kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Savodxonlik. Ff tovushi va Ff harfi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Бу дарс ишланма мавзуни кенгрок еритиб беришда ердам беради.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Savodxonlik. Ff tovushi va Ff harfi»

Mavzu: “Ff TOVUSHI VA “ Ff” HARFI


Mavzuga oid tayanch tushunchalar: tovush, harf, bo’g’in , so’z

Soatlar soni: 1 soat (45 daqiqa)

Mavzuning qisqacha ta`rifi: O’quvchilarga bo’g’in, so’z va gaplarni o’qishni o’rgatish, bo’g’inlab o’qish ko’nikmasini shakllantirish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: bosqichma- bosqich, soddadan murakkabga

Metod: Tushuntirish, tezkor savol – javob, didaktik o`yinlar.

Shakl: Jamoa, individual, juft va guruh bo`lib ishlash.

Jihoz: Texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag`bat kartochkalari, multimedia ilovalari.

Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta`limiy: “Ff” tovushi va “Ff“ harfi bilan tanishtirish. O`quvchilarda “Ff “ tovushi va “Ff” harflarini o`qish, unli, undosh tovushlarni ajratish ko`nikmasini o`stirish. “Ff” harfli bo`g`in , so`z va gaplarni o`qishga o`rgatish.

F.K . matn va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni “Biz xat yozdik akamga” she’ri orqali o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish, milliy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash

T.K. televizor, radiodan eshitgan, ko’rgan lavhalaridan ma’lumotlarni yig’ish va to’plash.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish. Lug’atini “oftob, mukofot so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish.


Kutilayotgan natijalar: Fftovushi vaFfharfi haqidagi BKMlarini shakllantirish, bo’g’in so’zlarni o’qish. She’rni ifodali o’qish va yod olish.


Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism.

O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.

Suhbat metodi. Savol-javob


1 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Alifbe fani, DTS talablari.

“Tezkor savol-javob” metodi




2 daqiqa

3-bosqich.

O`tgan mavzuni so`rash va baholash

O’tilgan mavzularni o’zlashtirilishini monitorda nazorat qilish. “Charos-chaqqon” matnini o’qitiladi

“Kollaj” didaktik o’yini, Ifodali o’qish



10 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

Ko’rgazma asosida “Ff” tovushi va “Ff” harfi haqida tushuncha beriladi.

Videorolik yordamida yangi mavzu tushuntiriladi. Yangi so’zlar ingliz tili fani bilan bog’lab o’rgatiladi.

“Rasmli diktant!” o’yini, “Tushuntirish” metodi,

Multimedia ilova,


20 daqiqa.

5-bosqich.

Mustahkamlash.

Mavzu bo`yicha berilgan so’zlar va she’rni o’qish.

O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash. Rasmli test ishlash

“Zanjir” usuli, “Tovushni top” mashqi


7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O`quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib rag’batlantiriladi. Dars yakunlanadi.

Rag’batlantirish


5 daqiqa




MAVZU: “Ff” TOVUSHI VA “ Ff” HARFI


Darsning maqsadi:

Ta`limiy: “Ff” tovushi va “Ff“ harfi bilan tanishtirish. O`quvchilarda “Ff “ tovushi va “Ff” harflarini o`qish, unli, undosh tovushlarni ajratish ko`nikmasini o`stirish. “Ff” harfli bo`g`in , so`z va gaplarni o`qishga o`rgatish.

F.K . Matn va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilarni “Biz xat yozdik akamga” she’ri orqali o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish, milliy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash

T.K. Televizor, radiodan eshitgan, ko’rgan lavhalaridan ma’lumotlarni yig’ish va to’plash.

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish. So’z boyligini “oftob, mukofot so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish.

Dars turi:Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.

Dars usuli: Analitik –sintetik tovush metodi, suhbat, musobaqa, “Kollaj” didaktik o’yini, ”Zanjir” o’yini,

Dars jihozi: darslik, harflar kassasi, turli rasmlar, AKT, kesma harflar, Tarqatma materiallari


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

O’qituvchi: Assalomu aleykum!

O’quvchilar: Salom sizga, aziz ustoz,

Ilm olmoq qanday soz!

Darsimiz shiori:







II. Ehtiyoj (refleksiya)larni aniqlash

1. Bugun haftaning qaysi kuni?

- Bugun haftaning Dushanba kuni .

2. O’lkamizda qaysi fasl?

- Hozir o’lkamizda qish fasli.

3. Qish faslida tabiatda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?













4. Demak, hozir qish faslining Dekabr oyida ekanmiz. Bu oyda qanday muhim sanalarni nishonlaymiz?















III. O’tilgan mavzuni so’rash:

Xat yozdik biz akamga” she’rini ifodali o’qitiladi.

Xat yozdik biz akamga

Buvim aytib turdilar,

Men xat yozdim akamga:

  • Avval buvimjonimdan

Salom, deb yoz bo’tamga.

Chiroyli yoz, xushxat yoz,

Qiynalmasdan o’qisin.

Egallasin, albatta,

Harbiy bilim cho’qqisin.

Musthkamlash uchun she’r yuzasidan “Aqli hujum” o’tkaziladi.

  • Biz xat yozdik akamga” she’rida akasi qanday kasb egasi ekan?

  • Akasi Harbiy ekan.

  • Barakalla! Xo’sh siz yana qanday kasblarni bilasiz?






- Bu kasblar orasidan qaysi biri Harbiy akamizga yozilgan xatni eltib beradi?

- Pochtachi- xatlarni o’z manzillariga yetkazadi.

- Barakalla!

Dam olish daqiqasi: Archa qo’shig’i kuylanadi.

IV. Yangi mavzu bayoni














O’qituvchi: “Kollaj “ uslubidan foydalanib ham avvalgi mavzuimizni mustahkamlaymiz, ham yangi mavzuga yo’l ochib beramiz. Unga ko’ra bir suratni turli qismlarga bo’lib olinadi va har bir qism ortiga so’z yoki topshiriqlar beriladi. O’quvchilar yashiringan so’z yoki topshiriqlarni bajarib, suratni butun holatga keltirib tiklaydilar. Topshiriqlar ortiga yashiringan so’z Yangi mavzuni boshlab beradi.

O’quvchilar yashiringan so’zlarni ifodali o’qib, bo’g’in va tovushlarni aytib o’tadilar.

O’qituvchi: Masalan: Bugun 4 qismdan iborat topshirig’imiz bor.

Ular : Xat – Bir bo’g’indan iborat so’z.

Xontaxta - Uch bo’g’indan iborat so’z

Xo’roz – Ikki bo’g’indan iborat so’z

Paxta - Ikki bo’g’indan iborat so’z
















O’quvchilarni “Ff” tovushi va harfi bilan tanishtirish. “Ff” tovushini talaffuz qilinishini tushuntirish.

fa

fi

fe

fo

fo’

fu

af

if

of



fil

of-tob

Af-zal

G’a-fur


fasl

daf-tar

Za-far



Far-zand

pu-fak








shaf-to-li

shi-fo-kor

mu-ko-fot



Quyosh rasmi


O’quvchilar rasmdagi narsalarni nomlarini aytadilar

So’z ma’nolari tushuntirib boriladi.

Harf kassasidan “Ff” harflarini topish, ular bilan unli harflar qo’shib bo’gin hosil qilinadi va o’qiladi.

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, Fil she’rini ifodali o’qib berish.

O’quvchilarga Fil she’riZanjir” usulida o’qitiladi.

Fil

Fil deganlari

shumi?

O’xshash xartumi,

dumi.

Quloqlari

shalpaygan,

Peshonasi

yalpaygan.


Rasm asosida suhbat o’tkaziladi.

Lug’at ishi


Oftob- Quyosh nuri

Mukofot- kimgadir sovg’a berish


V. Yangi mavzuni mustahkamlash


O’qituvchi: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Tarmoqlash” metodidan foydalanamiz.

Bu metodga ko’ra har bir tarmoqdagi so’z va bo’g’inlar sonini aytiladi. O’rganilgan bilim va ko’nikmalar takrorlanadi.















VI. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Savodxonlik. Ff tovushi va Ff harfi

Автор: Inamova Nurxon

Дата: 18.04.2020

Номер свидетельства: 547143

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(32) "Savodxonlik. Jj harfi Jj tovushi"
    ["seo_title"] => string(31) "savodxonlik_jj_harfi_jj_tovushi"
    ["file_id"] => string(6) "547145"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1587233830"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства