kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Разработка открытого урока на тему словесных групп на родном языке для 4 класса

Нажмите, чтобы узнать подробности

Этот курс на узбекском языке и предназначен для 4-х классов

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Разработка открытого урока на тему словесных групп на родном языке для 4 класса»

Fan: Ona tili

Sinf:4

Mavzu: So`z turkumlari (456-458-mashqlar)

Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga so`z turkumlari, ularning so`roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berish. So`z turkumlarining nutqimizdagi roli, ulardan nutqda o`rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko`ra bilish, so`roqlarni to`g`ri qo`ya bilish, ta’sirchan so`zlash, go`zallikga intilish kabi his-tuyg`ularni tarbiyalash. FK1: So`z turkumlarining gapdagi vazifasini, berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o`qiy oladi; og`zaki nutqda so`z va gaplar talaffuziga rioya qila olish;

Tarbiyaviy maqsad: Mutaffakkir va ma’rifatparvarlarning asarlaridagi hikmat, o`git va nasihatlarni o`rganib, ularga amal qilishni uqtirish. TK5: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o`zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarga o`z nuqtai nazarini himoya qilishni, sinfdoshlarini o`z fikriga ishontirishni, munozara madaniyatini oshirish.

FK2: Mavzuga oid yangi so`zlarni og`zaki va yozma nutqda qo`llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to`g`ri qo`llay oladi;

TK2: Darsda kitob bilan ishlay olish, o`rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.

Darsning turi: Yangi bilim berish, ko`nikma, malakani shakllantirish darsi.

Darsning metodi: Suhbat metodi, ta’limiy o`yinlar.

Darsning jihozlari: Texnik vositalar, meva va sabzavotlardan namunalar, tarqatmalar, mavzuga oid slaydlar, rangli rasmlar.

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o`quvchilarni darsga tayyorgarliklarini aniqlash.

Ma’naviy daqiqa:

O`qituvchi: Asrlar ketidan kelar asrlar,

Unut bo`lar o`tmish, jumboqlar, sirlar.

Lekin asoslarin barcha fanlarning

Kelajakka olib ketar nasllar.

Qunt bilan o`rganib shu buyuk fanni,

Shon-shuhratga o`rang ona Vatanni.

Donolar donosi bo`lgay agar kim,

Fanga bag`ishlasa jon birla tanni.



-Shunday ekan aziz o`quvchilar, biz bor kuch-g`ayratimizni bilim olishga sarflashimiz lozim. Buning uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda mana shunday shinam, yorug` sinf xonalarida ta’lim olishimiz, tinch, osoyishta hayot kechirishimiz uchun jon fido qilgan, Mustaqilligimizning asoschisi, buyuk davlat arbobi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov nomi mangu yodimizdadir. Kuni kecha u kishining 80 yillik tavallud kunlarini nishonladik.

O`qituvchi: -Qani aziz o`quvchilar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov haqida nimalarni bilasiz?

-I.A.Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan.

-O`rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo`jaligi institutlarini muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklari bo`yicha tugatgan.

-1991-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti sifatida faoliyat ko`rsatgan.

-Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni olamdan o`tdi.

-Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent davlat texnika universitetiga;

-Asaka shahridagi avtomobil zavodiga;

-Farg`ona shahridagi San’at saroyiga;

-Toshkent xalqaro aeroportiga;

-Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatidagi markaziy ko`chalarga Islom Karimov nomi berildi.

-Oliy o`quv yurtlari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etildi.

-Toshkent, Samarqand va Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimizning muhtasham haykallari bunyod etildi.

-Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimovning hayoti va faolyatiga bag`ishlangan muzey tashkil etildi.

O`qituvchi: -bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.

O`qituvchi: Siz aziz o`quvchilar O`zbekistonning rivojlanishi uchun bugungi kunda qanday hissa qo`sha olasiz?

-Biz a’lo o`qib, puxta bilim egallashimiz bilan o`z hissamizni qo`shamiz.

O`qituvchi: Barakalla, aziz o`quvchilar. Bugungi darsimizni guruhlar o`rtasida musobaqa tarzida tashkil etamiz. Biz oldindan ikki guruhga bo`linib olganmiz. Dars jarayonida musobaqa shartlari bilan tanishib borasiz. Har bir shart bo`yicha olgan bilimingizni “Ballar oynasi”da “5”, “4”, “3” ballar bilan belgilab boramiz.

II.O`tilgan mavzuni so`rash: Har bir guruhga o`tilgan mavzular yuzasidan “Yashirin test” beriladi. Ushbu testda o`quvchilar har bir to`g`ri javob harflarini bo`sh katakchalarga joylashtirib, yashiringan so`zni topadilar. Testni tez va to`g`ri bajarib yashiringan so`zni topgan guruh g`olib hisoblanadi.

1-shart : YASHIRIN TEST

1.Ot so`z turkumiga oid so`zlarni belgilang:

R/ mehribon T/ behisob S/ belanchak

2.Ot yasovchi qo`shimchalar qaysi qatorda noto`g`ri berilgan?

G/ -chi, -dosh, -zor, -loq, -k O`/ -chi, -kor, -dosh, -loq, -siz H/ -chi, -kor, -zor, -loq, -q

3.Otlarda nechta kelishik bor?

A/ 5 ta Z/ 6 ta L/ 4 ta

4.Suva so`ziga mos qo`shimchani qo`shib, ot hosil qiling.

N/ -chi L/ -zor T/ -q

5.Qaysi qatordagi otni ko`plikda qo`llab bo`lmaydi?

U/ Quyosh O/ Yer S/ Yulduz

6.Qaysi qatorda II shaxs egalik qo`shimchalari to`g`ri ko`rsatilgan?

O`/ -ng, -ing, -si, -(lar) i R/ -ng, -ing, -ngiz, -ingiz T/ -m, -im, -miz, -imiz

7.Qaysi qatordagi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asosda tovush o`zgarishi ro`y beradi?

B/ elak, ishtirok, erk D/ quloq, buloq, xalq K/ bilak, kurak, chelak

8.Tushum kelishigi qo`shimchasini aniqlang.

U/ -ni O`/ -ning R/ -ga

9.Qaysi qatordagi so`zlar asosida tovush tushib qolishi ro`y bergan?

M/ burnim, shahrim, singlim U/ tilim, bilim, kaftim Y/ sinfim, og`zim, onam

10.Jo`nalish kelishigi qaysi so`roqqa javob bo`ladi?

L/kimga? nimga? qayerga? X/kimda? nimada? qayerda? Z/kimni? nimani? qayerni?

11.Qaratqich kelishigi gapda otni ….. ga bog`laydi.

X/ fe’l A/ ot V/ sifat

12.Qaysi qatorda ma’nodosh otlar berilgan?

R/ tilak, istak,niyat Q/ sovg`a, tort, tortiq G/ ko`m-ko`k, bahor, ko`klam

13.Otlar gapda qaysi bo`lak vazifasida keladi?

E/ ikkinchi darajali bo`lak M/ ega va kesim I/ bosh bo`lak

Yashiringan so`z – So`z turkumlari

III.Yangi mavzu bayoni: So`z turkumlari mavzusi yuzasidan yakuniy hisobot darsi

O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishdan oldin quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:

(Savollar slayd orqali namoyish etiladi)

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

2-shart: Bunda kompyuter orqali topshiriq beriladi. Har bir guruh berilgan 5 ta maqoldagi tushirib qoldirilgan, so`z turkumlariga oid bo`lgan so`zlarni o`z o`rniga qo`yadilar. G`olib guruh rag`batlantiriladi.

Ota-onalar, o`qituvchilar, o`quvchilar diqqatiga husnixati yil davomida chiroyli bo`lgan o`quvchilarning daftarlari havola etiladi. Shu o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Husnixat daqiqasi: Chiroyli yoz yozsang xat,

Chunki bu ham zo`r san’at.

Darslik bilan ishlash: 456-mashq. Berilgan gaplarni o`qing.

3-shart: So`z turkumlari va so`z tarkibi tahlili.

1-guruh: Bolalar ko`chalarni tozaladilar.

Ko`chalarni - so`zini so`z tarkibi yuzasidan tahlil qiladilar.

2-guruh: Bahor yashil ko`ylagini kiydi.

Ko`ylagini - so`zini so`z tarkibi yuzasidan tahlil qiladilar.

Shartni to`g`ri va tez bajargan guruh rag`batlantiriladi. O`quvchilarning daftarlariga chiroyli va bexato yozishlari nazorat qilib boriladi.

4-shart:

457-mashq. Zarur unli tovushlarni qo`yib, so`zlar tuzing. Ushbu shart doskada musobaqa tarzida bajartiriladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlashda ”Guruhini top” ta’limiy o`yini o`tkaziladi.


Ot

Sifat

Son

Fe’l






Kichkina, maktab, sakkizinchi, mayda, oltita, muhandis, yoqimli, uxladi, sersuv, yugurmoq, kitobxon, shirin, birinchi, oppoq, bilim, mahalla, mehnatkash, oltmishta, to`qqiz, chiranmoq, suvchi, qizg`ish, chilangar, uzun, besh, olmoq, sakradi, bormoqchi, dehqon.


O`quvchilarning dars jarayonida olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida o`rganilgan mavzu yuzasidan “Grafik test” olinadi. Bunda har bir o`quvchiga alohida test varaqlari tarqatiladi. O`quvchilarga savollar o`qib eshittiriladi. Ular savollarning javobi bo`yicha tegishli katakchalarni bo`yaydilar. Ularning javoblari namunaviy javob bilan solishtiriladi va slayd orqali tekshiriladi.

Grafik test

1.Ushbu so`zlar sifatning qanday ma’no turini bildiradi? Dumaloq, egri, yapaloq

2.Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so`zlar nima deyiladi?

3.Pishsa bemaza, pishmasa maza. Ushbu topishmoqda sifatlarning qanday ma’no turi qo`llangan?

4.ser-, be- qo`shimchalari ot turkumiga oid bo`lgan so`zlardan qaysi turkumdagi so`zlarni yasaydi?

5.Ushbu so`zlar ichida sifatlarning ma’no turi bo`yicha qaysi biri ishtirok etmagan? Chuchuk, ko`kimtir, baland, xushfe’l

4.Qaysi so`z turkumiga kelishik qo`shimchalari qo`shiladi?

3.Katta, ulkan, yirik ushbu ma`nodosh sifatlar sifatning qanday ma’no turiga kiradi?

2.-chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qo`shimchalari qaysi turkumdagi so`zlarni yasaydi?

V.Darsni yakunlash: Dars yakunida “Grafik test” natijalari aniqlanadi. Har bir guruhning olgan ballari jamlanadi va g`olib guruh rag`batlantiriladi. O`quvchilarning har biri test natijalariga ko`ra baholanadilar.

VI.Uyga vazifa: 263-mashq. Mashq sharti tushuntirib topshiriladi.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс

Скачать
Разработка открытого урока на тему словесных групп на родном языке для 4 класса

Автор: Хайитова Нафиса

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545261

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(55) "урок c презентацией во 2 классе"
    ["seo_title"] => string(31) "urokcpriezientatsiieivo2klassie"
    ["file_id"] => string(6) "293412"
    ["category_seo"] => string(12) "russkiyYazik"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1455469306"
  }
}
object(ArrayObject)#873 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(117) "Урок по самопознанию в 6 классе на тему: «Времен связующая нить» "
    ["seo_title"] => string(71) "urok-po-samopoznaniiu-v-6-klassie-na-tiemu-vriemien-sviazuiushchaia-nit"
    ["file_id"] => string(6) "212114"
    ["category_seo"] => string(13) "vsemUchitelam"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1431761686"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства