liq.

Bu xususida ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy – «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir»degan chuqur ma’noli so‘zlari bugun hayot falsafamizga ayolanishi lozim.

Yoshlarni sog‘lom avlod, komil inson etib tarbiyalash, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida ham mamlakatimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilib kelmoqda va bu hozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda.Davlatimiz rahbari I. Karimov ta’kidlaganidek, «Sog‘lom avlodni tarbiyalash barchaning, butun jamiyatning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning asosiy ishi, insoniy burchidir».

Bu borada davlatimiz rahbarining rahnamoligida mamlakatmizda yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom avloni shakllantirish maqsadida dunyo hamjamiyati tomonidan yangi tajriba sifatida e’tirof etilgan uch bosqichli yagona tizim «Barkamol avlod», «Umid nihollari» va «Universiada»kabi sport o‘yinlari tashkil etilganligini alohida ta’kidlash lozim.

«Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 9-o‘rinni egallashi yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlarning yana bir bor tasdig‘idir. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan «Farzandlarimiz - bizning kelajagimiz. Xalqimiz ertasining qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq» deb aytlgan so‘zing amaliy natijalaridir.














Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Уроки

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Научная статья на тему: Гармонично развитое поколение - будущее страны

Автор: Ашуров Эркин Гафурович

Дата: 19.05.2020

Номер свидетельства: 550506

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(178) "статья "Патриотическое воспитание на уроках истории и во внеурочное время для обучающихся с ОВЗ" "
    ["seo_title"] => string(113) "stat-ia-patriotichieskoie-vospitaniie-na-urokakh-istorii-i-vo-vnieurochnoie-vriemia-dlia-obuchaiushchikhsia-s-ovz"
    ["file_id"] => string(6) "240670"
    ["category_seo"] => string(8) "istoriya"
    ["subcategory_seo"] => string(7) "prochee"
    ["date"] => string(10) "1445087136"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства