kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Урок она тили 2-синф

Нажмите, чтобы узнать подробности

Она тили фанидан 2-синф "Бугин кучириш"мавзусида дарс ишланма

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Урок она тили 2-синф»

2-sinf Ona tili

Darsning mavzusi: Bo`g`in ko`chirish ( 83 – 86 – mashqlar ).

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O`quvchilarni bo`g`in ko`chirish qoidalari bilan tanishtirish, so`zning bir qatorga sig`may qolgan qismini keyingi qatorga bo`g`inlab ko`chirish ko`nikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni odobli, tartibli bo`lishga, ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishga o`rgatish.

Rivojlantiruvchi: Imlo savodxonligini oshirish.

Dars turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ta`limiy o`yin.

Dars jihozi: Darslik, rag`batlantirish uchun kartochkalar, rebuslar, mavzuga mos rasmlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorgarlik darajasini tekshiradi, aylanma daftarlarni almashtiradi.

  1. Asosiy qism:

  1. Uyga vazifani tekshirish.

O`quvchilar bilimini mustahkamlash va tekshir maqsadida savollar beriladi.

  • So`zdagi bo`g`inlar sonini qanday aniqlaymiz? ( Unli tovushlarning soniga qarab aniqlaymiz ).

  • Bir unli tovushdan tuzilgan bo`g`inga misol ayting. ( O-na, a-ka ).

  • Bir unli va bir undosh tovushdan tuzilgan bo`g`inga misol keltiring. ( Bo-la, lo-la, ol-ma ).

  • Bir unli va bir necha undosh tovushlardan tuzilgan bo`g`inlarga misol ayting. ( mak-tab, sinf dars-lik ).

Husnixat daqiqasi

Kichik “ o` ” harfi to`liq oval shaklida yoziladi. Ustiga kichik ko`ndalang to`lqinsimon chiziqcha so`z tugagandan so`ng chiziladi.

Daftarga bir qator kichik “ o` “ harfini va shu harf bilan bog`langan so`zlarni yozadilar.

o` o` o` o` o` o` o` o` o` o` o` o` o`

O`roq, o`zbek, o`lchov, o`ttiz.

Dam olish daqiqasi

Men bo`riman, bo`riman,

Hayvonlarning zo`riman.

Shirin xayol suraman

Quyoshni xush ko`raman.

  1. Yangi mavzu bayoni.

So`zni bog`inlarga bo`lib ko`chirish qoidasi bilan tanishtiriladi. O`quvchilarga daftarga bitta gap yozdiriladi.

Bugun navbatchilar juda yaxshi ishladilar.

O`quvchilar “ ishladilar “ so`zini sig`dira olmaydilar. So`zni bo`lib yozish zarurati tug`iladi. O`qituvchi bunday holatlarda so`zni bo`lib ko`chirish kerakligini aytadi. O`quvchilar so`zni bo`g`inlarga bo`ladilar, ulardan o`zlariga keraklivariantni tanlaydilar: ish-ladilar, ishla-dilar, ishladi- lar.

QOIDA:

So’z bir qatordan ikkinchi qatorga bo’g’inlarga bo’lib ko’chiriladi.

So’z boshida bo’g’in hosil qilgan harfni oldingi yo’lda qoldirib bo’lmaydi:o-najon emas,ona-jon bo’ladi.

So’z oxirida bo’g’in hosil qilgan bir harfni keyingi yo’lga ko’chirib bo’lmaydi:mudofa- a emas, mudo-faa kabi ko’chiriladi.

Bugungi darsda biz so`zning bir qatorga sig`may qolgan qismini keyingi qatorga bo`g`inlab to`g`ri ko`chirishni o`rganamiz, - deb darsning maqsadi e`lon qilinadi.















Darslik bilan ishlash:

83 - mashq. So`zlarni bo`gin ko`chirish uchun bo`lib, chiziqcha bilan ajratib yozing. O`quvchilar ushbu mashqni doskada bajaradi.

Namuna: Bul-bul, may-na, to`r-g`ay, kap-tar, chum-chuq, mu-si-cha, lay-lak, tur-na, qal-dir-g`och.

  • O`qituvchi: O`quvchilar bular nimalar? ( Qushlar ).

  • O`qituvchi: Yana qanday qush nomlarini bilasiz? ( Burgut, bedana, laylak ).

84 - mashq. She`r nima haqida yozilgan. Ajratib ko`rsatilgan so`zlarni ko`chirish uchun bo`g`inlarga bo`lib, chiziqcha bilan ajratib yozing.

O`yin o`ynasang, bolam,

Kasb etsin ma`no, mazmun.

Odobli bo`lgin har dam,

Ko`rganlar bo`lsin mamnun.

O`qish bo`lsin mashg`ulot.

To`p tepgin, o`yna shaxmat.

Kurashgin, choptirgin ot,

Ko`rganlar desin rahmat.

Namuna: O`y-na-sang, odob-li, mash-g`u-lot, ku-rash-gin, rah-mat.

85 – mashq. Rebusni toping. Topgan so`zlaringizni ko`chirish uchun bo`g`inlar ga bo`lib yozing.









O`quvchilar ayiq yonidagi “ q “ harfini qo`yib qayiq so`zini hosil qiladilar, bo`g`in ko`chirish uchun bo`lib yozadilar. “ Qa-yiq” .

Tovuq rasmini ustiga (x) belgisi qo`yilgani uchun tovuq so`zi oxiridagi “ q “ harfini olib tashlaydilar va tovuq dumidagi “ s “ harfini “ q “ harfi o`rniga qo`yib, so`z hosil qiladilar, uni bo`g`in ko`chirish uchun bo`lib yozadilar. “ To-vus ”.

  1. Lug`at ishi:

mazmun – ish – harakat, voqea- hodisalarni belgilovchi asos, mohiyat.

mamnun – ko`ngli to`lgan, xursand, minnatdor.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun o`qituvchi doskaga anhor, qalin, yomg`ir, mayin, avlod, jonajon, mehribon so`zlarni ko`chirish uchun bo`g`inlarga bo`lib ko`chirish topshirig`ini beradi.

3) Yakuniy qism.

a) Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Rag’bat



Jarima







b) Uyga vazifa berish: Vazifa 86-mashq.

Quyidagi so’zlar bir yo’ldan keyingi yo’lga qanday ko’chiriladi?

Mashina,navbatchi,o’yinchoq,onajon,o’qituvchi,o’quvchi.

So’zlarni ko’chirish uchun bo’g’inlarga bo’lib,chiziqcha bilan ajratib yozing.














Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Урок она тили 2-синф

Автор: Эсонбоева Сабохон Каримжоновна

Дата: 17.04.2020

Номер свидетельства: 546993

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(95) "Конспект урока по узбекскому языку на тему "Ундалма""
    ["seo_title"] => string(54) "konspiekt-uroka-po-uzbiekskomu-iazyku-na-tiemu-undalma"
    ["file_id"] => string(6) "294247"
    ["category_seo"] => string(13) "vsemUchitelam"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1455626923"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(74) "Открытый урок на тему: "ИНТЕЛЕКТУАЛ РИНГ""
    ["seo_title"] => string(41) "otkrytyi_urok_na_tiemu_intieliektual_ring"
    ["file_id"] => string(6) "365918"
    ["category_seo"] => string(11) "informatika"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1480923583"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства